Qish (Fabergé tuxumi)
Qish Fabergé tuxumi | |
---|---|
Yetkazib berilgan yil | 1913 |
Mijoz | Nikolay II |
Qabul qiluvchi | Maria Feodorovna |
Amaldagi egasi | |
Individual yoki muassasa | - |
Sotib olish yili | - |
Dizayn va materiallari | |
Ish ustasi | Alma Pihl |
Foydalanilgan materiallar | olmos, kvars, platina, ortoklaz, oltin, demantoid |
Boʻyi | 102 mm |
Eni | - |
Oʻziga xos xususiyati | gul savati |
Qish tuxumi bu Fabergé tuxumilaridan biri hisoblanadi. Qish tuxumi rus zargari Peter Carl Fabergé tomonidan yaratilgan ellik ikki taqinchoqli Pasxa tuxumlaridan biridir. Qish tuxumi Rossiya podshoh Nikolay II dan qirolicha Maria Feodorovna uchun 1913-yilgi Pasxa sovgʻasi edi. Rossiya podshohi Nikolay II har yili ikkita Pasxa tuxumini, biri onasi va ikkinchisi xotini uchun doimiy buyurtma qilgan edi. Qish tuxumiga Fabergé ustaxonasidan Alma Pihl ishlov bergan.
Qish tuxumining 1913-yildagi narxi 24 700 rublni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich bilan Qish tuxumi eng qimmat Pasxa tuxumi boʻlib qolmoqda. Qish tuxumi inqilobdan keyin Rossiyadan olib chiqib ketilgan va janob Brian Ledbrookening toʻplamiga tushgan. Qish tuxumi birinchi marta 1994-yilda Jenevadagi Christie auksionida 5,6 million dollarga sotilgan, bu Fabergéning kim oshdi savdosida sotilgan buyumi boʻyicha oʻsha paytdagi jahon rekordi hisoblanadi[1]. Qish tuxumi 2002-yilda New Yorkdagi Christie auktsionida 9,6 million AQSh dollariga sotilgan[2]. Keyinchalik xaridor Qatar amiri Hamad bin Khalifa Al Thani ekanligi maʼlum qilindi[3].
Dizayni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qish tuxumining tashqi koʻrinishi shaffof oynada hosil boʻlgan sovuq muz kristallariga oʻxshaydi. Qish tuxumi 1660 ta olmos bilan bezatilgan va kvarts, platina va ortoklazdan tayyorgan. Qish tuxumining ichidagi sovg'asi gul savati hisoblanadi. Gul savati 1378 ta olmos bilan bezatilgan. Gul savati asosi platina va oltindan, yogʻoch anemonlari oq kvartsdan va gul barglari demantoiddan qilingan. Gullar oltin mox ichida joylashtirilgan.Qish tuxumining balandligi 102 mm.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Winship, Frederick M.. „Faberge egg sold for record $9.58 million“. UPI. UPI (2002-yil 17-aprel). Qaraldi: 2016-yil 29-mart.
- ↑ Varoli, John. „Rothschilds' Faberge Egg Fetches Record 36.5 Million (Update2)“. Bloomberg (2007-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 23-yanvar.
- ↑ Nikkhah, Roya. „Worth hunting for, the ultimate Easter eggs“. The Telegraph (2008-yil 16-mart). Qaraldi: 2015-yil 6-mart.