Usmonning shajarasi
Usmon arabcha: عُثْمَان Saxiy (al-Gʻani) |
---|
Usmon ibn Affon (arabcha: عثمان بن عفان) (taxminan 576 – 656-yil 17-iyun) – Roshidun xalifaligining uchinchi xalifasi. 644-yildan 656-yilgacha hukmronlik qilgan. Islom paygʻambari Muhammadning sahobasi.
Oila daraxti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qusay ibn Kilab | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Abdumanof ibn Qusay | Atika bint Murra | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Hoshim ibn Abdulmanaf | Abdushams ibn Abdumanof | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Abdulmuttalib | Habib ibn Abdushams[1] | Umayya ibn Abdushams | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Robiʼa ibn Habib | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ummu Hakim binti Abdulmuttalib | Kurayz ibn Robiʼa | Abu al-Os ibn Umayya | Abu Amr ibn Umayya | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Abdulloh ibn Abdulmuttalib | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Arva binti Kariz | Affon ibn Abu al-Os | Abu Muʼayt ibn Abu Amr | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Muhammad | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Uqba ibn Abu Muayt | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ruqayya binti Muhammad | Usmon ibn Affon | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ummu Kulsum bint Muhammad | Al-Volid ibn Uqba[2] | Ammara ibn Uqba | Ummu Kulsum binti Uqba[2] | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Bolalari va avlodlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xotinlari | Bolalari | Izohlar |
---|---|---|
Ummu Amr | Amr ibn Usmon | Usmon islomdan oldin Abu Amr nomi bilan tanilgan edi[3]:38. Shu sababli ham Usmonning goʻdaklik chogʻida vafot etgan oʻgʻli bor boʻlgan degan xulosaga kelinadi. Biroq bu bola va uning onasi haqida hech qanday boshqa maʼlumotlar mavjud emas. |
Asmo binti Abu Jahl (Banu Maxzum qabilasidan) | Mugʻiyra ibn Usmon | Usmonning bu xotini va bolasi haqida faqat birgina manbada maʼlumot keltirilgan, shu sababli ushbu maʼlumotning ishonchliligiga shubha qilinadi.
Asmo keyinchalik amakivachchasi al-Volid ibn Abdushamsga turmushga chiqqan[4]:109. |
Ruqayya binti Muhammad | Abdulloh ibn Usmon | Ruqayya dastlab amakivachchasi Utba ibn Abu Lahabga turmushga chiqqan, biroq keyinchalik Abu Lahabning iltimosiga koʻra u bilan ajrashgan. |
Ummu Kulsum binti Muhammad | Ummu Kulsum dastlab Utayba ibn Abu Lahabga turmushga chiqqan, biroq u bilan ajrashgan. | |
Zaynab binti Hayyon (Havozin qabilasidan) | Zaynab Hunayn jangida asirga olingan va Usmonning kanizagiga aylangan, biroq tez orada ozod qilinib, oilasining oldiga yuborilgan[5]:462. | |
Faxita binti Gʻazvon (Utba ibn Gʻazvonning singlisi) (Qays qabilasidan) | Abdulloh al-Asgʻar ibn Usmon | |
Ummu al-Banin Mulayka bint Uyayna ibn Hisn (Gʻatafon qabilasining Banu Fazora urugʻidan) | Utba ibn Usmon,
Abdulmalik ibn Usmon |
Ikkala farzandi ham yoshlik chogʻida vafot etgan. |
Xolid ibn Asidning qizi (Banu Umayya qabilasidan) | Usmon unga taxminan 631-yilda uylangan,. Taxminan 634-yilda vafot etgan, farzand dunyoga keltirmagan[4]:116. | |
Fotima binti al-Volid (Banu Maxzum qabilasidan) | Volid ibn Usmon,
Said ibn Usmon, Ummu Said (Ummu Usmon) binti Usmon |
Volid va Said otasidan uzoq umr koʻrgan, shuningdek, farzandli boʻlishgan.
Ummu Said (Ummu Usmon) Abdulloh ibn Xolid ibn Asidga turmushga chiqqan va ularning Usmon ismli oʻgʻli boʻlgan. Usmon Fotima bilan ajralgach, Fotima Maxzumning amakivachchasi Abdulrahmon ibn Abdullohga turmushga chiqqan[4]:110–111. |
Ummu Amr Ummu Najm binti Jandab al-Azdiy | Amr ibn Usmon,
Xolid ibn Usmon, Umar ibn Usmon, Maryam al-Kubra binti Usmon |
Amr Usmonning goʻdakligida omon qolgan toʻngʻich oʻgʻli.
Amr taxminan 635-yilda tugʻilgan. Uni Usmonning 610-yilda tugʻilgan Amr ismli boshqa bir oʻgʻli bilan adashtirmaslik kerak[4]:116. Amr, Aban va Umar otasi Usmondan uzoq umr koʻrishgan va oʻzlaridan avlod qoldirishgan. Xolid otasining hukmronligi davrida baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan, biroq oʻzidan farzandlar qoldirgan. Maryam al-Kubro Abdulrahmon ibn al-Horis ibn Hishomga turmushga chiqqan. |
Ramla bint Shayba (Banu Abdushams urugʻidan Shayba ibn Robianing qizi) | Oysha binti Usmon,
Ummu Aban al-Kubro binti Usmon, Ummu Amr binti Usmon |
Oysha dastlab al-Horis ibn al-Hakamga, keyin esa Abdulloh ibn az-Zubayrga turmushga chiqqan.
Ummu Aban al-Kubro amakivachchasi Marvon I ibn al-Hakamga turmushga chiqqan, ularning farzandlari ham boʻlgan. Ummu Amr Said ibn al-Osga turmushga chiqqan va undan farzand koʻrgan. |
Bunana | Ular keyinchalik ajrashgan boʻlishi mumkin[3]:43. | |
Noila binti al-Furafisa | Anbasa ibn Usmon,
Maryam al-Sugʻro binti Usmon, Ummu Aban al-Sugʻro binti Usmon, Ummu Xolid binti Usmon, Arva binti Usmon, Ummu al-Banin binti Usmon |
Usmon 649-yilda Noilaga uylangan.
Maryam al-Sugʻro Amr ibn al-Volid ibn Uqbaga, keyinchalik opasining vafotidan Said ibn al-Osga turmushga chiqqan. Ularning Said ismli oʻgʻli boʻlgan. Ummu Xolid opasi Ummu Saidning (Ummu Usmon) vafotidan keyin Abdulloh ibn Xolid ibn Asidga turmushga chiqqan. Arva Xolid ibn al-Volid ibn Uqbaga turmushga chiqqan[4]:131. |
Ismi nomaʼlum xotini | Ummu al-Banin binti Usmon | Ummu al-Banin Abdulloh ibn Yazid ibn Abu Sufyonga turmuhsga chiqqan[3]:39. |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Muhammadning vorislari
- Rashidun
- Muhammad – Muhammadning shajarasi
- Abu Bakr – shajara
- Umar – shajara
- Ali – shajara
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ al-Maqdisi, Abd al-Ghani. Short Biography of the Prophet & His Ten Companions. Darussalam, 2004 — 73-bet.
- ↑ 2,0 2,1 Ashgar Razwy, Sayyid Ali. A Restatement of the History of Islam and Muslims.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Ahmed, A. Q. (2011). The Religious Elite of the Early Islamic Hijaz: Five Prosopographical Case Studies. Oxford: Unit for Prosopographical Research.
- ↑ Muhammad ibn Umar al-Waqidi. Kitab al-Maghazi. Translated by Faizer, R., Ismail, A., & Tayob, A. K. (2011). The Life of Muhammad. London & New York: Routledge.
- ↑ „Aban Bin Usman“.