Kontent qismiga oʻtish

Aziz ul-Rahmon Usmoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aziz-ul-Rahmon Usmoniydan yoʻnaltirildi)
Aziz ul-Rahmon Usmoniy

Aziz-ul-Rahmon Usmoniy ismining arab hattotligidagi yozuvi
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1928-yil
Deoband, Angliyaga qaram Hindiston
Dini Islom
Farzandlari Atiqur Rahmon Usmoniy
Ota-onasi
Alma mater Darul Ulum Deoband
Qarindoshlar Deobanddagi usmoniylar oilasi

Aziz-ul-Rahmon Usmoniy (shuningdek, Azizur Rahmon Usmoniy nomi bilan ham mashhur) (1928-yilda vafot etgan) hind sunniy musulmon olimi, Dorul Ulum Deobandning birinchi bosh muftiysi boʻlib ishlagan[1]. U „Fatova Darul Ulum Deoband“ kitobi bilan mashhur. Uning ukasi Shabbir Ahmad Usmoniy hisoblanadi[2].

Aziz ul-Rahmon Usmoniy hijriy 1275-yilda Deobandning Usmoniylar oilasida dunyoga keladi. Hijriy 1295-yilda Dorul Ulum Deobandni bitirgan. Uning ustozlari Muhammad Qosim Nanautaviy[3], Mahmud Hasan Deobandiy va Muhammad Yoqub Nanavtaviy boʻlgan[4]. U soʻfiylik boʻyicha Muhammad Rofiuddinning iqtidorli shogirdlaridan biri edi[5].

Usmoniy Dorul Ulum Deobandning Dorul Iftosiga Bosh muftiy etib tayinlangan va 1927-yilgacha uni boshqargan, soʻngra Dabhelga koʻchib oʻtgan. Uning fiqhiy hukmlari Zaferuddin Miftahiy tomonidan oʻn ikki jildda jamlangan va 1962-1972-yillar orasida "Fatova Dorul Ulum Deoband " nomi bilan nashr etilgan[6][7]. Muhammad Shofi Deobandiy ham Usmoniyning tanlangan fatvolarini yigʻib, Aziz al- Fatova nomi bilan nashr etgan[8]. Sayid Mehbob Rizviyning yozishicha, Usmoniy hijriy 1330-1346-yillar orasida 37561 fatvo bergan[4].

Usmoniy 1927-yilda Anvar Shoh Kashmiriy bilan birga Dorul Ulum Deobanddan isteʼfoga chiqadi hamda Jamia Islamia Talimuddin (Dabhel)ga koʻchib oʻtadi va u yerda Sahih al-Buxoriydan dars bera boshlaydi[4]. Dabhelda uning sogʻligʻi yomonlashdi, Aziz ul-Rahmon Deobandga qaytib keladi va u yerda 1928-yilda vafot etadi. Janoza namoziga Sayyid Asg‘ar Husayn Deobandiy imomlik qilib, Dorul Ulumdagi Qasmi qabristoniga dafn qilinadi[3].

Azizul-Rahmon Usmoniy Hindiston bosh muftiysi hamda Dorul Ulum Deoband bosh muftiysi unvonlari bilan hukm chiqargan[3].

  1. Adrawi, Asir „Mufti Aziz-ul-Rahman Usmani“, . Tazkirah Mashaheer-e-Hind: Karwan-e-Rafta, April 2016 (ur), Deoband: Darul Muallifeen — 197–198-bet. 
  2. Usmani, Mufti Taqi „Hadhrat Mufti Aziz-ul-Rahman Saheb“, . Akabir-e-Deoband Kya They, May 1995 (ur), Deoband: Zamzam Book Depot — 63–68-bet. 
  3. 3,0 3,1 3,2 Muhammad Tayyib, Qari. 50 Misaali Shaksiyaat, July 1999 (ur) Bukhari: , Deoband: Maktaba Faiz-ul-Qur'an — 110-113-bet. 
  4. 4,0 4,1 4,2 Rizwi, Syed Mehboob, History of the Dar al-Ulum Deoband, 2-jild, 183-197-bet
  5. Deobandi, Syed Muhammad Miyan „Hadhrat Allama Ustadh Mawlana Aziz al-Rahman Mufti-e-Azam Darul Uloom Deoband“, . Ulama-e-Haq awr Unke Mujahidana Karname (ur). Deoband: Faisal International — 181-bet. ISBN 81-86971-94-7. 
  6. Nur Alam Khalil Amini. Pas-e-Marg-e-Zindah (ur). Deoband: Idara Ilm-o-Adab — 930–931-bet. 
  7. Stephens, Julia. Governing Islam: Law, Empire, and Secularism in Modern South Asia, 21 June 2018. ISBN 9781107173910. Qaraldi: 2020-yil 24-may. 
  8. Aftab Ghazi Qasmi. Fuzala-e-Deoband Ki Fiqhi Khidmat (Fiqhi Services of the Graduates of Deoband), February 2011 (ur), Deoband: Kutub Khana Naimia — 117–118-bet. 
Oʻtmishdoshi:
Dorul Ulum Deobandning birinchi bosh muftiysi
1890/1892 - 1927
Vorisi:
Izaz Ali Amrohi