Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim Ujani

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Muhammad Ibrahim Ujani
ইব্রাহীম উজানী
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1863
Vafoti 1943-yil
Dini Islom
Farzandlari 18
Ota-onasi
  • Muhammad Panah Mian (otasi)
Mazhab Sunniy
Yurisprudensiya Hanafiylik
Imom Moturidiylik
Oqim Deobandiy
Mashhur ish(lar)i Jamiya Islamiya Ibrahimiya
Alma mater Kalkutta Alia Madrasasi
As-Savlatiya madrasasi
Ustozlar Qori Baraksus
Tariqat Chishti (Sabiri-Imdadi)

Ujaniylik Muhammad Ibrohim (bengalcha: মুহম্মদ ইব্রাহীম উজানী; 1863 — 1943) Bengal Deobandi olimi va Jamia Islamia Ibrohimiya asoschisi edi. U Rashid Ahmad Gangohiyning katta shogirdi, uning xalifasi Sayid Muhammad Ishoq esa Charmonai Darbarning asoschisi boʻlgan.

Ilk faoliyati va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibrohim 1863-yilda Bengaliya prezidentligining Noaxali shahridagi Nalua qishlogʻida bengal musulmon oilasida tugʻilgan. Otasining ismi Muhammad Panah Mian edi[1]. Uning boshlangʻich taʼlimi oʻz mahallasida boshlangan, u yerda arab va fors tillarini oʻrgangan. Keyinchalik Muhammad Ibrohim Kalkutta Alia madrasasida tahsil oladi, soʻngra Arabistonning Makka shahridagi as-Savlatiya madrasasiga oʻqishga kiradi. U Makkada turk olimi Qori Baraksusdan qiroat ilmini ham o‘rgangan.

Ujanidagi qadimiy Baxtiyorxon masjidi Ibrohim faoliyatining bosh qarorgohiga aylantirilgan.
Jamia Islamia Ibrohimiya, shuningdek, Ujani madrasasi sifatida ham tanilgan, hozirda 1200 dan ortiq talaba tahsil oladi.

Makkada boʻlganida, Ibrohimning Qur’on tilovatini Makka hokimi eshitib, unga Madrasa as-Savlatiyada muallimlik qilishni buyuradi. Ibrohim u yerda 12 yil muallimlik qildi[2]. Keyinchalik u Bengaliyaga qaytib keldi va u yerda xotinlaridan biri bilan Chandpurga joylashadi. 1901-yilda Ujani shahrida masjid va Jamia Islamia Ibrohimiya tashkil etadi[3]. Shuningdek, IbrohimRashid Ahmad Gangohiyga ham bay’at qildi. 12 kundan keyin Gangohi Ibrohimga xalifalikni (tasavvuf vorisligini) beradi[1].

Vafoti va merosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ujani 1943-yilda Chandpurning Kachua shahridagi uyida vafot etadi. U yerda muallim bo‘lib ishlagan vaqtida Makkalik bir ayolga uylangan edi, u Bengaliyaga qaytib kelganida u bilan yashay boshlaydi. U, shuningdek, Daulatpurlik qizga ham uylangan edi, uning otasi u yerda Qur’on tadbirida uning tilovatini eshitgan. Muhammad Ibrohimning 11 oʻgʻli va 7 qizi boʻlgan. Uning shogirdi Sayid Muhammad Ishoq Charmonai Darbar asoschisi vazifasida faoliyat yuritgan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 Nizampuri, Ashraf Ali. The Hundred (Bangla Mayer Eksho Kritishontan), 1st, Salman Publishers, 2013 — 29-bet. ISBN 978-112009250-2. 
  2. Ishaq, Syed Muhammad. হযরত মাওলানা ক্বারী ইবরাহীম সাহেব (রহ)-এর সংক্ষিপ্ত জীবনী. Bangladesh: Al-Eshaq Publications, 2006 — 6-bet. 
  3. „কচুয়ার উজানীর বার্ষিক মাহফিল শুরু“ (bn). Daily Inqilab (2018-yil 5-yanvar).
  • Amirul Islam. সোনার বাংলা হীরার খনি ৪৫ আউলিয়ার জীবনী (bn). Dhaka: Kohinoor Library, 2012 — 18–23-bet. 
  • Altaf Husayn. বিশ্ব সেরা ১০০ মুসলিম মনীষী. The Sky Publishers, 2013 — 275–277-bet. ISBN 978-9848260647. 
  • SM Aminul Islam. বাংলার শত আলেমের জীবনকথা. Baighar, January 2014 — 71–75-bet.  
  • Abu Zafar. ভারতীয় উপমহাদেশের সুফি-সাধক ও ওলামা মাশায়েখ. Meena Book House, 2017 — 63–67-bet. ISBN 9789849115465. 
  • Jahangir, Salahuddin. বাংলার বরেণ্য আলেম — ১ম খণ্ড. Maktabatul Azhar, 2017 — 110–118-bet. 
  • Nizampur, Ashraf Ali. দ্যা হান্ড্রেড (বাংলা মায়ের একশ কৃতিসন্তান). Hathazari: Salman Prakashani, 2013 — 29–31-bet.