Kontent qismiga oʻtish

Navoiy (shahar)

Koordinatalari: 40°05′04″N 65°22′45″E / 40.08444°N 65.37917°E / 40.08444; 65.37917
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Navoiy yubileyidan yoʻnaltirildi)
Navoiy
Shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
40°05′04″N 65°22′45″E / 40.08444°N 65.37917°E / 40.08444; 65.37917
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Navoiy
Hukumat
 • Hokim Ergashev Dilmurod [1]
Asos solingan 1958-yil 3-sentabr
Maydon 35 km2 (14 kv mi)
Markazi balandligi 382 m
Iqlim turi keskin kontinental
Aholisi
 (2024)
161 300[2]
Zichligi 4608.6 kishi/km2
Milliy tarkib
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998-79
Pochta indeks(lar)i 210100
Avtomobil kodi 85 – 89
Navoiy xaritada
Navoiy
Navoiy
Navoiy xaritada
Navoiy
Navoiy

Navoiy — Oʻzbekistonning Navoiy viloyatidagi shahar. Bu shahar Navoiy viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazidir. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, viloyatning sharqiy chekkasida, 347 m balandlikda joylashgan. Ushbu shaharda temir yoʻl stansiyasi avtotransport yoʻllarining muhim tuguni boʻlib, Toshkentdan 509 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi — 161 300 kishi (2024)[3].

Navoiy shahri Alisher Navoiy sharafiga atab shunday nomlangan. Shaharning hozirgi hududi oʻrnida choʻl boʻlgan. Shimolda qadimiy Karmana shahri joylashgan boʻlib, oʻtmishda Buxoro amirligining bekligi hisoblangan. Janubda temir yoʻl stansiyasi va bir qishloq boʻlgan, hozirda bu joy Navoiy shahrining Vokzaloldi hududi deb ataladi. 1958-yilning sentyabr oyida Navoiy shahri sanoatlashgan shahar sifatida tashkil topdi. Shu vaqtdan Navoiy viloyati tashkil topganga qadar Navoiy shahri Buxoro viloyati tarkibida boʻlib keldi.

Zarafshon daryosining yaqinligi, yirik qishloq xoʻjaligi hududning markazida joylashganligi, transport bilan yaxshi taʼminlanganligi shaharning tez oʻsish omili boʻldi. Navoiy Oʻrta Osiyoda yirik elektr energiya va kimyo sanoati markazi hisoblanadi. Navoiyda 21 ta yirik sanoat korxonasi mavjud. Viloyat sanoat korxonalari yalpi mahsulotining koʻp qismi Navoiyda ishlab chiqariladi. Shahar sanoat tarmoqlarida elektr quvvati, mineral oʻgʻitlar, ip hamda ipak gazlamalar ishlab chiqariladi. Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasi, elektr-kimyo zavodi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, un kombinati, non konbinatlari, Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qizilqumsement korxonasi, paxta tozalash zavodi, mashinasozlik zavodi (NMZ), sut, pak qurti zavodlari, Sintepon korxonasi, oziq-ovqat va mahalliy sanoat muassasalari mavjuddir. Shaharda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda qurilgan 18 dan oshiq qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Shulardan „Agama“, „Zerispark“ korxonalari samarali ishlamoqda. Shahar orqali Uchquduq, Buxoro, Nukus shaharlariga boruvchi temir yoʻl oʻtgan. Navoiyda 20 ga yaqin yoʻnalishda avtomobil transporti qatnaydi. Navoiy xalqaro aeroporti shaharni Toshkent orqali respublika viloyatlari va 20 dan oshiq xorijiy davlatlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatishda xizmat qiladi. Sarmish darasi Navoiydan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan hamda u „dunyodagi eng katta tosh devorlar galereyasi“ sanaladi[4].

Navoiy shahrining 1987-yil 19-noyabrda qabul qilingan gerbi

Navoiyning hududi 35 km² dir. Shahar Navoiy viloyatining janubidagi Zarafshon daryosi yaqinida, Toshkent shahridan 360 km janubi-gʻarbda joylashgan. Samarqandgacha boʻlgan masofa 140 km, Buxorogacha — deyarli 100 km. Shahardan shimolidan Zarafshon daryosi oqadi. Shahar chekkasidan 10 km shimolda, Zarafshon daryosi qirgʻoqlaridan tashqarida Nurota togʻlari choʻzilgan.

Navoiyning iqlimi keskin kontinental boʻlib, qishda havo ancha sovuq, yozda boʻlsa ancha issiqdir. Bahor va kuzda koʻp yomgʻir yogʻadi, ammo yozda yogʻingarchilik koʻp boʻlmaydi.

Navoiyda yozlar uzun boʻlib, odatda maydan sentyabrgacha davom etadi. Yoz oylarida havo keskin isishi mumkin. Shaharda yoz oylarida juda oz yogʻingarchilik kuzatiladi, ayniqsa iyundan sentyabrgacha. Yozda harorat +54 ° C gacha chiqishi, qishda −18 ° C gacha tushishi mumkin. Anomal sovuq kam uchraydi.

Qish (oʻrtacha sutkalik harorat 0 °C dan past boʻlgan davr) oʻrtacha noyabrning 3-oʻn kunligidan martning 2-oʻn kunligigacha davom etadi. Kalendar qishda qisqa (3-8 kun) sovuqlar kuzatilishi mumkin (kechasi harorat −12 ° C gacha, kamdan-kam hollarda −18 ° C gacha). Oʻtish fasllari juda qisqa. Iyun va iyul oylarida kunlik harorat odatda 45 darajadan oshadi (yoz mavsumida oʻrtacha 30-40 kun).

Navoiy (1981—2010) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek
Oʻrtacha maksimal, °C 6,8 10,0 15,8 23,5 29,0 34,7 36,2 35,0 29,6 22,6 15,7 9,1
Oʻrtacha minimal, °C −1,2 0,3 4,7 10,5 14,7 18,7 20,4 18,2 12,6 7,2 3,7 0,3
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 28,1 28,6 40,9 25,9 16,0 1,7 1,8 0,5 1,8 3,6 17,7 27,3
Manba: Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati[5]

Hokimlar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Navoiy shahri hokimlari roʻyxati
No. Hokim Boshlanish vaqti Tugash vaqti Manba
1 Bahodir Joʻrayev 2009 2013
2 Neʼmatillo Axatov 2013 2017 [6]
3 Umarbek Xalilov 2017 2020 [7]
4 Muxiddin Bazarov 2020 2022 [1]
5 Muratxan Egamqulov 2022 2023 [8]
6 Dilmurod Ergashev 2023 h.v. [9]

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Navoiy shahrida 161 300 nafar aholi istiqomat qiladi (2024). Bunda, oʻzbeklar — 88,7%, qozoqlar — 3,6%, qoraqalpoqlar — 2,3%, ruslar — 1,6%, tojiklar — 1,4%, tatarlar — 0,6% va boshqa millat vakillari — 1,8%ni tashkil etadi[10]. Aholi zichligi — 4608.6 kishi/kvadrat kilometr. Navoiy O‘zbekistondagi shunday shaharlardan biri bo‘lib, u yerda ruslar va umuman rusiyzabonlar umumiy aholining 4% dan ortig‘ini tashkil qiladi.

SSSR parchalanishi va aholining Rossiya va boshqa mamlakatlarga chiqib ketishining keskin kuchayishi munosabati bilan Navoiyda oʻzbeklarning ustunligi va ularning sonining koʻpayishi tendentsiyasi bilan milliy tarkibning nisbati oʻzgardi.

Aholining oʻsishi
Yil2001 2005 2007 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 20232024
Aholi138 082125 500125 800133 540133 526134 113135 548136 374144 158146 865150 611156 000161 300
±% y.oʻ.s.—    −2.36%+0.12%+0.75%−0.01%+0.44%+1.07%+0.61%+5.71%+1.88%+2.55%+3.58%+3.40%
Manba: Aznations.com[11], Navoi.gov.uz[12] va navstat.uz[13]
Alisher Navoiy haykali.

Navoiy yirik ilm-maʼnaviyat va maʼrifat markazlaridan. Bu yerda 2 oliy oʻquv yurti (Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik instituti), 3 ta akademik litsey, 18 ta umumiy taʼlim maktabi, 1 ta muzey — Navoiy viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, 3 madaniyat saroyi (Farhod madaniyat saroyi, Shirin madaniyat saroyi, Navroʻz madaniyat saroyi), madaniyat va istirohat bogʻlari, kutubxonalar, 3 stadion (Soʻgʻdiyona markaziy stadioni, Kimyogar markaziy stadioni, Yoshlar sport majmuasi markaziy stadioni), 3 suzish havzasi (Delfin, Suv sporti saroyi, Akvapark), kasalxonalar, poliklinikalar, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish markazi, tibbiy dispanserlar faoliyat koʻrsatadi. 1958—1960-yillarda shahar yagona bosh plan asosida issiq iqlim, milliy anʼanalarni hisobga olgan holda qurilgan. Meʼmor va quruvchilardan bir guruhi davlat mukofotlariga sazovor boʻlishgan.

Shuningdek, 2001-yilda Alisher Navoiy tavalludining 560-yilligi munosabati bilan Navoiyda Alisher Navoiy istirohat bogʻi ochilib, u yerda Alisher Navoiy haykali oʻrnatilgan[14].

Navoiy shahri Oʻzbekistonning eng sanoatlashgan shaharlaridan biridir. Shaharda Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Navoiyazot, Qizilqumsement va boshqa sanoat ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritadi.

Quyidagilar shaharda joylashgan:

  • „Navoiyazot“ AJ (kimyo zavodi),
  • Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ ("NKMK" AJ) ,
  • „Qizilqumsement“ AJ (Oʻzbekistondagi eng yirik sement zavodi),
  • Navoiy mashinasozlik zavodi,
  • oltinni qayta ishlash zavodi,
  • elektrokimyoviy zavod,
  • paxta tozalash mashinasi,
  • oziq-ovqat sanoati korxonalari,
  • Navoiy GRES (viloyat energetikasining asosi).

Barcha ishlab chiqarish korxonalari shaharning gʻarbiy chegarasi yaqinidagi sanoat zonasida (turar-joylardan 2 km uzoqlikda) toʻplangan[15].

Navoiy — O‘zbekistondagi eng yirik transport markazlaridan biri. Navoiy xalqaro aeroporti shahardan 12 km gʻarbda joylashgan boʻlib, u Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti va Oʻzbekistonning boshqa yirik shaharlaridagi aeroportlar, shuningdek, Moskva Vnukovo xalqaro aeroporti bilan aloqaga ega. Navoiyning janubida yuk va yoʻlovchi tashishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan temir yoʻl vokzali joylashgan. Shahar jamoat transporti Navoiyda avtobuslar, qatnovchi taksilar (Daewoo Damas avtomobillari), shuningdek, xususiy va jamoat taksilari (asosan Daewoo Nexia, Daewoo Matiz, Daewoo Gentra, Chevrolet Lacetti, Chevrolet Cobalt, Chevrolet Epica) mavjud.

Diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu yerga va yaqin atrofdagi shaharlarga kelgan fuqarolar va sayyohlar uchun sevimli dam olish maskanlaridan biri bu Janubiy Park boʻlib, uning hududida stadion, basseyn va kinoteatrlar mavjud.

  1. 1,0 1,1 „Navoiy shahar hokimligi“. Markaz24.uz (2023-yil 20-avgust).[sayt ishlamaydi]
  2. [1]
  3. „https://www.navstat.uz/uz/rasmiy-statistika/demography-2“.
  4. „Navoi“ (oʻzbek). samarkandtours.com. 2021-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-fevral 2021.(Wayback Machine saytida 2021-05-21 sanasida arxivlangan)
  5. „Average monthly data about air temperature and precipitation in 13 regional centers of the Republic of Uzbekistan over period from 1981 to 2010“. Centre of Hydrometeorological Service of the Republic of Uzbekistan (Uzhydromet). 15-dekabr 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2019.
  6. „Назначен новый хоким города Навои“ (deadlink). uz24.uz (2013-yil 4-dekabr). 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyul. (Wayback Machine saytida 2017-07-28 sanasida arxivlangan)
  7. „В Навои сменился хоким“. Газета.uz (2017-yil 10-aprel). Qaraldi: 2017-yil 28-iyul.
  8. „Navoiy va Zarafshon shaharlari, Navbahor va Konimex tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi“ (2022-yil 10-may). Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  9. „В Навои сменился хоким“. Gazeta.uz (2023-yil 27-iyul). Qaraldi: 25-aprel 2024-yil.
  10. „Навои (город)“, Википедия (ruscha), 2024-08-14, qaraldi: 2024-08-20
  11. „Population of Navoiy“. Aznations.com (28-avgust 2020).
  12. Official Website of Navoiy Region, 2007-06-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-08-28
  13. NAVOIY VILOYATI STATISTIKA BOSHQARMASI
  14. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  15. „О городе навои » Навоий шахар хокимлиги расмий сайти » Официальный сайт хокимията г.Навои » Official site of Municipality of the city Navoi“. navoiy.uz. 2019-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-noyabr.