Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi

Koordinatalari: 41°16′44.53″N 69°12′44.899999999983″E / 41.2790361°N 69.21247222222221751°E / 41.2790361; 69.21247222222221751
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oʻzbek Oliy Ligadan yoʻnaltirildi)
Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasi
Davlat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Toshkent
Konfederatsiya Osiyo Futbol Konfederatsiyasi
Tashkil etilgan 20-iyun, 2008-yil (16 yil avval) (2008-06-20)
Yuqori liga Oʻzbekiston Superligasi
Oʻzbekiston Pro-ligasi
Oʻzbekiston Birinchi Ligasi
Xalqaro musobaqalar Osiyo Chempionlar ligasi
OFK kubogi
Veb-sayt pfl.uz
Bosh direktor Diyor Imomxoʻjayev
Kuboklar Oʻzbekiston kubogi
Liga kubogi
Homiylar Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan
Artel
Uzcard
Apex Insurance
BMB Holding
Map

41°16′44.53″N 69°12′44.899999999983″E / 41.2790361°N 69.21247222222221751°E / 41.2790361; 69.21247222222221751

Oʻzbekiston professional futbol ligasi, qisqacha OʻzPFL (Ўзбекистон профессионал футбол лигаси, ЎзПФЛ) – Oʻzbekiston hududida futbol jamoalari oʻrtasida tegishli ravishda professional futbol musobaqalari oʻtkazishni muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilot. 2008-yilda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tavsiyasiga muvofiq, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasidan alohida tashkilot sifatida ajratildi.

Superliga, Oʻzbekiston Pro ligasi, Birinchi liga, Oʻzbekiston Kubogi, Liga Kubogi, Oʻzbekiston Superkubogi, Oʻzbekiston U19 va Oʻzbekiston U21 chempionatlari, boshqa shu kabi professional futbol musobaqalarini oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtiradi. Futbol klublari oʻrtasida musobaqalar tashkil etish va oʻtkazish, ularning sport va tashkiliy-boshqaruv faoliyati hamda oʻzaro munosabatlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berib borish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi.

Oʻzbekistondagi vazirlik, idora, korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda turli darajadagi futbol musobaqalarini oʻtkazish ishiga koʻmaklashadi.

Litsenziyalash boʻyicha Osiyo qitʼasida yetakchi ligalardan biri sanaladi.

2024-yil mart oyi holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi beshta shirkat liganing rasmiy homiysi hisoblanadi.

1992-yilda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi tashkiliy tuzilmasining bir qismi boʻlgan va Oʻzbekistonda professional futbol musobaqalarini oʻtkazishga mas’ul boʻlinma edi. 2008-yil boshlarida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Oʻzbekiston Futbol federatsiyasiga Professional futbol ligasini alohida tashkilot sifatida ajratishni tavsiya qildi. 2008-yil 20-iyunda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va futbol klublarining Umumiy yigʻilishida tashkil etildi hamda 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi[1].

2008—2018-yillarda futbol boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar birinchiligi musobaqalarini oʻtkazgan. 2019-yildan 2023-yilgacha ayollar futboli (Oliy liga, birinchi liga, kubok, superkubok), 2017-yildan 2025-yilgacha futzal (Oliy liga, kubok va boshqa) musobaqalari oʻtkazilishini nazorat qilgan[2].

2023-yilning 10-yanvar kuni Jahon Professional futbol ligalari assotsiatsiyasi aʼzosiga aylandi[3][4].

Maqsadi va vazifalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida futbol jamoalari oʻrtasida tegishli ravishda futbol boʻyicha Superliga, Pro liga, Birinchi liga, Kubok, Superkubok, PFL Kubogi, Oʻzbekiston barcha yosh toifalaridagi va boshqa shu kabi professional futbol musobaqalari oʻtkazishni muvofiqlashtiradi. Futbol klublari oʻrtasida musobaqalar tashkil etish va oʻtkazish, ularning sport, tashkiliy-boshqaruv faoliyati hamda oʻzaro munosabatlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berib boradi[5].

Har oyda Oʻzbekiston Superligasidagi eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi hakam, eng yaxshi gol nominatsiyalari boʻyicha, ekspertlar ovoziga koʻra gʻoliblarni aniqlaydi va ularni taqdirlash ishlarini tashkillashtiradi[6]. Yil yakunida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda taqdirlash marosimini oʻtkazadi[7][8].

Tashkilotning ilk rahbari sifatida 2008—2017-yillar mobaynida Farhod Magometov faoliyat olib borgan. 2017-yilning sentyabridan 2019-yilgacha Omon Gʻofurov tashkilotga rahbarlik qilgan. Keyinchalik, 2019—2020-yillarda tashkilotga Davron Shoqurbonov rahbarlik qilgan. 2020-yildan 2022-yilgacha Bosh direktor vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Diyor Imomxoʻjayev 2022-yilda tashkilot Bosh direktori etib tayinlandi.

Ismi Tayinlangan Boʻshatilgan
Farhod Magometov[9][10] 04.09.2008 04.09.2017
Omon G‘ofurov[11] 04.09.2017 17.06.2019
Davron Shoqurbonov[12] 17.06.2019 26.05.2020
Diyor Imomxoʻjayev[13] 26.05.2020 hozirgacha

Ijroiya qoʻmitasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diyor Imomxoʻjayev, Bosh direktor[14].

Odil Ahmedov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti[14].

To‘labek Akramov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Lokomotiv-Toshkent futbol klubi vitse-prezidenti[14].

Bahodir Mirzayev, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, AGMK futbol klubi bosh direktori[14].

Alisher Yusupov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Nasaf futbol klubi bosh direktori[14].

Oybekxon Ibrohimxonov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Oʻzbekiston Professional futbol ligasi yurist-konsultanti[14].

OʻzPFL tasarrufidagi musobaqalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston Superligasi

Oʻzbekiston Superligasi – Professional futbol klublari ishtirok etadigan, O‘zbekiston futbol musobaqalari tizimidagi eng yuqori divizion. 1992-yilda Oliy Liga nomi bilan tashkil etilgan[15]. Chempionat mart-noyabr oylarida oʻtkaziladi va har bir jamoa 26ta turda bittadan uchrashuv oʻtkazadi. 2018-yilgacha musobaqa rasman Oliy liga deb nomlangan. 2019-yildan titul homiy ishtirokida dastlab Pepsi Superligasi, keyinchalik, 2020-yildan Coca Cola Superligasi, 2024-yildan Artel Superligasi deb nomlanadi. Oʻzbekiston chempionatlari tarixida jami 45ta klub ishtirok etgan va ulardan faqatgina 8ta klub chempionlik shohsupasiga erishgan: „Paxtakor“ – 16 marta, „Neftchi“ – 5 marta, „Bunyodkor“ – 5 marta, „Lokomotiv“ – 3 marta, „Doʻstlik“ – 2 marta, MHSK – 1 marta, „Navbahor“ – 1 marta, „Nasaf“ – 1 marta. Turli yillarda Oʻzbekiston chempionatida jamoalar soni turlicha boʻlgan. Dastlabki yillarda chempionat bahslarida 16ta jamoa ishtirok etgan boʻlsa, keyinchalik turli yillarda jamoalar soni 14, 18 va 20ta boʻlgan. 2018-yilda bir marta chempionat jamoalari soni 12tani tashkil qilgan. 2025-yildan boshlab 16ta jamoa qatnashadi[16].

Oʻzbekiston Kubogi

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkillashtiriladigan futbol boʻyicha milliy kubok musobaqasidir. Oʻzbekiston Kubogi bahslari 1992-yildan beri tashkil etib kelinadi. Musobaqaning ilk gʻolibi Namanganning „Navbahor“ klubi hisoblanadi. Oʻzbeksiton Kubogi gʻoliblari OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi[17].

Oʻzbekiston kubogini eng koʻp qoʻlga kiritgan futbol klubi – Paxtakor (13 marta) hisoblanadi. Bunyodkor va Nasaf klublari 4 martadan, Navbahor va Lokomotiv klublari 3 martadan, Neftchi klubi 2 marta, AGMK, Doʻstlik va Andijon klublari 1 martadan qoʻlga kiritgan[18].

Oʻzbekiston Liga kubogi – erkaklar oʻrtasidagi futboli boʻyicha har yili oʻtkaziladigan futbol musobaqasi. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2010-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan musobaqa 2016-2018-yillarda oʻtkazilmagan. Oʻzbekiston Liga kubogi – 2019-yilda ilk marta tashkil etilgan. Unda asosan Oʻzbekiston klublari, shuningdek OʻzPFL taklifiga koʻra Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻiston futbol klublari ham qatnashadi. Musobaqaning ilk gʻolibi – Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi[19].

Oʻzbekiston Super kubogi

Ushbu turnir 1 ta oʻyindan iborat boʻlib, unda: oʻtgan mavsumdagi Oʻzbekiston Kubogi sohibi va Superliga chempioni toʻqnashadi. Agarda Kubok va Chempionatni bitta jamoa yutgan boʻlsa, unda Chempionatda 2-oʻrinni egallagan klub, Chempionga qarshi oʻynaydi[20].

2017-yil 21-noyabr kuni PFL rahbariyati qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Birinchi ligasi 2018-yilgi mavsumdan boshlab rasman Oʻzbekiston Pro ligasi deb oʻzgartirildi. Liga 18 tadan 16 ta jamoaga qisqartirildi[21].

2010-yildan boshlab faoliyat olib boradi. 2010-yilgi mavsumdan eʼtiboran birinchi liga musobaqalari ikki mintaqaga boʻlingan holda olib boriladi: sharq mintaqasi va gʻarb mintaqasi. Sharq mintaqasi jamoalari Andijon, Namangan, Fargʻona va Toshkent viloyati futbol klublaridan tashkil topgan. Gʻarb mintaqasi jamoalari Sirdaryo, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi futbol klublaridan tashkil topgan. Har bir mintaqada qatnashadigan jamoalar soni: 14 ta[22].

Oʻzbekiston Birinchi ligasi ilgari futbol tizimida ikkinchi toifali musobaqa vazifasini bajarib kelgan. 2018-yilda Pro ligaga asos solinganidan keyin, 2020-yildan eʼtiboran Birinchi liga qayta tashkil qilindi va endilikda mamlakatda uchinchi darajali musobaqa sanaladi.

Oʻzbekiston futboli tizimida Superliga jamoalarining yoshlar tarkiblari oʻynaydigan musobaqa. Unda OʻzPFL reglamentiga muvofiq 21 yosh va undan kichik futbolchilar ishtirok etadi. U21 chempionati uchrashuvlari asosiy tarkiblar uchrashuvidan bir kun keyin tashkil etiladi[23].

19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi futbol boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati (U20), 19 yoshgacha boʻlgan (U19) Osiyo chempionati va boshqa turnirlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Superliga va Pro liga klublarining 19 yoshgacha boʻlgan tarkiblari oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqa. U19 chempionatiga 2021-yilda asos solingan. Unda ikki yuqori divizionning barcha klublari oʻz tarbiyalanuvchilari bilan gʻoliblik uchun kurash olib boradi. Superliga va Pro liga klublarining 19 yoshgacha boʻlgan tarkiblari oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqa. U19 chempionatiga 2021-yilda asos solingan. Unda ikki yuqori divizionning barcha klublari oʻz tarbiyalanuvchilari bilan gʻoliblik uchun kurash olib boradi[24].

Hamkorlikdagi musobaqalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
DXX kubogi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, sport vazirligi, yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda DXX kubogi musobaqalarini oʻtkazadi[25].

Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, ichki ishlar vazirligi, futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda talabalar kubogi musobaqalarini oʻtkazadi[26].

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi 2018—2019-yillarda Pepsi shirkati bilan hamkorlik qilgan. 2019-yildan boshlab esa Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan kompaniyasi Oʻzbekiston Kubogiga titul homiy vazifasini bajarib kelmoqda[27]. 2020-yilda „Apex Insurance“ sugʻurta shirkati bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Shirkat ligada roʻyxatdan oʻtgan 1500 nafardan oshiq professional futbolchilar salomatligi sug‘urtalanishini taʼminlab beradi[28]. 2021-yildan 2022-yilgacha Epsilon shirkati, Madad Invest Bank aksiyadorlik jamiyati, Turon Eco Cement va Jizzax akkumulyator zavodlari homiy boʻlishgan[29]. 2023-yil 16-mart kuni „BMB Holding“ shirkati Superliganing rasmiy homiysi boʻldi[30][31]. Shuningdek, 2023-yil davomida Olcha.uz axborot portali va Centrum Air xususiy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Professional futbol ligasining hamkorlari boʻlishgan. 2024-yil 28-fevral kuni Oʻzbekiston maishiy texnika bozoridagi eng yirik brend hisoblangan „Artel“ shirkati 2026-yil oxirigacha Superliganing titul homiysiga aylandi[32][33]. Shu yil 12-mart kuni Uzcard shirkati Oʻzbekiston Professional futbol ligasining rasmiy hamkori boʻldi[34][35].

2022-yilgi OʻzPFL taqdirlash marosimi

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Osiyo qitʼasida litsenziyalash boʻyicha yetakchilardan biri sanaladi. 2021-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonning 12 ta klubi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi litsenziyasini qoʻlga kiritdi va bu qitʼada 3-eng yaxshi natija sifatida qayd etildi. 2021-yilda ayollar jamoalari oʻrtasida ham Oʻzbekistonning 2 ta klubi Osiyoda birinchilaridan boʻlib litsenziyalashdan muvaffaqiyatli oʻtdi[36].

OʻzPFL Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan 2021-yil yakunlariga koʻra „Eng shaffof nodavlat-notijorat tashkilotlari TOP-20“ roʻyxatidan oʻrin olgan[36].

  1. „Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida“. LexUz (2010-yil 23-sentyabr).
  2. „Sports.uz“.
  3. „OʻzPFL Jahon Professional futbol ligalari assotsiatsiyasi aʼzosiga aylandi“. 2023-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  4. World Association of Professional Football Leagues
  5. „PFL Superliga taqvimini o‘zgartirdi va o‘zgarishlarga izoh berdi“. kun.uz.
  6. „PFL oyning eng yaxshilarini aniqlash mexanizmini o'zgartirdi“.
  7. „Superligada oyning eng yaxshilari qanday aniqlanadi?“.
  8. YouTube logotipi PROFESSIONAL FUTBOL LIGASI TAQDIRLASH MAROSIMI - 2022 YouTubeda
  9. Diyor Imomxoʻjayev. „Omad sizga, Farhod Magomedov“. championat.asia.
  10. „Farhod Magomedov PFL direktorligidan bo‘shatildi“. kun.uz (2017-yil 10-oktyabr).
  11. „PFL bosh direktori Omon G‘ofurov iste'foga chiqdi“. kun.uz.
  12. „Rasman: Davron Shakurbanov O'zPFL bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi“. championat.asia.
  13. „Bukmekerlik idoralari, kelishilgan o‘yinlar va futboldagi korrupsiya. PFL rahbariyati bilan suhbat“. kun.uz.
  14. 14,0 14,1 14,2 14,3 14,4 14,5 „O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasi“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2023-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-aprel.
  15. „O‘zbekistonda Superliga tashkil etiladi“.
  16. „2025 yilgi mavsumdan boshlab Superligada 16 ta jamoa ishtirok etadi“.
  17. „Кубок Узбекистана“.
  18. „O'zbekiston Kubogi. Finallar tarixidan“. championat.asia.
  19. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  20. „Ўзбекистон Суперкубоги - 2024. Сейткамолов, Кошелев, Пишур, Машарипов. Олдинги 8 та ўйинда кимлар майдонга тушган?“ (2024-yil 25-may).
  21. „Oʻzbekiston Birinchi ligasi rasman O‘zbekiston Pro ligasi deb o‘zgartirildi“. 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  22. „Birinchi liga turnir jadvali“.
  23. Uzbekistan U21
  24. „Uzbekistan U19“. Transfermarkt.
  25. „DXX raisi kubogining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi“.
  26. „Poytaxt talabalari o‘rtasida Students cup musobaqasi o‘tkaziladi — PFL“.
  27. Coca-Cola sponsors the 2019 Uzbekistan Super League
  28. PFL APEX INSURANCE bilan hamkorlikni uzaytirdi
  29. „Жамоалардан пул оладиган эмас, уларга пул берадиган ташкилотга айланишимиз керак — ЎзПФЛ раҳбари“.
  30. BMB HOLDING becomes official sponsor of Uzbekistan Professional Football League
  31. „BMB Trade group Liga rasmiy homiysiga aylandi“. 2023-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-mart.
  32. „Artel O‘zbekiston Professional futbol ligasining titul homiyiga aylandi“.
  33. „Artel 2026 йил якунига қадар Суперлига титул ҳомийсига айланди“.
  34. „UZCARD O‘zbekiston futbolini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam tashladi“.[sayt ishlamaydi]
  35. „UZCARD O‘FA va PFL rasmiy hamkoriga aylandi“.
  36. 36,0 36,1 „Litsenziyalash yakunlari: 12 ta klub OFK litsenziyasini, 9 ta klub esa milliy litsenziyani shartli ravishda qo‘lga kiritdi“. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi. 2022-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.