Kontent qismiga oʻtish

Iroda Toʻlaganova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Toʻlaganova Iroda Botirovnadan yoʻnaltirildi)
Iroda To`laganova
Tavalludi 7-yanvar 1982-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari Oʻzbekiston iftixori

Iroda Toʻlaganova (1982-yil 7-yanvarda tugʻilgan) — oʻzbek professional tennischisi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000), „Oʻzbekiston iftixori“ (2001). Tennis boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Butunjahon oʻsmirlar oʻyinlari bronza medali sovrindori (1998, Moskva), qizlar oʻrtasida Osiyo (1999, Fukuoka), „Uimbldon“ chempionatlari (1999, London) va AQSH ochiq chempionati (1999, Nyu-York) gʻolibi. 1998 yildan professional tennischi, WTA tasnifiga kiruvchi 3 ta musobaqada gʻolib boʻlgan (2000, Toshkent; 2001, Vena; 2001, Nokke-Xeyt). Osiyo oʻyinlari gʻolibi (2002, Pusan). „Shuhrat“ medali bn mukofotlangan (1998)[1]. 2010-yildan Oʻzbekiston tennis federatsiyasi vitse-prezidenti, 2020-yildan shuningdek, Osiyo tennis federatsiyasi vitse-prezidenti[2]