Kontent qismiga oʻtish

2008-yilgi UEFA Chempionlar ligasi finali

Vikipediya, erkin ensiklopediya
2008-yilgi Chempionlar ligasi finali

O'yin uchun ishlangan oister
Turnir UEFA Chempionlar ligasi
Qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng Manchester United Penaltilar seriyasida 6-5 hisobida gʻalaba qozongan.
Sana 21-May 2008-yil
Oʻyin oʻtkazilgan joy Lujniki stadioni, Moskva
UEFA Uchrashuvning eng
yaxshi o'yinchisi
Edwin van der Sar (Manchester United)[1]
Hakam Ľuboš Micheľ (Slovakia)
Tomoshabinlar soni 67,310[2]
Ob-havo Bulutli
14 °C (57 °F)
96% namlik[3]

2008-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finali – 2008-yil 21-may kuni Rossiyaning Moskva shahridagi Lujniki stadionida 2007—2008-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibini aniqlash uchun boʻlib oʻtgan futbol oʻyini. Musobaqaning final oʻyinida Manchester United va Chelsea ishtirok etdi va tarixdagi ilk inglizcha final maqomini oldi. Bir mamlakatning ikki klubi finalda toʻqnash kelgan holat 3-marotaba takrorlandi. Bungacha 2000 va 2003-yillarda shunday holat yuz bergan edi. Bu Rossiyada oʻtkazilgan birinchi Yevropa kubogi finali va shuning uchun turnir tarixidagi eng sharqiy final sifatida tarixga kirdi. Bu Manchester Yunaytedning 1968 va 1999-yillardan keyin uchinchi Yevropa kubogi finali, Chelsea ning esa birinchi finali edi.

Qoʻshimcha boʻlimlardagi 1:1 hisobidagi durangdan soʻng Manchester Yunayted penaltilar seriyasida 6:5 hisobida gʻalaba qozondi. 26-daqiqada Wes Brown tomonida uzatilgan uzatmani Cristiano Ronaldo darvozaga yoʻllab hisobni ochadi. 45-daqiqada esa Frank Lampard hisobni 1-1 koʻrinishiga olib keladi. Ikkinchi boʻkim va qoʻshimcha vaqtning katta qismida hech nima sodir boʻlmaydi. Faqatgina qoʻshimcha vaqt tugashiga 4 daqiqa qolganda Didier Drogba Nemanja Vidićga nisbatan juda ham jiddiy qoʻpollik ishlatgani uchun qizil kartochka olib maydonni tark etadi. Penaltilar seriyasida Ronaldu Manchester United ning uchinchi zarbasini golga aylantira olmaydi va John Terryga Chelsea uchun chempionlikni qoʻlga kiritish imkoniyatini berdi, angliyalik futbolchi yomgʻir tufayli sirpanib toʻpni darvozaga anniq yoʻllay olmaydi. Edwin van der Sar Nicolas Anelka tomonidan tepilgan penaltini qaytargan holda oʻz jamoasini 3-marotaba UEFA Chempionlar ligasi chepioniga aylantiradi.

Stadiondan turib mazkur oʻyinni 67,000 ga yaqin muxlis tomosha qilgan. Buyuk britaniya va Irlandiyada 17.5 milliondan ortiq inson televizordan oʻyinni kuzatib borgan. Musobaqaning boshida olingan mukofot pullaridan tashqari, Manchester United finalda gʻalaba qozongani uchun 7 million yevro, Chelsea esa 4 million yevro ishlab olishgan. Chempion sifatida Manchester United UEFA Superkubogi doirasida UEFA Yevropa ligasi gʻolibi Zenit bilan toʻqnash kelgan. Oʻyinda inglizlar 2-1 hisobida magʻlubiyatga uchrashadi. Klublar oʻrtasida Jahon chempionatida Copa Libertadores gʻolibi L.D.U. Quito ustidan 1-0 hisobida gʻalaba qoznadi va turnir chempioniga aylanadi.

Manchester United va Chelsi Chempionlar ligasi finaligacha bir-biri bilan 150 marta uchrashgan boʻlib, shulardan 18 tasi ichki kubok (Angliya kubogi, Angliya futbol ligasi Kubogi va Angliya superkubogi) musobaqalarida boʻlgan edi. Bir mamlakatning Yevropa musobaqalarida ishtirok etadigan jamoalari soniga oid turli tarixiy cheklovlar tufayli ular ilgari hech qachon Yevropada uchrashmagan. Manchester Yunayted tarixda 65 marotaba Chelsidan ustun kelgan. Chelsi esa 41 ta uchrashuvda MAnchesterliklar ustidan gʻalaba qozongan. 44 uchrashuv durrang natijasi bilan tugagan. Ular finallarda ham toʻqnash kelishgan, „Manchester Yunayted“ 1994-yilgi Angliya kubogi finalida 4:0, Chelsi esa 2007-yilgi Angliya kubogi finalida 1:0 hisobida gʻalaba qozongan va bu ikki tomon oʻrtasidagi soʻnggi kubok oʻyini edi.[4]. „Manchester Yunayted“ 2007-yilgi Angliya kubogi finalida magʻlubiyatga javoban keyingi avgust oyida 2007-yilgi Angliya superkubogida „Chelsi“ni magʻlub etadi, asosiy va qoʻshimcha boʻlimlar durrang hisobida tugaydi, penaltilar seriyasida esa Mancheter Yunaytied gʻalaba qozonadi[5]. 2007—2008-yilgi Premyer Liga mavsumida Manchester Yunayted 17-chempionligini nishonlaydi. Soʻngi turdan soʻng qizil iblislar Chelsidan 2 ochko oldinlab ketadi. 38-turgacha Chelsi va Manchester Yunayted bir hil ochko jamgʻaradi, faqatgina toʻplar nisbatidagi ustunlik Manchesterni birinchi pogʻonada saqlab turar edi. Ohirgi turda Yunaytedning Wiganga qarshi 2-0 hisobidagi gʻalabasi Chelsining oʻyinini ahamiyatsiz qildi[6][7].

Finalgacha yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Angliya Manchester United Raund Angliya Chelsea
Raqib Natija Guruh bosqichi Raqib Natija
Portugaliya Sporting CP 1–0 (m) 1-tur Norvegiya Rosenborg BK 1–1 (u)
Italiya Roma 1–0 (u) 2-tur Ispaniya Valencia 2–1 (m)
Ukraina Dinamo Kiyev 4–2 (m) 3-tur Germaniya Schalke 04 2–0 (u)
Ukraina Dinamo Kiyev 4–0 (u) 4-tur Germaniya Schalke 04 0–0 (m)
Portugaliya Sporting CP 2–1 (u) 5-tur Norvegiya Rosenborg BK 4–0 (m)
Italiya Roma 1–1 (m) 6-tur Ispaniya Valencia 0–0 (u)
"F" guruhi gʻolibi Final standings "B" guruhi gʻolibi
Raqib Umumiy hisob 1-oʻyin 2-oʻyin Pley-off Raqib Umumiy hisob 1-oʻyin 2-oʻyin
Fransiya Lyon 2–1 1–1 (m) 1–0 (u) Nimchorak final Gretsiya Olympiacos 3–0 0–0 (m) 3–0 (u)
Italiya Roma 3–0 2–0 (m) 1–0 (u) Chorak final Turkiya Fenerbahche 3–2 1–2 (m) 2–0 (u)
Ispaniya Barcelona 1–0 0–0 (m) 1–0 (u) Yarim final Angliya Liverpool 4–3 1–1 (m) 3–2 (q.v) (u)

Manchetser United

[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Manchester Yunayted" Fransiyaning Lyon klubini 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, oʻz maydonida uzluksiz gʻalabalar soni boʻyicha rekord oʻrnatdi

„Manchester Yunayted“ Italiyaning Roma, Portugaliyaning Sporting CP va Ukrainaning Dinamo Kiyev jamoalari bilan birga „F“ guruhidan joy olgan edi[8]. Birinchi turda United Lissabonga yoʻl oldi va u yerda Krishtianu Ronalduning goli inglizlarga „Sporting“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba keltirdi. Keyingi turda jamoa xuddi shu hisobda „Roma“ ustidan gʻalaba qozondi, keyin esa Kiyevning „Dinamo“siga qarshi ikkita gʻalabali oʻyinda „Manchester United“ jami sakkizta gol urdi (Kiyevda 4:2 va „Old Trafford“da 4:0))[9][10][11]. Beshinchi turda oʻz uyida „Sporting“ni magʻlub etib (2:1), „United“ guruhda birinchi oʻrinni oʻzi uchun kafolatladi[12]. Guruh bosqichining soʻnggi turida jamoa Rimga yoʻl oldi, u yerda pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan „Manchester“ va „Roma“ oʻyinni 1:1 hisobida durang bilan yakunlashdi, „United“ safida golni Gerard Piqué kiritdi[13]. Natijada, „Manchester United“ 16 ochko toʻpladi, bu 2007—2008-yilgi mavsumdagi barcha guruh gʻoliblari orasida eng yaxshi natijadir[14].

Nimchorak finalda „United“ Fransiyaning Lyon jamoasi bilan toʻqnash keladi. Mehmonda oʻynalgan birinchi oʻyin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi[15]. „Old Trafford“da boʻlib oʻtgan javob oʻyinida „Qizil iblislar“ 1:0 hisobida gʻalaba qozondi, yagona golni Krishtianu Ronaldu kiritdi[16]. Chorak finalda „Yunayted“ yana guruh bosqichidagi raqibi, Italiyaning „Roma“ jamoasi bilan uchrashdi[17]. Jamoalar Rimda oʻtkazgan birinchi oʻyin Manchesterning Krishtianu Ronaldu va Wayne Rooney ning gollaridan keyin 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi[18]. Ikkinchi oʻyin Manchesterning „Old Trafford“ stadionida boʻlib oʻtdi va mezbonlar minimal hisobda 1:0 hisobida gʻalaba qozonishdi[19]. Ushbu uchrashuvda „United“ Chempionlar ligasida ketma-ket 11-marta oʻz uyida gʻalaba qozonib, klub rekordini oʻrnatdi[20].

Yarim finalda Untied FC Barcelonaga qarshi toʻqnash keldi. Jamoalar 1998—1999-yilgi mavsumning guruh bosqichidan keyin ushbu turnirda uchrashmagan edi[21]. Jamoalarning birinchi yarim final jangi Camp Nouda boʻlib oʻtdi va durang bilan yakunlandi[22]. Old Trafforddagi ikkinchi oʻyinda „United“ 14-daqiqada Paul Scholesning goli evaziga 1:0 hisobida gʻalaba qozondi[23]. Final yoʻlida Manchester United 19 ta gol urdi, shundan 7 tasi Ronalduga tegishli[24]. 12 ta oʻyindan toʻqqiztasida „United“ gʻalaba qozondi, uchtasida durang oʻynadi va shu tariqa butun yoʻlni magʻlubiyatsiz oʻtkazdi[25].

Chelsi Germaniyaning Shalke-04, Norvegiyaning Rusenborg va Ispaniyaning Valensiya klublarini oʻz ichiga olgan „B“ guruhidan joy olgan edi. 3 ta gʻalaba va 3 ta durang qayd etilgan oltita oʻyindan soʻng Chelsi 12 ochko bilan pley-off bosqichida guruhda birinchi oʻrin bilan chiqdi.

Nimchorak final bosqichida Chelsiga Gretsiyaning Olimpiakos jamoasi qarshi chiqdi. Afinadagi birinchi oʻyin nursiz durang bilan yakunlandi[26]. Ikkinchi oʻyin Michael Ballack, Frank Lampard va Salomon Kalouning gollari evaziga londonliklarning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi[27].

Chorak finalda Chelsiga Turkiyaning Fenerbaxche jamoasi raqiblik qildi. Birinchi oʻyin Istanbuldagi Şükrü Saracoğlu stadionida boʻlib oʻtdi va mezbonlar 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[28]. Chelsi Stamford Bridgedagi javob uchrashuvida 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Ikki oʻyin yakuniga koʻra 3:2 hisobida ustunlikka erishgan Angliya jamoasi yarim finalga yoʻl oldi[29].

Londonliklarning navbatdagi raqibi Liverpool klubi boʻldi. Bu jamoalar Chempionlar ligasida ketma-ket toʻrtinchi marta toʻqnash kelishdi[30]. Birinchi oʻyin Liverpuldagi Anfield stadionida boʻlib oʻtdi, u yerda mezbonlar 95-daqiqadagi Koytning goli evaziga oldinga chiqib olishadi.[31]. Biroq qoʻshimcha vaqtning soʻnggi daqiqasida Chelsining chap qanotdan Solomon Kaluning jarima toʻpini uzatganidan soʻng norvegiyalik John Arne Riise oʻz darvozasiga toʻp kiritadi. Javob oʻyini xuddi shu hisob bilan yakunlandi va jang taqdiri qoʻshimcha vaqtda hal qilindi, qoʻshimcha boʻlimlardagi Didier Drogba va Frank Lampardning gollari Chelsini Chempionlar ligasi finaliga olib chiqdi[32].

Oʻyinni tashkiliy qismi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bolelщiki „Chelsi“ na Manejnoy ploщadi
Futbolniy gorodok na Krasnoy ploщadi
Tseremoniya otkritiya finalnogo matcha

Lujniki stadioni 2006-yil 4-oktabrda Lyublyanada boʻlib oʻtgan UEFA yigʻilishida oʻyin joyi sifatida tanlangan. Ushbu yigʻilishda UEFA 2008 va 2009-yillardagi Yevropa klub turnirlari finallari oʻtkaziladigan arenalarni tanladi[33]. Chempionlar ligasi va UEFA kubogi finallari uchun maydonlarni tanlash sigʻimi, xavfsizligi, kirish qulayligi, transport infratuzilmasi, muxlislar uchun sharoitlar va tijorat salohiyati kabi mezonlar asosida tanlandi. Moskva arenasi yopiq ovoz berish orqali Londonning Wembley, Berlin, Sevilya va Rimdagi Olimpiya stadionlarini ortda qoldirdi[33][34].

Ilgari Chempionlar ligasi finali hech qachon Rossiyada oʻtkazilmagan, bu oʻyin turnir tarixidagi eng sharqiy final boʻlishini anglatardi, ammo ilgari Lujniki stadioni 1999-yilgi UEFA kubogi finaliga mezbonlik qilgan, unda Italiyaning Parma jamoasi Fransiyaning Marsel jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etgan[35].

V. I. Lenin nomidagi Markaziy sport majmuasi tarkibidagi katta sport arenasi boʻlgan stadionni loyihalashtirish 1955-yil yanvar oyida, qurilishi esa oʻsha yilning aprel oyida boshlangan. Dastlab, stadion butun sport majmuasi bilan birga Lenin nomi bilan atalgan. Majmuaning tantanali ochilishi 1956-yil 31-iyulda boʻlib oʻtdi. 1973-yilda stadion yettinchi yozgi Universiadaning asosiy oʻtkazilish joyi boʻlgan, 1980-yilda esa stadion Yozgi Olimpiada oʻyinlarining eng muhim maydonlaridan biriga aylanadi. Bu vaqtga kelib stadiondagi tomoshabin oʻrinlari soni 103 mingga yetgan edi, ammo 1990-yillarning oʻrtalarida uning rekonstruksiyasi sigʻimni 85 ming kishiga qisqarishiga olib keldi. 1998-yilda stadion UEFA tomonidan Yevropaning 5 yulduzli futbol stadionlari roʻyxatiga kiritilgan (2006-yildan beri 4 toifali tizimdan foydalanilmoqda). 2002-yilning yozida stadionga Kanadaning FieldTurf kompaniyasining toʻrtinchi avlod sunʼiy maysazor yotqizildi[36]. 2008-yil may oyida UEFA talabiga koʻra, sunʼiy qoplama ustiga haqiqiy chim yotqizildi, u oʻyin kuniga kelib, garchi „yomon gilam“ ni eslatsa-da, baribir uning ostidagi sintetik chimdan sifat jihatidan ustun edi[37]. Stadionda nogironlar va VIP sektorlari jihozlandi, matbuot markazi qayta qurildi, ikkita video-monitor yangilandi, stadionning barcha kirish joylariga turniketlar oʻrnatildi.

1997-yildan beri marketing doirasida Chempionlar ligasining har bir finali doimiy ravishda oʻziga xos logotip va dizayn konsepsiyasini oladi. 2007-yil 31-oktabrda UEFA Lujnikov katta sport maydonida yangi dizaynni taqdim etdi, yangi ramzni sobiq rossiyalik darvozabon Rinat Dasayev ochib berdi[38]. Ramz bir necha oy davomida ishlab chiqilgan, u Rossiya poytaxtining madaniy merosi va tarixini aks ettirishi kerak edi. Chempionlar ligasi finalidan 45 kun oldin 2007-yilda gʻalaba qozongan Milan klubidan UEFAga, UEFAdan esa Moskva meri Yuriy Lujkovga Chempionlar ligasi kubogini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvdan bir necha kun oldin Chempionlar ligasi kubogi Rossiyaning bir nechta shaharlariga – Qozon, Yekaterinburg, Ramensk, Sankt-Peterburg va Samaraga tashrif buyurdi, u yerda kubokni barcha xohlovchilar koʻrishi va suratga tushishi mumkin edi. Kubok, shuningdek, futbol bilan bogʻliq joylarda va baʼzi futbol oʻyinlarida boʻlgan[39][40].

Jami 69 500 ga yaqin chipta chop etilgan (garchi „Lujnikov“ stadionining sigʻimi 80 000 oʻrindan biroz koʻproq boʻlsa-da, barcha joylardan maydon yaxshi koʻrinmaydi, shuningdek, xavfsizlik choralarini taʼminlash uchun ham joy qoldirish zarur edi). Erkin sotish uchun 10 500 ta chipta moʻljallangan edi. UEFA sayti orqali oʻtkazilgan bu jarayon finaldan ikki oy oldin bir yoki ikki dona chipta sotib olish uchun ariza qoldirish imkonini berardi. Chiptalar soni arizalar sonidan kam boʻlgani sababli, chipta egalari lotereya yordamida aniqlangan. Chiptalar uchta narx toifasida sotilgan edi, 80, 140 va 200 yevro[41]. Toʻlov kredit kartalari orqali amalga oshirilgan. Bundan tashqari, stadionda final oʻyin uchun maxsus oʻrnatilgan yumshoq oʻrindiqli yangi VIP C sektoriga chiptalar maxsus sayt orqali 3000 va 5000 yevrodan sotilgan. 21 000 ta chipta finalchi klublarga topshirildi, ammo baʼzi maʼlumotlarga koʻra, muxlislar uchun parvoz narxi, Moskvada yashash qimmatligi tufayli klub barcha chiptalarni sota olmagan.

Moskva hukumati ikki ingliz futbol klubi muxlislarining Moskvadagi toʻqnashishlar sonini imkon qadar kamaytirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. Masalan, Manchester muxlislarining charter reyslari Domodedovo aeroportiga, Chelsi muxlislari uchun esa Vnukovo va Sheremetyevo aeroportlari bor edi[42].

Moskva va Yevropa davlatlari oʻrtasidagi vaqt zonalaridagi farq tufayli oʻyin Moskva vaqti bilan 22:45 da boshlandi. Shunday qilib, Chempionlar ligasining ushbu final uchrashuvi bir kuni boshlanib va boshqa kunda yakunlangan birinchi oʻyin boʻldi[43].

United murabbiyi ser Alex Ferguson 1999-yilgi Chempionlar Ligasi finalini oʻtkazib yuborgan Paul Scholesning asosiy tarkibdan joy olishini kafolatladi[44][45]. Fergyuson jamoa sardori Ryan Giggs va portugaliyalik hujumkor yarim himoyachi Nanini zaxirasida qoldiradi. Asosiy tarkibda ikkita hujumchi maydonga tushadi – Wayne Rooney va Karlos Teves. Murabbiy Park Ji-sungni qaydnomaga kiritmaydi, uning oʻrnini Owen Hargreaves egallaydi][46]. Cristiano Ronaldo chap qanotdan joy oladi[47]. Uchrashuv uchun 4-4-2 taktik sxemasi tanlangan edi.

Chelsi bosh murabbiyi Avram Grant finalda maydonga markaziy hujumchilardan Didier Drogbani tushiradi[48][49][50]. Qanotlardan Joe Cole va Florent Malouda, markazdan esa Frank Lampard va Michael Ballack raqib darvozasi tomon hujumlar uyushtirishi kerak edi. 149 / 500 Ashley Cole jamoadoshi Claude Makélélé bilan toʻqnashuvdan soʻng mashgʻulotlarda jarohat olganiga qaramay, asosiy tarkibda maydonga tushadi[51].

Birinchi boʻlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkala jamoa ham birinchi boʻlimni ehtiyotkorlik bilan boshladi, oʻyin boshida asosan maydon markazida past sur’atdagi harakatlar boʻlib oʻtdi va yakkama-yakka kurashlarga boy boʻldi. Birinchi yirik voqea 21-daqiqada sodir boʻldi, oʻshanda Pol Skoulz va Makelele havoda toʻqnash kelishdi, natijada „Manchester“ futbolchisi burnini jarohatladi[52][53]. Petr Čech darvozasiga ilk zarbani Ouen Xargrives yoʻllaydi, lekin chexiyalik darvozabon toʻpni qaytaradi. Hisob 26-daqiqada Cristiano Ronaldu tomonidan ochiladi[52][53]. „Qizil iblislar“ 35-daqiqada oʻz ustunligini mustahkamlash uchun yaxshi imkoniyatlarga ega edi, ammo Chelsi darvozaboni Teves va Michael Carrickning ketma-ket ikkita zarbasini qaytarishga muvaffaq boʻldi[52][53]. Chelsida ikkita xavfli holatni Maykl Ballak yaratdi. Dastlab futbolchi jarima maydonidan tashqarida toʻpni darvozada tepib yubordi. Besh daqiqadan soʻng esa, Lempardning uzatmasidan keyin Drogbaning toʻp oshirishidan foydalanib, Ferdinandni yengib oʻtib, darvozaga deyarli yaqin masofadan zarba beradi, hisobni tenglashtirishiga oz qoladi, biroq Edwin van der Sar ishonchli tarzda oʻynadi[52][53].

Boʻlim soʻngida Chelsi hisobni tenglashtirishga muvaffaq boʻldi. Michael Essien bergan zarbadan soʻng toʻp bir necha rikashetlardan soʻng Frank Lampardga borib tushadi, u esa deyarli ochiq darvozaga toʻpni aniq yoʻllab hisobni tenglashtiradi[52][53].

Ikkinchi boʻlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manchester United hujum boshlayotgan vaziyat

Chelsi oʻyinning ikkinchi yarmida sezilarli darajada yaxshilanib, oʻyinni muvozanatga keltirdi, birinchi taymda esa United ustunlik qilgan edi[52]. Oʻyin shiddatli kurashda oʻtdi. Chelsining birinchi hujumi Essienning jarimaga yorib kirishi va zarba berishi bilan yakunlandi, ammo zarbaga aniqlik yetishmadi[54]. Ballack yaratgan va zarba bergan keyingi hujum ham muvaffaqiyatli yakunlanmadi. Drogba ham hisobni oʻzgartirish uchun ikkita yaxshi imkoniyatga ega boʻldi, ammo birida noaniq zarb bergan boʻlsa ikkinchisi darvoza toʻsiniga tegadi[52][53]. Uchrashuvning asosiy vaqtining 88-daqiqasida Skoulz oʻrniga Giggs maydonga tushadi va bu bilan Manchester safida oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha Bobby Charltonning rekordini yangilaydi. Bu Rayanning „Mankunianlar“ safida oʻtkazgan 759-oʻyini edi[52]. 90 daqiqa davomida jamoalar gʻolibni aniqlay olishmaydi va slovakiyalik hakam Lyubosh Mixel qoʻshimcha vaqt belgilaydi.

Qoʻshimcha boʻlimlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshimcha boʻlimlarning ilk daqiqalarida Lampard Ballackning uzatmasidan soʻng aylanib turib zarba beradi, ammo zarba darvoza ustuniga tegadi. Raqibning boʻshashganligini sezgan Avram Grant ikkita markaziy hujumchi bilan oʻyinni davom ettiradi. Joe Cole oʻrniga maydonga Nicolas Anelka tushadi. Manchester safida Rooney oʻrniga maydonga Nani tushadi. Oʻyinning yakuniy satistikasi Chelsining zarbalardagi ustunligini koʻrsatgan (24-12).

Penaltilar seriyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teves „Manchester“ safida birinchi boʻlib penaltini amalga oshirdi, Chex burchakni topa olmadi va shu tariqa argentinalik seriyada hisobni ochdi. Van der Sar Ballakning zarba yoʻnalishini aniqladi, ammo zarbani qaytarolmadi – 1:1. Karrik ham penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdi, 2-1. Juliano Belletti ham aniq zarba yoʻllab hisobni 2-2 koʻrinishiga keltirdi. Ronaldu bergan zarbani Chelsi posboni qaytarishga muvaffaq boʻladi. Lampard oʻzining imkoniyatidan toʻliq foydalanib hisobni 3-2 koʻrinishiga keltiradi. Hargivz va Cole ham zarbada adashishmaydi. Nani penaltini aniq amalga oshirib hisobni tenglashtiradi, 4-4. Soʻngi boʻlishi mumkin boʻlgan zarbani John Terry yoʻllaydi, ammo yomgʻir sababli sirpanib noaniq zarba yoʻllaydi. Keyingi zarbalarni Anderson, Giggs va Kolu kabi futbolchilar penaltidan foydalanadi. Nicolas Anelkaning zarbasini Van Der Sar qaytarganidan soʻng qizil iblislar uchinchi marotaba kubokga ega chiqishadi[55].

21-May 2008-yil
Manchester United Angliya 1–1 (q.v) Angliya Chelsea Lujniki Stadium, Moskva
Tomoshabinlar: 67,310[2]
Hakam: Ľuboš Micheľ (Slovakia)[56]
Ronaldo Gol 26' https://www.uefa.com/uefachampionsleague/season=2008/matches/round=15109/match=301604/index.html Lampard Gol 45'
  Penaltilar  
Tevez Penalty scored
Carrick Penalty scored
Ronaldo Penalty missed
Hargreaves Penalty scored
Nani Penalty scored
Anderson Penalty scored
Giggs Penalty scored
6–5 Penalty scored Ballack
Penalty scored Belletti
Penalty scored Lampard
Penalty scored A. Cole
Penalty missed Terry
Penalty scored Kalou
Penalty missed Anelka
forma
Manchester United[3]
forma
Chelsea[3]
GK 1 Niderlandiya Edwin van der Sar
RB 6 Angliya Wes Brown Maydondan chiqarilgan 120+5'
CB 5 Angliya Rio Ferdinand (Sardor (futbol)|K) Booked 43'
CB 15 Serbiya Nemanja Vidić Booked 111'
LB 3 Fransiya Patrice Evra
RM 4 Angliya Owen Hargreaves
CM 18 Angliya Paul Scholes Booked 21' Maydondan chiqarilgan 87'
CM 16 Angliya Michael Carrick
LM 7 Portugaliya Cristiano Ronaldo
CF 10 Angliya Wayne Rooney Maydondan chiqarilgan 101'
CF 32 Argentina Carlos Tevez Booked 116'
Zahira:
GK 29 Polsha Tomasz Kuszczak
DF 22 Republic of Ireland John O'Shea
DF 27 Fransiya Mikaël Silvestre
MF 8 Braziliya Anderson Maydonga tushirilgan 120+5'
MF 11 Uels Ryan Giggs Maydonga tushirilgan 87'
MF 17 Portugaliya Nani Maydonga tushirilgan 101'
MF 24 Shotlandiya Darren Fletcher
Murabbiy:
Shotlandiya Sir Alex Ferguson
GK 1 Chexiya Petr Čech
RB 5 Gana Michael Essien Booked 118'
CB 6 Portugaliya Ricardo Carvalho Booked 45+2'
CB 26 Angliya John Terry (c)
LB 3 Angliya Ashley Cole
DM 4 Fransiya Claude Makélélé Booked 21' Maydondan chiqarilgan 120+4'
CM 13 Germaniya Michael Ballack Booked 116'
CM 8 Angliya Frank Lampard
RW 10 Angliya Joe Cole Maydondan chiqarilgan 99'
LW 15 Fransiya Florent Malouda Maydondan chiqarilgan 92'
CF 11 Kot-dʼIvuar Didier Drogba Red card 116'
Zahira:
GK 23 Italiya Carlo Cudicini
DF 33 Braziliya Alex
DF 35 Braziliya Juliano Belletti Maydonga tushirilgan 120+4'
MF 12 Nigeriya Mikel John Obi
FW 7 Ukraina Andriy Shevchenko
FW 21 Kot-dʼIvuar Salomon Kalou Maydonga tushirilgan 92'
FW 39 Fransiya Nicolas Anelka Maydonga tushirilgan 99'
Murabbiy:
Isroil Avram Grant

UEFA Man of the Match:
Edwin van der Sar (Manchester United)[57][58]
Fans' Man of the Match:
Cristiano Ronaldo (Manchester United)[59]

Yordamchi hakamlar:
Roman Slyško (Slovakia)
Martin Balko (Slovakia)
Toʻrtinchi hakam:
Vladimir Hriňák (Slovakia)

Oʻyindan soʻng

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Chempionlar ligasi kubogi

Oʻyindan soʻng 11 metrlik nuqtadan yakuniy xatoga yoʻl qoʻygan John Terry koʻz yoshlarini tiyib tura olmadi. Manchester United futbolchilari ikki qatordan iborat faxriy yoʻlakni tashkil etib, undan magʻlub boʻlgan Chelsi futbolchilari medallar uchun yuqoriga koʻtarilishdi. Chelsi bosh murabbiyi Avram Grant va Didier Drogba oʻz medallarini muxlislarga hadya qilishdi[60]. 1968-yilgi gʻalabali finalda jamoaga sardorlik qilgan ser Bobby Charlton Manchester United futbolchilarini mukofotlash marosimi oʻtkaziladigan lojaga boshlab kirdi. Rio Ferdinand va Ryan Giggs birgalikda Chempionlar ligasi sovrindor kubogini boshi uzra koʻtarishdi.

Londondagi Fulhem-Brodvey tumanida, oʻtkazilgan oʻyindan soʻng Chelsi muxlislari bilan politsiya oʻrtasida toʻqnashuvlar sodir boʻldi[61]. United bosh murabbiyi ser Alex Fergyuson keyinchalik oʻyinga kiritmagani uchun Pak Ji Sundan uzr soʻraydi[62]. Ronaldu 2008-yilning yozida United ni tark etishi haqidagi mish-mishlarga chek qoʻyib, oʻyindan soʻng matbuotga klubda qolishini aytib oʻtdi[63]. Chelsi bosh murabbiyi yordamchisi Xenk Ten Kate Drogbaning chetlashtirilishi hamda Terrining xatosi yuzasidan oʻz noroziligini bildirdi[64]. Jon Terriga psixologik jarohatni yengish uchun psixoterapevt xizmatlarini taklif qilishdi[65]. Terri, shuningdek, Karlos Tevesga tupurganlikda ayblangan, ammo UEFA bu ayblovni tasdiqlovchi dalillarni topmagan[66].

Oʻyinning yoritilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teletranslyatsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk Britaniyada oʻyin bir vaqtning oʻzida ITV 1 kanali va Sky Sports 1 platformasida efirga uzatildi. Platforma 2006-yildan 2009-yilgacha boʻlgan barcha Chempionlar ligasi uchrashuvlarining translyatsiya huquqini sotib olgan edi[67]. Sky 30 ga yaqin kameralardan foydalangan holda va yuzlab xodimlarni jalb qilgan holda oʻyinni namoyish etdi. Aynan ushbu telekompaniya asosiy uzatuvchi sifatida oʻz translyatsiyasini boshqa barcha kanallarga uzatdi[68]. Ushbu oʻyin uchun ITV telekanalida Stiv Rayder boshlovchi, Klayv Tayldsli sharhlovchi, Devid Plit ekspert-sharhlovchi, Endi Taunsend va Mark Hughes esa studiyada tahlilchilar sifatida faoliyat yuritgan][69]. Sky kanalida oʻyinni boshlovchi Richard Keys, studiyadagi ekspertlar Graham Souness, Jamie Redknapp va telefon orqali Ruud Gullit yoritib borgan. Uchrashuvni Martin Tyler va Andy Gray sharhkab borishgan[69].

Oʻyin tomoshabinlarning katta qiziqishini uygʻotdi, ITV telekanalida translyatsiya qilingan butun vaqt davomida (Grinvich vaqti boʻyicha 19:00 – 23:15) oʻrtacha tomoshabinlar soni 9,6 million kishini (Buyuk Britaniyaning umumiy teleauditoriyasining 43 foizini) tashkil etdi. Oʻyin davomida (19:45 – 22:35) bu koʻrsatkich 11,1 million kishiga (46 foizga) yetdi[70]. Eng yuqori tomoshabinlar soni (14,6 million) esa 22:30 da, penaltilar seriyasi paytida qayd etildi. Sky’dagi translyatsiyaning oʻrtacha auditoriyasi 1,3 million kishini, oʻyin davomida 1,8 million kishini, eng yuqori (qoʻshimcha vaqt tugashiga besh daqiqa qolganida) 2 million kishini tashkil etdi[71]. Irlandiyaning RTÉ Two kanalida toʻrt soatlik translyatsiyaning oʻrtacha auditoriyasi 653,000 (umumiy irlandiyalik tomoshabinlarning ulushi 44%), maksimal auditoriyasi esa 998,000 (62%) ni tashkil etgan[72].

Translyatsiya 13 million tomoshabinni jalb qilishini kutgan holda, ITV final oʻyini paytida 30 soniyalik reklama uchun narxni 100-150 ming funtga oshiradi va shu tariqa rolikning narxi 250 000 funtga yetadi[73]. ITV ning reklamadan daromadi 9 million funt boʻlishi kutilgandi, qoʻshimcha vaqt va penaltilar seriyasi tufayli, bu raqam 10 million funtga koʻtarilgan.

Mukofot jamgʻarmasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manchester United finalda gʻalaba qozonib, Chempionlar ligasidagi ishtiroki uchun 5,4 million, guruh bosqichidagi natijalari uchun 5,7 million va pley-offdagi yutuqlari uchun 7,7 million yevro ishlab topadi. Chelsi ham turnirda ishtirok etgani uchun 5,4 million yevro va pley-offning uchta bosqichida gʻalaba qozongani uchun 7,7 million yevro bonus oldi, ammo guruh bosqichida atigi 5,1 yevro ishlaydi va finalda magʻlubiyatga uchragani uchun 4 million dollar topadi[73].

  1. „2. Finals“, UEFA Champions League Statistics Handbook 2014/15. Union of European Football Associations, 2015 — 10-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Full Time Report“. UEFA.com. Union of European Football Associations. Qaraldi: 2021-yil 6-fevral.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Tactical Line-ups – Final – Wednesday 21 May 2008“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2008-yil 21-may). Qaraldi: 2009-yil 20-may.
  4. „United versus Chelsea“. StretfordEnd.co.uk. Qaraldi: 2014-yil 29-iyun.
  5. „Europe awaits all-English showdown“. uefa.com. Union of European Football Associations (2008). Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
  6. McNulty, Phil. „Wigan 0-2 Man Utd“. BBC Sport (2008-yil 11-may). Qaraldi: 2021-yil 5-oktyabr.
  7. Fletcher, Paul. „Chelsea 1-1 Bolton“. BBC Sport (2008-yil 11-may). Qaraldi: 2021-yil 5-oktyabr.
  8. „Clubs learn Champions League fate“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2007-yil 3-sentyabr). 2007-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  9. Chowdhury, Saj. „Dynamo Kiev 2-4 Man Utd“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2007-yil 23-oktyabr). 2007-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-yanvar.
  10. McNulty, Phil. „Man Utd 4-0 Dynamo Kiev“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2007-yil 7-noyabr). 2007-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-yanvar.
  11. Nurse, Howard. „Man Utd 1-0 Roma“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2007-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 25-yanvar.
  12. McNulty, Phil. „Man Utd 2-1 Sporting Lisbon“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2007-yil 27-noyabr). 2017-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-yanvar.
  13. Aikman, Richard. „Roma and United share the spoils“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2007-yil 13-dekabr). 2016-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  14. „Facts & Figures“, UEFA Champions League Statistics Handbook 2008/2009. Nyon: Union of European Football Associations, 2008 — 38-bet. 
  15. Soni, Paresh. „Lyon 1-1 Man Utd“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2008-yil 20-fevral). 2008-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  16. Bevan, Chris. „Man Utd 1-0 Lyon (agg 2-1)“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2008-yil 4-mart). 2008-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  17. „Arsenal face Liverpool in Europe“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2008-yil 14-mart). 2008-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  18. McNulty, Phil. „Roma 0-2 Man Utd“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2008-yil 1-aprel). 2008-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  19. Fletcher, Paul. „Man Utd 1-0 Roma (agg 3-0)“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2008-yil 9-aprel). 2008-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  20. „Ferguson relishing Barcelona test“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2008-yil 10-aprel). 2008-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  21. „FC Barcelona - Manchester United FC – Match Press Kit“ 2. UEFA.com (Union of European Football Associations) (2008-yil 23-aprel). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  22. McKenzie, Andrew. „Barcelona 0-0 Man Utd“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2008-yil 23-aprel). 2017-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  23. McNulty, Phil. „Man Utd 1-0 Barcelona (agg 1-0)“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2008-yil 29-aprel). 2009-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  24. „Manchester United FC - Chelsea FC – Match Press Kit“ 6. UEFA.com (Union of European Football Associations) (2008-yil 21-may). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-iyun.
  25. „Manchester United FC - Chelsea FC – Match Press Kit“ 3. UEFA.com (Union of European Football Associations) (2008-yil 21-may). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-iyun.
  26. Soni, Paresh. „Olympiakos 0-0 Chelsea“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2008-yil 19-fevral). Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  27. McNulty, Phil. „Chelsea 3-0 Olympiakos (agg 3-0)“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation (2008-yil 5-mart). 2008-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  28. Bevan, Chris. „Fenerbahce 2-1 Chelsea“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2008-yil 2-aprel). 2008-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  29. Stevenson, Jonathan. „Chelsea 2-0 Fenerbahce (3-2)“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2008-yil 8-aprel). 2008-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  30. „Liverpool FC - Chelsea FC – Match Press Kit“ 1–2. UEFA.com (Union of European Football Associations) (2008-yil 22-aprel). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  31. McNulty, Phil. „Liverpool 1-1 Chelsea“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2008-yil 22-aprel). 2008-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  32. Lyon, Sam. „Chelsea 3-2 Liverpool (4-3)“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2008-yil 30-aprel). 2017-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  33. 33,0 33,1 Chaplin, Mark. „Moscow chosen for 2008 final“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2006-yil 4-oktyabr). 2016-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 12-may.
  34. „Wembley, Olympiastadion compete for finals“. ESPN FC. ESPN Internet Ventures (2006-yil 19-iyul). 2016-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-iyul.
  35. „Moscow and Rome feast on finals“. uefa.com. Union of European Football Associations (2006-yil 5-oktyabr). 2008-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 26-avgust.
  36. „FieldTurf Selected for Five-Star Luzhniki Olympic Complex“. PR Newswire Association (2002-yil 7-may). 2016-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-iyul.
  37. „Turf Wars“. When Saturday Comes (2012-yil 1-may). 2016-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-dekabr.
  38. „Moscow set for design unveiling“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2007-yil 25-oktyabr). 2017-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
  39. „Moscow set to receive trophy“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2008-yil 31-mart). 2017-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-iyul.
  40. „Moscow ceremony marks coming of cup“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2008-yil 3-aprel). 2017-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-iyul.
  41. „Moscow ticket sales commence“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2008-yil 28-fevral). 2008-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-iyul.
  42. „Англичане едут в Москву“. Eurosport (2008-yil 19-may). 2016-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 octomber 2016.
  43. James, Stuart. „Late, late show throws spanner in managers' match-day works“ (en). The Guardian. Guardian News and Media (2008-yil 20-may). 2018-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-yanvar.
  44. „Scholes fires Man Utd into the final“. BBC Sport. British Broadcasting Corporation (2008-yil 11-may). 2022-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 23-may.
  45. Haslam, Andrew. „Scholes goal sends United to Moscow“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2008-yil 30-aprel). 2016-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
  46. Bartleman, Alex. „LIVE CHAMPIONS LEAGUE FINAL: Manchester United kings of Europe after spectacular penalty showdown in Moscow“. Mail Online. Associated Newspapers (2008-yil 21-may). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-mart.
  47. Williams, Richard. „All too English and not enough shades of Real“. The Guardian. Guardian News and Media (2008-yil 22-may). 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-yanvar.
  48. „Chelsea worry over Terry & Drogba“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2008-yil 11-may). Qaraldi: 2015-yil 10-yanvar.
  49. Hytner, David; Taylor, Daniel. „Drogba declares he and Terry will be fit for the final in Moscow“. The Guardian. Guardian News and Media (2008-yil 14-may). 2016-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-yanvar.
  50. Fifield, Dominic. „Bionic Man rises again to lead Moscow mission“. The Guardian. Guardian News and Media (2008-yil 20-may). 2016-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-yanvar.
  51. „Chelsea suffer Cole injury scare“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2008-yil 21-may). 2017-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-iyul.
  52. 52,0 52,1 52,2 52,3 52,4 52,5 52,6 52,7 McNulty, Phil. „Man Utd earn dramatic Euro glory“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation) (2008-yil 22-may). 2008-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
  53. 53,0 53,1 53,2 53,3 53,4 53,5 McCarra, Kevin. „Final twist brings United glory again“. The Guardian. Guardian News and Media (2008-yil 22-may). 2017-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-fevral.
  54. „Champions League final: key moments“. The Guardian. Guardian News and Media (2008-yil 22-may). 2017-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-yanvar.
  55. Fylan, Kevin. „Hero Van der Sar tastes Champions glory again 13 years on“. Reuters UK. Thomson Reuters. Reuters (2008-yil 21-may). 2015-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-yanvar.
  56. „Referee appointed for UEFA Champions League final“. uefa.com. Union of European Football Associations (2008-yil 19-may). Qaraldi: 2008-yil 19-may.
  57. Taylor, Daniel. „With the history of the club we deserved this trophy“. The Guardian. Guardian News and Media (2008-yil 22-may). Qaraldi: 2008-yil 22-may.
  58. Rich, Tim. „Champions League final: 'We're all feeling incredibly tired', says Sir Alex Ferguson“. Telegraph.co.uk. Telegraph Media Group (2008-yil 22-may). 2008-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 22-may.
  59. „Man. United 1-1 Chelsea - Statistics“. UEFA.com. Union of European Football Associations. 2009-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 22-may.
  60. „Got Avram's medal?“ (en). Sky Sports (2008-yil 23-may). 2012-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-avgust.
  61. „Riots in London as Chelsea fans clash with police after Champions League defeat“ (en). Daily Mail (2008-yil 22-may). 2008-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-avgust.
  62. „Man Utd's Ferguson apologised to Park Ji-sung for final omission“ (en). tribalfootball.com (2008-yil 23-may). 2012-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-avgust.
  63. „Ronaldo future remains uncertain“ (en). BBC Sport (2008-yil 22-may). 2009-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-avgust.
  64. „Chelsea No2 Ten Cate: Terry should never have taken penalty“ (en). tribalfootball.com (2008-yil 22-may). 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-avgust.
  65. „Chelsea offer Terry counselling“ (en). tribalfootball.com (2008-yil 23-may). 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-avgust.
  66. Lawton, Matt. „Chelsea still want Ancelotti to be their next boss“ (en). Daily Mail (2008-yil 4-iyun). 2008-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-avgust.
  67. Gibson, Owen. „ITV/BSkyB Champions League deal“. The Guardian. Guardian News and Media (2005-yil 15-sentyabr). 2017-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-iyul.
  68. Kelner, Martin. „Sky rolls in to feed the world“. The Guardian. Guardian News and Media (2008-yil 20-may). 2018-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-yanvar.
  69. 69,0 69,1 Baker, Andrew. „Champions League final: Contest between ITV and Sky as fierce as Chelsea and Man United“. Telegraph.co.uk. Telegraph Media Group (2008-yil 21-may). 2016-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-yanvar.
  70. Holmwood, Leigh. „TV ratings: Champions League penalty shoot-out scores for ITV“. theguardian.com. Guardian News and Media (2008-yil 22-may). 2016-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-iyul.
  71. Holmwood, Leigh. „TV ratings: Champions League penalty shoot-out scores for ITV“. theguardian.com. Guardian News and Media (2008-yil 22-may). 2016-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-iyul.
  72. „Close to 1m watch Champions League final“. RTÉ Sport (RTÉ Commercial Enterprises) (2008-yil 23-may). 2016-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-iyul.
  73. 73,0 73,1 Sweney, Mark. „ITV hopes for £10m Euro final payday“. The Guardian. Guardian News and Media (2008-yil 21-may). 2016-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-mart.