2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 2019-yilning 7-iyundan 7-iyuliga qadar Fransiyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi futbol boʻyicha xalqaro eng nufuzli turnir edi. Turnirda ishtirok etayotgan har bir 24 ta terma jamoa 23 nafar futbolchidan iborat tarkibni, jumladan, uchta darvozabonni roʻyxatdan oʻtkazishi kerak edi. Turnirda faqat ushbu tarkibdagi futbolchilar qatnashish huquqiga ega edi.
2019-yilning 26-apreliga qadar har bir terma jamoa uchun 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashish uchun 23 dan 50 nafargacha futbolchidan iborat vaqtinchalik taxminiy futbolchilar roʻyxatini FIFAga taqdim etgan, ammo bu roʻyxateʼlon qilinmagan. Jamoalar dastlabki tarkibdan terma jamoaga 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy roʻyxatni 2019-yilning 24-mayiga qadar, turnirning ochilish oʻyinidan ikki hafta oldin FIFAga taqdim etilishgan. FIFA 2019-yil 27-may kuni oʻz veb-saytida terma jamoalarning yakuniy roʻyxatini eʼlon qildi[1][2]. Jamoalarning yakuniy tarkib oʻyinchilari oʻrasida jiddiy jarohatlar boʻlgan taqdirda, birinchi oʻyindan 24 soat oldingacha istalgan vaqtda jarohlatlangan oʻyinchini almashtirishga ruxsat berilgan edi. Bunda zaxira oʻyinchilari dastlabki tarkibda boʻlishlari shart emas edi[3].
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashayotgan har bir oʻyinchi uchun koʻrsatilgan yosh 2019-yil 7-iyun (2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining birinchi kuni) holatiga koʻra aniqlangan. Quyidagi jadvallarda koʻrsatilgan har bir oʻyinchi uchun roʻyxatga kiritilgan oʻtkazilgan oʻyinlar va gollar soni 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boshlanganidan keyin oʻtkazilgan oʻyinlarni oʻz ichiga olmaydi. Roʻyxatda koʻrsatilgan futbolchining klubi — bu oʻyinchi turnirdan oldin oxirgi marta musobaqa oʻtkazgan klub hisoblanadi. Agar jamoalarning bosh murabbiyi oʻz milliy terma jamoasidan boshqa millatdaboʻlsa, bosh murabbiy fuqaroligining ramzi sifatida davlat bayrogʻining tasviri kiritilgan.
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati A Guruhi
27 nafar futbolchidan iborat vaqtinchalik tarkib 2019-yilning 13-mayida eʼlon qilindi[6]. 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 2019-yilning 24-mayida eʼlon qilindi[7].
28 nafar futbolchidan iborat vaqtinchalik tarkib 2019-yilning 30-aprelida eʼlon qilindi[9]. 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib esa 2019-yilning 17-mayida eʼlon qilindi[10].
Yakuniy 23 nafar futbolchidan iborat tarkib 2019-yil 14-may kuni eʼlon qilindi, shuningdek, Kyra Coony-Cross va Kyah Saymonlar ham „zahira“ oʻyinchilari sifatida qayd etildi[16]. Turnir boshlanmasdan oldin Laura Allevey jarohati tufayli safdan chiqdi va 2019-yil 6-iyun kuni uning oʻrniga Karly Roestbakken tayinlandi[17].
23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 2019-yilning 16-mayida eʼlon qilindi[18]. 2019-yilning 17-mayida Adriana jarohati tufayli oʻz oʻrnini Luana bilan almashtirdi[19]. 2019-yil 3-iyun kuni Fabiana jarohati sababli Poliana bilan almashtirildi[20]. 2019-yilning 7-iyunida Erika jarohati sabab Dayan bilan almashtirildi[21].
26 nafar futbolchidan iborat vaqtinchalik tarkib 2019-yil 30-aprelda eʼlon qilindi[22]. 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 2019-yilning 24-mayida eʼlon qilindi[23].
2019-yil 22-may kuni 22 oʻyinchidan iborat tarkib eʼlon qilindi[24]. Gavana Solaun 2019-yil 23-may kuni FIFAdan ruxsat olganidan soʻng 23-futbolchi boʻlib jamoa tarkibiga kirdi[25]. Mireya Grey 2019-yil 6-iyun kuni jarohat olgan Kayla McCkoyning oʻrnini egalladi[26].
26 nafar futbolchidan iborat vaqtinchalik tarkib 2019-yil 30-aprelda eʼlon qilindi[27]. 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 2019-yil 22-mayda eʼlon qilindi[28].
23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 2019-yil 10-mayda eʼlon qilindi[31][32]. Turnir boshlanmasdan Riko Ueki tizzasidan jarohat oldi va 2019-yil 31-mayda uning oʻrniga Saori Takarada tayinlandi[33].
2019-yilning 4-mayida 26 nafar futbolchidan iborat vaqtinchalik tarkib eʼlon qilindi[36]. 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 2019-yilning 24-mayida eʼlon qilindi[37].
23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 2019-yil 29-aprelda eʼlon qilindi[40][41]. Meikayla Moore oyoq suyagining yorilishi tufayli safdan chiqdi va uning oʻrniga 2019-yil 9-iyunda Nicole Stratford keldi[42].
23 nafar futbolchidan iborat tarkib 2019-yilning 19-mayida eʼlon qilingan[43]. Fernanda Pinilla jarohat olgan Ana Gutierrezning oʻrniga maydonga tushadigan boʻldi[44].
25 nafar futbolchidan iborat vaqtinchalik tarkib 2019-yilning 16-mayida eʼlon qilindi[46]. Keyinchalik bu yakuniy 23 nafar oʻyinchi roʻyxatiga qisqartirildi.
23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 2019-yil 1-mayda eʼlon qilindi[47][48]. Qoʻshma Shtatlar bitta oʻyinchini sardor deb nomlash oʻrniga Carli Lloyd, Alex Morgan va Megan Rapinoni jamoa sardor (lar)i etib tayinlagan[49].
AQSH terma jamoasi butunlay mamlakat ichki ligasi futbolchilaridan iborat.
Yamayka terma jamoasi butunlay xorij klublarida oʻynaydigan futbolchilardan iborat. Yamayka, shuningdek, ishtirokchi futbol jamoalarining ichki milliy ligalari ichida turnirga hech qanday oʻyinchi yubormagan yagona davlat hisoblanadi.
Klub kesimida chempionatda ishtirok etayotgan futbolchilar reytingi
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashayotgan har bir oʻyinchi uchun koʻrsatilgan yosh 2019-yil 7-iyun (2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining birinchi kuni) holatiga koʻra aniqlangan.