Kontent qismiga oʻtish

Armaniston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Airmeiniadan yoʻnaltirildi)
Armaniston
Հայաստանի Հանրապետություն
Hayastani Hanrapetutyun
ShiorՄեկ Ազգ , Մեկ Մշակույթ (Mek Azg, Mek Mshakouyt)
(Armoncha: Bir millat, bitta madaniyat)
Madhiya: Mer Hayrenik
(Vatanimiz)
Location of Armaniston
Poytaxt Yerevan
Rasmiy til(lar) Arman tili
Hukumat Parlamentlik Respublika
• Prezident
Vahagn Khachaturyan
Nikol Pashinyan
Mustaqillik
28-may 1918
21-sentabr 1991
Maydon
• Butun
29,800 km2 (142-oʻrin)
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
2,982,904 (135-oʻrin)
• Zichlik 100/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$15,700 mil. (124-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$5,263
Pul birligi Dram (AMD)
Qisqartma AM
Telefon prefiksi 374
Internet domeni .am


Armaniston Respublikasi (armancha: Հայաստան, Hayastani Hanrapetutyun) — Zakavkazyening janubiy qismida joylashgan mamlakat. Shimolda Gurjiston, sharqda Ozarbayjon, janubda Eron, gʻarbda Turkiya bilan chegaradosh. 37 ta tuman, 27 ta shahar, 31 ta shaharcha bor. Maydoni 29,8 ming km². Aholisi 3,277 mln (2012). kishi. Poytaxti — Yerevan shahri. Davlat tuzumi. Armaniston — Demokratik respublika. Davlat boshligʻi — Prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organi — Millat majlisi (1995-yildan). Oliy ijroiya va farmoyish beruvchi organi — Vazirlar Kengashi.

Armaniston — togʻli mamlakat, relyefi murakkab, past-baland. Hududining 90 % ga yaqini dengiz sathidan 1000 m dan baland. Yer yuzasining dengiz sathidan eng yuqori nuqtasi 4090 m (Aragats togʻi), eng past nuqtasi 350 m. Respublikaning Shimolva Shimolsharqida Kichik Kavkaz tizmasi, janubdaArmaniston yassitogʻligi bor. Togʻ tizmalari oraligʻida Pambak va Shiroq vodiylari, Sevan havzasi, Armanistonning janubiygʻarbida — togʻlar oraligʻida — Ararat tekisligi joylashgan. Armanistonda mis-molibden, mis kolchedani, polimetall rudalar, oltin, temir rudasi, nefelin boʻyoklari, bentonit gillari, tosh tuz konlari bor. Binokorlik materiallari (marmar, dolomit, tuf, pemza, obsidion, per-lit) zaxiralari anchagina. Respublika subtropik mintaqada joylashgan. Armaniston iqlimi xilma-xil. Tekislik va togʻ etaklarida iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°, 26°, yanvarniki — 5°, yillik yogʻin miqdori 200 — 400 mm. Plato va togʻ yon bagʻirlarida iyulning oʻrtacha temperaturasi 18°, 20°, yanvarniki — 4°, yillik yogʻin miqdori 500 mm. Janubi-sharq va Shimol-sharqda iqlimi quruq subtropik. Armanistonda eng yuqori temperatura 42° (Araks vodiysida), eng past temperatura — 46° (Shimol-gʻarbda). Qor qatlamining qalinligi 10 — 200 sm. Daryolarning koʻpi Araks daryosi irmoklaridir, faqat Armaniston Shimoldagi daryolar Kura daryo tizimiga kiradi. Armaniston daryolarida kema qatnay olmaydi. Daryolarning umumiy gidroenergiya zaxirasi 1700 ming kVt. Armanistonda yuzdan ortiq mayda koʻl bor. Eng kattasi — Sevan. Unda mashhur gulmohi (forel) baligʻi ovlanadi. Mingga yaqin mineral buloq bor. Ala xilma-xil tuproklar uchraydi; respublika maydonining yarmiga yaqini qora tuproqli. Togʻ etaklarida tikanli butalar, archa, tol, naʼmatak oʻsadi. Oʻrmon va butazorlar Armaniston hududining 12 % ni egallagan. Shimoli-sharqda buk, janubdadub va grab oʻrmonlari mavjud. Armanistonda umurtqali hayvonlarning 450 turi bor. Shundan 70 turi sut emizuvchilar, 300 turi parrandalar, 40 turi sudralib yuruvchilar, 23 turi baliqlardir. Qoʻriqxonalari: Dilijon. Xosrov va boshqalar Sevan milliy bogʻi bor[1][2]..

Armanistonning asosiy aholisi — armanlar (3 mln.dan ortiq). Ruslar, kurdlar, gruzinlar, ukrainlar va boshqalar ham yashaydi. Aholining 69,5 % shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili — Arman tili. Dindorlar asosan xristian-monofisiylardir. Yirik shaharlari — Yerevan, Gyumri, Vanadzor.

Arxeologik qazishlar natijasida hozirgi Armaniston yerlarida quyi paleolitning shell va ashel davriga oid tosh qurollari topildi[3][4]. Armaniston togʻ etaklarida toʻrtlamchi davrning birinchi yarmida ibtidoiy odamlar yashagan. Armanistonda neolit yodgorliklari, qishloq xoʻjalik va chorvachilikning dastlabki rivojidan dalolat beruvchi eneolit madaniyati ham ochilgan. 1956-yil Sevan koʻlining suvi quritilib, arxeologik qazish ishlari oʻtkazilganda miloddan avvalgi 2 minginchi yilga oid tarixiy yodgorliklar topildi. Urartu quldorlik davlati madaniyati (miloddan avvalgi 9-asr) temir davrining yodgorligidir. Arman xalqi qadimgi hay, arman, urart va boshqalar qabilalarning birlashuvidan paydo boʻlgan. miloddan avvalgi 6-asrda arman qabilalari Urartu davlati yerlarini egallagan. miloddan avvalgi 6-asr oxirlarida Armaniston Eron Axomaniylar davlati tar-kibiga kirgan. Makedoniyalik Aleksandr Eron davlatini tor-mor keltirgach, Armaniston yerlari ham uning imperiyasiga qoʻshildi. miloddan avvalgi 4-asr oxirlarida Kichik Armanistonda va Ararat vodiysida mustaqil arman podsholiklari ajralib chiqdi. janubiy — gʻarbiy Armaniston va Janubiy Armaniston tobe podsholiklar sifatida Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. taxminan miloddan avvalgi 220 yil Ararat podsholigi bilan Janubiy Armanistonning birlashuvidan Buyuk Armaniston tashkil topdi. Salavkiylarning rimliklarga qarshi kurashdagi magʻlubiyati (miloddan avvalgi 190 yil)dan foydalanib, Buyuk Armaniston bilan Sofena mustaqillikka erishdi. Armaniston Tigran II Artashes (miloddan avvalgi 1-asr) davrida savdo va ma-daniyati rivojlangan yirik davlatga aylandi. Mil. 1-asrdan Buyuk Armaniston Rim bilan Eron davlati oʻrtasida kurash maydoni boʻlib qoldi va inqirozga yuz tuta boshladi. 3-asr boshlarida Armanistonda feodal munosabatlar yuzaga kela boshladi. Ayniqsa, 4-asrda xristian dinining qabul qilinishi natijasida arman cherkovi feodalizmning qudratli tashkilotlariga aylandi. 387-yilda Armaniston Eron sosoniylari va Vizantiya oʻrtasida taqsimlandi. Armanistonning katta qismi Eronning vassaliga aylanib qoldi. 7-asrning 2-yarmida Armaniston arab xalifaligiga boʻysundi. Arman xalqi bosqinchilarga qarshi bir necha bor (450 — 451, 482 — 484, 571 — 572, 747 — 750, 772 — 775, 850 — 855 yillar) qoʻzgʻolon koʻtardi. Milliy madaniyatni saqlab qolish uchun olib borilgan kurash natijasida arman feodal adabiyoti va meʼmorligi rivojlandi. 393 yilda Mesrop Mashtots arman alifbosini yaratdi. Arablarga qarshi uzoqdavom etgan kurash jarayonida bagratiylar podsholigi tashkil topdi. Bafatiylar sulolasiga asos solgan Ashot I davri (886 — 891)da arab xalifaligi va Vizantiya imperatori Armaniston mustaqilligini tan oldi. Ashot II (914 — 928) Sevan koʻli atro-fida arab qoʻshinini magʻlubiyatga uchratdi (921) va oʻzini Armaniston knyazlarining knyazi deb eʼlon qildi. Ashot III (953 — 977) mamlakatni birlashtirish, markazlash-gan hokimiyatni mustahkamlash siyosatini yurgizdi. Mamlakatda katta-katta inshootlar qurildi. Iqtisodiy va madaniy hayot yuksala boshladi. Dvin, Ani, Kars, Naxichevan hamda Van mamlakatning yirik madaniy shaharlariga aylandi. Lekin feodallarning bir-biriga qarshi urushi arman davlatini par-chalab yubordi. Vizantiya imperiyasining bosqinchilik siyosati esa mamlakatni tushkunlikka uchratdi. Armanistonni I-asrda saljuqiylar, 13-asrda moʻgʻullar, 14-asrda Amir Temur bosib oldi. 16 — 18-asrlarda Turkiya bilan Eron oʻrtasida kurash maydoniga aylandi. 1555-yilda Turkiya bilan Eron oʻrtasida tuzilgan bitimga asosan Turkiya Gʻarbiy Armanistonning katta qismini, Eron esa Sharqiy Armanistonni oldi. 1801-yildan Sharqiy Armaniston Eron zulmidan ozod qilina boshladi. 1828-yilgi rus-eron urushi natijasida Erevan va [Naxichevan xonliklari Rossiyaga qoʻshildi. 1877 — 78 yillardagi rus-turk urushi natijasida Kars va Gʻarbiy Armanistonning ayrim hududlari Rossiyaga qoʻshib olindi. 1917-yilda hokimi-yat dashnoklar qoʻliga oʻtdi. 1918-yil yezda Turkiya Brest sulhi shartnomasini buzib, Armanistonning katta qismini bosib oldi. 1918-yil noyabrda ularning oʻrnini ingliz qoʻshinlari egalladi. 1920-yilda sovet hokimiyati oʻrnatiddi va Armaniston SSR tuzildi. 1922-yildan Armaniston Zakavkazye federatsiyasiga, 1936-yildan bevosita SSSR tarkibiga kirdi. 1990-yil avpda Armaniston Oliy Kengashi uni Armaniston Respublikasi deb atash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 1991-yil 24-sentabrda Armaniston mustaqil deb eʼlon qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1995-yil 27-oktabrda oʻrnatgan.

Siyosiy partiyalari va jamoat tashkilotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yerevan Teleminorasi

Armanistonda 20 dan ortiq siyosiy partiya faoliyat koʻrsatmoqda. Bular: Armaniston umummilliy harakati, Liberal demokratik partiya, Respublika partisi, Xristian-demokratik partiya, Milliy-konservativ partiya, Milliy uy-gʻonish partiyasi, Milliy oʻzligini anglash birlashmasi, Konstitutsion huquq ittifoqi, Milliy-demokratik ittifoq. Armaniston millatparvar partiyasi va boshqalar Eng muhim jamoat tashkilotlari: Kasaba uyushmalari konfederatsiyasi. Umumarman „Ayastan“ jamgʻarmasi, Respublika xotin-qizlar kengashi va boshqalar[5].

Armaniston sanoatlashgan va koʻp tarmoqli qishloq xoʻjalik yaxshi rivojlangan mamlakat. Asosiy tarmoklari: rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, neft kimyosi, oziq-ovqat sanoati, binokorlik materiallari, sabzavotchilik, uzumchilik, mevachilik. Yalpi ichki mahsulot tizimida sanoatning ulushi 48,3 %, qishloq xoʻjalikning ulushi 25,7 % ni tashkil etadi.

Sanoatida aniq stanoklar, devorbop tuf materiallari, molibden konsentrati, mis kuporosi, koʻchma elektr stansiyalar, markazdan qochirma nasoslar, soatlar, tozalangan mis, kalsiy karbid, sirka kislotasi, sintetik kauchuk, avtopokrishkalar, temirchilik-press mashinalari, elektr motorlar, kompressorlar, gidronasoslar, liftlar, marmar, gilamlar, trikotaj, kiyim-kechak, poyabzal, meva konservalari, efir moyli mahsulotlar, vino-konyak ishlab chiqarish asosiy oʻrin tutadi. Elektr energetika sohasida Razdan, Yerevan issiklik elektr stansiyalari, 6 stansiyadan iborat Razdan kaskadi ishlab turibdi. Yiliga 9,5 mlrd. Kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari: Yerevan, Gyumri, Charensavan, Abovyan, Dilijon va boshqalar

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar kam boʻlishiga qaramay, qishloq xoʻjalik koʻp tarmokli. Sugʻorma dehqonchilik katta ahamiyatga ega. Yirik kanallari: Artashat, Arzni-Shamiram va boshqalar Meva va rezavor meva hosili 156 ming t, uzum hosili 144 ming t. Ekinzorlari 437 mingga, shu jumladan gʻallazorlar 32 % (bugʻ-doy, arpa), yem-xashak ekinzorlari 58 %. Yalpi don hosili 0,2 mln. tonna. Kartoshka, sabzavot, tamaki, qand lavlagi yetishtiriladi. Chorvachilik asosan sut-goʻsht, jun yetishtirishga ixtisoslashgan.

Elektropoezd

Mamlakatning umumiy yuk aylanmasida 56 % dan koʻprogʻi temir yoʻl ga toʻgʻri keladi. Temir yoʻllar uzunligi — 640 km. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari — 7,7 ming km. Ham-masi qattiq qoplamali. Aviayoʻnalishlar Armanistonni MDH davlatlarining koʻpgina shaharlari bilan bogʻlaydi. Gaz quvuri tarmoklari bor.

Lori viloyatidagagi oʻrmon

Arzni, Jermuk, Dilijon, Saxkadzor va boshqalar Pul birligi — Dram[6].

Xalq maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Armanistonda barcha turdagi maktablar, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari keng tarmogʻi mavjud. Armanistonda 65 oʻrta maxsus oʻquv yurti, 13 oliy oʻquv yurti, jumladan Yerevan universiteti, Politexnika, Tibbiyot, Xalq xoʻjaligi, pedagogika va boshqalar institutlar bor. Armaniston Fanlar akademiyasi, oʻnlab ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy laboratoriyalar, konstruktorlik byurolari ishlab turibdi. Armanistonda 1,3 ming ommaviy kutubxona, 14 teatr, mingdan ortiq klub muassasasi, 800 dan koʻproq kino qurilma, 37 muzey mavjud. Bir nechta gazeta va jurnal nashr etiladi; kitob nashri yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. 1926-yildan Yerevandan radio eshittirish, 1956-yildan telekoʻrsatuv boshlangan[7].

Arman xalq ogʻzaki ijodidan koʻpgina namunalar yetib kelgan. Bulardan eng mashhuri „Sosunlik Dovud“ dostonidir. Unda armanlarning bosqinchilarga qarshi kurashi aks etgan. Arman yozma adabiyoti 5-asrda yuzaga kelgan, bungacha yaratilgan adabiy asarlar armanlarning xristianlik diniga utishi payti (4-asr)da yoʻq boʻlib ketgan. Maʼrifatparvar olim Mesrop Mashtots yaratgan yozuv adabiyotning tez rivojlanishiga yoʻl ochdi. 10-asrga kelib, iqtisodiy hayot jonlanishi tufayli adabiyot va sanʼatda insonparvarlik ruhidagi asarlar paydo boʻla boshladi. 10 — 13-asrlardagi shoirlar Nerses Shnorali, Mxitar Gosh, Vardan Aygeksi ijo-dida uygʻonish davri gʻoyalari seziladi. 14 — 18-asrlarda Ovanes Tupkuransi, M. Nagash, G. Axtamarsi, N. Kuchak, N. Ovnatan, Sayat Nova kabi shoirlar dunyoviy adabiyot anʼanalarini davom ettirdilar. X. Abovyan yangi arman adabiyotiga asos soldi. 19-asr 60-yillaridan xalq hayotini aks ettiruvchi dramaturgiya rivojlana boshladi. G. Sundukyanning pyesalari sahnalashtirildi. 18-asr oxiri va 20-asr boshlarida H. Paronyan, O. Tumanyan, A. Isaakyan, A. Akopyan, Shirvonzoda arman adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdilar. 20-yillarda A. Vshtuni, G. Maari, V. Alazan, G. Saryan, S. Vauni kabi shoirlar keng omma orasida shuhrat qozondi. 30-yillarda arman adabiyoti E. Charens, A. Bakuns, M. Armen, V. Totovens, V. Norens, N. Zaryan, S. Taronsi, D. Demirchyan va M. Janan kabi adiblarning asarlari bilan boyidi. 1932-yilda Armaniston Yozuvchilar uyushmasi tuzildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin romanchilik rivojlandi, qator poetik asarlar yaratildi. G. Sevunsning „Tehron“, L. Gurunsning „Oltin tong“, R. Kocharning „Katta uy bolalari“, Armaniston Sanyanning „Tashnalik“ romanlari, A. Grashi, O. Sheroz, R. Ovanesyan, S. Kaputikyanlarning sheʼriy toʻplamlari bosilib chiqdi. Oʻzbek yozuvchi va shoirlarining mashhur asarlari arman tilida nashr etilgan. Arman adabiyotining eng yaxshi namunalari ham oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.

Armaniston hududida eng qadimgi meʼmoriy yodgorliklar neolit davriga mansub. Urartu davridan (miloddan avvalgi 9 — 6-asrlar) Teyshebaini va Erebuni (Yerevan, miloddan avvalgi 782 yilda asos solingan), antik davrdan Artashat, Tigranakert shlarining qoldiklari, Garni qalʻasi (mil. 1-asr) saqlanib qolgan. Ksenofont tasvirlagan toifadagi turar joy — glxatun (rejada toʻgʻri burchakli, zinali yogʻoch gumbazli uy) 20-asrgacha anʼana tarzida saqlanib keldi. Xristianlik qabul etilgach (301 yil), cherkovlar (Echmiadzindagi katta butxona, 5-asr), istehkom qasrlar, hashamatli saroylar (Zvartnots, Aruch, Dvindagi) qurildi. Bu binolarayoning rejasi aniq, meʼmoriy shakllari ixcham, bezaklari nafis. Uzunchoq yoki silindr shaklidagi gumbazli binolar (Zoravar, Ripsimdagi ibodatxonalar, Echmiadzindagi Gayane, hammasi 7-asr) barpo etildi. 9-12-asrlarda Armaniston meʼmorligi yuksak darajaga koʻtarildi. Shaharlarda mahobatli jamoat binolari va diniy inshootlar qurildi. Ani shahrida mustahkam mudofaa devorlari (989), Gagikashenda saroylar, ibodatxonalar (989-1010;meʼmor Trdat), Axtamar o.da saroy va cherkov (915-921; meʼmor Manuel) barpo etildi. 12-14-asrlarda jamoat meʼmorligi (mehmonxonalar, karvon-saroylar, koʻpriklar) rivoj topdi. Qoya toshlar orasini oʻyib hosil qilingan Gegard monastiri (Ayrivank) saqlanib qolgan. 14-asrda Armaniston meʼmorligida inqiroz boshlandi. Ammo bu davrda oʻzga mamlakatlarga borib oʻrnashib qolgan armanlar yashovchi joylarda arman ustalari ishtirokidagi qurilish rivojlandi (Feodosiya, Lvovdagi arman ibodatxonalari, Kamenets-Podolskiy, Lutskdagm imoratlar va boshqalar). Hozirgi zamon Armaniston meʼmorligi anʼanaviy milliy meʼmorlik, tabiiy va yangi ijtimoiy-maishiy sharoitlar asosida davom ettirilmoqda.

Tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Armaniston togʻlarida yashagan qabilalar va xalqlar ibtidoiy jamoa madaniyatining ham na bosqichlaridan oʻtishgan. Neolit davriga mansub qoya toshlariga ishlangan suratlar saqlanib qolgan. 4 — 6-asrlarga oad tasviriy sanʼat namunalari ham uchraidi (naqshli xotira lavhalar, sagʻanalarga oʻyilgan yozuvlar va boshqalar). Armaniston xaykaltaroshligi meʼmorlik bilan birga rivojlandi. Axtamar qasri (10-asr) bezaklari, Tate", Ani, Axtaldagi devoriy naqshlar bunga misol boʻla oladi. Miniatyura ham bir-muncha rivojlandi. 18-asrdan rassomlij ravnaq topdi. 19-asrning 20-yillarida Armaniston Rossiyaga qoʻshilishi tufayli rus sanʼatkorlarining taʼsiri kuchaydi. Rassom Akop Ovnatanyan (1806 — 81) millim rassomlikka asos soldi. 80-yillardan I. Ayvazovskiy, G. Bashinjagyan, Ye. Tatevosyan, V. Surenyans, A. Shamshinyan. V sanʼatining rivojiga hissa qoʻshdlar. 20-asrda isteʼdodli rassom va haykaltaroshlar avlodi kamol topdi. M. Saryan, S. Agajanyan, Armaniston Kojoyan, Armaniston Urartu, S. Arakelyan, Ye. Kochar, T. Chubaryan kabi sanʼatkorlar yetishib chiqdi.

Necha ming yillik anʼanalarga ega boʻlgan qadimgi armani musiqasi asosan bir ovozli boʻlsa ham, ammo koʻp ovozlilik elementlari uchrab turgan. Oʻtmish musiqiy madaniyatining atoqli namoyandalari Komitas (6-7-asrlar" va Nerses Shnorali (12-asr) diniy malhiyalar va sharakanlar yozishgan. 17-asr oxirlaridan ashug (baxshi)lar sanʼati rivoj topdi (18-asrdagi mashhur baxshi — Sayat Nova). 19-asr 2-yarmida yangi kompozitorlik maktabi vujudga keldi. 1868-yildaT. Chuxajyan „Arshak II“ nomln birinchi arman operasini yaratdi. Xal taronalarini yevropacha kompozitsii vositalari bilan birga qoʻshish orqali oʻziga xos milliy uslub shakllana bordi (kompozitorlar: X. Kara Murza, M. Ekmalyan, N. Tigranyan, Komitas, A. Spendiarov, R. Melikyan, A. Tigranyan va boshqalar). Armani xalq cholgʻu asboblari: puf-lab chalinadigan, kamonli, chertma, urma asboblardir. Chem-chem (yakka raqs), choror (duet), ver-ver, kochari (tuda raqs)lar keng tarqalgan. 19-asr boshlaridan yangi arman nota yozuvi (Armaniston Limonjyan ixtirosi) boshlandi. 19-asrning oxirgi choragidan xor qoʻshiklari rivojlandi, xalq taronalari, qoʻshiqlari qayta ishlandi. 20-asr boshlarida yangi musiqiy janrlar: simfoniya, balet, simfonik doston, kamer-cholgʻu musiqasi, ommaviy qushiq, spektakl va kinofilmlarga musiqa yozish rivojlandi. A. Xachaturyan, K. Zakaryan, V. Talyan, A. Ayvazyan va boshqalarlar turli janrlarda ijod qildilar. Yerevanda opera va balet teatri (1933), Musiqali komediya teatri (1942) barpo etildi. Armaniston filarmoniyasi tarkibida simfonik orkestr, torli kvartet, ashula va raqs dastasi, xor kapellasi, gusan ashula dastasi kabi ijodiy jamoalar bor. Davlat konservatoriyasi xamda Sanʼat institutining musiqa va xalq musiqa ijodiyoti boʻlimi malakali kadrlar tayyorlaydi. 1933-yilda Armaniston Kompozitorlar uyushmasiga asos solingan. Arman musiqasi Oʻzbekistonda keng yoyilgan. Oʻzbek davlat filarmoniyasining simfonik orkestri A. Babajanyanning „Qahramonlik balladasi“ni, E. Mirzoyanning simfoniyasini, A. Doluxanyan, A. Arutyunyan va boshqalarlarning asarlarini ijro etgan. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek Davlat akademik katta opera va balet teatri Armaniston Xachaturyanning „Spartak“ baletini sahnalashtirgan.

Arman teatr sanʼati miloddan avvalgi 1-asrda vujudga kelgan (miloddan avvalgi 69 yilda Tigranakertda teatr binosi qurilgan). Arman va yunon mualliflarining asarlari sahnalashtirilgan. 4 — 11-asrlarda folklorxor va qorishma janrlarda ishlovchi teatr mavjud boʻlgan. 12-asrda cherkov va maktab teatrlari paydo boʻldi. 14-asrdan qadimgi arman teatri sekin-asta yoʻqolib bordi. 18-asrda sayyor truppalar tashkil etildi. 17 — 18-asrlarda oʻzga yurtlardagi (Moskva, Venetsiya, Vena, Madras, Kalkutta va boshqalar joylardagi) arman muhojirlari yangi arman teatrlarini yaratdilar. 19-asrda Armaniston teatr sanʼatida yuksalish davri boshlandi. Konstantinopol (1861), Tiflis (1863) va boshqalar shaharlarda dastlabki arman doimiy professional teatrlari vujudga keldi. Milliy dramaturglardan M. Peshiktashyan, S. Ekimyan, M. Patkanyan, G. Sundukyan ijodida realistik yoʻnalish qaror topdi. 20-asr boshlarida Yerevan drama teatri (1921; 1937-yildan Sundukyan nomidagi), Gyumrida A. Mravyan nomidagi teatr (1928), Yerevan Yosh tomoshabinlar teatri (1929), Vanadzor teatri (1931), Nor-Bayazet teatri (1935) tashkil topdi.

Armanistonda dastlabki xronika kinolari 1907-yilda suratga olina boshlangan. 1923-yilda tashkil etilgan Armaniston „Davkino“si hozirgi A. Beknazarov nomidagi „Armenfilm“ deb ataladi. Badiiy filmlar 1925-yildan chiqarila boshlagan. Ular orasida „Namus“ (1925), „Xas-Push“ (1928) va birinchi tovushli film „Pepo“ (1935, barchasining rejissor A. Beknazarov), „Shaxsan maʼlum“ (1958) va „Favqulodda topshiriq“ (1965, ikkala film rejissorlari — S. Kevorkov va E. Karamyan), „Salom, bu men!“ (1966, rejissor F. Davlatyan), „Quyosh ostidagi joy“ (1976, rejissor A. Babayan) va boshqalar Mashhur arman aktyorlari — A. Jigarxanyan, G. Tonuns, M. Simonyan, M. Mkrtchyan. 1958-yilda Armaniston Kinematografchilari uyushmasi tuzilgan[8].

  1. Shengavit „Shengavit a Kura Araxes Culture Site in Yerevan on the Ararat hills, Republic of Armenia“ (en). — In those trenches he (Hakop Simonyan) isolated four distinct strata, the earliest from the late fifth millennium and the latest from the early to mid-third millennium BC.. 2008-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-fevral. (Wayback Machine saytida 2008-05-09 sanasida arxivlangan)
  2. „Земледельцы Северного Кавказа и Закавказья“ (ru). 2012-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-fevral. (WebCite saytida 2012-02-02 sanasida arxivlangan)
  3. „Карта Птолемея“ (ru). 2012-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-fevral.
  4. „Карта Геродота“ (ru). 2012-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-fevral.
  5. Radiostansii Armenii na http://radiomap.eu
  6. arxiv nusxasi (PDF), 2007-06-26da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2013-02-28
  7. Ереванский государственный медицинский университет им. Мхитара Гераци | Visshie uchebnie zavedeniya stran SNG, 2013-10-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-02-28
  8. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil