Ali al-Qoriy
Ali al-Qari علي القاري | |
---|---|
Unvoni | Mulla |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 15-asr |
Vafoti |
1605/1606 (1014 hijriy)[2][3] |
Dini | Islom |
Hudud | Xuroson va Makka |
Mazhab | Sunniy |
Yurisprudensiya | Hanafiylik |
Imom | Moturidiy[1] |
Asosiy qiziqish(lar)i | Fiqh, Hadis, Teologiya |
Mashhur ish(lar)i | Mirqat al-Mafatih, Minah al-Ravd al-Azhar |
Nur ad-Din Abu al-Hasan Ali ibn Sulton Muhammad al-Hiraviy al-Qoriy (arabcha: نور الدين أبو الحسن علي بن سلطان محمد الهروي القاري; vafoti 1605/1606-yil), Mulla Ali al-Qoriy (ملا علي القاري) nomi bilan tanilgan islom olimi.
Al-Qoriy Hirotda tugʻilgan, u yerda islomiy taʼlim olgan. Makkaga borib, olim Shayx Ahmad ibn Hajar al-Haytamiy Makkiydan taʼlim oldi. Shundan keyin Makkada qolishga qaror qildi, oʻsha yerda dars berdi, vafot etdi va dafn qilindi.
U Hanafiylik boʻyicha hadis ustalaridan, fiqh, Qurʼon tafsiri, til, tarix va tasavvuf ilmi imomlaridan biri sanaladi. Hofiz va har yili qoʻlda Qur’on yozadigan mashhur xattot boʻlgan.
Bir qancha kitoblar yozgan, jumladan, „Mishkat al-Nasabih“ning bir necha jildli „al-Mirqot“ sharhi, Qodi Ayyadning „Ash-shifo“siga ikki jildlik sharh, Shamoil at-Termiziyga sharh.
Uning eng mashhur asari Qur’on va Hadislardan olingan „Hizb ul-Azam“ nomli duolar toʻplamidir. Toʻplam yetti bobga boʻlingan. Bu asar „Daloil ul-xayrot“ toʻplamida ham aytib oʻtilgan.
Ali al-Qoriy Makkada vafot etgan, Jannat ul-Mualloh qabristoniga dafn etilgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hanafiylar roʻyxati
- Musulmon teologlari roʻyxati
- Ashʻariylar va moturidiylar roʻyxati
- Islom ulamolari roʻyxati
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Minah al-Rawd al-Azhar fi sharh al-Fiqh al-Akbar p.35
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-yanvar.
- ↑ „Mulla Ali al-Qari“. www.sunnah.org. 2019-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-yanvar.