BMT Bosh Assambleyasining 68/262 rezolyutsiyasi
Ukraina hududiy yaxlitligi boʻyicha BMT Bosh Assambleyasining 68/262 raqamli rezolyutsiyasi - 2014-yilning 27-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 68-sessiyasida qabul qilingan xujjat hisoblanadi. Rezolyutsiyasiga koʻra, BMT Ukraina hududiy yaxlitligini xalqaro tan olingan chegaralari va suverenligini qoʻllab-quvvatlaydi va tasdiqlaydi. Shu bilan birga, rezolyutsiyada Qrim Muxtor Respublikasi va Sevastopol shahri statuslari 2014-yilning 16-mart kuni umumqrim regerendumi natijalari bilan tan olinmasligi ham taʼkidlab oʻtilgan.[1]
BMTga aʼzo 193 davlatlardan 100 tasi rezolyutsiyani qoʻllab-quvatladi, 58 ta davlat ovoz berishda betaraflikni tanladi, 11 ta davlat esa ushbu rezolyutsiya qabul qilinishiga qarshi ovoz berdi. Qolgan 24 ta aʼzo davlatlar esa ovoz berishda umuman qatnashmadi. Rezolyutsiya loyihasi Kanada, Kosta-Rika, Litva, Olmoniya, Polsha va Ukraina delegatsiyalari tomonidan tayyorlangan. Yana 41 ta davlat esa loyihani hamkor sifatida qoʻllab-quvvatlagan.[2]
Ovoz berish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻllab-quvvatlagan davlatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rezolyutsiyani BMTga aʼzo 100 ta davlat qoʻllab quvvatladi. Bular: AQSH, Avstraliya, Avstriya, Albaniya, Andorra, Bagamalar, Barbados, Bahrayn, Belgiya, Benin, Bulgʻoriya, Butan, Buyuk Britaniya, Estoniya, Gaiti, Gvatemala, Gvineya, Gonduras, Gurjiston, Filippin, Fransiya, Finlandiya, Daniya, Dominikana Respublikasi, Kabo-Verde, Kamerun, Kanada, Kiribati, Kolumbiya, Kosta-Rika, Kongo Demokratik Respublikasi, Indoneziya, Iordaniya, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Litva, Liberiya, Liviya, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Mavrikiy, Madagaskar, Makedoniya, MAR, Malavi, Maldiv Respublikasi, Malta, Malayziya, Marshall Orollari, Meksika, Mojariston, Moldova, Monako, Mikroneziya, Niger, Nigeriya, Niderlandlar, Norvegiya, Olmoniya, Ozarbayjon, Palau, Papua Yangi Gvineya, Panama, Peru, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Samoa, San-Marino, Saudiya Arabistoni, Seyshel orollari, Syerra-Leone, Singapur, Slovakiya, Sloveniya, Solomon orollari, Somali, Tayland, Togo, Trinidad va Tobago, Tunis, Turkiya, Ukraina, Qatar, Qibris, Quvayt, Shveysariya, Shvetsiya, Xorvatiya, Janubiy Koreya, Chad, Chexiya, Chili, Yangi Zelandiya, Yaponiya va Yunoniston.[3]
Qarshi davlatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rezolyutsiyaga qarshi 11 ta davlat ovoz berdi. Bular: Armaniston, Belarus, Boliviya, Kuba, KXDR, Nikaragua, Rossiya, Sudan, Suriya, Venesuela va Zimbabve.
Betaraflikni saqlagan davlatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]BMTga aʼzo 58 ta davlat rezolyutsiyaning ovoz berish jarayonida betaraflikni saqladi. Bular: Angola, Antigua va Barbuda, Argentina, Afgʻoniston, Bangladesh, Botsvana, Braziliya, Bruney, Burkina-Faso, Burundi, Dominika Respublikasi, Ekvador, Eritreya, Efiopiya, Fiji, Gabon, Gambiya, Gayana, Hindiston, Iroq, Kambodja, Keniya, Komor orollari, Lesoto, Esvatini, Jazoir, JAR, Janubiy Sudan, Jibuti, Mali, Mavritaniya, Moʻgʻuliston, Mozambik, Misr, Myanma, Namibiya, Nauru, Nepal, Pokiston, Paragvay, Qozogʻiston, Ruanda, Salvador, San-Tome va Prinsipi, Senegal, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Surinam, Tanzaniya, Uganda, Urugvay, Oʻzbekiston, Shri-Lanka, Xitoy, Vyetnam, Yamayka va Zambiya[4].
Ovoz berishda qatnashmagan davlatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]BMTga aʼzo 24 ta davlat ushbu rezolyutsiyani qabul qilish uchun ovoz berish jarayonida umuman qatnashmadi. Bular: Beliz, BAA, Bosniya va Gersegovina, Ekvatorial Gvineya, Eron, Isroil, Gana, Grenada, Gvineya-Bisau, Kongo Respublikasi, Kot-d'Ivuar, Laos, Lubnon, Marokash, Oman, Qirgʻiziston, Serbiya, Tojikiston, Tonga, Turkmaniston, Tuvalu, Vanuatu, Sharqiy Timor va Yaman.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „UN General Assembly adopts resolution affirming Ukraine's territorial integrity“. Xinhua (28-mart 2014-yil). Qaraldi: 30-mart 2014-yil.
- ↑ „Backing Ukraine’s territorial integrity, UN Assembly declares Crimea referendum invalid“. UN (27-mart 2014-yil). Qaraldi: 30-mart 2014-yil.
- ↑ „Cyprus votes in favor of UN resolution on Crimea“. Cyprus Mail (28-mart 2014-yil). 2015-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2014-yil.
- ↑ „Russia criticizes U.N. resolution condemning Crimea's secession“. Reuters (28-mart 2014-yil). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2014-yil. (Wayback Machine saytida 2015-09-24 sanasida arxivlangan)