Kontent qismiga oʻtish

Mohchechak begim

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Mohchechakbegimdan yoʻnaltirildi)
Mohchechak Begim
Boburiy malika
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1570-yil
Afg'oniston
Vafoti 1564-yil 28-mart
Baloi Hisor, Kobul, Boburiylar imperiyasi
Turmush oʻrtogʻi Humoyun 1546-1556-yillar
Bolalari
  • Mirza Farrux Fal
  • Mirza Muhammad Hakim
  • Baxtiniso Begim
  • Sakina Bonu Begim
  • Amina Bonu Begim
Dini Sunni Islom

Mohchechak begim (oy guli degani[1]; 1564-yil 28-martda vafot etgan) — Boburiylar imperatori Humoyunning rafiqasi[2]. U Naib Subadarni quvib yuborgan va Kobulni oʻzi boshqargan, bir paytlar oʻz qoʻshinini shaxsan boshqargan va Jalolobodda Munimxonni magʻlub etgan shuhratparast ayol edi[3].

Mohchechak begimning ota-onasi hozirgi zamon yilnomalarining hech birida qayd etilmagan. U argʻunlik Bayram Oʻgʻlon va Faridunxon Kobuliyning singlisi edi[4]. Humoyun 1546-yilda Mohchechakka uylanadi. Uning Muhammad Hakim Mirzo va Farrux Fol Mirzo ismli ikki oʻgʻli hamda Baxtiniso Begim, Sakina Bonu Begim, Amina Bonu Begim ismli uch qizi bor[5].

Imperator saroyida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Akbar hukmronligining dastlabki davrida koʻp muammolarga duch kelgan ayollaridan biri edi. Uning Mirzo Muhammad Hakim ismli oʻgʻli boʻlgan. 1554-yilda Humoyun oʻsha paytda uch yoshli bu bolani Munimxon boshchiligida Kobulga hokim qilib tayinlaydi. 1566-yilda Akbar bu lavozimni yana davom ettirtiradi. Munimxon 1561-yilda saroyga keladi va uning oʻrniga uning oʻgʻli Gʻani Kobulga ketadi. Mohchechak siyosiy jihatdan shuhratparast ayol boʻlgan. Gʻanixonni yomon koʻradigan Fazli begim va uning oʻgʻli Abdulfathga Gʻanixonga qarshi Kobul eshiklarini yopishni maslahat bergan. Gʻani Xon oʻziga yondosh boʻladigan tarafdorlarni topa olmay, Hindistonga yoʻl oladi. Mohchechak begim keyin Fazli begimni Vakil, Abdulfathni noib (regent) etib tayinlaydi, lekin ulardan norozi boʻlib, oʻz zodagonlaridan Shoh Valining maslahati bilan ikkalasini ham oʻldirtiradi. Buni eshitgan Akbar Munimxonni Mohchechakka qarshi qoʻshin bilan joʻnatadi. Mohchechak uni yaxshi tayyorlangan qoʻshin bilan kutib olgan va Jalolobodda Munimxon ustidan gʻalaba qozongan. Mohchechak Kobulni uchta maslahatchi yordamida boshqargan, ulardan ikkitasi avvalroq oʻldirilgan. Keyinroq uchinchisi ham oʻldirilgan. Ularning oʻrniga Mohchechak begim Haydar Qosim Koʻhbur tayinlaydi.  Keyinchalik xonimning bu vakili Akbardan qoʻrqib, ikkilanib Akbarga qoʻshildi va Akbar uni Agra qal’asiga qoʻmondon qilib tayinladi.

Taxminan shu paytlarda Lahordagi zindondan qochgan Termiz (hozirgi Oʻzbekiston) ning buyuk sayyidlari oilasiga mansub Shoh Abul Maali Kobulga yetib kelib, boshpana soʻrab Mohchechak Begimga murojaat qildi. Begim uni kutib oldi, unga saxiylik qildi va qizi Baxtiniso Begimni unga turmushga berdi. 

Shoh Abul Maali tez orada Mohchechak Begimning hukmronligidan va uning shaxsiy ishlariga aralashish usullaridan charchadi. Uning oʻzi Kobulga ketishni xohlardi. Shu sababli u 1564-yilda Mohchechak Begim va Haydar Qosimni oʻldiradi[6].


Mohchechak begimning faoliyati va uning siyosiy hukmlari, shubhasiz, Akbarning bosh ogʻrigʻi boʻlib, uni xuddi otasidan meros qolgan, yoʻqotilgan va nihoyat qoʻlga kiritilgan imperiyani Hindistonda mustahkamlamoqchi boʻlganida uni juda bezovta qilgan edi. Ammo u tez orada Mohchechak Begim va uning shuhratparastlik yoʻllaridan xalos boʻldi. 

2013-yilda Zee TV telekanalida Jodha Akbar deb nomlangan teleserial namoyish etilgan, unda Mohchechak Begim rolini aktrisa Mita Vashisht oʻynagan.

  1. Annemarie Schimmel. The Empire of the Great Mughals: History, Art and Culture. Reaktion Books, 2004. ISBN 978-1-861-89185-3. 
  2. Beveridge, Henry. Akbarnama of Abu'l-Fazl ibn Mubarak - Volume II. Asiatic Society, Calcutta, 1907 — 319-bet. 
  3. Rekha Misra. Women in Mughal India, 1526–1748 A.D.. Munshiram Manoharlal, 1967 — 24-bet. 
  4. Begum, Gulbadan. The History of Humayun (Humayun-Nama). Royal Asiatic Society, 1902 — 260-bet. 
  5. [[Gulbadan begim|Gulbadan begim]]. The History of Humayun (Humayun-Nama). Royal Asiatic Society, 1902 — 186-bet. 
  6. Annemarie Schimmel. The Empire of the Great Mughals: History, Art and Culture. Reaktion Books, 2004. ISBN 978-1-861-89185-3.