Kontent qismiga oʻtish

Marie Curie

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sklodovskayadan yoʻnaltirildi)
Marie Curie

Marie Curie 1920-yilda
Tavalludi 7-noyabr 1867[1]
Vafoti 4-iyul 1934[2][1]
Fuqaroligi Fransiya[3], Rossiya Imperiyasi va Second Polish Republic[4][5][6]
Sohasi
Turmush oʻrtogʻi Pierre Curie


Maria Salomea Skłodowska Curie (talaffuzi: Mariya Salomea Sklodovskaya-Kyuri) (1867-yil 7-noyabr, Varshava – 1934-yil 4-iyul, Sansbbvelmo, Parij yaqinidagi So shahrida dafn etilgan) – fransuz va polyak fizigi va kimyogari. Radioaktivlik haqidagi taʼlimot asoschilaridan biri. U Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan birinchi ayol, Nobel mukofotini ikki marta qoʻlga kiritgan tarixdagi birinchi olima(1903-yil fizika boʻyicha P. Curie va A. Bekkerel bilan hamkorlikda; 1911-yil kimyo boʻyicha) va ikki ilmiy sohada Nobel mukofotini qoʻlga kiritgan yagona inson. Uning turmush oʻrtogʻi Pierre Curie ushbu mukofot sovrindori boʻlgan va bu orqali bunday natijalaga erishgan tarixdagi birinchi oilaga aylanishgan. Curielar oilasi jami hisobda beshta Nobel mukofotiga sazovor boʻlishgan. U 1906-yilda Parij universitetida professor unvonini olgan birinchi ayol boʻlgan[7]. Parij tibbiyot akademiyasi aʼzosi (1922-yildan).

U oʻsha vaqtlar Rossiya imperiyasi tarkibida boʻlgan Polshaning Varshava shahrida tugʻilgan. U dastlab Varshavadagi Flying Universityni tamomlagan. 1891-yilda 24 yoshida u opasi Bronisława bilan Parijga oʻqishga boradi, u yerni tamomlagach ilmiy ishini boshlaydi. 1895-yilda u fransuz fizigi Pierre Curie bilan turmushga chiqdi va u bilan birga 1903-yilgi Nobel mukofotini qoʻlga kiritadi. 1906-yilda turmush oʻrtogʻi Pierre Parijda baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Marie 1911-yilda radioaktiv izotoplarni izolyatsiya qilish uchun oʻzi ixtiro qilgan usullar yordamida poloniy va radiy elementlarini kashf etganligi uchun Kimyo boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. 1920-yilda Parijda Curie Institute in Paris va 1932-yilda Varshavada Curie Institute in Warsawlarga asos soladi.

Turmushga chiqqach u Pierre bilan Industrial fizika va kimyo maktabidagi uning laboratoriyasida ishlagan. 1897-yildan P. Curie bilan birgalikda A. K. Bekkerel ochgan (1896) uran tuzlarining nurlanishi ustida tadkiqotlar olib borgan va bu hodisaga „radioaktivlik“ deb nom bergan[8]. P. Kyuri bilan birgalikda poloniy va radiyni ochgan (1898). U radiyning metall namunasini olgan (1910; fransuz kimyogari A. Debyern bilan hamkorlikda) va uning xossasini oʻrgangan. Radioaktivlikning oʻlchash usullarini ishlab chiqqan[9].

Maria Skłodowska 1867-yil 7-noyabrda Rossiya Imperiyasiga qarashli Polshaning Varshava shahrida dunyoga klegan. U taniqli oʻqituvchilar[10] Bronisława, Boguska va Władysław Skłodowskining beshinchi va eng yoshi kichik farzandi. Maria (laqabi Mania)ning katta aka-ukalari Zofia (1862-yil), Jozef (1863-yil), Bronisława (1865-yil) va Helena (1866-yil) edi[11][12].

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. // (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. (unspecified title)
  5. (unspecified title)
  6. (unspecified title)
  7. Julie Des Jardins. „Madame Curie's Passion“. Smithsonian Magazine (2011-yil oktyabr). 2012-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-sentyabr.
  8. „The Discovery of Radioactivity“. Lawrence Berkeley National Laboratory (2000-yil 9-avgust). 2012-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
  9. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  10. „Marie Curie Facts“. Nobelprize.org. 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-mart.
  11. Nelson, Craig. The Age of Radiance: The Epic Rise and Dramatic Fall of the Atomic Era. Simon & Schuster, 2014 — 18-bet. ISBN 978-1-4516-6045-6. Qaraldi: 2016-yil 24-yanvar. 
  12. „Marie Curie – Polish Girlhood (1867–1891) Part 1“. American Institute of Physics. 2011-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-noyabr.