Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Administratorlar forumi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vikipediya:AFdan yoʻnaltirildi)


Administratorlar forumiga xush kelibsiz!

Bu sahifa administratorlarga oid masalalarni muhokama qilish uchun moʻljallangan.


Tepaga
Pastga

SIisj yaratgan maqolalarni oʻchirish

[manbasini tahrirlash]

Yangi foydalanuvchilarni Vikipediyadan sovutmang!

[manbasini tahrirlash]

Oʻchirishga soʻrovini yopish

[manbasini tahrirlash]

Laziz Baxtiyorov tomonidan amalga oshirilgan gʻarazli faoliyatlar

[manbasini tahrirlash]

Pichoq borib suyakka qadalmagunga qadar bu muhokamani ochish xayolimga ham kelgan emasdi. Ammo Vikipediyadagi faoliyatim, shaxsiy hayotim hamda ish jarayonimga salbiy taʼsir etayotgani, ruhiy tomondan yomon ahvolga solayotgani, muammolar tugʻdirayotgani va tinimsiz koʻngilsiz holatlar yuzaga keltirayotgani bois bunga ortiq chidash niyatim yoʻq. Insonning shaʼni, qadr-qimmatiga qaratilgan har qanday tuhmatli holatlar Vikipediya qonun-qoidalari boʻyicha taʼqiqlangan. Oʻzbekiston qonunchiligida ham bunga oid qonunlar mavjud. Shuningdek, Vikipediya foydalanuvchilarining samarali faoliyatiga salbiy taʼsir oʻtkazadigan xatti-harakatlarni muntazam sodir etib kelinishi bilan bogʻliq har qanday faoliyat qoralanadi.

Soʻnggi kunlar mobaynida toʻqilgan boʻhtonlardan boshlab, yaqin oʻtmishda uyushtirilgan gʻarazli niyatdagi ishlar orasidan baʼzilarini misol tariqasida havola etishni maqsad qildim. Xususan:

  • Laziz Baxtiyorovning mana shu hisob Alpaslining sevgilisi yaratilishida qoʻli bor deb oʻylayman va bu hisobni CheckUser orqali tekshirilishini soʻrayman. Hisobni 2024-yilning yanvar oyida: foydalanuvchi shaxsiga nisbatan amalga oshirilgan trolling oʻlaroq baholab oʻchirgandim. Hisobda mening siyosiy qarashlarim, qiziqishlarim kalaka qilingani yaqqol koʻzga tashlanib turipti. Va bu foydalanuvchi sahifasi bir yildan ortiqroq vaqt mobaynida saqlanib turganligi achinarli holat. Shu bilan birga, ushbu foydalanuvchi sahifasi ochilgan vaqtda Facebookda skrinlaridan iborat postlar qoʻyilganidan va shaxsimga nisbatan yaxshi soʻzlar ishlatilmaganidan koʻpchilikning xabari bor (Foydalanuvchi sahifasi yaratilganidan keyin Facebookda ham muhokama qilingan edi. Muhokama ketayotgan bir vaziyatda jahl bilan u linkni guruhga tashlagandim. Ammo post oʻchirilgan va uni suratga olib qoʻyish u vaqtda xayolimga kelmagandi). Shaxsiy adovatga asoslangan bu kabi faoliyat Vikipediya qoidalariga mutlaqo zid deb bilaman. Bundan tashqari, Alpaslining muhabbati, AlpAsli bilan tasodifan uchrashgan qiz va boshqa shu kabi hisoblar ochilib, trolling qilingani koʻpchilikning yodida. Kagansky bu holatni muhokamaga qoʻyishim lozimligini uqtirgan, lekin men muhokamaga qoʻymagandim. Muhokamaga qoʻymaganim uchun hozirgacha koʻp pushaymon boʻlganim rost. Bu tasvirlar orqali guruhda qilingan muhokama jarayoni bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 1, 2
  • 2023-yilning aprel oyida oʻtkazilgan WikiOromgohning 3-mavsumida 7-guruhga administratorlik qilgan Laziz Baxtiyorov guruhidan boʻlgan baʼzi ishtirokchilar undan izn olib (oʻz tilidan shu iqrorni eshitdim, gʻoya muallifi va bu ishni qilishga undov uniki boʻlishi mumkin), keyinchalik „mashhur“ boʻlib ketgan rolikni suratga olishgan. Deyarli barcha vikichilar tomosha qilgan bu rolikni Oʻzbekistonda mehmonda boʻlgan Nataev ham tomosha qilgani qulogʻimga chalingandi. Bu kabi faoliyat asosan biror shaxsni obroʻsizlantirish maqsadida amalga oshiriladi. Rolik havolasi Mendan olingan intervyu mobaynida Vikipediya bilan bogʻliq savollar soʻraldi. 7-guruhdagi foydalanuvchilarning Vikipediya bilan bogʻliq savol soʻrash borasida tajribasi yoʻqligini hisobga olib, savollar shaxsan Laziz Baxtiyorov tomonidan tuzib berilgani haqiqatga yaqin.
  • Laziz Baxtiyorov WikiStipendiya loyihasining hozirgi vaqtdagi menejeriga goʻyo men tomonimdan aytilgan boʻhtonli yolgʻonni yetkazganini oʻz ogʻzi bilan tan oldi. Ammo bu gapni shunchaki suhbat mobaynida aytganini, gʻarazli niyati boʻlmaganini taʼkidlagani bilan man uchun koʻngilsiz holatlarni keltirib chiqardi. Natijada, nomimga oʻta haqoratli soʻzlar aytildi. Buning isboti oʻlaroq tegishli skrinlarni ushbu havola orqali koʻrishingiz mumkin. Shu oʻrinda, skrinda shaxsimga qarata aytilgan oʻta yomon soʻzlar boshqalar tomonidan oʻqilishi man uchun ogʻir holat ekanligini aytib oʻtishim oʻrinli.
  • Shuningdek, Vikipediyaga oid turli guruhlarda keraksiz bahslarni keltirib chiqaraverishidan aksariyat foydalanuvchilar xabardor. Bu bilan bogʻliq juda koʻplab holatlar yuz berganidan qay birini oʻrnak keltirishni ham bilmadim. 1
  • Kecha, 16-may kuni tongi (soat 6:30)da Laziz Baxtiyorga tegishli telegram akkauntidan yana bir shaxsimni kamsitishga qaratilgan xabar kelib tushdi. Xabarda, Oʻz maqsadlariga erishish uchun laganbardorlik qilib turadigan doʻstlaringizni, hamkasblaringizni va tanishlaringizni tabriklang! Albatta, har bir jamoada bunaqa insonlar bor! Kimga yuborishni tushundingiz-a? kabi soʻzlar bor. Xabarga oid skrinni bu havola orqali koʻrishingiz mumkin. Ushbu xabarni bir shaxs tomonidan boshqasiga yuborilishidan maqsad nimaligi aniq — shaxsni tahqirlash. Tonggi soat 6 larda yuborilgan bu xabar hech kimni xushnud qilmasligi tabiiy. Eng asosiysi, oʻzbekcha Vikipediya administratoriga bu narsa yarashmaydi.

Hurmatli Abdulla, Nataev, Malikxan va Kagansky, sizlardan yuqorida sanab oʻtilgan holatlarga javoban qatʼiy bir chora koʻrishingizni iltimos qilib qolaman. Alpasli (munozara) 23:54, 16-May 2024 (UTC)

Hormang, @Alpasli! Oʻta jiddiy ayblovlarni qoʻybisiz. Bu ayblovlar chinligi tasdiqlansa, ularning deyarli barchasi Vikimedia Jamgʻarmasi Umumjahon obod-axloq kodeksiga ziddir. Ammo hozirdan shuni ayta olamanki, "yaloqilar kuni" ("yatoqi" soʻzining maʼnosi aslida "podxalim" emas, ammo postda aynan shu maʼno nazarda tutilgani ayon) haqidagi postni shaxsan sizga yuborgani shubhasiz harassmentga kiradi. Umumjahon kodeksiga koʻra, uzoq muddat davom etgan istehzoli sharhlar va agressiya harassmentga kiradi: "In some cases, repeated mockery, sarcasm, or aggression constitute insults collectively, even if individual statements would not."
Shaxsiyatingiz mazax qilingan hisoblarga kelsak, Metada checkuser huquqiga ega foydalanuvchilar koʻrib berishlarini soʻradim. Ammo bu tekshiruvning natijasi qanday boʻlishidan qatʼi nazar, @Laziz Baxtiyorov administratorga munosib boʻlmagan, ezgu maqsad koʻzlanmagan ishlarga qoʻl urganini xulosa qilish uchun yetarli asos bor, degan fikrdaman. Ammo, tabiiyki, Laziz Baxtiyorovning oʻzi hamda bu holatlardan xabardor boshqa foydalanuvchilar fikr bildirishini kutamiz. Nataev munozara 03:41, 17-May 2024 (UTC)
Uzoq oʻylab koʻrgan holda, yana bir holatni oshkor etishga qaror qildim. Bu holatning kelib chiqishiga sababchi boʻlgan foydalanuvchi qiz bola boʻlgani bois uni oshkor etmaslik niyatim bor edi. Ammo jiddiy xatolardan xulosa chiqarilmas ekan, ular takrorlanaveradi degan tugal qarorga keldim. Xullas, Miss Kamola oʻzaro telefon yozishmasi mobaynida manga nisbatan hazil tariqasida aytilgan Gay (LGBT) soʻzini atrofidagilarga bexosdan aytgan, bu narsa shaxsimga nisbatan kamsituvchi/kalakali soʻzlar zanjirini boshlab berilishiga sabab boʻlgan ekan. Holat boʻyicha toʻliq(roq) axborotdan kechroq xabar topdim. Liberal jamiyatlardan farqli oʻlaroq, LGBT soʻziga va bunday shaxslarga nisbatan jamiyatimiz insonlarining munosabat oʻta radikaldir. Bunday kishilar oʻlim tahdidlari olishi, obroʻsizlanishi va hatto huquqiy jihatdan ogʻir jazolarga mubtalo etilishi xavfi bor. Bu boʻhton vikichilar orasida tarqalgani sababli menga koʻngilsiz holatlarni keltirib chiqarishi ehtimoli yuqori (keltirib chiqarib boʻlgan ham). Darhaqiqat, Vikipediya foydalanuvchilari orasida biror shaxsga nisbatan qoʻyilgan bu kabi tamgʻa(lar) uning jiddiy shaxs/foydalanuvchi sifatida qabul etilmasligiga sabab boʻladi deb oʻylayman. Yaʼni, obroʻsizlantirishning yana bir shakli. Laziz Baxtiyorov jarayonda ishtirok etgan asosiy shaxslardan biriligini hamda bu gapni ommalashishida oʻziga yarasha hissa qoʻshganini taxmin qilgandim. Menga yetib kelgan xabarlarga koʻra, xabarning yoyilishida asosiy rolni Laziz Baxtiyorov oʻynagan (skrin). Agar hazil tariqasida yozilgan xabar shaxsiy yozishma oʻlaroq qolganida, bu kabi koʻngilsiz holatlarni keltirib chiqarmasligi aniq edi. Biroq taasufki, bunday boʻlmagan. Shaxsimga „hazil“ niqobi ostida har narsaning aytilishi qabul qilib boʻlmas jarayondir. Oʻylaymanki, ushbu muhokama qanday yopilishidan qat’i nazar har kim oʻziga tegishli xulosani chiqarib oladi. Va umid qilamanki, bu muhokama oʻrnak boʻlib, Vikipediya orqali bir-birini taniganlar bundan keyin oʻzaro munosabatda shaxsning qadr-qimmatini kamsitish bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirmaydi. Hurmat ila Alpasli (munozara) 19:00, 17-May 2024 (UTC)
LGBT borasidagi fikrlaringiz esa toʻlaligicha oʻzingizning tasavvur hamda taxminingizga asoslangani koʻrinib turibdi. Bu borada ham sizning oriyentatsiyangiz borasida qiziqimaganimni va bu shaxsiy tanlovingiz ekanini aytib oʻtmoqchiman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:48, 18-May 2024 (UTC)
Assalomu alaykum, hurmatli jamoa aʼzolari. Ochigʻi mazkur munozara haqida mutlaqo xabarim yoʻq edi. Holbuki, munozara ochilishidan bir kun oldin Alpasli bilan kamida 6 soat davomida birga yurdik, loyiha boʻyicha ancha vaqt gaplashdik. Umuman olganda, mazkur foydalanuvchining shaxsiy hayotida ham boʻladigan koʻngilsiz holatlarda meni ayblab yurishi bizni tanigan koʻpchilik uchun yangilik boʻlmasa kerak. Mayli boʻlari boʻlgan ekan. Endi bildirilgan taxmin hamda iddaolarga munosabat bildirib oʻtsam.
  • Mazkur sahifalar yaratilishi hamda uning facebookda muhokama qilinishida aloqam yoʻqligini maʼlum qilaman. Sahifalarni kim yaratgan va bundan qanday manfaat koʻzlagani boʻyicha mutlaqo tasavvurga ega emasman. Facebook yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar har bir shaxsning shaxsiy maydoni boʻlib, unga taʼsir oʻtkazish darajasida emasman. Qolaversa, mazkur xabar mening shaxsimga aloqador sahifalarga joylanmagan. Shuningdek, siyosiy qarash hamda shaxsiy qiziqishlar har kim uchun individual ekanligi, ularning aynan bir shaxsga oid boʻlishini ham anglatmaydi. Jumladan, oʻzim ham oʻzim yoqtiradigan va yoqtirmaydigan qadriyatlarning boshqalar tomonidan hurmat qilinishi yoki hurmat qilinmasligi hamda boshqalar ham aynan men kabi qarashlarga ega boʻlish boʻlmasligi borasida eʼtiroz bildirmayman.
  • Oromgoh masalasidagi fikrlar esa tushunarsiz boʻlmoqda. Yaʼni guruh aʼzolari oromgohdagi adminlarga hazil tariqasida video suratga olsak eʼtiroz boʻlmaydimi deya mendan soʻrashga va men hazil tariqasida olingan videolar zararli emasligini aytganman. Videoni esa koʻp qatori siz aytgan guruhdagi eʼlondan soʻng koʻrganman. Gʻoyalar va ssenariylar yozishga esa qiziqishim va ishtiyoqim yoʻqligi bois bu boradagi fikringizni shunchaki taxmin, jiddiyroq olganda esa tuhmat deb hisoblash mumkin, deb oʻylayman. Savollar borasidagi fikrlarni ham yuqoridagi kabi shunchaki taxmin va tuhmat deb hisoblayman va unga mutlaqo aloqam yoʻqligini maʼlum qilaman. Ayni shu fikrlarni oromgohda mazkur masala muhokama qilinganda Alpaslining oʻziga ham boshqa foydalanuvchilar guvohligida aytganman. Aynan bugunga kelib bu muammoni yana kun tartibiga chiqarishdan qanaqa ezgu maqsad koʻzlangani tushunarsiz boʻlmoqda.
  • Mazkur fikrda esa ochiqdan-ochiq tuhmat qilingan. Yaʼni keltirib oʻtilgan fikrni loyiha menejeriga yetib borishida aloqam yoʻq. Oʻsha jarayonda kimdirdan eshitgan fikrimga aniqlik kiritish maqsadida umumiy suhbatda soʻragan boʻlishim mumkinligini, lekin u suhbat jarayonida menejer yoʻq boʻlganini ayta olaman, xolos. Men aytgan yoki soʻragan fikr qanday qilib yetib borganidan esa, ochigʻi xabarim yoʻq.
  • Mazkur holatda esa yomonlikni koʻzlagan yoki gʻarazli nimadir bor deb oʻylamayman. Shunchaki guruhda qilingan hazil oʻlaroq qabul qilinsa va bu kabi hazillar Vikipediyadan tashqaridagi guruhlarda boshqa foydalanuvchilarga nisbatan ham qilinganini aytib oʻtmoqchiman. Qolaversa, siz skrinshot keltirgan guruhda men boshqa foydalanuvchilarni saviyasizlikda ayblagan izohlar yozmaganman Shaxs sifatida esa boshqa foydalanuvchilarning shaxsiyati haqida ham fikrlar bildirmagan boʻlsam kerak. Skrinshotlarni joylashni oʻzimga ep koʻrmayman. Qiziquvchilar guruhdan koʻrishi mumkin.
  • Oxirgi bandda aytib oʻtilgan xabarni esa faqatgina Alpasliga emas, 10ga yaqin oʻzimga yaqin deb bilgan insonlarga joʻnatganman. Yuqorida aytganim kabi shaxsiy xabarlardagi skrinshotlarni yuklashni oʻzimga ep koʻrmayman. Men joʻnatgan barcha shaxslar buni toʻgʻri qabul qilishgan edi. Lekin bu aynan sizga juda qattiq tegishini tasavvur ham qilmagan edim. Shuningdek, mazkur xabarni Vikipediya administratori emas, real hayotdagi shaxs sifatida yuborganimni aytib oʻtmoqchiman.
Agarda siz nazarda tutgan kabi sizning Vikipediyadagi faoliyatingiz boʻyicha eʼtiroz yoki gʻarazlarim boʻlganda oʻz fikrlarimni Patrullovchi hamda Administratorlik soʻrovlaringizda bildirib oʻtgan boʻlar edim. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:46, 18-May 2024 (UTC)
Yuqoridagi ilgari surilgan ayblovlarning faqatgina bittasi, yaʼni birinchi bandi Vikipediyadagi faoliyatga bogʻliq boʻlib, u ham shubhaga asoslangan boʻlib, isbotlanmadi. Umuman olganda matnning umumiy mazmuni koʻproq asossiz gʻiybat va maydakashlikka oʻxshab qolib, asosiy maqsad nima ekani ochiqlanmayapti. Shuning uchun Alpasli shaxsiy hayotingizda sodir boʻladigan har qanday koʻngilsizlikda meni ayblab yurishdan tiyilishingizni soʻrayman.
Oʻzbekcha Vikipediya rasmiyatchi hamda administratorlaridan Alpaslining butun Vikipediya jamoasi oldida asossiz gaplar bilan shaxs hamda Vikipediya foydalanuvchisi sifatida obroʻsizlantirishga uringaniga baho berib, umumiy jamoa maʼqul koʻrgan chorani koʻrishingizni soʻrayman. Vikimediya jamgʻarmasining odob axloq kodeksida ham barcha ishlarda aniqlik hamda tadiqlashga intilish soʻralgan. Aniq tekshiruvlar asosida isbotini topmagan har bir holat uchun Alpaslidan izoh talab qilaman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:55, 18-May 2024 (UTC)
  1. Yaʼni guruh aʼzolari oromgohdagi adminlarga hazil tariqasida video suratga olsak eʼtiroz boʻlmaydimi deya mendan soʻrashga va men hazil tariqasida olingan videolar zararli emasligini aytganman. Demak, zararli emasligini aytganingiz videorolik suratga olinayotganidan xabardor ekanligingizni bildiradi. Xabardor ekanligingizni oʻzi bu ishga sherik boʻlganingizning dalolati. Videorolik tufayli hayotimdan kelib chiqqan qiyinchiliklar sababchilaridan biri ekanligingiz kundek ravshan endi.
  2. Oʻsha jarayonda kimdirdan eshitgan fikrimga aniqlik kiritish maqsadida umumiy suhbatda soʻragan boʻlishim mumkinligini, lekin u suhbat jarayonida menejer yoʻq boʻlganini ayta olaman, xolos. Suhbat mobaynida menejer yoʻqligini aytayotganingiz ham siz suhbat deb atayotgan tuhmatni qilganingizning isboti sanaladi. Qanaqa tuhmat qilganingizdan toʻliq xabardor emasman. Ammo keltirilgan skrinda uning natijasi aks etgan. U suhbatda aytilgan haqoratlar sizning boʻyningizda. Oʻzara yigʻilishda ham qanaqa tuhmat aytganingizni ochiqlashdan choʻchidingiz. Ha, aynan choʻchidingiz.
  3. Shunchaki guruhda qilingan hazil oʻlaroq qabul qilinsa va bu kabi hazillar Vikipediyadan tashqaridagi guruhlarda boshqa foydalanuvchilarga nisbatan ham qilinganini aytib oʻtmoqchiman. Shaxsiy hayotingizda qilib yuradigan hazillarni Vikipediyada va yoxud rasmiy guruhlarda ishlatmang. Buni rasmiy soʻrov oʻlaroq qabul eting. Shuningdek, men ishlatgan saviyasiz soʻzi keraksiz bahslar keltirib chiqaraverib, tushuntirilgan holatni anglamasligingizga berilgan taʼrifdir. Tushunmagan holatingiz boʻyicha butun boshli post yozganim yodimda.
  4. Laziz Baxtiyorov, Oxirgi bandda aytib oʻtilgan xabarni esa faqatgina Alpasliga emas, 10ga yaqin oʻzimga yaqin deb bilgan insonlarga... joʻnatganingiz harakatingizni oqlamaydi. Gapning indallosi shuki, men sizning yaqiningiz emasman. Yaqinlaringiz yuborganingiz bu kabi postlarni menga yuborishingiz uchun asos boʻlolmaydi. Ayniqsa, vikichilarga yuborilishiga.
Alpasli (munozara) 12:50, 18-May 2024 (UTC)
Yozilgan javoblarning har bir qatorini soʻzma-soʻz izohlash niyatim yoʻq. Ijtimoiy tarmoqlar orqali yozishmalarni esa oʻz xohishingizga binoan qabul qilishingiz LGBT borasidagi skrinshotdan ayon.
Oxirgi band boʻyicha sizni oʻzimga yaqin inson deb oʻylaganimdan taassufdaman. Qolaversa Vikipediyadan tashqaridagi faoliyatimni tartibga solishga urinmasligingizni soʻrayman. Vikipediyadagi faoliyatdan tashqarida vikichi doʻstlarim koʻp va ular bilan munosabatim Vikipediyadagi faoliyatimdan ayro. Ayni xabar joʻnatilishini ham Vikipediyaga bogʻlashingizga mutlaqo qarshiman va bu ikkalasi oʻzaro aloqador eamasligini Vikipediyaning saviyali administratori oʻlaroq yaxshi tushunib turibsiz, deb oʻylayman.
Keyin sizning shaxsiyatingizga bogʻliq dedi-dedi, gʻiybat va maydakashliklarga aniq dalillar boʻlmagani holda meni nomimni aralashtirmasligingizni soʻrayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:01, 18-May 2024 (UTC)
Videorolik masalasini ham yopishtirishga urinmang. Bu masala oromgohning oʻzida muhokama qilingan va yopilgan edi. Videorolikning umumiy mazmuni menga mutlaqo qorongʻu boʻlgan va u bilan bevosita siz qatori tanishganimni aytib oʻtganman. Gapni soʻzlarini bittalab tahlil qilish orqali qanaqadir maʼno chiqarishga urinishingiz esa tushunarsiz qolmoqda. Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:04, 18-May 2024 (UTC)
Laziz Baxtiyorov, umuman olganda, javoblaringizda aybsiz ekanligingizni taʼkidlashdan nariga oʻtmabsiz (ipse dixit). Quyidagi savollarga javob bersangiz:
mazkur foydalanuvchining shaxsiy hayotida ham boʻladigan koʻngilsiz holatlarda meni ayblab yurishi bizni tanigan koʻpchilik uchun yangilik boʻlmasa kerak — bu iddaoga nima asos boʻldi? Buni qanday asoslab bera olasiz? Bu ham oʻsha siz havola qilgan tuhmat emasmi?
siz skrinshot keltirgan guruhda men boshqa foydalanuvchilarni saviyasizlikda ayblagan izohlar yozmaganmanred herring argument boʻlibdi.
Yaʼni guruh aʼzolari oromgohdagi adminlarga hazil tariqasida video suratga olsak eʼtiroz boʻlmaydimi deya mendan soʻrashga[n] — kim soʻragan? Foydalanuvchi nomi nima?
Skrinshotlarni joylashni oʻzimga ep koʻrmayman – oʻzingizni axloqan ustun koʻrsatish oʻrniga sizga qoʻyilgan ayblovlarni rad etish uchun asos boʻla oladigan skrinshotlar boʻlsa, ulashing.
Men joʻnatgan barcha shaxslar buni toʻgʻri qabul qilishgan edi. Lekin bu aynan sizga juda qattiq tegishini tasavvur ham qilmagan edim — Alpasli bilan uzoq muddat davomida doʻstona munosabatda emasligingiz menga ayon. Buni Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi uchun ochilgan Telegram guruhdagi oʻzaro suhbatingizdan xulosa qildim. Shunday ekan, Alpaslini „yaqin“ inson deb koʻrishingiz haqiqatdan yiroq va kishi notoʻgʻri talqin qilishi mumkin boʻlgan bunday dumli postni ezgu niyatda yuborganingizga ishonish qiyin.
Yuqoridagi ilgari surilgan ayblovlarning faqatgina bittasi, yaʼni birinchi bandi Vikipediyadagi faoliyatga bogʻliq boʻlib, u ham shubhaga asoslangan boʻlib, isbotlanmadi – „isbotlanmadi“ emas, oradan koʻp vaqt oʻtgani uchun CheckUser orqali aniqlashning iloji boʻlmadi. Bu ushbu haqoratomuz hisoblarda sizning qoʻlingiz yoʻq degani emas. Ushbu holatlar boʻyicha qanday maʼlumotga ega boʻlsangiz, ulashing. Masalaga qisman oydinlik kiritish uchun qoʻgʻirchoq hisoblar tahrirlarini sizning tahrirlaringiz bilan solishtirib, tahlil qilish mumkin.
matnning umumiy mazmuni koʻproq asossiz gʻiybat va maydakashlikka oʻxshab qolib ... gʻiybat va maydakashliklarga — qayta-qayta „maydakashlik“ va bunga oʻxshash haqoratomuz soʻzlarni yozavermang. Bu yerda oʻta jiddiy masala koʻtarilgan.
Alpasli, siz esa iloji boʻlsa WikiStipendiya xodimi sizni haqorat qilishida Lazizbek qanday rol oʻynaganini izohlab bera olasizmi?
Miss Kamola, Alpaslining oriyentatsiyasi borasidagi „hazillar“ haqida nimalarni bilasiz? Xususan, Lazizbekning bunga qanday aloqasi bor? Izohlab bersangiz, iltimos. Nataev munozara 13:43, 18-May 2024 (UTC)
  1. Ushbu iddaoga asos boʻladigan holatlar koʻplab boʻlib oʻtgan. Alpaslining hayotidagi bir necha holatlarda shaxsan mening qoʻlim borligiga shubha qilib yurishini oʻzaro tanishlardan eshitib turaman. Lekin afsuski buni isbotlovchi audio yoki videolarni ulasha olmayman.
  2. Men guruh rahbari boʻlgan 7-guruh aʼzolari. Hazil tariqasida videorolik olish oromgohlar uchun yangilik boʻlmagan. Bu kabi soʻrovlar ham oʻz oʻrnida faqat mazkur oromgoh davomida berilmaganini eslatib oʻtmoqchiman.
  3. Postni yuborishdan hech qanaqa maqsad koʻzlanmagan va bu koʻpchilik qatorida Alpasliga ham joʻnatilfgan. Bu narsani Vikipediya administratori darajasidagi fojeaga aylantirib yuborish kerak emas deb oʻylayman. Chunki Telegram ijtimoiy tarmogʻi va undagi shaxsiy suhbatlar Vikipediya doirasida qamrab olinmaydi deb oʻylayman.
  4. Ushbu profillar boʻyicha hech qanday maʼlumotga ega emasman. Bor maʼlumotim uzwikinewpages kanalidagi baʼzi postlar va telegram guruhida ulashilgan xabarlarni qamrab oladi xolos. Tahrirlarni esa oʻzaro solishtirib chiqishingizga mutlaqo qarshi emasman. Toʻliq va asosli tekshiruv oʻtkazishingiz mumkin.
Laziz Baxtiyorov (munozara) 14:04, 18-May 2024 (UTC)
Nataev, WikiStipendiya loyihasi doirasida u xodim bilan munosabatimiz yaxshi edi. Hamkorlikda ozmi-koʻpmi foydali ishlar qilganmiz, nasib boʻlsa, yana qilamiz. Laziz Baxtiyorov bilan suhbatda goʻyo loyiha menejeriga nisbatan kamsituvchi soʻzlar qilganim aytildi. Loyiha menejeri dastlab shunday fikr bildirgach, Laziz Baxtiyorovni chaqirdik. Oʻtkazilgan kichik yigʻilishda Laziz Baxtiyorovning men bilan hech qanaqasiga bunday suhbat qilmagani oshkor boʻldi. Laziz Baxtiyorov boʻlsa, u suhbatni boshqa shaxsdan eshitganini taʼkidladi. Ochigʻi, u suhbatning batafsil bayonidan voqif emasman. Shunisi maʼlumki, bu suhbat ortidan loyiha xodimi shaxsimga nisbatan haqoratli soʻzlar yogʻdirdi. Xulosam shuki, bu menga nisbatan amalga oshirilgan rejali faoliyatlardan biridir. Alpasli (munozara) 14:29, 18-May 2024 (UTC)
Hozircha qoʻyilgan uch ayblovga toʻxtalsak.
Birinchisi, Alpasli mazax qilingan hisoblar. Quyidagi jadvalda dastlabki tahlil natijalari bilan tanishingiz mumkin. Bu yerda ikki muhim masala bor: 1) umuman olganda, uchala hisob ham tahrir qilgan soatlarda Lazizbek asosiy hisobidan tahrir qilmagan. Ammo, muhini, qoʻgʻirchoq hisob tahrirlaridan oldin va keyin tahrir qilgan; 2) qoʻgʻirchoq hisoblar yaratilgan oylarda faqat bir tajribali foydalanuvchi Asliddin bilan online muntazam ravishda janjallashgan boʻlib, bu aynan Lazizbekdir. Buni Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi uchun ochilgan Telegram guruhda koʻrishingiz mumkin. (masalan, 19-yavar, 28-yanvar va 19-mart).
Qoʻgʻirchoq hisob Yaratilgan sanasi Ilk tahriri Ilk tahririga izoh Lazizbekning bu davrdagi tahrir faoliyati Qoʻshimcha sharhlar
AlpAsli bilan tasodifan uchrashgan qiz 12:28, 18 January 2023 21:35, 21-Fevral 2023 Manba kodini tahrirlab, notoʻgʻri kursivga olingan maqola mavzusini qalin matnga olgan. Bu esa yangi foydalanuvhchilardan kutiladigan tahrir emas. Lazizbek ushbu tahrirdan oldin (15:50, 11-May 2023) va keyin (16:11, 12-May 2023) tahrir qilgan, ammo qoʻgʻrichoq hisob 11- va 12-may kunlari tahrir qilgan soatlarda oʻz hisobidan umuman tahrir qilmagan. Ikkinchi tahriri ham professional tahrirchi ishi: 1) oʻ va gʻ harflari toʻgʻri yozilgan; 2) tarjima qilingan maqolada manba nuqtadan oldin qoʻyilgan (Content Translation esa nuqtadan keyin qoʻyadi va buni yangi foydalanuvchilar bilmaydi); 3) infoboks toʻgʻri rasmiylashtirilgan. Bundan tashqari, sakkizinchi tahriridayoq insofli foydalanish mezonlari bilan fayl yuklagan. Yangi foydalanuvchilar uchun koʻz koʻrib, quloq eshitmagan hodisa.
AlpAslining sevgilisi 09:31, 25 January 2023 25-Yanvar 2023, 15:40 <<...>> oʻrniga „..“ yozgan, boʻlib, bu yangi foydalanuvchidan kutish mumkin boʻlgan tahrir emas, chunki uzwiki qoidalari qolgan deyarli barcha oʻzbek tilidagi manbalardan farq qiladi. 24-yanvarga qadar va 26-yanvardan keyin muntazam tahrir qilgan odam 25-yanvar, yaʼni qoʻgʻirchoq hisob ochilgan kun umuman tahrir qilmagan. Bu hisobni yaratgan shaxs Vikiomborda ravon ingliz tilida yozilgan qisqa sharh bilan foydalanuvchi sahifasini yaratgan; Lazizbek ingliz tilini oʻrta darajasini bilishini iddao qiladi (en-2).
Alpaslining muhabbati 17:59, 10 February 2023 00:15, 11-Fevral 2023 Ushbu tahrir bilan tarjima maqola yaratilgan boʻlib, bu tahrir tajribali, xususan, Asliddinni "qizlarga suyagi yoʻqlikda" ayblab kelgan foydalanuvchiga xos (Lazizbek Asliddinni "qizlarni boshini aytlantirib yurishini" aytganini Oʻzbekistonda shaxsan oʻzim bir necha bor eshitganman.): 1) originali lotinda yoziladigan ismlar translit qilinmagan (bu qoidani yangi foydalanuvchilarning deyarli 100 foizi bilmaydi); 2) mashina tarjimasida odatda kuzatilgadigan kamchiliklar, xususan, yildan keyin chiziqcha qolib ketishi, "manbalar" boʻlimi nomi xato oʻgirilishi, har bir gap olmosh bilan boshlanishi kabi kamchiliklar bartaraf etilgan; 3) maqola mavzusi qoʻgʻirchoq hisob nomi kabi sevgi/erotika mavzusida. Qoʻgʻirchoq hisob tahriridan yarim soat oldin (23:46, 10-Fevral 2023) tahrir qilgan. Qoʻgʻirchoq hisob yaratilgan kundayoq bu shaxs Vikimaʼliumotlarni tahrirlagan, tahrirlaganda ham erotika mavzusida.
Ikkinchisi, Alpasli ustidan kulingan video. @Alpasli, videoni kim tasvirga olgan? Yozib olinganidan keyin kim montaj qilganini aniqlash lozim. 7-guruh aʼzolari, xususan, Muzaffar Murodovich, Usmonov Gayrat, Obidov Odiljon, AzizjonS, Rabiga Shabatova va Aralbaeva, ushbu video masalasida bilgan maʼlumotlaringizni ulashsangiz, yaxshi boʻlardi.
Nihoyat, Alpaslining oriyentatsiya boʻyicha qilingan qoʻpol hazil. Miss Kamolaning taʼkidlashicha, hazilning Alpasliga aloqasi yoʻq. Bu oʻta jiddiy masala boʻlgani uchun, qoʻshimcha maʼlumot ulashilishini kutganimiz maʼqul deb oʻylayman. Nataev munozara 03:16, 19-May 2024 (UTC)
Mazkur jadvaldagilar yuzasidan: birinchi qatorda keltirilgan taxminlar har qanday tajribali foydalanuvchining qoʻlidan kelishi mumkin. Ikkinchi qatorda esa tahrirlar bilan bogʻliq taxminlar keltirilibdi. Maʼlumki, Vikipediya foydalanuvchilariga tahrirlar boʻyicha majburiyat yuklanmagan. Shunday ekan, kunning istalgan vaqtida oʻzimning asosiy sahifam hamda Lazizbek95 sahifasidan tahrirlar amalga oshirganman. Qolaversa, oʻtkaziladigan oromgohlar davomida barcha foydalanuvchilarga asosiy imlo qoidalari hamda fayl yuklash koʻrsatmalari berib oʻtiladi.
Ikkinchi qator boʻyicha, 25-yanvar kuni Laziz Baxtiyorov nomli sahifadan tabiiyki tahrir amalga oshirilmagan. Chunki oʻsha kuni, undan oldingi va keyingi kunlarda ham tahrir ishlarini Lazizbek95 nomli foydalanuvchi sahifamdan amalga oshirganman. 1, 2
Uchinchi foydalanuvchi sahifa yaratilgan vaqtda esa oʻsha vaqtdagi dolzarb boʻlib turgan Turkiya-Suriya zilzilasi haqida yozayotgan boʻlganman va bunday ishlarga vaqtim boʻlmagan. Qolaversa erotika mavzusiga Vikipediyadagi faoliyatim davomida qiziqmaganman va bu mavzuda tahrir qilmaganman. Asliddinning qizlar bilan munosabati masalasida faqatgina mandan eshitgandirsiz, balki boshqalardan ham bunisi menga qorongʻu. Ammo shunisi aniqki, bu masala WikiStipendiya loyihasiga aloqador boʻlgan istalgan foydalanuvchi uchun yangilik emas. Ismlarni translit qilmaslik masalasi esa uzwikichat guruhidagi asosiy muhokama mavzularidan hisoblanadi. Hattoki Nataevning oʻzi ham foydalanuvchilarga ismlarni translit qilmaslik boʻyicha maʼlumot berib keladi.
Umuman olganda, yuqoridagi kabi shaklda istalgan foydalanuvchini ayblash mumkin, deb oʻylayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 04:27, 19-May 2024 (UTC)
birinchi qatorda keltirilgan taxminlar har qanday tajribali foydalanuvchining qoʻlidan kelishi mumkin -- Asliddiin bilan bir yildan oshiq vaqtdan beri, jumladan, qoʻgʻirchoq hisoblar yaratilgan va ular tahrir qilgan paytda janjallashgan yagona tajribali foydalanuvchi sizsiz va buni tasdiqlovchi yozma manbalar borligini yuqorida yozdim.
kunning istalgan vaqtida oʻzimning asosiy sahifam hamda Lazizbek95 sahifasidan tahrirlar amalga oshirganman -- bu men keltirgan argumentni yanada kuchaytirdi, chunki qoʻgʻirchoq hisoblar tahrir amalga oshirgan paytda nafaqat asosiy hisobingizdan, balki qoʻshimcha hisobingizdan ham tahrir qilmagan ekansiz: 17-yanvar: 0 ta tahrir, 21-fevral: 0 ta tahrir, 25-yanvar soat 9:31 va 15:40 da: 0 tahrir va, nihoyat, 10-fevral soat 17:59 va 11-fevral soat 00:15 da: 0 ta tahrir. Siz keltirgan linklarda faqat kunga emas, ayniqsa soatga qarash kerak. Qisqasi, uchta qoʻgʻirchoq hisob tahrir qilgan soatlarda sizning ikki hisobingizdan birorta ham parallel tahrir qilinmagan.
Uchinchi foydalanuvchi sahifa yaratilgan vaqtda esa oʻsha vaqtdagi dolzarb boʻlib turgan Turkiya-Suriya zilzilasi haqida yozayotgan boʻlganman va bunday ishlarga vaqtim boʻlmagan -- yana oʻsha gap, faqat tahrir kuniga emas, soatlarga ham qarang.
Asliddinning qizlar bilan munosabati masalasida faqatgina mandan eshitgandirsiz, balki boshqalardan ham bunisi menga qorongʻu -- buning mavzuga aloqasi yoʻq, chunki aynan siz yaratganingiz aytilayotgan sock hisoblar aynan siz koʻtargan mavzularda tahrir qilgan.
Ismlarni translit qilmaslik masalasi esa uzwikichat guruhidagi asosiy muhokama mavzularidan hisoblanadi. Hattoki Nataevning oʻzi ham foydalanuvchilarga ismlarni translit qilmaslik boʻyicha maʼlumot berib keladi. -- bu yana bir mantiqiy xato, xususan, faulty generalization. Men yozgan bir dona sharhni barcha yangi foydalanuvchi oʻqimagan, oʻqimaydi ham. Qolaversa, bir qoida takror va takror eslatilgani unga amal qilinadi degani emas, ayniqsa yangi foydalanuvchilar tomonidan (Bundan tashqari, ularning barchasi uzwikichat Telegram guruhiga aʼzo emas).
yuqoridagi kabi shaklda istalgan foydalanuvchini ayblash mumkin, deb oʻylayman -- nazariy jihatdan ha, ammo Asliddin aynan sizni ayblayapti, aynan siz u bilan oshkora janjallashib kelasiz, aynan siz bir emas, ikki hisobingizdan qoʻgʻirchoq hisoblar faol boʻlgan paytda umuman tahrir qilmagansiz, aynan siz menga Asliddinning ishqiy munosabatlari haqida soʻz ochgansiz, aynan siz yuborgan istehzoli postlar, sharhlar va h. ushbu munozarada koʻrib chiqilyati.
Nihoyat, Asliddin qoʻl urgan boʻlishi mumkin boʻlgan qoidabuzarliklar haqida yuborgan uzundan-uzoq elektron maktubingizga toʻxtalsam. Yuqorida yozganimdek, red herring argumentlardan tiyiling. Boshqa foydalanuvchining faoliyati boʻyicha daʼvolaringiz boʻlsa, hamma qatori alohida muhokama boshlang, iddaolaringizni asoslab bering (masalan, difflar bilan). Umuman olganda, maktubingiz ohangidan yuqorida iddao qilganingizdek Asliddin oʻzimga yaqin deb bilgan insonlarga kirmasligiga, aksincha, unga qarshi bir necha yillik adovatingiz borligiga amin boʻldim. Nataev munozara 13:32, 19-May 2024 (UTC)
Assalomu alaykum Nataev! Asliddin aytayotgan shaxsiy yozishmada shunchaki uning ismi qayd etilgan xolos, aslida unga aloqasi bo‘lmagan mavzu. Buning jiddiy va unga tegishli emasligini uning o‘zi ham ko‘rgan va oddiy qabul qilgan. Nima bo‘lgan taqdirda ham har kimning shaxsiy hayoti - shaxsiy tanlovi. Lazizbekka kelsak, ochig‘i bu gaplarni uning tarqatib yurganligi haqidagi xabarni Asliddinning o‘zidan eshitdim xolos. Bilishimcha unga ham “dedi-dedi” bo‘lib yetib kelgan. Menga ayon bo‘lganlari shu hozircha. Chunki bu masala ochilganiga bir haftadan oshgan bo‘lsa, bu hazillarni eshitib yoki shaxsan guvohi bo‘ladigan darajada hech kim bilan aloqada bo‘lmadim. Bundan oldin ham bu meni qiziqtirmagan. Miss Kamola (munozara) 23:50, 18-May 2024 (UTC)
Assalomu alaykum. Yuqorida yozilgan ayblovlarning deyarli barchasi boʻyicha batafsil maʼlumotlarni barcha rasmiyatchilarga e-mail orqali yubordim. Ushbu munozaraga yozmaganimning asosiy sababi yuborilgan xabarda uchinchi tomonlarning qadr-qimmati hamda shaxsiga doir oʻta muhim maʼlumotlar borligi hamda ushbu shaxslar bilan real hayotdagi oʻzaro munosabatlarga ham taʼsir qilishi mumkinligi boʻlgan. Laziz Baxtiyorov (munozara) 04:06, 19-May 2024 (UTC)
Ushbu munozaraga yozmaganimning asosiy sababi yuborilgan xabarda uchinchi tomonlarning qadr-qimmati hamda shaxsiga doir oʻta muhim maʼlumotlar borligi hamda ushbu shaxslar bilan real hayotdagi oʻzaro munosabatlarga ham taʼsir qilishi mumkinligi boʻlgan -- yuqorida yozganimdek, har qanday daʼvolaringizni hamma qatori forumda asoslab yozing, ular ham koʻrib chiqiladi. Nataev munozara 13:44, 19-May 2024 (UTC)

Administratorlar boshqalarga ibrat bo‘lishlari kerak, doimo boshqalar bilan o‘zaro munosabatlarda hurmat va xushmuomalalik bilan suhbatlashishi zarur. Adminstratorlar Vikipediyaning barcha qoidalariga rioya qilishlari va o‘z vazifalarini imkon qadar bajarishlari kerak. Vaqti-vaqti bilan xatolar qilsin mayli bu insonga xosdir, adminlardan mukammal inson bo‘lishini biz kutmaymiz. Biroq, Vikipediyani beparvolik bilan tahrirlashi yoki Alpaslining daʼvosiga ko‘ra yomon niyat bilan gap tarqatish yoki bir tahrirchini yomon ko‘rsatish yoki qo‘g‘irchoq hisoblarni ochib haddan tashqari kalaka qilish kabi xatti-harakatlar, adminlarning vazifalari va majburiyatlariga mos kelmaydi va bu administratorlik huquqlarini olib tashlashga olib kelishi mumkin. Administratorlar xushmuomalalik va madaniyatlilikning yuqori standartlarini modellashtirishga intilishlari kerak va ularning xulq-atvori boshqa barcha tahrirchilar uchun o‘rnak bo‘lishi kerak. Shu sababdan men Laziz Baxtiyorovni huquqlarini ko‘rib chiqish vaqti kelganini eslatib qo‘ymoqchiman. Hurmatli rasmiyatchilar bu munozarani tez orada yopishingizni va adolatli qaror chiqarishingizni so‘rayman.   Mirzoulugʻbek |@  09:26, 2024-yil 5-noyabr (UTC)[javob berish]

Bu yerda Alpaslining Laziz Baxtiyorovga nisbatan koʻrsatib oʻtgan ayblovlari koʻrib chiqilmoqda. Natija ham aynan shu mavzuga mos munozaralarga asoslanib chiqarilyapti.

Koʻrib chiqilayotgan davrda Laziz Baxtiyorov Alpasli bilan uzoq muddat davomida doʻstona munosabatda boʻlmaganligi Vikipediya bilan bogʻliq boʻlgan guruhlardagi yozishmalardan ayon. Shunday ekan, Alpaslini „yaqin“ inson deb koʻrishi yolgʻon gap.

Laziz Baxtiyorov Alpasli bilan bir yildan oshiq vaqtdan buyon, jumladan, qoʻgʻirchoq hisoblar yaratilgan va ular tahrir qilgan davrda oshkora janjallashib kelgan yagona tajribali foydalanuvchi boʻlgan va buni tasdiqlovchi yozma manbalar yuqoridagi munozara jarayonida keltirilgan.

Vikimedia Jamgʻarmasi Umumjahon odob-axloq kodeksiga koʻra, uzoq muddat davom etgan istehzoli sharhlar va agressiya harassmentga kiradi. Shunga asosan, Laziz Baxtiyorov administratorga munosib boʻlmagan, ezgu maqsadni koʻzlamagan ishlarga qoʻl urganini xulosa qilish uchun yetarli asos bor. Bu masala metada yoziladi.

Laziz Baxtiyorov, boʻlib oʻtgan ishlardan toʻgʻri xulosa chiqarasiz degan umiddaman. Alpasliga nisbatan koʻrsatilgan ayblovlar yoki barcha rasmiyatchilarga e-mail orqali yuborilgan gaplar forumda asoslab yozilsa, ular ham koʻrib chiqiladi. — Kagansky munozara 12:47, 2024-yil 5-noyabr (UTC)[javob berish]

Xulosa uchun rahmat. Interfeys administratori huquqidan ham mahrum qilish kerak, sababi yaqinda minglab maqolada ishlatilgan Andoza:Vafot sanasi va yoshi andozasini izohsiz tahrir qilgan va buzib qoʻygan (1, 2, 3). Andoza bir haftadan oshiq vaqt davomida @Mirzoulugʻbek aka Laziz tahrirlarini qaytarmagunicha tuzatilmagan.
Metada admin huquqidan mahrum qilinishi kerakligi boʻyicha soʻrov qoldirdim. Interfeys administratori huquqidan esa oʻzim mahrum qila olaman. Nataev munozara 15:33, 2024-yil 5-noyabr (UTC)[javob berish]
Munozara oʻta uzoq payt ochiq turgani uchun bir haftadan bir oygacha boʻlgan muddat davomida votum oʻtkazishni tavsiya qilishdi. Shuning uchun alohida muhokama ochib, ovoz berishimizga toʻgʻri keladi. Nataev munozara 17:26, 2024-yil 5-noyabr (UTC)[javob berish]

:Hurmatli rasmiyatchi administratorlarimiz Kagansky va Nataev, ushbu muhokamaga chiqarilgan natijada keltirilgan „Laziz Baxtiyorov Alpasli bilan bir yildan oshiq vaqtdan buyon, jumladan, qoʻgʻirchoq hisoblar yaratilgan va ular tahrir qilgan davrda oshkora janjallashib kelgan yagona tajribali foydalanuvchi boʻlgan“ degan qism muhokama jarayonida keltirilgan qoʻgʻirchoq hisoblarni aynan gʻarazli maqsadda ochgan degan xulosa uchun oʻrinli emas deb hisoblayman. Chunki, nizoli taraflardan biri hisoblangan Alpasli bilan qoʻgʻichoq hisoblar yaratilishidan avvalroq men ham Konsta maqolasining munozarasida bildirgan fikrim uchun nizolashganman. Va bu nizoni hatto real taʼqib deya baholash mumkin edi. Buni tasdiqlash uchun video yoki audioyozuvlar yoʻq boʻlsa-da, administrator Jamshid Nurqul buni real koʻrgan shaxs sifatida tasdiqlashi mumkin. Mening shaxsiyatimga nisbatan ogʻir botadigan haqoratlarni aytgan Alpasli oʻzining xatti-harakatlari va xolerik temperamentga mos keluvchi feʼl-atvori bilan bundan keyin ham nizolashib, Vikipediyaga bevosita doxil WikiStipendiya loyihasi doirasida tashkil etilgan WikiOromgoh IV mavsumida ham haqoratdan tortib jismoniy kuch ishlatish darajasigacha borganligini esa yana bir administrator Mirzoulugʻbek hamda WikiStipendiya loyihasining koordinatori Boboyev1996 hamda boshqa bir qator shaxslar tasdiqlashlari mumkin. Bularni umumlashtirgan holda aytmoqchimanki, Alpasli real hayotda nizoli holatda boʻlgan tajribali foydalanuvchilar faqatgina Laziz Baxtiyorovdan iborat emas va biz ikkimizdan boshqa yana kimlardir boʻlishi ehtimolli holdir. Shunday ekan, nizoli taraflardan biri ikkinchisini ham hayotda, ham onlayn tarzda kamsitishida Vikipediyaga bogʻlangan qoʻgʻirchoq hisoblar masalasida „yagona tajribali foydalanuvchi“ iddaosini rad etaman hamda administrator tomonidan bunday ish qilinganini toʻliq ishonchli dalillanmagan, deb oʻylamayman. Agar ushbu muhokama natijadan soʻng fikrlar uchun yopilgan va bu yerda davom ettirish mumkin emas boʻlsa, quyiga koʻchirish boʻyicha koʻrsatma berishingizni kutaman. Hurmat bilan Kamol Azzam (munozara) 13:05, 2024-yil 7-noyabr (UTC)[javob berish]

Keltirilgan soʻnggi dalil sababli shaxsiy tajribamga tayanib bildirgan fikrimni haqiqatga ayni mos emas deb qayta baholayman. Hurmat ila Kamol Azzam (munozara) 02:53, 2024-yil 8-noyabr (UTC)[javob berish]

Abdufattohov Ibrohimjon

[manbasini tahrirlash]

Content Translation uskunasini suiisteʼmol qil(ayot)gan foydalanuvchilar roʻyxati

[manbasini tahrirlash]

ShohjahonSobirov

[manbasini tahrirlash]

Umidjon Mamarasulov (munozarasi • hissasi • oʻchirilgan hissasi • qaydlar • suiisteʼmollar filtri qaydlari • foydalanuvchini bloklash • chetlashtirish qaydlari): Sorry I written English. This user massive spam link much article. Please block user and rollback all. Ayane aka. eunn 07:29, 2024-yil 22-oktyabr (UTC)[javob berish]

@Umidjon Mamarasulov, manbalarni tekshirib qoʻshyapsizmi? Masalan, mana bu tahrirni olaylik. Siz manba qilib koʻrsatgan gazetaning nechanchi sahifasida Ibrohim Gʻafurov "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlangani koʻrsatilgan? Link eltadigan birinchi sahifasida Chingiz Aytmatov ushbu mukofot bilan taqdirlangani aytilgan. Gʻofurov haqidagi maʼlumot qayerda? Manbalarni tekshirmay qoʻshayotgan boʻlsangiz, zudlik bilan bu ishni toʻxtating. Nataev munozara 02:51, 2024-yil 5-noyabr (UTC)[javob berish]
Bu foydalanuvchi yaratayotgan maqolalarda muallifilk huquqlarini yaqqol buzilishi alomatlari kuzatilmoqda. Menimcha, biror davlat tashkilotidan buyurtma asosida yozmoqda. Umarxon III (munozara) 07:53, 2024-yil 5-noyabr (UTC).[javob berish]
Shunday. Oʻzbekiston parlament saylovi (2019) maqolasida mualliflik huquqlarini yaqqol buzibdi. Hissasini tezda koʻrib chiqishimiz kerak. Nataev munozara 20:14, 2024-yil 5-noyabr (UTC)[javob berish]
Hissasiga koʻz yugurtirdim. Men tekshirgan paytda 45 ta maqolasi bor edi. Quyidagi maqolalarida VP:MH yaqqol buzilgani uchun oʻchirdim: Nazirjon Saidov (45,65 foiz), Halilillo To‘raxo‘jayev (44,13 foiz).
Mana bu sahifalari EAga ega emasligiga ishonganim uchun oʻchirishga berdim: Nasiba Mamaraimova (VP:SIYOSATCHILAR boʻyicha EAga ega emas), Gulistan Orazimbetova (VP:OLIMLAR boʻyicha EAga ega emas).
Quyidagi sahifalarida ham qisman mualliflik huquqlari buzilgan: Sardorbek Ergashev (35,67 foiz), Baxtiyor Mamatkarimov (35,48 foiz), Mash’albek Tojiboyev (35,48 foiz), G‘ofurjon Abdurahmonov (25,93 foiz), Davron Vahobov (23,66 foiz), Abdumutal Abdullayev (21,88 foiz), Tursunboy Turg'unov (19,35 foiz), Avazbek Mahmudov (15,97 foiz), Sanobar Nosirova (18, 03 foiz), Ziyatdinbek Toygonbayev (10,71 foiz), Hikmatillo Latipov (10,71 foiz). Bular ham katta ehtimol bilan oʻchirilsa kerak.
Yana bir jiddiy muammo: foydalanuvchi MHlarini buzib, boshqalar olgan suratlarni uzwikiga yuklagan. Masalan, Fayl:Tursunboy Turgunov.jpeg universitet saytidan (Google Lens), Fayl:Андижон вилояти хокими.jpg esa Gazeta saytidan, Fayl:Бахтиёр Маматкаримов.jpg esa Sputnik saytidan olingani uchun oʻchirdim. Qolgan 49 ta yuklagan suratining barchasi past sifatli, EXIF maʼlumotlarisiz. Barchasi zudlik bilan koʻrib chiqilishi kerak.
Bu maqolalarni esa qayta nomladim. Ra`no Turdiboyeva -- Raʼno Turdiboyeva, Abdullayev Ulugʻbek Saydanovich -- Ulugʻbek Abdullayev (olim), Umid Muxtaraliyevich Turdialiyev -- Umid Turdialiyev.
MHni buzmaslik haqida ogohlantirilibdi. Yana takrorlasa, chora koʻrish kerak boʻladi. Nataeva munozara 18:52, 2024-yil 23-noyabr (UTC)[javob berish]

Laziz Baxtiyorovni administrator huquqidan mahrum qilish

[manbasini tahrirlash]

Laziz Baxtiyorov (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)

Mrshaxas (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)

Ushbu foydalanuvchi bugun meni Telegram guruhlarda haqoratlab, taʼqib qildi va Vikipediya hisobimni buzib kirmoqchi boʻldi. Quyida ushbu ikki holat boʻyicha batafsil maʼlumot beraman.

Foydalanuvchini Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhining yopiq Telegram kanalidan mening tavsiyam bilan @Mirzoulugʻbek aka tomonidan chiqarib yuborilganidan keyin, bir necha vikiga bagʻishlangan Telegram guruhda, jumladan, Oʻzbekcha Vikipediya (savol-javob), Vikisheva, WikiAyollar, WikiAudio guruhlarida meni taʼqib qilib, haqoratladi. Xususan, WikiAyollar guruhida ikki marta ikki alohida-alohida hisobidan „Agarda haqiqatda òzingizni kasal deb bilsangiz, xabar bering. Sizni boshqa bezovta qilmayman. Aks holatda menga nisbatan nega unday harakat qilayotganingizni bilmoqchiman. Siz iddao qilgandek aynan pul uchun wikida yurganimni izohlasangiz. Marxaman qilib izoh bersangiz!“ deb yozdi. (Skrinshot 1) Qizigʻi, meni „kasal“llikda ayblab haqorat qilgan bu foydalanuvchi mahalliy vaqt bilan tungi 2:43 da jazavasidan tushmagan edi. Shuningdek, jazavasi boshlanganidan keyin aʼzoligim faqat oʻzimga maʼlum boʻlgan boshqa Telegram guruhlarga, xususan, WMCA Discussions, Дети с особенностями в Канаде, Чат Канада: от учебы до гражданства Telegram guruhlariga aʼzo boʻlib chiqdi (Skrinshot 2), buning ortidan meni yana haqoratlab, taʼqib qildi. Shaxsiy guruhlarimni noqonuniy yoʻl bilan aniqlaganiga ishonchim komil. Tabiiyki, barcha Telegram guruhlardan offtop va bemaʼni va haqoratli gaplari oʻchirildi, oʻzi esa chetlatildi.

Bundan-da ogʻir qilmishi, Telegram guruhdan chetlatilganidan (12:43 da (ET)) koʻp oʻtmay, aniqrogʻi 13:28 da (ET) da ayni foydalanuvchi Vikipediya hisobimni buzib kirmoqchi boʻldi. Menga Wikimedia jamgʻarmasidan „There here have been multiple failed attempts to log in to your account from a new device. Please make sure your account has a strong password“ deyilgan maktub va vikining oʻzida mana bunga oʻxshash xabar keldi. (Skrinshot 3) Aynan Mrshaxas bu qilmishga qoʻl urganiga ishonchim komil, ammo shubha boʻlgan holatlarda boshqa IPdan istalgan hisobga kirishga urinish boʻlganini foydalanuvchilarni tekshiruvchilar aniqlab bera oladi. Bunday qilmishga qoʻl urganlar odatda global miqyosda chetlatiladi („Please note that in such cases, a global lock is preferred, since it stops disruption to all projects where the account is active and preserves the user information.“)

Shu oʻrinda aytish joizki, ushbu foydalanuvchini Vikipediyaga pul evaziga hissa qoʻshishda ayblaganimni eslamayman, ammo shaxsiy pozitsiyam nafaqat bu foydalanuvchi, balki aksar marafon qatnashchisi aynan pul evaziga hissa qoʻshayotganiga ishonchim komil. Bunga WikiStipendiya tashkiliy jamoasi marafonda gʻolib chiqqan uch jamoa uchun oʻta katta miqdorda — 275 million UZS (29 300 USD) (!) pul mukofotini vaʼda qilayotgani qisman sababchidir. Oʻrtacha oylik 388 USD boʻlgan mamlakat uchun bu oʻta katta summa. Nafaqat oʻrtacha oylik nuqtayi nazaridan, balki yaratilayotgan kontent achinarli holatda va bemaʼni mashina tarjimasidan iborat ekanligi nuqtayi nazaridan bu summa tuturiqsizdir.

Shulardan kelib chiqib, zudlik bilan chora koʻrilishi kerak. Foydalanuvchi 1) kamida 31-dekabr, yaʼni WikiStipendiya marafonining III turi tugaguniga qadar, yaxshisi cheksiz muddatga bloklanishi; 2) foydalanuvchi aʼzo boʻlgan „Chigʻayoy gurungi“ jamoasi marafondan diskvalifikatsiya qilinishi kerak. Ehtimol Mrshaxas guruhdan chiqarib yuborilsa, jamoa marafonda qatnashishi mumkin boʻladi. Nataev munozara 03:14, 2024-yil 6-noyabr (UTC)[javob berish]

Keltirilgan dalillar asosida foydalanuvchi hozircha bir oy muddatga chetlatildi. Metada yozilgan murojaat natijasiga koʻra ushbu muddat uzaytirilishi yoki global banga oʻzgartirilishi mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 16:28, 2024-yil 10-noyabr (UTC)[javob berish]

Abduvaitov Sherzod

[manbasini tahrirlash]

Salom. User:Abduvaitov Sherzod 08, User:Abduvaitov Sherzod 4578, User:Abduvaitov Sherzod 92 va User:Abduvaitov Sherzod wiki 84 hisoblari Abduvaitov Sherzod ismli shaxsga tegishli. Buni ushbu foydalanuvchining sahifasidan bilsa ham boʻladi. Bir nechta hisob yozuvlaridan foydalangani uchun chetlashtirishni taklif qilaman. Umarxon III (munozara) 09:56, 2024-yil 18-noyabr (UTC).[javob berish]

Salom @Umarxon III ogʻa qaysi qoidaga binoan chetlatish mumkin? Ibrohimjon 12:47, 2024-yil 25-noyabr (UTC)[javob berish]

Axadjon1ni unga berilgan statusdan mahrum qilish

[manbasini tahrirlash]

Axadjon1 (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)

Ushbu foydalanuvchi hissasida avtomat tarjima alomatlari bisyor va uni xulosa chiqaruvchi, eski holiga qaytaruvchi statusidan mahrum qilish lozim. Va bundan keyin shunday statuslarga, hatto administratorlikka nomzodini qoʻygan foydalanuvchilar hissalarida avtomat tarjima alomatlari boʻlmasligi hamda tarjima uskunasidan muntazam ravishda foydalanmaganligini koʻrib chiqib, kamida 3 nafar administratorlar (shundan 1 nafari rasmiyatchi) ovoz bergan taqdirdagina status berishni taklif qilaman. Humoyun Qodirov (munozara) 21:20, 2024-yil 21-noyabr (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum! Shuni tavsiya qilgan boʻlar edimki, bu albatta oʻzimni oqlash emas, xato hammada mavjud, taklifim shuki hozirgi statusi bor administratorlar, xulosa chiqaruvchilar va boshqa status egalari agar hissasida AT alomati boʻlsa uni tuzatish sharti bilan statusdan qoldirilishi kerak. Hozirgi holatda AT uchun kurash ketayotganini inobatga olib va hamma ham vaqt qila olmayapgani va agar koʻp faol foydalanuvchilardan aynan ATga yoʻl qoʻygani uchun statusdan mahrum qilishga qaror qilinsa, ushbu foydalanuvchilarning faolligiga salbiy taʼsir oʻtkazadi deb oʻylayman. Maqsadimiz Oʻzbekcha Vikipediyani rivojlantirish ekan, bu yoʻlda albatta tajribali foydalanuvchilar va tekshiruvchilar albatta kerak.
Va bu mening shaxsiy fikrim va agar qolganlar qoʻllasa nailoj oʻzimni oqlay olmayman – Axadjon1Munozara 04:49, 2024-yil 22-noyabr (UTC)[javob berish]
Hurmatli Axadjon1 siz hozir faqat oʻzingiz haqingizda qaygʻuring boshqalar esa oʻzlari haqida oʻzlati qaygʻursin. Har bir echkini oʻz oyogʻidan osadi.   Mirzoulugʻbek |@  07:40, 2024-yil 22-noyabr (UTC)[javob berish]
Xop – Axadjon1Munozara 07:49, 2024-yil 22-noyabr (UTC)[javob berish]
Keyin iltimos fikrlarni echki misolida emas, odam misolida bersangiz. Axadjon1Munozara 07:52, 2024-yil 22-noyabr (UTC)[javob berish]
Hurmatli Axadjon1 bu yerdagi gapni tushunasiz degan umiddaman. Biz oʻzbekmiz va bu maqoldan keltirildi va siz oʻzingizga javob bering. Har bir inson oʻzi uchun oʻzi javob bersin! Siz boshqalarni harakatini oʻrtaga tashlamang. Agar boshqalarni harakati uchun statusidan mahrum qilish kerek deb bilsangiz ularga alohida sahifa ochish kerek. U kim boʻlsa ham oching va u koʻrib chiqiladi.   Mirzoulugʻbek |@  08:09, 2024-yil 22-noyabr (UTC)[javob berish]
Tushunarli Axadjon1Munozara 08:23, 2024-yil 22-noyabr (UTC)[javob berish]
Axadjon1 keyin hozir muhokama ketmoqda va bu bilan sizni statusingizdan mahrum qilishadi degan gap yoʻq. Agar sizni rasmiyatchilar koʻrib chiqishadi. Agar siz chindan ham surunkali ATga qoʻl urgan boʻlsangiz mahrum qilinasiz. Bir ikkitasi oʻtib ketgan boʻlsa uni ham qarashadi. Barchasi adolatli boʻladi deya umid qilaman.   Mirzoulugʻbek |@  08:31, 2024-yil 22-noyabr (UTC)[javob berish]
Men ham umid qilaman, toʻgʻri AT qilmaganman deya olmayman, ammo xatolarni toʻgʻirlab chiqa olaman, va bu ancha avval boshlangan. Marafon boshida xatolarga yoʻl qoʻyilgani tayin. Axadjon1Munozara 09:21, 2024-yil 22-noyabr (UTC)[javob berish]
Garchi AT maqola yaratgan foydalanuvchi statusidan olinsa boshqa status egalari ham bayroqni oʻz ixtiyorlari bilan topshirishlari soʻrardim. Bu adolat uchun halos bor-yoʻgʻi. Ibrohimjon 06:51, 2024-yil 22-noyabr (UTC)[javob berish]
Hurmatli Abdufattohov Ibrohimjon siz kimlarni nazarda tutmoqdasiz ochiq oydin yozing soʻz oʻyini qilmang. Aniq dalillar boʻlsa ketishi kerek.   Mirzoulugʻbek |@  07:36, 2024-yil 22-noyabr (UTC)[javob berish]
Toʻrtta sababga koʻra,  Roziman.
  1. Bu foydalanuvchi qoidalarni yaxshi bilmaydi. Xususan, @Bekipediya asossiz ravishda Mahdiy sahifasini mavjud maqolaning nusxasi oʻlaroq tezda oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatgan, Axadjon1 esa tekshirmasdan oʻchirib tashlagan. Birinchidan, Mahdiylik (en:Mahdism) va Mahdiy (en:Mahdi) boshqa-boshqa narsa. Ikkinchidan, ayni mavzu boʻlgan taqdirda ham atamalar sinonim boʻlsa, oʻchirish oʻrniga yoʻnaltirish yaratish kerak. Maqolani tiklayman.
  2. Huquqlarga ega foydalanuvchilar umuman ATga qoʻl urmagan boʻlishi kerak. Bu foydalanuvchi esa ATga qoʻl urgani tasdiqlandi.
  3. Ushbu foydalanuvchi moʻmay daromad ishlash uchun WikiStipendiya doirasida bellashayotgan foydalanuvchilardan. Bu esa, tabiiyki, VP:MZni keltirib chiqaradi. Boshqa oʻxshash vaziyatdagi foydalanuvchilar huquqlari ham koʻrib chiqilishi kerak.
  4. Bu foydalanuvchi oʻzi qilgan xatolarni tuzatish oʻrniga boshqalarda ayb topishga asosiy vaqtini sarflayotgani VP:EMKga zid ish tutayotganidan dalolat beradi. Masalan, kuni kecha boshqa foydalanuvchining oz sonli AT xatolarini tuzatish oʻrniga WikiStipendiya kashf qilgan foydalanuvchilar roʻyxatidan chiqarishni taklif qilgan.
Nataev munozara 03:33, 2024-yil 23-noyabr (UTC)[javob berish]

::Assalomu alaykum!

  • Maqola oʻchirish boʻyicha xato yoʻl qoʻygan ekanman, buni inkor etmayman.
  • Toʻgʻrisi qaysi qoidada AT ga yoʻl qoʻymasligi kerakligi haqida oʻqimagan ekanman. Qoida bilan keltirib bersangiz.
  • Loyihada qatnashish mumkin emasmi shunda? Hayronman 3-mavsum soʻngida bu qoida endi paydo boʻlganiga hayronman. WikiStipendiya III loyihasi boshlanishida administratorlar tomonidan tasdiqlangan nizomda statusi bor foydalanuvchilar ham qatnashishi mumkin deyilgan. Siz esa nega oʻsha paytda qoidalarga aralashmaganingiz qiziq. Yoki mavsum boshidagi qoidalarni mavsum yakunida oʻzgartirsa boʻladi degan joyi ham yoʻq.
  • Ha demak siz forumga qoidalar kiritishingiz kerak edi, boshlanishida. Hech qanday qoida yoʻq edi, faqat shu AT ga qoʻl urgan foydalanuvchilar kiritish kerak deyilgan holos. Ha toʻgʻri AT ga qoʻl urganman. Bu oromgohlarda songa ishlanishi sabab. Va birinchi kirib kelganimda albatta tushuncha boʻlmagan. Sekin sekin oʻrganganman.
Agar siz loyiha boshidagi qoidalarni loyiha soʻngiga kelib dab durustdan oʻzgartirish mumkin desangiz, bemalol statusdan mahrum qilishingiz mumkin. Lekin bu qanchalik adolatlik bilmayman. – Axadjon1Munozara 03:56, 2024-yil 23-noyabr (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum!
  • Maqola oʻchirish boʻyicha xato yoʻl qoʻygan ekanman, buni inkor etmayman.
  • Bu haqida WikiStipendiya III loyihasi boshlanishida administratorlar tomonidan tasdiqlangan qoidalarda statusi bor foydalanuvchilar ham qatnashishi mumkin deyilgan. Shunga ishtirok etyapman. Bunday qoida boʻlganida qatnashmagan boʻlar edim.
  • Qora roʻyhatga foydalanuvchi kiritish boʻyicha aka oʻzingiz boshida Wikimedians guruhida maqolalarimni tahrirlash boʻyicha yozgan edingiz. Hop deb men ishni boshlaganman. Oʻsha paytda misol ham keltirgan edingiz meni AT maqolamga. Va shunday boʻlsa ham roʻyhatni takomillashtirish maqsadida kiritaverish kerak degan edingiz. Va yana qisman eng koʻp AT chi kiritgan odam (albatta izohlari bilan) Yunonistonga borishi haqida taʼkidlagan edingiz. Shunga koʻra oʻz bilim va koʻnikmalarimga koʻra roʻyhatga kiritib borayotgan edim.
  • Status boʻyicha esa Vikipediya:Xulosa chiqaruvchi shu qoida boʻyicha nomzod AT ga qoʻl urmagan boʻlishi kerak degan joyi yoʻq edi, shuning uchun statusga nomzod qoʻyganman aka. – Axadjon1Munozara 03:56, 2024-yil 23-noyabr (UTC)[javob berish]
    Va alaykum assalom! Avval bir javobni yozib, ketidan uni tubdan oʻzgartirish (ayniqsa, 40 daqiqa oʻtganidan keyin) tavsiya qilinmaydi. Ushbu holatda eski versiyani strikethrough qilib, qoldirishingiz kerak edi.
    Tahrir qila boshlaganingizda ilk sharhingizga javob yozib boʻlgan edim: To‘g‘risi qaysi qoidada AT ga yo‘l qo‘ymasligi kerakligi haqida o‘qimagan ekanman, Ha demak siz forumga qoidalar kiritishingiz kerak edi – bizda barcha qoida ishlab chiqilmagan. Shuningdek, uzwiki boshqa, WikiStipendiya boshqa. Marafon fors-major holatlarni keltirib chiqaryapti. Shunday ekan, qoida yoʻqligini bu holatda pesh qila olmaysiz.
    Loyihada qatnashish mumkin emasmi shunda? – bu savolga javobni WikiStipendiya loyihasini yuritayotgan Yoshlar ishlari agentligi xodimlaridan olasiz.
    Maqola o‘chirish bo‘yicha xato yo‘l qo‘ygan ekanman, buni inkor etmayman. – aybingizni, xususan, qoidalarni bilmasligingizni tan olganingiz yaxshi.
    Agar siz loyiha boshidagi qoidalarni loyiha so‘ngiga kelib dab durustdan o‘zgartirish mumkin desangiz – WikiStipendiya qoidalari-yu, nizomlari bu yerda oʻtmaydi. Gap uzwikidagi faoliyatingiz haqida ketyapti.
    bemalol statusdan mahrum qilishingiz mumkin – juda soz, shunday boʻlishi oʻzi muqarrar, menimcha. Nataev munozara 04:57, 2024-yil 23-noyabr (UTC)[javob berish]
    Ruhiy holatimda hissiy oʻzgarishlar hisobiga ortiqcha hissiyot bilan qoidalar asosida yozmaganim va bu yozuvlarimda qoidalar tasdiqlamaganligini uchun oʻzgartirgan edim Axadjon1Munozara 05:07, 2024-yil 23-noyabr (UTC)[javob berish]
    Nafaqat munozara sahifalarini yuritish qoidalarini ham bilmasligingizni, balki ruhiy holatingiz oʻzgaruvchan ekanligini ham tan oldingiz (va bu holat mana bunga oʻxshash tahrirlaringizdan suvdek ravshan). Qisqasi, ayni damda huquqlaringizdan mahrum qilinishingiz kerak. Nataev munozara 05:17, 2024-yil 23-noyabr (UTC)[javob berish]
    Men yuqorida Vikipediya qoidalaridan bexabar ekanligim haqida yozilmagan, men kiritilmagan qoidalarni bilmasligimni iddao qilganman. Nazarimda buni har qanday foydalanuvchi ham bilavermasa kerak. Axadjon1Munozara 07:07, 2024-yil 23-noyabr (UTC)[javob berish]
    Birinchidan, har qanday huquq egasi viki qoidalarni bilishi shart. Ikkinchidan, huquqini suiisteʼmol qilish – xususan, sizning misolingizda maqolani asossiz oʻchirish huquqdan mahrum qilish uchun yetarli asos. Uchinchidan, yuqorida huquqdan mahrum boʻlishga roziligingizni izhor qildingiz (bemalol statusdan mahrum qilishingiz mumkin). Toʻrtinchidan, qoidalar toʻliq ishlab chiqilmagan vikida qoida yoʻqligini pesh qila olmaysiz. Nataev munozara 13:42, 2024-yil 23-noyabr (UTC)[javob berish]
    Oʻzbekcha Vikipediyada xulosa chiqaruvchilikdan mahrum qilishga oid qoidalari yoʻqligi bois ruscha Vikipediyada yaratilgan qoidalar asosida mening ishimni koʻrib chiqishingizni soʻrayman. Mazkur qoidaga koʻra [5] 3 holatda bayroqdan ozod qilinar ekan:
    1. Uzoq vaqt davomida nofaollik uchun.
    2. Oʻchirishdagi xatoliklar sababli va unda ham 2 marta ogohlantirilgach agar foydalanuvchi haqiqatda qoʻpol xatolar qilgan boʻlsa 1 haftalik muhokama asnosida.
    3. Bloklanganida.
    Nazarimda mening holatim 2-qoidaga qisman mos kelishi mumkin lekin qolgan 2 band bilan moslik darajasini sezmadim. Shunday ekan ayni qoidaga koʻra (Nataev, Kagansky, Abdulla va Malikxan) ish tutishingizni iltimos qilaman – Axadjon1Munozara 15:55, 2024-yil 23-noyabr (UTC)[javob berish]
    Bu holatda ruwiki qoidalarini tatbiq qilib boʻlmaydi, chunki vaziyat boshqacha. Nafaqat oʻchirishda xatoga yoʻl qoʻygansiz, balki, yuqorida yozganimdek, moʻmay daromad ishlab olish uchun marafonda qatnashayotgan foydalanuvchi bunday huquqlarga egaligi yaqqol VP:MZni keltirib chiqaradi. Konkret misol: WikiStipendiya forumida boshqalar ustidan shikoyat qilish, boshqa foydalanuvchilarni qora roʻyxatga kiritishni bajonidil bajargansiz, ammo jamoadoshingizga kelganda toʻxtab qolgansiz va hatto uni roʻyxatga kiritmaslikni taklif qilgansiz. Bu esa 100 foiz MZni keltirib chiqaradi.
    Shuningdek, yuqorida munozara yuritish qoidalarini ham buzdingiz. Kamiga tahrirlaringizdan VP:EMKganingiz ham shubha ostida. AT kontent yaratganingiz esa shubhasiz va buni mendan boshqa foydalanuvchi ham tasdiqladi.
    Xullas, 1) maqolalarni oʻchirishda xatoga yoʻl qoʻygansiz, 2) WikiStipendiya doirasida jamoadoshingizga yon bosib, VP:MZ keltirib chiqargansiz, 3) elementar viki qoidalarini bilmaysiz (qarang: en:WP:COMPETENCE), 4) VP:EMKganingiz shubha ostida va, nihoyat, 5) surunkali avtomat tarjima yaratgan foydalanuvchisiz. Nataev munozara 16:55, 2024-yil 23-noyabr (UTC)[javob berish]
    Hurmatli @Axadjon1 siz rus vikipediyasini qoidasiga asoslanib ish tuting yoki hukm chiqaring demoqdasiz. Hoʻp rus tiliga asoslandik deylik. Biroq ruschaga kirib AT yaratsak bayroq tugul oʻzimizni bloklab yuboradi buni ham esga olmoqdamisiz?   Mirzoulugʻbek |@  19:39, 2024-yil 23-noyabr (UTC)[javob berish]

Axadjon aytingchi siz marafon ishtirokchisi boʻla turib nega oʻz maqolalaringizni tahrirlamay, qaramay boshqalarning ishini kuzatmoqdasiz? Nega boshqalar siz kabi raqib jamoalariga qarshi harakat qilmaydi aynan siz va ayrim qoʻgʻirchoqlar raqibini kuzatmoqda va roʻyxatda tiqmoqda. Bu raqib jamoaga nisbatan sizda adovat borligiga boshqalarda shubha uygʻotmaydimi? Shuningdek har qanday oʻyin qoidalariga bu toʻgʻri keladimi? Bu marafon qoidasida yozilmagan va qoida boʻlib kirmagan boʻlishi mumkin biroq aqlan oʻylanib koʻrganmisiz? Vikipediyachi ezgu maqsadni koʻzlashi kerakligi va siz marafonda ishtirok etayotgan pul evaziga marafonda bellashayotgan shaxs sifatida manfaatlar ziddiyatini keltirib chiqarishim mumkin deya fikr qilmadingizmi? --  Mirzoulugʻbek |@  19:19, 2024-yil 23-noyabr (UTC)[javob berish]

Foydalanuvchi mazmunsiz tarjima maqolalarni yaratgan WikiStipendiya qatnashchilari roʻyxatiga boshqa foydalanuvchilarni aynan jamoadoshi (Xoqoni Said) qoʻshilganidan keyin faol ravishda kiritib borgan. Shuningdek, Xoqon Said ATga qoʻl urganini tan olgan bir vaqtda uni qora roʻyxatga kirgizmaslikni yoqlab chiqqan. Yuqorida   Mirzoulugʻbek |@ , Nataevlarning fiklarini ham inobatga olgan holda  Roziman. Ahror Akramovich (munozara) 12:58, 2024-yil 25-noyabr (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum!
Agar forumni avvaldan kuzatib kelgan boʻlganingizda bunday fikr bildirmagan boʻlar edingiz. Men avvaldan forumda faol edim, oʻrtada tan olaman faollik kamaydi, chunki shaxsiy ishlar va hissamni koʻrib chiqish ham bor edi. Forumni oʻqigan boʻlsangiz Xoqoni saidni faol boʻlgani sabab va munozaraga AT alomati bor maqolalarni toʻgʻirlab chiqaman deb yozgani uchun qoʻshmaslik tarafdori edim. Ammo Nataev gaplariga koʻra faol boʻlsa ham, CT ni suisteʼmol qilgan har qanday foydalanuvchini kiritish kerak ekan. Va uni boshqa foydalanuvchi roʻyxatga qoʻshgan.
Va yana men bilishimcha roʻyxatga CT ni suisteʼmol qilgan har qanday foydalanuvchini qoʻshish kerak. Men esa roʻyxat qoidasiga binoan odam qoʻshdim buni nimasi yomon? Axadjon1Munozara 15:45, 2024-yil 25-noyabr (UTC)[javob berish]