Kontent qismiga oʻtish

Yorqin Odilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yorqinbek Odilovdan yoʻnaltirildi)
Yorqin Odilov
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 28-iyun 2000-yil (2000-06-28) (24 yosh)
Mukofotlar Oʻzbekiston iftixori
Sport
Qaysi sport Para yengil atletika (Nayza va yadro uloqtirish)
Sport mukofotlari
Yozgi Paralimpiada oʻyinlari
Oltin Parij 2024 Nayza uloqtirish
Jahon chempionati
Kumush Parij 2023 Nayza uloqtirish
Yozgi Paraosiyo oʻyinlari
Kumush Xanchjou 2022 Nayza uloqtirish

Odilov Yorqinbek Olimbek oʻgʻli (2000-yil 28-iyunda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi. Yengil atletikaning nayza uloqtirish va yadro uloqtirish yoʻnalishidagi musobaqalarda ishtirok etadi[1]. Paralimpiya chempioni. „Shuhrat“ medali sohibi[1].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yorqin Odilov 2000-yil 28-iyunda tugʻilgan[1].

Fargʻona davlat universitetida tahsil olgan[manba kerak].

2017-yilda Para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosiga aylangan. Murabbiyi – Yaxyo Yakubov[1].

2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkazilgan Paraosiyo oʻyinlarida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan[1].

2020-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Nayza uloqtirish boʻyicha F57 toifasidagi musobaqada ishtirok etib, 11.71 m natija qayd etgan holda 9-oʻrinda musobaqani yakunlagan[2].

2023-yilda Parijda oʻtkazilgan Jahon chempionatida nayza uloqtirish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritgan. Bu natija Yorqin Odilovga 2024-yilgi Yozgi paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish imkonini taqdim etgan[1].

2024-yilda Parijda oʻtkazilgan paralimpiya oʻyinlarida 50.32 m natija bilan nayza uloqtirish (F57 klassda) boʻyicha paralimpiya chempioniga aylangan[3][4][5][6].