Kontent qismiga oʻtish

2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
XV Paralimpiada oʻyinlari
Mezbon shahar Rio de Janeyro, Braziliya
Shior Yangi dunyo
(portugalcha: Um mundo novo)
Millatlar 159
Atletlar 4,342
Musobaqalar 528 ta musobaqa 22 sport turi boʻyicha
Ochilish 7-sentyabr
Yopilish 18-sentyabr
Marosimini ochib beruvchi
Braziliya prezidenti Michel Temer
Cauldron
Stadion Maracanã

2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari (portugalcha: Jogos Paralímpicos de Verão de 2016) jahon tarixida XV Yozgi Paralimpiada oʻyini boʻlib, 2016-yil 7-18-sentyabr kunlarida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi tomonidan boshqariladigan nogironligi boʻlgan sportchilar uchun koʻp toifali yirik xalqaro tadbir sifatida oʻtkazilgan. Birinchi marotaba Lotin Amerikasi va Janubiy Amerika shaharlari mazkur tadbirga mezbonlik qilgan, Janubiy yarimshar mamlakatlaridan esa bu Paralimpiada ikkinchi boʻlgan (birinchisi 2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiada oʻyinlari). Shuningdek, birinchi marta lusofon (portugal tilida soʻzlashuvchi) mamlakati bu oʻyinlarga mezbonlik qilgan[1]. Ushbu oʻyinlarda Paralimpiada dasturiga ikkita yangi sport turi kiritilgan: kanoeda eshkak eshish va paratriatlon musobaqalari.

Ushbu Paralimpiada oʻyinlari oldidan homiylarning past qiziqishi va chiptalar sotuvi bilan bogʻliq moliyaviy kamchiliklar yuzaga kelgan, buning natijasida koʻngilli xodimlar va transport soni qisqartirilgan. Tadbirlar oʻtkaziladigan joyning oʻzgarishi va Deodoro oʻtkaziladigan klasterning qisman dekonstruksiya qilishga toʻgʻri kelgan. Biroq, Oʻyinlar vaqti yaqinlashgani sari chiptalar sotuvi ortib borgan va jami ikki milliondan ortiq chiptalar sotilgan. Bu koʻrsatkich Pekin 2008 Paralimpiada oʻyinlari rekordini yangilagan.

Eron va Suriyadan kelgan ikki qochqindan iborat qochqinlar Paralimpiada terma jamoasi ilk marta bu oʻyinlarda ishtirok etgan. Ketma-ket toʻrtinchi marta Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Xitoy 107 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, medallar jadvalida birinchi oʻrinni egallagan. Buyuk Britaniya va Ukraina ikkinchi oʻrinda, Gruziya, Qozogʻiston, Malayziya, Oʻzbekiston va Vetnam esa Paralimpiyaada oʻyinlari tarixidagi ilk oltin medallarini qoʻlga kiritgan. Paralimpiada tarixida birinchi marta va 1960-yildan beri oʻtkazilgan barcha Olimpiada oʻyinlarida ilk marotaba sportchi musobaqa vaqtida vafot etgan. Bu eronlik velosipedchi Bahman Golbarnezhad edi.

Tender jarayoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi va Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi oʻrtasida 2001-yilda tashkil etilgan rasmiy kelishuv doirasida 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga daʼvogar gʻolib 2016-yilgi Yozgi Paralimpida oʻyinlariga ham mezbonlik qilishi kerak boʻlgan[2]. 2009-yil 2-oktabrda Kopengagenda boʻlib oʻtgan XOQning 121-sessiyasida uchinchi va yakuniy ovoz berish yakunlari boʻyicha 2016-yilgi Yozgi Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish huquqi Rio-de-Janeyroga berilgan[3].

2016-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari boʻyicha tanlov natijalari
Shahar NOC/NPC 1-tur 2-tur 3-tur
Rio-de-Janeyro Braziliya bayrogʻi Braziliya 26 46 66
Madrid Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 28 29 32
Tokio Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 22 20
Chikago AQSH bayrogʻi AQSh 18

Tayyorgarlik ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Pan-Amerika oʻyinlari va Parapan-Amerika oʻyinlarisababli Rio ikkita tadbirni tashkil etish va Paralimpiada sport musobaqalarini oʻtkazish tajribasini yaxshilashga yordam bergan. Braziliya Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Andrew Parsons Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlari uchun mas’ul boʻlgan tashkiliy jamoalar oʻzlarining tashkiliy vazifalariga nisbatan yaxshi munosabatlarni saqlab, „bir tilda gaplashishlarini“ taʼkidlagan. Parsons 2012-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining tashkil etilishini yuqori baholagan va uning jamoasi Londondagi hamkasblaridan Rioda qoʻllanishi kerak boʻlgan saboqlarni olganliklarini maʼlum qilgan[4].

Musobaqalar oʻtkaziladigan asosiy hududlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rio-de-Janeyro xaritasi 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun musobaqalar oʻtkaziladigan joylar koʻrsatilgan.
Mario Andrada, Ser Philipp Craven va Craig Spence bilan 2016-yilgi Rio Paralimpiadasidagi matbuot anjumanida
Nogironlar aravachasini taʼmirlash. Oʻyinlar davomida Ottobock texniklari 1162 nafar sportchi uchun 2745 ta nogironlik aravachasini, 438 ta protez va 178 ta ortopedni taʼmirlagan[5].
Tennis arenasi Paralimpiada musobaqalari paytida.

Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlariga rasmiy ravishda mezbon boʻlgan shaharlar odatdagidek, Paralimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtadigan joylarni, 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari oʻtkaziladigan joylar bilan teng miqdorda taqsimlangan[6]. Barra da Tijuca koʻpgina musobaqalarga mezbonlik qilgan. Qolgan musobaqa oʻtkazilish hududlari Copacabana plyaji, Marakana va Deodoroda stadionida joylashgan. Barra da Tijucada sportchilar qishlogʻi tashkil etilgan[7].

Barra klasteri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Carioca Arena 1 – Nogironlar aravachasida basketbol, nogironlar aravachasida regbi
  • Carioca Arena 2 – Bochcha
  • Carioca Arena 3 – Dzyudo, nogironlar aravachasida qilichbozlik
  • Future Arena – Golbol
  • Olimpiya suv sporti stadioni – Suzish
  • Olimpik tennis markazi – Koʻzi ojizlar uchun futbol, nogironlar aravachasida tennis
  • Pontal Beach – Velopoyga (koʻcha bahslari)
  • Riocentro – Pauerlifting, oʻtirgan voleybol, stol tennisi
  • Rio Olimpiya arenasi – Nogironlar aravachasida basketbol
  • Rio Olimpiya Velodromi – Velotrek

Deodoro klasteri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Milliy otishma markazi – Oʻq otish
  • Milliy ot sporti markazi – Ot sporti
  • Deodoro stadioni – 7 x 7 futbol

Marakana klasteri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Capacabana klasteri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Paralimpiada medallari va maskot Tom.

2016-yilgi Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlari uchun medallar dizayni 2016-yil 14-iyun kuni taqdim etilgan; ular Casa da Moeda do Brasil tomonidan ishlab chiqarilgan. Bronza va kumush medallar 30% qayta ishlangan materiallarni oʻz ichiga oladi, oltin medallar esa simobdan foydalanmasdan qazib olingan oltindan foydalangan holda tayyorlangan. Paralimpiada medallarining old tomonida Paralimpiada gerbi va brayl yozuvida yozilgan, har bir medalda esa koʻrish imkoniyati cheklangan kishilar oʻz medalini chayqash orqali eshitib farqlay olishlari uchun har xil miqdordagi metall sharlardan foydalanilgan. Ularga yogʻochdan yasalgan medallarni saqlash uchun quti va medal rangiga mos keladigan soch bezaklaini taqqan Paralimpiada maskoti Tomning yumshoq oʻyinchogʻi medalga qoʻshimcha atribut sifatida taqdim etilgan[8][9][10][11].

Chiptalar savdosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilgi Paralimpiada oʻyinlarining dastlabki moliyaviy muammolari, birinchi navbatda, chiptalar sotuvining sekinligi va aholi qiziqishining pastligi bilan bogʻliq boʻlgan. Garchi Paralimpiada chiptalari narxi eng arzon Olimpiada chiptalari narxining toʻrtdan bir qismiga toʻgʻri kelsa-da bu musobaqalar ishqibozlari topilmagan[12]. Olimpiada davomida tashkilotchilarning taʼkidlashicha, 3,3 million chiptaning atigi 12 foizi sotilgan[13]. Sentyabr oyining boshiga kelib, medallar oʻyinlariga chiptalarning faqatgina yarmi sotilgan[12].

2016-yil 23-avgust kuni 2012-yilgi Yozgi Olimpiada va 2012-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining marketing boʻlimi boshligʻi boʻlgan Greg Nugent Twitterda „#FillTheSeats“ nomli loyiha boshlaydi. U oʼz foydalanuvchilarini mahalliy yoshlar va nogironlarni Paralimpiada oʻyinlarining chiptalari bilan taʼminlash uchun pul xayriya qilishga undaydi. Nugent loyihani 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari paytida musobaqalar oʻtkaziladigan joylarda koʻp sonli boʻsh oʻrindiqlar mavjudligini payqaganidan soʻng boshlagan. Britaniyaning Coldplay guruhi (2012-yilda yopilish marosimini oʻtkazgan) kabi taniqli shaxslar tomonidan loyiha maʼqullanganidan soʻng, 30-avgustgacha 15 000 AQSH dollaridan ortiq mablagʻ yigʻiladi. 2016-yil 31-avgustda IPC va Rio 2016 tashkiliy qoʻmitasi #FillTheSeats kampaniyasini rasman qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qiladi va 300,000 AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlarni kerakli maqsadlar yoʻlida ishlatishini maʼlum qiladi. Jumladan, IPC bu 10 000 chiptani oziq-ovqat tarqatishga moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkinligini aytdi. Shuningdek, braziliyalik olimlar va nogironlarga ochilish marosimida ishtirok etishlari uchun transport ham shu mablagʼalar hisobiga ajratilgan[14].

Qayta koʻrib chiqilgan chiptalar sotish strategiyasining bir qismi sifatida, tashkilotchilar 2,4 million chiptani yangi maqsadlar uchun sarflashni niyat qilib qoʻyishgan[15], eng arzon chiptalarning har biri 10 R$ (3 AQSh dollari) ga baholangan[16]. Chiptalar savdosi boʻyicha direktor Donovan Ferretining The Guardian nashriga bergan intervyusida aytishicha, ochilish marosimidan oldingi soʻnggi kunlarda chiptalarga talab „soʻnggi daqiqa“ da kuchaya boshlagan. Uning tushuntirishicha, chiptalar „haqiqatan ham hamyonbop“ va „kino tomosha qilishdan koʻra arzonroq“ va bu tomoshabinlarga „yuqori koʻrsatkichli musobaqalar bilan ajoyib vaqt oʻtkazish va Olimpiada bogʻida ajoyib vaqt oʻtkazish“ imkonini bergan[17][15]. Chiptalarning arzonligi Paralimpiada oʻyinlariga ishtirokchilarni, ayniqsa oilalarni jalb qilishga yordam bergan, sportchilar esa natijada koʻp sonli olomonning olqishi ostida stadionga chiqishgan[18][17][15][19].

Mashʼalani olib borish estafetasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paralimpiada mash’alasi estafetasi Braziliyaning beshta mintaqasining har biridagi shahardaa beshta alohida alangalarni aylantirilib chiqilishi bilan boshlangan. Bu alangalar, shuningdek, Buyuk Britaniyaning Stoke Mandeville shahrida yondirilgan oltinchi mashʼala bilan bitta Paralimpiada alangasini hosil qilish uchun birlashtirilib, 2016-yil 6 va 7-sentyabr kunlari ochilish marosimida Marakanaga Rio de-Janeyro orqali olib kirilgan[20].

2016-yilgi yozgi Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlari sharafiga chiqarilgan R$1 esdalik tangalari.

2016-yilgi yozgi Paralimpiada oʻyinlarining rasmiy emblemasi Braziliyaning Tatil Dizayn agentligi tomonidan ishlab chiqilgan[21][22][23]. Unda yurak ichida koʻrsatilgan cheksizlik belgisi tasvirlangan boʻlib, bu belgi urib turgan yurakni va „toʻsiqlarni yengib oʻtish uchun cheksiz energiya“ ni ifodalagan[21]. IPC prezidenti Philipp Craven emblemani Paralimpiada harakatining „yuragi“ boʻlgan sportchilarning „qalbi“ ramzi sifatida taʼriflagan[23].

Olimpiada emblemasida boʻlgani kabi, Paralimpiada emblemasi ham ikki va uch oʻlchovli versiyalarda koʻrishga moslashtirilib ishlab chiqilgan[24]. Ochilish paytida namoyish etilgan haykal ham huddi shunday ikki va uch oʻlchamda koʻrsatilgan[25].

2016-yil 24-noyabrda 2016-yilgi Yozgi Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlarining rasmiy maskotlari eʼlon qilingan, ularning ismlari Vinicius va Tom boʻlib, 2014-yil 14-dekabrda eʼlon qilingan ommaviy ovoz berish yoʻli bilan tanlangan. Paralimpiada maskoti Tomga braziliyalik musiqachi Tom Jobim nomi berilgan; u Braziliya florasini ifodalaydi va „har doim oʻsib boradi va toʻsiqlarni yengib oʻtadi“ shiori asnosida yaralgan. Maskotlar haqidagi oʻylab topilgan hikoyalarda aytilishicha, ularning ikkalasi ham Rio Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilishi eʼlon qilingandan keyin braziliyaliklarning quvonchidan tugʻilgan. Brend direktori Beth Lulaning taʼkidlashicha, talismanlar Braziliya madaniyati va xalqining xilma-xilligini aks ettirish uchun shunday koʻrinishda yaratilgan[26][27][28].

Ochilish marosimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ochilish marosimida Braziliya milliy madhiyasi yangrayotganda jonli Braziliya bayrogʻini shakllantirilgan.

2016-yil 7-sentyabr kuni kechqurun Marakana stadionida 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtgan. Bu kun Braziliya Mustaqillik kuniga toʻgʻri kelgan. „Todo Mundo tem um Coração“ („Hammaning yuragi bor“) mavzusi bilan marosimning badiiy qismlarida inklyuzivlik va Braziliya madaniyati mavzusidagi namoyishlar ketma-ket koʻrsatilgan[29]. „Beyond Vision“ segmenti rassom va dizayner Marcelo Coelho tomonidan Muti Randolph prognozlari bilan yaratilgan[30].

Millatlar paradida Belarus rasmiysi oʻz delegatsiyasi bilan birga IPCning Rossiyani oʻyinlarda ishtirok etishini taqiqlash haqidagi qaroriga qarshilik sifatida Rossiya bayrogʻini koʻtarib chiqqan[31][32].

Ochilish marosimidagi nutqida IPC prezidenti Philipp Craven tomoshabinlarni „sportning asl maʼnosini va qobiliyatning asl taʼrifini koʻrishga“ taklif qilgan. U oʻz nutqini: „Soʻnggi paytlarda katta qiyinchiliklarga duch kelgan mamlakatda Paralimpiadachilar sizning eʼtiboringizni cheklangan cheklovlarda oʻzgartiradilar va cheksiz imkoniyatlarga toʻla dunyoda ular sizni hayratda qoldiradilar, sizni ilhomlantiradilar va hayajonlantiradilar, lekin eng muhimi sizni oʻzgartiradilar.“ soʻzlari bilan yakunlagan. Paralimpiada qozonini afsonaviy braziliyalik para-suzuvchi Clodoaldo Silva yoqib bergan[33][34].

Ishtirokchi davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rio 2016 Pralimpiada oʻyinlarida 159 ta Milliy Paralimpiya qoʻmitasi vakillaridan 4342 nafar sportchi ishtirok etgan[35]. Har bir davlat tomonidan yuborilgan sportchilar soni uning nomi yonida koʻrsatilgan. Bu, shuningdek, doping ayblovlari tufayli Rossiya ishtirok etmayotgan birinchi yozgi Paralimpiada musobaqasi boʻlgan. Aruba, Kongo, Malavi, San-Tome va Prinsipi, Somali va Togo yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ilk marotaba ishtirok etishgan[36].

IPK bir ovozdan rossiyalik sportchilarni 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida dopingdan foydalanganligi aniqlanishiga javoban, taqiqlash uchun ovoz bergan[37][38]. 2016-yil 5-avgustda IPC Paralimpiada bayrogʻi ostida musobaqalarda qatnashadigan Mustaqil Paralimpiada sportchilari jamoasi sifatida tanilgan qochqin sportchilar jamoasining ham maydonga tushirishini eʼlon qilgan. 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ham xuddi shunday 10 nafar qochoq sportchidan iborat jamoa ishtirok etgan[39]. 2016-yil 26-avgustda IPC qochqinlar jamoasining ikki aʼzosi musobaqalarda qatnashishini eʼlon qilgan: suriyalik suzuvchi Ibrohim al-Husayn (50 va 100 metrga erkin uslubda S10) va eronlik Shahrad Nasajpur (F37 Disk uloqtirish)[39][40].

Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan Milliy Paralimpiya qoʻmitalari


Milliy Paralimpiya qoʻmitalari tomonidan taqdim etilgan sportchilar soni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sport turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilgi yozgi Paralimpiada oʻyinlarida 22 ta sport turi boʻyicha musobaqalar oʻtkazilgan. Rioda kanoeda eshkak eshish va paratriatlon musobaqalari Paralimpiada oʻyinlarida ilk marotaba oʻtkazilgan[68].

Yopilish marosimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Marakana" stadioni yopilish marosimi boshlanishiga bir necha daqiqa qolganda.

2016-yil 18-sentyabr oqshomida Marakana stadionida 2016-yilgi yozgi Paralimpiada oʻyinlarining yopilish marosimi boʻlib oʻtgan. Marosimning madaniy dasturi Ivete Sangalo va Gaby Amarantos boshchiligidagi bir qator braziliyalik musiqachilarning chiqishlaridan iborat konsert dasturidan tashkil topgan. Britaniyalik qoʻshiqchi Calum Scott Sangaloga qoʻshilib, Oʻyinlarning rasmiy reklama qoʻshigʻi boʻlmish „Transformar“ ni ijro etgan. Shuningdek, 2020-yilgi yozgi Paralimpida oʻyinlari mezboni Tokio tomonidan madaniy taqdimot ham boʻlib oʻtgan[69].

IPC prezidenti Philipp Craven eronlik velosipedchi Bahman Golbarnezhad (bir kun oldin yoʻl-transport hodisasida halok boʻlgan) uchun bir daqiqalik sukut saqlagan va uning oʻlimi „barchamizga taʼsir qildi va butun Paralimpiada harakatini qaygʻu ostida birlashtirdi“ deb aytgan[70][71]. Craven Braziliyaning oʻyinlarni oʻtkaza olish holatini va sportchilarning umumiy oʻyinlarini maqtashda davom ettib, sportchilarga qarata: „siz nima qila olishingizdan hayratda edilar va nima qila olmasligingizni unutib qoʻyishdi. Siz dunyoga oʻz mahoratingizni koʻrsatdingiz. Ijobiy munosabat bilan inson tanasi, birinchi navbatda, inson qalbi va aqli chegara bilmaydi va mutlaqo hamma narsa qilishi mumkin.“ deya nutqini davom ettirgan. Craven, shuningdek, Braziliya va Rio-de-Janeyro aholisini Paralimpiada oʻyinlaridagi „ajoyib qoʻllab-quvvatovi“ uchun IPCning eng yuqori sharafli – Paralimpiya ordeni bilan taqdirlashini eʼlon qilgan[72][73].

Musobaqalar jadvali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barcha sanalar Braziliya vaqti (UTC–3) bilan koʻrsatilgan

OM Ochilish marosimi Musobaqalar 1 Oltin medal uchun kurash bahslari YM Yopilish marosimi
Sentyabr 7
Chor
8
Pay
9
Jum
10
Shan
11
Yak
12
Du
13
Se
14
Chor
15
Pay
16
Jum
17
Shan
18
Yak
Bahslar
Marosimlar OM YM
Kamondan otish 1 1 1 1 1 2 2 9
Yengil atletika 10 20 16 19 14 19 14 19 16 25 5 177
Bochcha 3 4 7
Parakanoe 6 6
Cycling Velopoyga 8 8 8 9 50
Velotrek 4 5 5 3
Ot sporti 1 2 2 6 11
Futbol Koʻzi ojizlar uchun futbol 1 2
7 toʻpli futbol 1
Golbol 2 2
Djudo 4 4 5 13
Pauerlifting 2 3 3 3 3 3 3 20
Akademik eshkak eshish 4 4
Yelkanli kemda suzish 3 3
Oʻq otish 2 2 2 1 1 2 2 12
Nogironlar aravachasida voleybol 1 1 2
Suzish 16 16 14 15 16 15 15 14 16 15 152
Stol tennisi 5 8 8 4 4 29
Paratriatlon 3 3 6
Nogironlar aravachasida basketbol 1 1 2
Nogironlar aravachasida qilichbozlik 2 4 4 2 2 14
Nogironlar aravachasida regbi 1 1
Nogironlar aravachasida tennis 1 1 2 2 6
Kunlik medal bahslari 0 38 50 48 54 48 54 50 54 65 61 6 528
Jami 0 38 88 136 190 238 292 342 396 461 522 528
Sentyabr 7
Chor
8
Pay
9
Jum
10
Shan
11
Yak
12
Du
13
Se
14
Chor
15
Pay
16
Jum
17
Shan
18
Yak
Bahslar

Medallar jadvali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

  *   Mezbon davlat ( Braziliya)

2016-yilgi yozgi Paralimpiada oʻyinlari medallar jadvali
OʻrinMPCOltinKumushBronzaUmumiy
1 Xitoy (CHN)1078151239
2 Buyuk Britaniya (GBR)643944147
3 Ukraina (UKR)413739117
4 AQSh (USA)404431115
5 Avstraliya (AUS)22302981
6 Germaniya (GER)18251457
7 Niderlandiya (NED)17192662
8 Braziliya (BRA)*14292972
9 Italiya (ITA)10141539
10 Polsha (POL)9181239
11 Ispaniya (ESP)914831
12 Fransiya (FRA)951428
13 Yangi Zelandiya (NZL)95721
14 Kanada (CAN)8101129
15 Eron (IRI)89724
16 Oʻzbekiston (UZB)861731
17 Nigeriya (NGR)82212
18 Kuba (CUB)81615
19 Belarus (BLR)80210
20 Janubiy Koreya (KOR)7111735
21 Tunis (TUN)76619
22 Janubiy Afrika (RSA)76417
23 Tailand (THA)66618
24 Gretsiya (GRE)54413
25 Slovakiya (SVK)53311
 Belgiya (BEL)53311
27 Jazoir (ALG)45716
28 Irlandiya (IRL)44311
29 Meksika (MEX)42915
30 Misr (EGY)35412
31 Serbiya (SRB)3249
32 Norvegiya (NOR)3238
33 Marokash (MAR)3227
34 Turkiya (TUR)3159
35 Keniya (KEN)3126
36 Malayziya (MAS)3014
37 Kolumbiya (COL)251017
38 Birlashgan Arab Amirliklari (UAE)2417
39 Iroq (IRQ)2305
40 Gonkong (HKG)2226
41 Xorvatiya (CRO)2215
 Shveysariya (SUI)2215
43 Hindiston (IND)2114
44 Litva (LTU)2103
45 Latviya (LAT)2024
46 Singapur (SIN)2013
47 Vengriya (HUN)18918
48 Ozarbayjon (AZE)18211
49 Shvetsiya (SWE)14510
50 Avstriya (AUT)1449
51 Daniya (DEN)1247
 Chexiya Respublikasi (CZE)1247
53 Namibiya (NAM)1225
54 Argentina (ARG)1135
55 Vyetnam (VIE)1124
56 Trinidad va Tobago (TTO)1113
 Finlandiya (FIN)1113
58 Sloveniya (SLO)1102
 Qozogʻiston (KAZ)1102
60 Kuvayt (KUW)1001
 Gruziya (GEO)1001
 Bolgariya (BUL)1001
 Bahrayn (BRN)1001
64 Yaponiya (JPN)0101424
65 Venesuela (VEN)0336
66 Iordaniya (JOR)0213
67 Qatar (QAT)0202
68 Xitoy Taypeyi (TPE)0112
69 Uganda (UGA)0101
 Efiopiya (ETH)0101
 Kot-dʼIvuar (CIV)0101
 Bosniya va Gersegovina (BIH)0101
73 Portugaliya (POR)0044
74 Isroil (ISR)0033
75 Mongoliya (MGL)0022
76 Pokiston (PAK)0011
 Saudiya Arabistoni (KSA)0011
 Shri Lanka (SRI)0011
 Filippin (PHI)0011
 Indoneziya (INA)0011
 Ruminiya (ROU)0011
 Mozambik (MOZ)0011
 Kabo-Verde (CPV)0011
Jami (83 davlat)5295295391597

Podiumga chiqqan sportchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sana Sport Bahs MPQ Oltin Kumush Bronza
11-sentyabr Suzish Erkaklar 200 metrga yakka tartibda suzish SM10  Ukraina Denis Dubrov Maksim Kripak Dimitro Vanzenko
11-sentyabr Paratriatlon Ayollar PT2  AQSh Allysa Seely Hailey Danisewicz Melissa Stockwell
13-sentyabr Yengil atletika Ayollar 1500 metr T54  AQSh Tatyana McFadden Amanda McGrory Chelsea McClammer
17-sentyabr Kamondan oʻq otish Ayollar uchun individual birikma W1  Buyuk Britaniya Jessica Stretton Jo Frith Vicky Jenkins

Eshittirishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 24-avgustda IPC Dailymotion 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining rasmiy onlayn striming hamkori boʻlib xizmat qilishini eʼlon qilgan. U yengil atletika, velosport, futbol, dzyudo, pauerlifting, nogironlar aravachasida voleybol, suzish, stol tennisi, nogironlar aravachasida basketbol, nogironlar aravachasida qilichbozlik, nogironlar aravachasida regbi va nogironlar aravachasi tennisi tadbirlari, shuningdek, marosimlar, barcha tadbirlardan eng muhim voqealar, yangiliklar dasturlari va boshqa original kontentlarni 15 ta ingliz tilidagi strim kanallarida namoyish ettirgan. Hammasi boʻlib, IPC 11 kunlik tadbir davomida kuniga kamida 72 soat boʻlgan 680 soatlik kontent uzatilganligini aytgan[74].

Televizion huquqlar ham alohida mamlakatlarga sotilgan: Grupo Globo Braziliyada translyatsiya huquqlarga ega boʻlib, Rede Globo va SporTV kanallarida musobaqalar va boshqa tadbirlar koʻrsatilgan. Globo, shuningdek, televidenie Brasil jamoat tarmogʻiga efir huquqlarini sublitsenziyalagan[75].

Buyuk Britaniyada Channel 4 oʻyinlarni oʻz tarixidagi ikkinchi yozgi Paralimpiada oʻyinlari sifatida translyatsiya qilib, 500 soatlik kontentni efirga uzatgan[76][77]. 2012-yilgi Paralimpiada oʻyinlari uchun oʻzining „Gʻayritabiiy insonlar bilan tanishish“ treylerining davomi sifatida Channel 4 „Weʼre the Superhumans (Biz superodamlarmiz)“ deb nomlangan treylerni[78] tayyorlagan, bu film uchun Kann sherlari Gran-prisini qoʻlga kiritgan[79].

Avstraliyada Seven Network Olimpiada oʻyinlari uchun yangi uzoq muddatli shartnomada toʻldiruvchi huquqlarga ega boʻlgan. U yettita televidenie orqali kuniga 14 soatlik yoritishni rejalashtirgan. Yoritish asosan uning raqamli kanali 7Two va Sevenning raqamli platformalari hamda Paralimpiada oʻyinlariga oid ilova orqali efirga uzatilgan[80][81][82].

Kanadada CBC, Sportsnet One va AMI-tv translyatsiya huquqiga ega boʻlib, televizor va CBC Sports veb-saytida jami 1000 soatlik kontent tomoshabinlarga namoyish ettirilgan. CBC Television Paralimpiada marosimlarini, tungi takroriy shoularni, dam olish kunlari esa tushdan keyin va kechqurungi Riodagi yoritish manzaralarini efirga uzatgan[83].

Lotin Amerikasida (Braziliyadan tashqari) Claro Sports, ESPN va Fox Sports 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari translyatsiyasi huquqiga ega boʻlgan[84].

NBC 2014 va 2016-yillardagi Paralimpiada oʻyinlaridan eshittirishlar berib borish huquqini 2013-yil sentyabrida qoʻlga kiritgan. NBC Amerika Qoʻshma Shtatlarida yangi olingan rasmiy Paralimpiada teleradiokompaniyasi maqomini hisobga olgan holda ikkala oʻyinni ham keng yoritishni rejalashtirgan[85][86].

Musobaqalar davomida velosipedchining oʻlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bahman Golbarnezhad, oʻlimdan bir necha soat oldin

2016-yilning 17-sentyabr kuni erkaklar oʻrtasida C4-5 shosse velosport musobaqasi chogʻida eronlik velosipedchi Bahman Golbarnejhad Grumari trassasining „togʻli qismida“ halokatga uchragan. Bosh jarohati tufayli voqea joyida birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan. Sportchi tez yordam mashinasida ketayotgan paytida yurak hurujini boshdan kechirgan. Golbarnezhad navbatdagi yurak hurujidan keyin Unimed Rio kasalxonasida vafot etgan[87]. Bu Paralimpiada musobaqalari tarixidagi musobaqa vaqtida sportchi oʻlishining birinchi va 1960-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida daniyalik velosipedchi Knud Enemark Jensenning oʻlimidan keyingi, Olimpiada va Paralimpiada musobaqalaridagi ikkinchi oʻlim holatidir[87].

Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) voqeani tergov qilishini maʼlum qilgan va IR Eron Milliy Paralimpiya qoʻmitasi IPCdan voqea haqida hisobot talab qilgan. IPC prezidenti Philipp Craven Golbarnezhadning yaqinlariga hamdardlik bildirib, „Paralimpiyachilar oilasi Riodagi Paralimpiada oʻyinlariga soya soladigan ushbu dahshatli fojiadan soʻng birlashadi“ deb aytgan[88][89].

Sportchilar qishlogʻidagi Eron va Paralimpiada bayroqlari, shuningdek, Riosentroda Paralimpiada bayrogʻi yarimigacha tushirilgan. Yopilish marosimida sportchi xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlangan[90].

  1. „Rio to stage 2016 Olympic Games“. BBC News (2009-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2009-yil 4-oktyabr.
  2. „Paralympics 2012: London to host 'first truly global Games'“. BBC Sport. Qaraldi: 2012-yil 1-avgust.
  3. „Rio to stage 2016 Olympic Games“. BBC (2009-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 2-mart.
  4. Wilson, Bill. „Rio up and running for 2016 Paralympic Games“. BBC News (2012-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 12-sentyabr.
  5. „Rio 2016 Paralympic Games — Ottobock“. Qaraldi: 2016-yil 9-oktyabr.
  6. Wilson, Bill. „Rio up and running for 2016 Paralympic Games“. BBC News (2012-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 12-sentyabr.
  7. „Venues“. Rio 2016. 2016-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.
  8. „Rio 2016: Olympic Games and Paralympic medal designs revealed“. BBC Sport. Qaraldi: 2016-yil 12-sentyabr.
  9. „Rio 2016 unveils innovative medals for Paralympic Games“. Rio 2016 Organizing Committee. 2016-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-sentyabr.
  10. „Innovative medal design unveiled for Rio 2016“. IOC. Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.
  11. Busbee. „Rio mystery solved: Why don't Olympic medal winners get flowers?“. Yahoo! Sports (2016-yil 10-avgust). Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.
  12. 12,0 12,1 „Rio chiefs fear Paralympics could fall flat as seats remain empty“. The Guardian (2016-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 3-sentyabr.
  13. „Rio Paralympics 2016: More sports, Russia banned and slow ticket sales“. BBC Sport. Qaraldi: 2016-yil 1-sentyabr.
  14. „Coldplay endorsement boosts #FillTheSeats Paralympics campaign“. The Globe and Mail. Qaraldi: 2016-yil 1-sentyabr.
  15. 15,0 15,1 15,2 „Rio chiefs fear Paralympics could fall flat as seats remain empty“. The Guardian (2016-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 3-sentyabr.
  16. „Paralympics ready for lift-off amid cautious optimism of further progress“. The Guardian (2016-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.
  17. 17,0 17,1 „Rio 2016 is the second-most attended Paralympic Games in history“. The Guardian (2016-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 13-sentyabr.
  18. „Inexpensive tickets make for family-friendly crowds at Rio's Paralympics“. CBC News. Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.
  19. „Rio's Paralympics—seemingly imperiled before they began—have shown dazzling signs of life instead“. National Post. Qaraldi: 2016-yil 13-sentyabr.
  20. „Rio 2016 reveals first details of Paralympic Torch Relay as part of 500 days to Games celebrations“. Rio Organizing Committee (2015-yil 27-aprel). 2016-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-avgust.
  21. 21,0 21,1 „Rio 2016 Paralympic Games logo launched“. Creative Review (2011-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-avgust.
  22. Nudd, Tim. „Hated the London 2012 Logo? You Might Like Rio 2016 Better Brazil's Tatíl Design tells story of its creation“. Adweek (2012-yil 14-avgust). Qaraldi: 2012-yil 14-avgust.
  23. 23,0 23,1 „Rio 2016 Paralympic Games emblem unveiled to the world with a show of dance, lights and fireworks“. Rio 2016 Organizing Committee. 2016-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-avgust.
  24. „Rio 2016 motif is "first 3D logo in the history of the Olympics" says designer“. Dezeen (2016-yil 11-avgust). Qaraldi: 2016-yil 16-avgust.
  25. „Rio 2016 Paralympic Games logo launched“. Creative Review (2011-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-avgust.
  26. „Meet the Rio 2016 Olympic and Paralympic Games mascots and help choose their names“. Rio 2016 Organising Committee for the Olympic Games. 2014-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-dekabr.
  27. „Rio 2016: Olympic and Paralympic mascots launched“. BBC Sport. Qaraldi: 2014-yil 15-dekabr.
  28. „Rio 2016 mascots inspired by animals and plants of Brazil“. Reuters (2014-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 15-dekabr.
  29. „Rio Paralympics 2016: Brazil president booed at opening ceremony“. BBC Sport. Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  30. Coelho, Marcelo; Grossman, Tovi (2017). "Crowd-Driven Pattern Formation: Computational Strategies for Large-Scale Design and Assembly". Architectural Design 87 (4): 50–59. doi:10.1002/ad.2195. 
  31. „Rio Paralympics 2016: Brazil president booed at opening ceremony“. BBC Sport. Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  32. „Newly-installed Brazilian President booed as he opens Rio 2016 Paralympic Games“. InsideTheGames.biz (2016-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  33. „Games on! Brazil welcomes the Paralympics“. IPC. Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  34. „In Paralympics Opening Ceremony, Amy Purdy of 'Dancing With the Stars' rocks her running blades“. Washington Post. Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  35. „Comoros and Liberia miss final cut at Rio 2016 Paralympics to leave 159 countries set to compete“. insidethegames (2016-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  36. Herbert, Ian. „Paralympics 2016: With more athletes and bigger TV deals, Rio can build on London's legacy“. The Independent (2016-yil 6-sentyabr). 2017-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
  37. „Rio Paralympics 2016: Russian athletes banned after doping scandal“. BBC Sport (2016-yil 7-avgust). Qaraldi: 2016-yil 7-avgust.
  38. IPC Media Centre. „The IPC suspends the Russian Paralympic Committee with immediate effect“. paralympic.org. International Paralympic Committee (2016-yil 7-avgust). Qaraldi: 2016-yil 7-avgust.
  39. 39,0 39,1 „Rio Paralympics: Two refugee Para-athletes named for Rio Paralympics“. BBC Sport. Qaraldi: 2016-yil 26-avgust.
  40. „Ibrahim Al Hussein spreads message of hope“. IPC. Qaraldi: 2016-yil 26-avgust.
  41. 41,0 41,1 41,2 41,3 41,4 „Follow the race to qualify for the Rio 2016 Paralympic Games“. Rio 2016 Official Website. 2016-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-aprel.
  42. „Conhecida selecção para Jogos Paralímpicos Rio'2016“. ANGOP (2016-yil 21-iyul). Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  43. „Conhecida PROGRAMA DE COMPETIÇÕES DE ANGOLA NOS JOGOS PARALÍMPICOS“. Comité Paralímpico Angolano (2016-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  44. „2016 Australian Paralympic Team receives nine extra spots“. Australian Paralympic Committee News, 29 August 2016. Qaraldi: 2016-yil 29-avgust.
  45. 45,0 45,1 45,2 „Athletes from Bosnia and Herzegovina, Iran, China and USA are first to qualify for Rio 2016“. Rio 2016 Official Website (2014-yil 20-iyun). 2014-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-avgust.
  46. „Paralimpíada: de olho no top 5, Brasil convoca delegação recorde“ (pt). globoesporte.com (2016-yil 19-iyul). Qaraldi: 2016-yil 26-iyul.
  47. „Brasil ganha mais seis vagas na Rio 2016, e CPB anuncia os convocados“ (pt). globoesporte.com (2016-yil 25-avgust). Qaraldi: 2016-yil 6-sentyabr.
  48. „China to send biggest ever team to Rio Paralympics“. China Daily. Qaraldi: 2016-yil 26-avgust.
  49. 49,00 49,01 49,02 49,03 49,04 49,05 49,06 49,07 49,08 49,09 49,10 49,11 49,12 49,13 49,14 49,15 49,16 49,17 49,18 „RESULTS BOOK 2014 IPC Shooting World Championships Suhl, Germany (Olympic quotas page 49)“ (2014-yil 30-avgust). 2014-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-iyul.
  50. „#HeroesEnRio: El sueño continúa…“ [Heroes in Rio. The dream continues ...] (es). MCL Deportes (2016-yil 4-sentyabr). 2016-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-avgust.
  51. „Krista Mørkøre við til Paralympisku leikirnar í Rio“ (fo). Ítróttasambandið fyri brekað (2016-yil 20-aprel). 2016-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-aprel.
  52. 52,0 52,1 52,2 „Five goalball teams book their places at Rio 2016 Paralympic Games“. Rio 2016 Official Website (2014-yil 5-iyul). 2015-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-avgust.
  53. „Größeres Team reist zu den Paralympics“ (de). DBS NPC (2016-yil 25-avgust). Qaraldi: 2016-yil 29-avgust.
  54. „First equestrian spots confirmed for Rio 2016“. International Paralympic Committee (2014-yil 29-avgust). Qaraldi: 2014-yil 29-avgust.
  55. „Five goalball teams book their places at Rio 2016 Paralympic Games“. Supercharge ParalympicsGB. 2016-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-sentyabr.
  56. „Rio 2016 Paralympic Games Hong Kong Delegation“. Hong Kong Paralympic Committee & Sports Association for the Physically Disabled. 2016-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-avgust.
  57. „Indonesia loloskan sembilan atlet ke Paralimpiade brazil“. antaranews.com. Qaraldi: 2016-yil 3-sentyabr.
  58. „Rio Paralympics: Two refugee Para-athletes named for Rio Paralympics“. BBC Sport. Qaraldi: 2016-yil 26-avgust.
  59. Irish Times. „Ireland select 44 athletes for Rio Paralympics“ (2016-yil 6-iyul). Qaraldi: 2016-yil 26-iyul.
  60. „Macau leva apenas um atleta aos Jogos Paralímpicos“ (pt). Teledifusão de Macau (2016-yil 14-avgust). 2018-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-sentyabr.
  61. „Record 10 athletes qualify for Rio 2016 Paralympic Games“. The Namibian (2016-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 9-may.
  62. „Holly Robinson selected as flag bearer as New Zealand Paralympic Team officially welcomed in Rio“. Paralympics New Zealand (2016-yil 7-sentyabr). 2018-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-sentyabr.
  63. „PH to send 5 athletes to Rio Paralympics“. Manila Bulletin. Philippine News Agency (2016-yil 24-avgust). Qaraldi: 2016-yil 24-avgust.
  64. „Missão Portuguesa aos Jogos Paralímpicos Rio 2016 aumenta para 37 atletas“. Comité Paralímpico de Portugal (2016-yil 26-avgust). Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  65. „arxiv nusxasi“. 2016-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-avgust.
  66. „Ukraine wins football 7-a-side European title – and qualifies for Rio 2016 Paralympic Games“. Rio 2016 Official Website (2014-yil 30-avgust). Qaraldi: 2014-yil 2-avgust.
  67. Pavitt, Michael „Eight bipartite rowing berths awarded for Rio 2016 Paralympics“. insidethegames.biz (2016-yil 28-may). Qaraldi: 2016-yil 7-iyun.
  68. „Canoeing and triathlon added to 2016 Paralympic Games“. BBC News. bbc.co.uk (2010-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 5-sentyabr.
  69. „IPC President pays condolences to family of late Iranian cyclist as Rio 2016 Paralympic Games come to an end“. Insidethegames.biz (2016-yil 18-sentyabr).
  70. „Rio Paralympics 2016: Closing ceremony tribute for Iranian cyclist Bahman Golbarnezhad“. BBC Sport. Qaraldi: 2016-yil 18-sentyabr.
  71. „Festivities, solemn tribute highlight Paralympics closing ceremony“. CBC Sports. Qaraldi: 2016-yil 19-sentyabr.
  72. „Rio Paralympics 2016: Closing ceremony tribute for Bahman Golbarnezhad“. BBC Sport. Qaraldi: 2016-yil 19-sentyabr.
  73. „Obrigado Brazil! People to receive highest honour“. IPC. Qaraldi: 2016-yil 19-sentyabr.
  74. „The IPC selects Dailymotion to live stream 680 hours from Rio 2016 Paralympics“. International Paralympic Committee. Qaraldi: 2016-yil 25-avgust.
  75. „Grupo Globo anuncia transmissão dos Jogos Paralímpicos Rio 2016“. Grupo Globo (2015-yil 14-sentyabr). 2016-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-avgust.
  76. „C4 opens Paralympic tender process“. Broadcast Now. Qaraldi: 2014-yil 8-fevral.
  77. „Channel 4 pays £7m to screen 2014 and 2016 Paralympic Games“. The Daily Telegraph (2013-yil 8-fevral). 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-fevral.
  78. „We're the Superhumans: meet the stars of Channel 4's Paralympics trailer“. The Guardian (2016-yil 20-iyul). Qaraldi: 2016-yil 8-sentyabr.
  79. „'We're the Superhumans' Wins Film Grand Prix at Cannes to Massive Applause“ (en-US). Adweek (2017-yil 24-iyun). Qaraldi: 2019-yil 22-fevral.
  80. „Seven Network nets Olympic Games hat-trick with broadcast rights to 2020“ (2014-yil 4-avgust). Qaraldi: 2015-yil 7-oktyabr.
  81. „Seven to broadcast Paralympic Games from Rio in 2016“. Sunrise. Yahoo7 (2015-yil 25-mart). Qaraldi: 2015-yil 16-fevral.
  82. „Seven details Paralympics live app“. TV Tonight (2016-yil 25-avgust). Qaraldi: 2016-yil 25-avgust.
  83. „Rio 2016 Paralympics: CBC Sports to provide extensive coverage“. CBC Sports. Qaraldi: 2016-yil 31-avgust.
  84. „Dónde ver los Juegos Paralímpicos de Río 2016“. El País (2016-yil 7-sentyabr).
  85. „Paralympic Movement given huge boost as American channels NBC and NBCSN will cover next two Games“. The Daily Telegraph (2013-yil 24-sentyabr). 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-fevral.
  86. „NBC Sports Group Presents Rio 2016 Paralympic Games Opening Ceremony Tomorrow, Wednesday, September 7 at 7 P.m. Et on NBCSN“ (2016-yil 6-sentyabr).
  87. 87,0 87,1 Press Association. „Investigation launched into crash that killed Iranian Paralympics cyclist“. The Guardian (2016-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 18-sentyabr.
  88. „Rio Paralympics 2016: Iranian Para-cyclist dies following crash“. BBC Sport. Qaraldi: 2016-yil 18-sentyabr.
  89. „Iranian cyclist Bahman Golbarnezhad dies after Paralympic road race crash“. The Guardian (2016-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 18-sentyabr.
  90. „Statement on Iranian cyclist Bahman Golbarnezhad“. IPC. Qaraldi: 2016-yil 17-sentyabr.
Oʻtmishdoshi:
London
Yozgi Paralimpiada
Rio de Janeyro

XV Yozgi Paralimpiada oʻyinlari (2016)
Vorisi:
Tokio