Angren koʻmir koni
Angren koʻmir koni — Toshkent viloyati Ohangaron vodiysidagi qoʻngʻir ko'mir koni. Qurama va Chatqol tog'lari etagida. Geologik kon qidiruv ishlari 1934-yildan boshlangan. Dastlabki shaxta 1940-yilda ishga tushirilgan. Koʻmirli havzaning maydoni qariyb 70 km². Aniqlangan zaxirasi 860 m chuqurlikkacha 1,9 mlrd. t (Oʻrta Osiyodagi barcha koʻmir zaxirasining qariyb 1/4 qismi). Koʻmir yura yotqiziqlari orasida joylashgan, qatlami juda serbar, qalinligi yer yuza-sida 20 m dan chuqurlikda 130 m gacha. Koʻmir B2 markasiga mansub. Yonish issiqligi 13,9 MJ/kg. Koʻmir asosan ochiqusulda (2,5 mln. t), qisman yer ostidan (0,5 mln. t) qazib olinadi. Bundan tashkari „Yerostigaz“ stansiyasida ko'mir gazga aylantirilib, yiliga 50 mln. m3 gaz ishlab chiqariladi. Koʻmir bilan birga kaolin ham qazib olinadi. Qatlamlar orasida portlandsement, flyus, burt hamda kanalizatsiya quvurlari ishlab chiqarish uchun xomashyo boʻladigan jinslar koʻp.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |