Qizqoʻrgʻon qoʻrgʻoshinqalay koni
Qizqoʻrgʻon qoʻrgʻoshinqalay koni — Samarqand viloyatidagi Zirabuloq togʻining jan. yon bagʻridagi kon. 1951-yilda G.F.Shenderey ochgan. Kon geologiyasini H.N.Boymuhamedov, E.A.Usmonov oʻrgangan. Konning geologik tuzilishida silur davrining marmarlashgan ohaktosh va dolomitlari bilan yuqori karbon — quyi perm otqindi jinslari ishtirok etgan. Otqindi jinslar granodiorit, leykokrat, granit va lamprofir, aplit day-kalaridan iborat. Kon Zirabuloq an-tiklinalining jan. qanotiga birikkan boʻlib, unda shim.sharqiy va shim.-gʻarbiy yoʻnalishlardagi tektonik dislokatsiyalar mavjud. Konda qoʻrgʻoshin-qalayli magnezial skarnlar, gidrotermal oʻzgargan zonalar va tomirlar ajratiladi. Rudali skarnlar granodiorit va granit-aplit daykalari bilan dolomitli ohaktoshlarning tutashgan joylari hamda karbonat jinslar ichida hosil boʻlgan. Ohaktoshlarda gidrotermal oʻzgargan zonalar va tomirlar rivojlangan. Kon rudalaridagi asosiy foydali qazilmalar — qoʻrgʻoshin minerali — galenit bilan qalay minerallari — kassiterit, stanin, tillit, frankit. Noruda minerallardan piroksen, amfibol, kvars, kaltsit bor. Qizqoʻrgʻon qoʻrgʻoshinqalay koni-q.k. qoʻrgʻoshinqalayli skarn gidrotermal konlarga kiradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |