Azkamar bentonit gil koni
Qiyofa
Azkamar bentonit gil koni – Navoiy viloyati Qiziltepa temir yoʻl stansiyasidan 12 km janubi-sharqda Azka-mar alp antiklinal burmada joylash-gan. 1946-yil ochilgan. 1958–60 yillarda kon razvedka qilingan va ishga tushi-rilgan. Konning geologik tuzilishida mezokaynozoy yotqiziqlari ishtirok et-gan. Bentonit gili sanoatbop turining qilinligi 60–70 m. Bentonit gilining ishqorli va ishqoriy yer turi ma’lum. Ishkrriy yer turi sanoatbop gillarning asosiy qismini tashkil etadi. Azkamar bentonit gili keramzit ishlab chiqarishda, burgʻi quduqlarini parmalashda ishlatiladigan suyuqliklar tayyorlashda, shuningdek asborbent sifatida paxta yogʻi, vino, meva sharbatlarini tozalashda foydalaniladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |