Kontent qismiga oʻtish

Mamajoʻrgʻoti gaz koni

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mamajoʻrgʻoti gaz koni – Bu xoro viloyati hududidagi Mamajoʻrgʻoti bukilmasida joylashgan kon, Ko-gon shahridan 15 km jan.-sharkda. Dastlabki qidiruv ishlari 1939—42 yillarda olib borilgan. 1956—57 yillarda "Oʻzbekneftegazqidiruv" tresti qidiruv ishlarini davom ettirib, 1-chuqur burgʻi qudugʻi qazildi. Natijada paleozoygacha boʻlgan qatlamlarda gaz uyumi borligi aniqlandi. Gaz saqlovchi gorizont yuqori yuraning kellovey-oksford qismida joylashgan boʻlib, ohaktosh va mergeldan tashkil topgan. Gorizontning umumiy qalinligi 47–57 m, utkazuvchanligi 927 millidarsi. Uyumning umumiy uz. 4 km, eni 2 km, chuq. 1290 m. Qatlam bosimi 131,8 atmosfera boʻlganda quduqdan sutkasiga 2386 m3 gaz mahsuloti olindi. Gazning tarkibida metan 91,1%, azot 3,02%, vodorod sulfidi 1,08% va oltingugurt 0,05%. Qatlam suvlari minerallashgan, tarkibida yod va brom bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil