Kontent qismiga oʻtish

Saltanattepa gaz koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saltanattepa gaz koni — Buxoro viloyatidagi kon. Kogon temir yoʻl stansiyasidan 35–40 km jan.sharkda. 1976-yildan foydalaniladi. Kon relyefi kichik gumbazsimon soylikdan iborat, atrofi Buxoro svitasi ohaktoshlari bilan oʻralgan.

Strukturasi shim.sharq yoʻnalishida choʻzilgan asimmetrik braxiantiklinaldan iborat. Uning jan.sharqiy qanoti yotiq (30—40°), dizʼyunktiv dislokatsiyaga uchragan. Apt yarusining 12mahsuldor gorizonti boʻyicha Saltanattepa braxiantiklinali oʻlchami 6x3 km, bal. 90 m. Chuqurlik ortgan sari qanotlar qiyaligi 40—45° ga yetadi va yura yotqizikdarining gumbazi boʻr yotqiziqlarinikiga nisbatan 250–300 m ga siljigan. Birinchi quduq 1953-yil qazilgan va yura yotqiziklarida sanoat miqyosidagi gaz borligi aniklangan. Konda jami 7 ta quduq qazilgan. Burgʻilash chogʻida paleozoy, yura, boʻr va paleogen jinslari ochilgan.

Boʻr yotqiziqlarida 2 ta 11, 12, yurada ham 2 ta 16, 17mahsuldor gorizontlar ajratilgan. 11gorizontning qalinligi 10–20 m, gʻovakliligi 14— 20%. Uyum oʻlchami 2x0,8 km, bal. 15 m boʻlib, 507–600 m chuqurlikda ochilgan. Boshlangʻich qatlam bosimi 5,74 MPa, debiti 218 ming m³/sutka, katlamdagi temperaturasi 36°.

12gorizontning qalinligi 28 m, gʻovakliligi 12,2%. Uyum oʻlchami 5,5x2,7 km, bal. 75–80 m, 450 m chuqurlikda ochilgan. Boshlangʻich qatlam bosimi 8,38 MPa, temperaturasi 40°.

16gorizontning qalinligi 7–10 m, gʻovakliligi 15%. Uyum oʻlchami 4x1,5 km, bal. 30 m, 1020 m chuqurlikda ochilgan. Uyum tipi qatlamli, gumbazli. Gaz debiti 123,5 ming m³/sutka. Qatlam bosimi 10,9 MPa va temperaturasi 48°. 17gorizont, asosan, ohakli qumtoshdan tarkib topgan, kalinligi 6,3 m, gʻovakliligi 14,17%. Uyum tipi 16 gorizontniki bilan birxil. Uyumoʻlchami 3x1 m, bal. 2,5 m, gaz debiti 101,6 ming m³/sutka, qatlam bosimi 10,5 MPa, temperaturasi 50°. Uyum rejimi suv bosimli.

Ochilgan hamma gorizontlardagi gazning fizikkimyoviy tarkibi birbiriga yaqin: metan 88,2%, karbonat angidrid gazi 0,34%, ogʻir uglevodlar 4,6910%, vodorod sulfid 0,027%, zichligi 0,641. Kondensat miqdori 0,77 sm³/m³. Kondan hozirgi vaqtda foydalanilmoqda.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil