Saritosh-Qorovulbozor gaz-neft koni
Saritosh-qorovulbozor gaz-neft koni — Buxoro viloyati, Kogon temir yoʻl stansiyasidan 30 km jan.sharqsagi kon. Oʻzaro bogʻliq 2 strukturada joylashgan. Ularda gazlilik chegarasi umumiy, shunga koʻra bu kon birgalikda tavsiflanadi. Kon 1963-yil foydalanishga topshirilgan.
Qorovulbozor antiklinali kenglik boʻyicha choʻzilgan boʻlib, asimmetrik koʻrinishga ega, uz. 10 km, eni 3–4 km. Struktura 2 yoriq bilan kesilgan, ulardan biri jan. qanotdan oʻtadi va paleozoy yotqiziqlari boʻyicha amplitudasi 150 m li, ikkinchisi shim. qanotdan oʻtib amplitudasi 50 m gacha boʻlgan tashlamauzilmani hosil qiladi. Saritosh antiklinali Qoravulbozor antiklinalidan gʻarbjan.gʻarbda joylashgan. U ham asimmetrik brahistruk turadan iborat, uz. 10–12 km, eni 6–8 km. Shimoliy qanotidan amplitudasi 25– 30 m dan 60 m gacha boʻlgan tashlamauzilma oʻtadi.
S.Q.g.k.da jami 38 ta quduq qazilgan. Paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari ochilgan. Mahsuldor gorizontlar yura davri yotqiziqlaridagi ohaktoshlar, boʻrqumtosh, gravelit, chigʻanoqtoshlarda ajratiladi. Sanoat ahamiyatiga molik gaz uyumlari Qoravulbozor strukturasida 12 va 13 (neokomapt) hamda 15 va 15agorizontlarda (kelloveyoksford), Saritosh strukturasida 15gorizontda uchraydi.
12 a. gorizontda gaz uyumi 950–1000 m chuqurlikda ochilgan, qalinligi 31 – 40 m, qumtosh jinslarning gʻovakligi 13%. Uyum qatlam, gumbaz tipiga mansub. 13gorizont alevrolit, gil jinslari bilan qavatlangan har xil zarrali qumtoshlardan iborat. Qalinligi 70– 100 m, foydali qalinligi 15 m gacha. Jinslarning gʻovakliligi 14,3—15,8%. Uyum oʻlchami 3,5x0,9 km. Gaz uyumi Saritosh strukturasida 1200–1250 m chuqurlikda ochilgan. Qorovulbozor va Saritosh strukturalari qubbasida kichik neft xoshiyasi mavjud. Kon suv bosimli rejimda ishlatiladi.
Kondagi qatlam bosimi va temperaturasi 10,2 MPa va 47°. Gaz tarkibi (hajmiga nisbatan % da): metan — 90,5; karbonat angidrid gazi 0,2%, azot 3,8%, zichligi 0,629—0,641 g/sm³, gaz debiti 35 ming m³/sutka. Neft zichligi 0,776— 0,840 g/sm³, oltingugurt 0,32%, asfaltenlar 0,018—0,72%, aksiz smolasi 2—32,5%, parafin 0,92—1,54%, koks 3,54%. Yengil fraksiyalar miqdori (3000 gacha) 0,86%. Neft debiti 2,6 t/sutka. Qatlam suvlari (13gorizont) zichligi 1,003—1,014 g/sm³, minerallashganligi 190,46—203,4 mg/l, yod miqdori 2,1—8,4 mg/l, brom 16,8—60,0 mg/l. Suv tipi xlorkalsiyli. Hozirgi vaqtda kondan foydalanilmoqda.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |