Lolabuloq nodir metalli pegmatitlar koni
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lolabuloq nodir metalli pegmatitlar koni — Qoratepa togʻining jan.-gʻarbi (Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani)dagi kon. Lolabuloq granitoidli massivi doirasida joylashgan. Nodir metalli minerallashuvga ega boʻlgan pegmatoidli kvarsdala shpati jinslari konning sharqiy qismlari uchun xos. Dala shpatiga boy pegmatit maydoni intruziv bilan choʻkindimetamorfik qatlamlar tutashgan yerlarda joylashgan boʻlib, eni 1,5 km, uz. 25 km li hududni tashkil qiladi. Konning geologik tuzilishida biotitli va porfirli granodiorit, siyenit, biotit, muskovitli va leykokrat granitlar ishtirok etgan. Kon batolitga oʻxshash yuqori paleozoy davriga mansub magmatik togʻ jinslari, Dautosh va Burliktepa svitalariga mansub metamorfik ohaktoshli, effuziv kvars va felzit porfirli qatlamlar bilan oʻralgan. Kondagi nodir metalli pegmatitlar tarkibida mikroklin, muskovit, kvars, albit va aksessor elementlardan mineral va elementlar koʻrinishida berilliy: niobiy, kolumbit, tantal, qalay, kassiterit, litiyli muskovit, oʻzgargan spodumen, apatit, granit, kamroq turmalin, flyuorit va boshqa bor. Baʼzan nodir elementlarning minerallarini uchratish mumkin.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |