Ketmonchi pegmatit koni
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
KETMONCHI PEGMATIT (DALA SHPATI) KONI — Samarqand viloyati Paxtachi tumani, Ziyovuddin shaharchasidan jan.-sharkda joylashgan kon. 1935 y. topilgan. H.M.Abdullayev, A.V. Korolyov, P.A.Shextman, Q.L.Boboyev, N.K.Jamoliddinovlar mukammal oʻrgangan. Konning geologik tuzilishida paleozoy erasiga mansub metamorfizlashgan choʻkindi jinslar va granitlar ishtirok etgan. Tektonik jihatdan K.p.k. Zirabuloq strukturasining jan. qanotidagi antiklinalda joylashgan. Antiklinal oʻzagidagi jinslar gneyslashgan va porfirli granodiorit, muskovitlashgan biotitli granit, leykokratli granit, shuningdek, pegmatit va alyaskitdan iborat. Pegmatitlar har xil yertomirlar shaklida koʻp uchraydi. Ularning eni 40—50 sm dan 5—6 m gacha, uz. 100—200 m. Pegmatitlarda nodir metall elementlaridan, asosan, berilliy, shuningdek, niobiy, tantal (kolumbit-tantalit) va qalay (kassiterit) hamroh holida uchraydi. Kondagi pegmatitlar keramika xom ashyosi sifatida ham ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |