Kontent qismiga oʻtish

Doyaxotin gaz-kondensat koni

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Doyaxotin gaz-kondensat koni — Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida, Gazli sh.dan 80 km gʻarbda joylashgan. Doyaxotin strukturasi 1952 yilda geologik sʼyomka natijasida aniqlangan. 1966 yilda yura karbonatli yotqiziqlar gorizontidan sutkasiga 139,5 ming m3 gaz olina boshlagan. Konda 1969 yilgacha 8 ta burgʻi qudugʻi qazilgan. Quduqlarning oʻrtacha chuq. 2000 m. Konning geologik tuzilishida yura, bur, paleogen va neogentoʻrtlamchi yotqiziqlari ishtirok etgan. Tektonik jihatdan Doyaxotin strukturasi Chorjoʻy pogʻonasining shim.-gʻarbiy qismida joylashgan braxiantiklinaldan iborat. Uning shim.-gʻarbiy qanoti qiya, jan.-sharqi tikroq. Strukturaning uz. 10 km, kengligi 7 km, bal. 100 m. Sanoat ahamiyatiga molik gaz yura davri karbonatli jinslarining turli gorizontlarida joylashgan. D. g.-k.dagi gaz yengil, havoga nisbatan s or. 0,628—0,637, metan 90,99— 91,7%, etan va uglevodorodlar 0,77— 1,91%. Gazning tarkibida oltingugurt vodorodi 0,11—0,12%, karbonat angidridi 1,75—2,45%, azot oz. Kondensat ning potensial miqdori 32,5 sm3/m3, zichligi 0,7596—0,7737 g/sm3.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil