Janubiy Olamushuk neft koni
Janubiy olamushuk neft koni — Andijon sh.dan 27 km sharqda Xoʻjaobod tumanida joylashgan neft koni. Konda geologik sʼyomka ishlari1933 yilda boshlangan, kon strukturasi ham 1933 yilda aniqlangan. Qidiruv ishlari 1943 yilda boshlanib, 1944 y. birinchi burgʻi qudugʻida paleogen yotqiziqlaridan neft topilgan. 1945 y. kon foydalanishga topshirilgan. Konda chuqur burgʻi qudugʻi kovlanib neogen, paleogen, boʻr, yura davri va paleozoy erasi yotqiziqlari ochilgan. Neogen davri jinslari och jigarrang , och pushti, qoʻngʻir rangli giltosh va konglomerat qatlamlaridan iborat. Ularning oʻrtacha qalinligi 665 m. Paleogen davri yotqiziqlari orasida ohaktosh, qumtosh va b. jins qatlamlari boʻlib, oʻrtacha qalinligi 450 m. Boʻr davri yotqiziqlarining qalinligi 1400 m boʻlib, oʻzaro takrorlangan qumtosh, giltosh, ohaktosh, gips qatlamlaridan iborat. Yura davri yotqiziklari ham oʻzaro takrorlanuvchi qumtosh va gil qatlamlaridan tashkil topgan, umumiy qalinligi 120—130 m. Tektonik jihatdan Jan. Olamushuk strukturasi Andijon guruhi tepaliklariga mansub boʻlib, Fargʻona botigʻining jan.da.
Kon jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa yoʻnalgan, uz. 13 km, eni 5 km li antiklinal burmada. J. O. n. k.da neftga boy gorizontlar neogen, paleogen va yura yotqiziqlarida joylashgan. Ayrim burgi quduqlaridan sutkada 25 t gacha neft olingan (1969). J. O. n. k.da 3-, 5-, 6-, 7-gorizontlar neftga boy. Har bir gorizontning qalinligi 25—30 m. Yura yotqiziqlaridagi asosiy mahsuldor gorizontlardan biri 26-gorizontdir. Bu gorizont qumtoshlardan tashkil topgan. Boʻr yotqiziqlarida neft boshqa yotqiziqlarga nisbatan kam. Konning nefti yengil, s. ogʻ. 0,823—0,833, oltingugurt 0,013—0,27%, koʻp smolali (10— 16%), parafinning miqdori 1,76 dan 8,2% gacha. Asfaltenlar 0,2 dan 0,7% gacha, koks 0,25—2,1%. Gazning miqdori 5,4 dan 24% gacha, zichligi 0,632— 0,823, oltingugurt kam (0—0,04%), azot koʻp (10—52,3%), metanning miqdori 3868%. J. O. n. k. 1996 y.gacha ishlagan. 2 ta quduqdan texnik suv, 6 ta quduqdan artezian suvi olinmoqda.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |