ISO 3166-1

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ISO 3166-1Mamlakatlar va unga boʻysunuvchi hududlar nomlari uchun kodlarni oʻz ichiga olgan ISO 3166 standartining bir qismi. Birinchi marta 1974-yilda nashr etilgan. Har bir mamlakat uchun uch xil kodni belgilaydi:

249 ta davlat va hududlar oʻz kodlariga ega. ISO 3166 standartlari agentligiga koʻra, BMT Statistika boʻlimi statistikasida foydalanish uchun mamlakat yoki mintaqa BMT byulletenidagi Davlat nomlari yoki Davlat va mintaqa kodlariga kiritilishi kerak. Byulletenga kiritilishi uchun mamlakat yoki mintaqa quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak:

  • BMTga aʼzo boʻlishi
  • BMTining har qanday ixtisoslashgan agentligiga aʼzo boʻlishi
  • BMT xalqaro sudining qonunlar toʻplamini tuzishda ishtirok etishi.

Mamlakat yoki mintaqa nomi oʻzgarganda yangi kod oladi va chegaralari oʻzgarganda esa raqamli kod oʻzgaradi. Baʼzi kodlar turli maqsadlar uchun zahiralangan, masalan, eskirgan kodlar zahiraga aylanadi.

ISO 3166-1 mamlakat kodlari uchun yagona standart emas. XOQ va FIFAning oʻz roʻyxati bor, mos ravishda XOQ kodlari roʻyxati va FIFA mamlakat kodlari roʻyxati bilan tanishing.

Kodlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

ISO 3166-1 mamlakatlarning toʻliq roʻyxati va ularga tayinlangan kodlari[1] ISO 3166/MA tomonidan ishlatiladigan mamlakatning inglizcha qisqa nomi boʻyicha alifbo tartibida keltirilgan:

Har bir mamlakatning alfa-2 kodi kod elementlarini tayinlash haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar bilan bogʻlangan.

Nomi alpha-2
kodi
alpha-3
kodi
numeric
kodi
Mustaqillik
Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston AF AFG 004 Ha
Aland orollari bayrogʻi Aland orollari AX ALA 248 yoʻq
Albaniya bayrogʻi Albaniya AL ALB 008 Ha
AQSH bayrogʻi AQSh US USA 840 Ha
Amerika Samoasi bayrogʻi Amerika Samoasi AS ASM 016 yoʻq
Andorra bayrogʻi Andorra AN AND 020 Ha
Angola bayrogʻi Angola AO AGO 024 Ha
Angilya bayrogʻi Angilya AI AIA 660 yoʻq
Antarktika AQ ATA 010 yoʻq
Antigua va Barbuda bayrogʻi Antigua va Barbuda AR ATG 028 Ha
Argentina bayrogʻi Argentina AR ARG 032 Ha
Armaniston AM ARM 051 Ha
Aruba bayrogʻi Aruba AW ABW 533 yoʻq
Avstraliya bayrogʻi Avstraliya AU AUS 036 Ha
Avstriya bayrogʻi Avstriya AT AUT 040 Ha

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Mamlakat nomlari va kod elementlari“. ISO. 2016-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-fevral.