Kontent qismiga oʻtish

Birlashgan Qirollik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(United Kingdomdan yoʻnaltirildi)
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
United Kingdom of Great Britain and Nothern Ireland1
ShiorDieu et mon droit
(Fransuzcha: Xudo va mening huquqim)
Madhiya: Xudo qirolni asrasin
Location of Birlashgan Qirollik
Poytaxt London
Eng katta shahar London
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Hamdoʻstlik
• Qirol
Charles III
Keir Starmer
Mustaqillik
• Angliya va Shotlandiya qirolliklar birlashishi
26 mart 1707
• Buyuk Britaniya va Irlandiya birlashishi
1-yanvar 1801
Maydon
• Butun
244,820 km2 (78-oʻrin)
• Suv (%)
1.34
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
59,553,800 (22-oʻrin)
• Zichlik 243/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$1,869,000 mil. (6-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$31,383
Pul birligi Funt sterling (GBP)
Vaqt mintaqasi UTC+0
• Yoz (DST)
UTC+1
Qisqartma UK
Telefon prefiksi 44
Internet domeni .uk, .gb, .co.uk

Buyuk Britaniya, Britaniya, (inglizcha: Great Britain) yoki Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (inglizcha: United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) – Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan. Gʻarbdan Atlantika okeani, sharqdan Shimoliy dengiz oʻrab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan koʻpincha Angliya deb ataladi. Maydoni 244,1 ming km2. Aholisi 68.081 million[1] kishi (2020-yil). Poytaxti – London shahri. Buyuk Britaniya yuqori rivojlangan davlat hisoblanadi. Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil boʻlgan 4 maʼmuriy siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya)dan iborat. Men va Normand orollari mustaqil maʼmuriy hudud hisoblanadi[2].

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk Britaniya konstitutsion monarxiya. Davlat boshligʻi qirol (qirolicha). Mamlakatning konstitutsiyasi yoʻq. 1215-yilgi Ulugʻ Erkinliklar partiyasi, 1679-yilgi Xabeas korpus akti, 1931-yilgi Vestminster statuta, 1969-yilgi Xalq vakilligi toʻgʻrisidagi akt va boshqa eng muhim parlament hujjatlari hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol (qirolicha) va parlament (u ikki palatadan iborat: Lordlar palatasi va Jamoalar palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat (vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi. Bosh vazirni qirol (qirolicha) tayinlaydi. Hukumat aʼzolari parlament aʼzolaridan boʻlishi kerak. Buyuk Britaniya tarkibidagi Angliya, Uels va Shotlandiya oʻzining sud tizimiga, mahalliy boshqaruv organlariga ega. Shimoliy Irlandiya maʼmuriy muxtoriyat huquqiga ega boʻlib, uni qirol (qirolicha) tayinlagan gubernator boshqaradi. Buyuk Britaniya oʻtmishda Britaniya imperiyasi tarkibida boʻlgan mamlakat va hududlarni birlashtiruvchi Hamdoʻstlikka boshchilik qiladi.

Birlashgan Qirollikning yer yuzasi asosan pasttekislik. Angliyaning shimoli-gʻarbi togʻlikdan, markazi va janubi-sharqi tekislik va seltepa pasttekisliklardan, Shotlandiyaning qirgʻogʻi egri-bugri, shimoliy qismi tor va chuqur Glen-Mor depressiyasi ikki qismga boʻlib turgan Shimoliy Shotlandiya togʻligidan iborat. Bu ikkala qismning janubida (Grampian togʻlari) mamlakatning eng baland choʻqqisi – Ben-Nevis (1343 m) koʻtarilib turadi. Grampian togʻlaridan janubida Shotlandiya pasttekisligi, undan janubroqda Janubiy Shotlandiya qiri (balandligi 842 m gacha) joylashgan. Ulardan gʻarbda Kamberlend togʻlari (Skofell togʻi, 978 m) qad koʻtargan. Janubga tomon orol kengaya boradi; bu yerda – Uels yarim orolning gʻarbida Kembriy tog'lari (Snoudon togʻi, 1085 m) bor. Angliyaning gʻarbiy qirgʻogʻida keng qoʻltiqlar (Liverpul, Kardigan, Bristol), markaziy va janubiy qismlarida pasttekisliklar (Shimoliy Sharqiy Feni, London havzasi, Midlend, Xempshir), qator asimmetrik tepalar (balandligi 200- 300 m) bor. Shimoliy Irlandiya ayrim kichik-kichik qirlardan (Antrim, Sperriin, Morn va boshqalardan) iborat.

Birlashgan Qirollikda foydali qazilmalar kam. Asosan temir rudasi va yuqori sifatli toshkoʻmir, tosh tuz, kaolin, ozroq miqdorda yonuvchi slanes qazib olinadi. Neft va rangli metall konlari mavjud. Shimoliy dengizning Birlashgan Qirollik qirtogʻi yaqinida tabiiy gaz konlari bor.

Birlashgan Qirollikda moʻtadil dengiz iqlimi xukmron; u seryogʻin, oʻzgaruvchan, tez-tez shamol boʻlib turadi. Janubi-gʻarbida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 7°, sharqda 3,5° gacha. Shimoli-gʻarbida yoz salqin, sernam, janubi-sharqda ancha iliq va quruq. Shimoliyda iyulning oʻrtacha temperaturasi 13°, janubi-sharqda 16,5°. London va uning atrofida temperatura yuz kun davomida 0°dan past, mamlakat sharqida baʼzan —18° gacha tushadi. Yogʻin yil davomida deyarli bir meʼyorda (kuz va qishda bir oz koʻproq) tushadi, janubi-sharqida yoz va kuzda koʻproq yogʻadi. Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya, Angliya bilan Uelsning togʻli joylarida yogʻin eng koʻp (1000-1500 mm, ayrim joylarda 3000 mm gacha) yogʻadi. Janubi-sharqda 600-750 mm dan oshmaydi. Bulutli kunlar koʻp, qishda tez-tez tuman (Londonda qishda 1 oyda 7—10 kun) tushadi. Daryolari koʻp, sersuv, lekin qisqa. Asosiy daryolari – Severn, Temza, Trent, Mersi, Klayd. Daryolar asosan yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Kuz va qishda toʻlib oqadi, yaxlamaydi, koʻpchiligi kema qatnaydigan kanallar bilan birlashtirilgan. Togʻlarida koʻllar koʻp. Ularning aksariyati muzlik va tektonik harakat natijasida paydo boʻlgan. Eng yirik koʻllari: LoxNey, LoxLomond, LoxNess. Shotlandiya shimolida togʻpodzol tuproq, togʻ tepalarida togʻtundra tuproq, pasttekisliklarda, shimoli-gʻarbda va shimolida chimli podzol tuproq, sharqiy sohilda va janubida qoʻngʻir oʻrmon, ayrim yerlarda chimlikarbonatli va unumdor allyuvial tuproqdar tarqalgan. Shimolida tayga va aralash oʻrmonlar (qaragʻay, dub, oq qayin), janubida keng bargli oʻrmonlar (dub, grab, shumtol) o'sadi. Oʻrmonlar Birlashgan Qirollik maydonining 9 % ida qolgan. Oʻtloqlar hamma joyda uchraydi. Togʻlarning yuqori mintaqalarida togʻ oʻtloqlari va torfzorlar bor. Oʻrmonlarda hayvonlar juda kam. Ochiq joylarda tulki, quyon, olmaxon, tipratikan, yer qazuvchi har xil sut emizuvchilar uchraydi. Qushlardan yovvoyi kaptar, shotland kakligi, oʻrdak, qizilishton, karqur va boshqa bor. Milliy bogʻlar, oʻrmon qoʻriqxonalari mavjud.

Aholisining 81,5 %i inglizlar. Uelslar yoki valliylar (1,9 %), shotlandlar (9,6 %), irlandlar (2,4 %) va boshqa xalqlar bor. Davlat tili va aholining ko'pchiligi gaplashadigan til – ingliz tili. Irlandlar, uelslar va gellarning bir qismi kelt tillariga kiradigan mahalliy tillarda gaplashadilar. Dindorlarning aksariyati protestantlar; aholisining bir qismi (shu jumladan irlandlar) katoliklardir. Aholining 90 %i shaharlarda yashaydi (1996). Yirik shaharlari: London, Birmingem, Glazgo, Liverpul, Manchester, Sheffild, Lids.

Hozirgi Birlashgan Qirollik hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikda kelt qabilalari – brittlar yashagan. Miloddan avvalgi Britaniya orollarining katta qismini rimliklar bosib oldi. V asrning ikkinchi yarmida anglosakslar mamlakatning talay qismini bosib olib, ilk feodal qirolliklar (Kent, Uesseks, Susseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) tuzishgan. IX-asr boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, „Angliya“ deb atala boshladi. Angliya 1016—42 yillarda normannlar (daniyaliklar) hukmronligida boʻlgan.

1066-yil Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan soʻng mamlakatda feodal yer egaligi paydo boʻlib, dehqonlarni tutqinlikka (krepostnoylikka) aylantirish avj oldi. X—XI asrlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo boʻla boshladi. XII—XIII asrlarda markazlashgan moliya va sud muassasalari yuzaga keldi. 1265-yil paydo boʻlgan Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi, hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo boʻldi. Angliya bilan Fransiya oʻrtasida boʻlib oʻtgan Yuz yillik urush (1337—1453) oqibatida soliqlarning koʻpayishi va 1348—49 yillardagi vabodan soʻng aholi ahvolining ogʻirlashishi Uot Tayler (1381) boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi. Qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchragan boʻlsada, dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki boʻldi. XV asrda Angliyada dehqonlarning tutqunligi batamom yoʻqotildi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va oʻrta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab boʻldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485—1603) qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning koʻpayishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xoʻjaliklari xonavayron boʻldi. XVI asrning 30-yillarida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qoʻyilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga boʻlib berildi. XVI asr 2-yarmi – XVII asr boshlarida Angliya hukumati mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, Shimoliy Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo boʻldi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya gʻolib chiqdi. XVI asr oxiridan boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi, styuartlar (Yakov I, 1603—25; Karl I, 1625—49) ichki va tashqi siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlar XVII asrdagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda gʻalaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar qishloq xoʻjaligi hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga toʻsiq boʻlib turgan gʻovlarni yoʻqotdi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga yoʻl ochdi. XVII-asr oxirida Birlashgan Qirollikda yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo boʻldi. XVIII-asr oʻrtalariga kelib manufaktura bosqichidan ishxona tizimiga oʻtish uchun sharoit yaratildi. XVIII-asrning 2-yarmida Birlashgan Qirollik hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib, hokim sinflarning 2 partiyasi – tori bilan vigi shakllandi. IXX-asr oʻrtalarida shu partiyalar asosida konservatorlar va liberallar partiyasi tashkil topdi.

XVII—XVIII-asrlarda Birlashgan Qirollik Hindiston, Shimoliy Amerikada yangi yerlar zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shimoliy Amerikadagi mustaqillik uchun boʻlgan urush (1775—83) natijasida Shimoliy Amerika mustamlakalari mustaqillikka erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi. XVIII-asr oxiri – IXX-asr boshlarida Birlashgan Qirollik inqilobga qarshi koalitsiyaning, keyinchalik Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoqning asosiy tashkilotchisi boʻldi. Fransiyaning magʻlubiyatidan Birlashgan Qirollik burjuaziyasi oʻz savdo-sanoati va mustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda foydalandi. Vena kongressi (1814—15) qarorlariga muvofiq, Malta, Seylon orollari, Janubiy Afrikadagi Kap mustamlakasi va boshqa hududlar Birlashgan Qirollikga oʻtdi. Mustamlaka xalqlarini talash hamda dehqonlarni yer mulkidan mahrum qilish evaziga sarmoya jamgʻarilib, sanoatda toʻntarish yasashga zamin tayyorlandi.

IXX-asrning 30-yillarida ishlab chiqarishning fabrika tizimi qaror topdi. 30—40-yillarda siyosiy jihatdan shakllangan ishchilar harakati – chartizm keng avj oldi. Birlashgan Qirollik hukumatining tashqi siyosati ingliz burjuaziyasining savdo-sanoat sohasidagi ustunligini mustahkamlash, mustamlakalarni koʻpaytirishga qaratildi. Birlashgan Qirollik Yangi Zelandiya, Birma, Janubiy Amerikadagi poyonsiz hududlarni bosib oldi, 19-asrning birinchi yarmiga kelib, Hindistonni zabt etishni tugalladi, Xitoy (1840-42, 1856-60) hamda Afgʻonistonga qarshi (1838—42, 1878—80) bosqinchilik urushlari olib bordi, Hindiston (1857—60), Irlandiya (1848—67 va boshqalar), Yamayka orolidagi (1832) milliy ozodlik qoʻzgʻolonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Xitoydagi Taypin qoʻzgʻolonini (1851—64) bostirishda ishtirok etdi. Qrim urushi tashabbuskorlaridan biri boʻldi. 1878-yil Kipr orolini, 1882-yil Misr, 1898-yil Sharqiy Sudanni, 1899—1902-yillarda Janubiy Afrikadagi bir qancha hududlarni zabt etdi.

XX-asr boshlariga kelib Birlashgan Qirollik iqtisodiy jihatdan AQSH va Olmoniyadan orqada qola boshladi. Birlashgan Qirollik bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyat Birinchi jahon urushini keltirib chiqardi. Urush oqibatida gʻolib mamlakatlar qatori Olmoniyaning Osiyo va Afrikadagi mustamlakalarini tortib olish hisobiga oʻz mustamlakalarini kengaytirishga erishdi. 20-yillarda Birlashgan Qirollik Xitoyga qarshi intervensiya uyushtirishda qatnashdi. 1929—1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Birlashgan Qirollik iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. 1938-yil Birlashgan Qirollik hukumati Myunxen shartnomasiga qoʻshilib, Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga yoʻl ochdi. 1939-yil 3-sentabrda Birlashgan Qirollik Olmoniyaga urush eʼlon qildi. Urush Birlashgan Qirollikning iqtisodiy va siyosiy mavqeini ancha pasaytirdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Birlashgan Qirollik mustamlakachilik imperiyasi tushkunlikka yuz tutdi. 1970-yillarning oʻrtalarida Birlashgan Qirollikning deyarli barcha mustamlakalari mustaqillikka erishdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Birlashgan Qirollik hukumatini navbatma-navbat leyboristlar (1945—51, 1964—70, 1974—1979) va konservatorlar (1951-64, 1970-74 va 1979-yildan) partiyasi boshqardi. Birlashgan Qirollik 1945 ydan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 18-fevralda oʻrnatgan. Milliy bayrami – Qirolicha tugʻilgan kuni (iyun oyining ikkinchi yoki uchinchi shanbasi).

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leyboristlar partiyasi, 1900-yil tuzilgan; Konservatorlar partiyasi, 1867-yil tashkil topgan; Liberal demokratlar partiyasi, 1988-yilda asos solingan; Uels millatchi partiyasi, 1925-yilda tuzilgan; Shotlandiya milliy partiyasi, 1928-yilda tashkil etilgan; Britaniya Kommunistax partiyasi, 1988-yilda B. B. Kommunistik partiyasining sobiq aʼzolari tomonidan tuzilgan; Soʻl demokratlar partiyasi, 1920-yil tashkil etilgan.

Eng yirik kasaba uyushma birlashmasi – Britaniya tredyunionlar kongressi, 1868-yil tuzilgan; Shotlandiya tredyunionlar kongressi, 1897-yil tuzilgan; Tredyunionlar umumiy federatsiyasi, 1899-yil tuzilgan; Uels tredyunionlar kongressi, 1973-yil tashkil etilgan.

Birlashgan Qirollik – iqtisodiy jihatdan rivojlangan yirik sanoatlashgan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 21 % ni sanoat, 1,8 % ni qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, 70,2 % ni xizmat koʻrsatish tarmogʻi beradi. 1 va 2-jahon urushlari orasida bir qancha sanoat tarmoqlari, xususan harbiy industriya bilan bogʻlangan kimyo, elektrotexnika va avtomobil sanoati bir qadar taraqqiy etdi. Ikkinchi jahon urushida Angliya iqtisodiyotiga katta putur yetdi: mamlakat milliy boyliklarining 1/4 qismi qoʻldan ketdi; sanoat ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajadan 25 % kamaydi, chet ellardagi kapitalining qariyb 1/4 qismini qoʻldan boy berishga yoki sotishga majbur boʻldi. Iqtisodiyotning harbiy izga tushirilishi koʻpdan-koʻp behuda harajatlarni keltirib chiqardi. Jahon sanoat ishlab chiqarishida 1948-yilda Birlashgan Qirollik ulushi 11,9 % edi, 1968-yilda 7,4 % ga tushib qoldi.

Birlashgan Qirollik eksportining 90 % ni sanoat taʼminlaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyin sanoat tuzilmasida katta oʻzgarishlar sodir boʻldi: konchilik, qora metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoati, shuningdek kemasozlik va avtomobilsozlik kabi tarmoklar ulushi kamaydi; energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining ulushi oshdi. Atom, elektron, aerokosmik, neftni qayta ishlash va neft kimyosi tarmoqdari katta ahamiyat kasb etdi. Mashinasozlik – sanoatning muhim tarmogʻi, avtomobil, samolyot, raketalar, kemalar, sanoat ishxonalari uchun kompleks asbobuskunalar, ilmiy apparatlar va asboblar, radio elektronika va elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish ayniqsa ajralib turadi. Traktorsozlik, stanoksozlik, neftni kayta ishlash, kimyo (plastmassa va sintetik smolalar, dori-darmonlar, maʼdanli oʻgʻit, boʻyoqlar, kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk, sulfat kislota ishlab chiqarish), toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning poyabzal tikish, tikuvchilik va boshqa tarmoqlari boʻyicha yirik ishxonalar mavjud. Mashinasozlik markazlarining koʻpchiligi Janubiy va Markaziy Angliyada joylashgan, ularning eng muhimlari – London, Birmingem, Koventri, Luton, Sheffild shaharlarida. Kora metallurgiyaning asosiy markazlari – Janubiy Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shimoliy Angliya va Shotlandiyada. Rangli metallurgiya ishxonalari – Midlend, Janubiy Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati ishxonalari Shim. Gʻarbiy Angliya va London atrofida joylashgan. Kimyo sanoati ishxonalari Katta London, Lankashir, Cheshir, Shimoliy dengiz va Bristol qoʻltigʻi sohillarida, toʻqimachilik sanoati ishxonalari Lankashir va Yorkshirda. Shimoliy dengizda katta neft va gaz zaxiralari mavjud. Birlashgan Qirollikda yiliga oʻrtacha 48,2 mln. tonna toshkoʻmir, 121,8 mln. tonna neft, 89,8 mlrd. m³ tabiiy gaz qazib olinadi, 304,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi (asosan issiqlik elektr stansiyalarida) hosil qilinadi, 17,5 mln. tonna poʻlat ishlab chiqariladi.

Qishloq xoʻjaligida mamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 2 % gina band. Birlashgan Qirollik qishloq xoʻjaligi intensivlik, mahsuldorlik va mexanizatsiyalashuvning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. U mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojining 75 %ini taʼminlaydi. Birlashgan Qirollikning asosiy tarmogʻi – chorvachilik. Birlashgan Qirollikda 12 mln. qoramol, 7,5 mln. choʻchqa, 41,5 mln. qoʻy, 131 mln. parranda bor. Dehqonchiliqda asosiy ekin – gʻalla. Qand lavlagi, kartoshka ham ekiladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Shimoliy dengiz va Atlantika okeanida baliq ovlanadi.

Birlashgan Qirollik laruzunligi 32 ming km. Asosiy temir yoʻl uzeli – London; undan 11 tomonga temir yoʻl ketgan. Birlashgan Qirollik larning zichligi jihatidan Yevropada Belgiyadan keyin 2oʻrinda. Ichki kjlarni tashishda avtomobil transporti 1oʻrinda. 368,8 ming km avtomobil yoʻli bor (1990-yillar oxirlari). Yoʻlovchilar tashishda havo transportining mavqei katta. Dengiz savdo flotining tonnaji 4,3 mln. tonna dedveyt. Eng yirik dengiz portlari: London, Sautgempton, MilfordXeyven, Xall, Immengem, Liverpul, Manchester va boshqa

Tashqi savdo mamlakat iqtisodiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega. Chetga chiqariladigan mahsulotning 90 % ni sanoat tarmogʻi beradi. Birlashgan Qirollik chetga mashina va uskunalar, transport jihozlari, ip va jun gazlamalar, kimyo mahsulotlari, neft mahsulotlari, oziq-ovqat, qoramol, poʻlat, toshkoʻmir chiqaradi. Chetdan temir ruda, rangli va nodir metallar, neft, fosforit, paxta, turli xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Tashki savdodagi asosiy mijozlari – Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSH, Yaponiya. Chet el sayyoxligi rivojlangan (1 yilda 12 mln. kishi kelib ketadi). Pul birligi – funt sterling.

Tibbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birlashgan Qirollik sogʻliqni saqlash tizimida 500 mingga yaqin oʻrinli kasalxonalar bor. 75 mingdan ziyod shifokor tibbiy yordam koʻrsatadi (1990-yillar oʻrtalari). Kasalxonalarda pulli oʻrin va palatalar mavjud. Shifokorlar 30 dan ortiq tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Birlashgan Qirollikda Brayton, Istborn, BognorRijis, Bornmut, Torki, Bat kabi kurortlar bor.

Maorifi va madaniy-maʼrifin muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birlashgan Qirollikda boshlangʻich va toʻliqsiz oʻrta taʼlim (5 dan 16 yoshgacha) majburiy. Boshlangʻich maktablarda 5 yoshdan 11 yoshgacha oʻqiladi. Oʻrta maktablar asosan 3 turga: 5—7 yillik grammatik maktablar, 5 (baʼzan 7) yillik texnika maktablari va 4 yillik zamonaviy maktablarga boʻlinadi. Oʻquvchilarning 65 % 16 yoshdan keyin taʼlimni kollej, universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlari va markazlarida davom ettiradi. Birlashgan Qirollikda 79 universitet, 40 ga yaqin politexnika kolleji bor. Eng kadimgi universitetlari Oksford (1167) va Kembrij (1209) untlaridir.

Eng yirik kutubxonalari: Britaniya muzeyi kutubxonasi, Shotlandiya Milliy kutubxonasi (3 mln. dan ortiq asar), Kembrij va Oksford untlarining kutubxonalari va boshqa Eng yirik muzeylari: Britaniya muzeyi (1753). Milliy galereya (1824), Teyt galereyasi (1897), Shotlandiya Kirollik muzeyi (1854) va boshqa

Ilmiy muassasalarn. B. B. fani taraqqiyotida Oksford (1167) va Kembrij (1209) universitetlari katta ahamiyatga ega. 1662-yilda London Qirollik jamiyati tashkil topdi. Bu jamiyat Birlashgan Qirollik fanini, ayniqsa tabiat fanlarini taraqqiy ettirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. 1675-yil Grinvichda Birlashgan Qirollikning astronomiya sohasidagi asosiy ilmiy muassasasi – Qirollik rasadxonasi ochildi. 1945-yildan boshlab ilmiy tadqiqot markazlari kupaya bordi. 1990-yil oʻrtalarida 50 ga yakln universitet va kollejlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Xususiy sanoat laboratoriyalari hamma tadqiqot ishlarining yarmidan koʻpini bajaradi. Koʻp firmalarda (500 dan ortiq kishi ishlaydi) ham tadqiqotlar olib bori l ad i. Kooperativ tadqiqot assotsiatsiyalari urushdan keyingi yillarda ikki baravardan koʻproq ortdi. Davlat tadqiqot institutlari va markazlari ham mavjud. 1954-yilda yadro fizikasi va energetika muammolarini tadqiq qiluvchi bir nechta davlat institutlari tashkil topdi. Mikrobiologiya, kvant elektronikasi, radioastronomiya va boshqa sohalarga oid tadqiqot olib boradigan ilmiy markazlar tuzildi. Birlashgan Qirollikning yirik ilmiy muassasalari: Tabiat toʻgʻrisidagi bilimlarni rivojlantirish boʻyicha London Qirollik jamiyati, Grinvich rasadxonasi, Qirollik sanʼat akademiyasi, Britaniya akademiyasi, Birlashgan Qirollik Klrollik instituti, Angliya va ingliz tili toʻgʻrisidagi bilimlarni yoyish boʻyicha Britaniya kengashi (hammasi London shahrida), Edinburg qirollik jamiyati.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

B. B.da juda koʻp gaz. va jurnallar nashr etiladi. Eng muhimlari: „Gardian“ („Posbon“, kundalik gazeta, 1821-yildan), „Deyli meyl“ („Kundalik pochta“, kundalik gazeta, 1896-yildan), „Deyli star“ („Kundalik yulduz“, kundalik gazeta, 1978-yildan), „Tayme“ („Vaqt“, kundalik gazeta, 1785-yildan), „Vumen“ („Ayol“, xotinqizlar uchun suratli haftanoma, 1932-yildan) va boshqa Birlashgan Qirollikda Press Assoshieyshn (ichki axborot toʻplashga va ommalashtirishga ixtisoslashgan yetakchi axborot agentligi, 1868-yilda asos solingan), Reyter (xalqaro axborot tarqatishga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik axborot agentliklaridan biri, 1851-yilda tashkil etilgan; asoschisi Paul Yulius Reyter nomi bilan ataladi) matbuot agentliklari bor.

Birlashgan Qirollikda radioeshittirishlar 1922-yildan, telekoʻrsatuvlar 1936-yildan olib boriladi. Birlashgan Qirollikda 400 ga yaqin radiostansiya, 180 ga yaqin asosiy va 400 dan ortiq yordamchi telestudiyalar mavjud. Britaniyaning yetakchi radioeshittirish va telekursatuv korporatsiyasi – „British Brodkasting Korporeyshn“ – Bibisi 1922-yilda tashkil etilgan.

Ingliz adabiyoti 5—6-asrlarda vujudga kela boshlagan. 5—11-asrlarda anglosaks shevalarida xalq naqllari va qushiqlari yaratildi, ular asosida „Beovulf“ qahramonnomasi vujudga keddi. Birlashgan Qirollikni normannlar zabt etgach (11-asr), yuqori tabaqa kishilari orasida fransuz tili rasm bulib qoldi, adabiyot fransuz, lotin va ingliz tillarida rivojlandi. 14-asrning ikkinchi yarmiga kelib, oʻrta ayerlar Birlashgan Qirollik adabiyoti yuqori bosqichga koʻtarildi. Monarxiya davlatining mustahkamlana borishi bilan Birlashgan Qirollik adabiyoti milliy harakter kasb etdi. Ritsarlik romani anʼanalari davom etishi bilan bir qatorda U. Leglendning „Qoʻshchi Pyotr haqida tush“ poemasi, J. Choserning „Kenterberi hikoyalari“da ezilgan dehqonlarning feodal zulmiga qarshi harakatlari, ijtimoiy guruhlar hayoti realistik aks etdi. Uygʻonish davri Birlashgan Qirollik adabiyotida barcha janrlar taraqqiy etdi. Buyuk gumanist, utopist sotsialist T. Morning „Utopiya“ romani, F. Sidney sonetlari, E. Spenser sheʼrlari yuzaga keldi. „Yakov IV“, „Jorj Grin Vekfild dalasi qorovuli“ (Robert Grin), „Ulugʻ Temur“, „Doktor Faustning fojiali tarixi“, „Malta yahudiysi“ (Kristofer Marlo) kabi tarixiy tragediyalar yaratildi. Uygʻonish davri Birlashgan Qirollik adabiyotining yuqori bosqichi V. Shekspir ijodi bilan uzviy bogʻliqdir. Salaflaridan farqli ravishda Shekspir yangi – burjua davri kishisi harakteridagi ziddiyatlarni, maʼnaviy oʻzgarishlarni, shaxs bilan muhit orasidagi nomuvofiqlikning asoslarini tasvirladi. Adibning ijtimoiy falsafiy tragediyalari („Hamlet“, „Otello“, „Qirol Lir“, „Makbet“) Yevropa adabiyotida keskin burilish yasadi. Uygonish davrining soʻnggi vakili J. Miltonning qator epik dostonlari va „Samson kurashchi“ tragediyasida barokko uslubi namoyon boʻldi.

18-asr ingliz maʼrifatchilik adabiyoti uchun jamiyat demokratik tabaqalari manfaatlarini yoqlab, ilgʻor gʻoyalarni targʻib qilish xosdir. Bu davrda sheʼriyat, dramaturgiya rivojlandi, roman yetakchi janrga aylandi. J. Svift burjua jamiyati illatlarini achchiq satira ostiga oldi („Gulliverning sayohatlari“), D. Defo insonning kuch-qudrati, zoʻr irodasi, tabiatni buysundiruvchi mehnatini madh etdi („Robinzon Kruzo“). 19-asr Birlashgan Qirollik adabiyotidagi asosiy adabiy yoʻnalishlar romantizm va tanqidiy realizmdir. Reaksion romantiklar (V. Vordsvort, S. T. Kolrij, R. Sauti) feodal tartiblarni qayta tiklashga urinsalar, ilgʻor romantiklar (J. Bayron, P. Shelli) burjua voqeligidan norozi holda, kelajakda adolatning tantana qilishiga ishonch bildirdilar. V. Skottning „Puritanlar“, „RobRoy“, „Ayvengo“ kabi romanlarida mehnatkash xalqning oʻtmishi, urfodati, siyosiy kurashlari oʻz ifodasini topdi. Ch. Dikkens („Oliver Tvist“, „Dombi va uning ugli“), V. Tekkerey („Snoblar kitobi“, „Shuhratparastlar yarmarkasi“) jamiyatdagi qabohatlarni fosh etdilar. 19-asrning oxiri Birlashgan Qirollik adabiyotida realizm bilan bir qatorda dekadentlik, naturalizm, neoromantizm oqimlari paydo boʻldi.

19-asrning oxiri, 20-asrning boshidagi realistik yozuvchilar tahqirlangan oddiy kishining qadrqimmatini himoya qildilar (M. Garkness, U. Marris, S. Batler, E. Voynich, T. Gardi). 20-asr tanqidiy realizmning rivojida B. Shou, J. Golsuorsi ijodi muhim bosqich boʻldi. 20-asrning ikkinchi yarmida dekadentlik va boshqa reaksion oqimdagi yozuvchilar (E. Garv, D. Untli, L. Kuper) ijodi inqirozga uchradi, ularning ayrimlari mustamlakachilik siyosatidan yuz oʻgirib, voqelikni toʻgʻri koʻrsatishga intildilar (J. Osborn, K. Emis, D. Ueyn), taraqqiyparvar adiblar (A. Sillitou, S. Chaplin, S. Barstou) ijodi rivojlandi.

Birlashgan Qirollik adabiyotining eng yaxshi namunalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan: V. Shekspirning pyesalari, J. Sviftning „Gulliverning sayohatlari“, D. Defoning „Robinzon Kruzo“, E. Voynichnint „Soʻna“ romanlari va boshqa

Birlashgan Qirollikda misjez davriga mansub ibtidoiy meʼmoriy yodgorliklar (Stonxenj – megalit inshooti) va oʻrta asrda qurilgan Vinchester, Norij va boshqa ibodatxonalar mavjud. Meʼmorlikning rivojlanishi quyidagi davrlarga boʻlinadi: roman (11— 12-asrlar); gotika (12—15-asrlar, Dergem, Linkoln, Solsberi, York, Uels shaharlaridagi ibodatxonalar); uygonish davri (15—16-asrlar, bu davrda shahar va qishloklarda hashamatli turar joy binolari koʻproq qurildi); klassitsizm (K. Ren, J. Gibbs, U. Cheymbers, R. Adam, U. Kent kabi mashhur meʼmorlar yetishib chiqsi); eklektikamodern (19-asr), binolarning ichiga har xil bezaklar berish, temir, beton va oynadan foydalanish („Billur saroy“, J. Pakston, 1851 va boshqalar) avj oldi. 19-asr oxiri, 20-asr boshlarida shaharlar qurish („bogʻshahar“, „yoʻldoshshahar“ – E. Govarx, R. Envin kabi meʼmorlar), maktab, turar joy, maishiymaʼmuriy binolar qurilishi (F. Uebb, N. Shod, Voyzi, Makintosh va boshqa meʼmorlar) kjsaldi. 20-asr boshlarida abstrakt funksionalizm hukm surdi. Urushdan keyingi yillari butun Yevropa boʻylab bu oqim inqirozga uchradi va boshqa („formalistik“ va „yangi brutalizm“) oqimlar bilan almashdi. L. Dreyk, D. Lesden, R. Metyu, L. Martin, G. Uinteringxem, J. Modeli kabi meʼmorlar zamonaviy meʼmorlikning rivojlanishiga hissa qoʻshdilar.

Tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

7— 12-asrlarda yaratilgan Vinchester maktabiga mansub anglonormann miniatyuralari, tosh oʻymakorligi, keltlarning naqshli miniatyuralari saqlanib qolgan. 12-asrga mansub ibodatxonalarda haykalchalar oʻrnatilgan, devorlariga naqsh va gullar solingan. 16-asr rassomligida portret salmoqli oʻrin tutdi. X. Xolbeyn, N. Xilliard, A. Oliver kabi rassomlar bu sohada barakali ijod qilishdi. P. Leli, G. Neller, A. Van Deyk kabi rassomlar noziknihol aristokratlar portreta tipini, S. Kuper, J. Rayli kabi miniatyurachi rassomlar realistik portret sanʼatini yaratdilar.

18-asr birinchi yarmida paydo boʻlgan Angliya milliy rassomlik maktabining asoschisi Vilyam Xogartdir. U oʻsha davr Angliya jamiyatining turli tabaqa vakillari hayotini real tasvirladi. 18-asr ikkinchi yarmida ijod etgan J. Reynolds, T. Geynsboro, G. Rebyorn kabi rassomlar kishilarning histuygʻularini haqqoniy ifodalovchi portretlar yaratdilar. Shu davrda milliy manzara janri (T. Geynsboro, J. Krom) paydo boʻldi.

19-asr birinchi yarmida realistik manzara janri rivojlandi. Peyzaj asarlarida sanoat ishxonalari bilan toʻla shaharlar, koʻmkoʻk maysazor dalalar, oʻrmonlar, qishloq manzaralarini tasvirlashga keng oʻrin beriladi. Bu davrda J. Konstebl novator sifatida shuhrat qozondi. D. Rossetti, M. Braun, X. Xant, E. ByornJons kabi rassomlar esa, oʻtgan zamonni qoʻmsab oʻrta asr qoʻl mehnati (badiiy hunarmandlik ishxonalari, kitob bezaklari)ga qaytishni targʻib qildilar. 19-asr oʻrtalaridagi realistik sanʼat X. Xerkomer, S. Xeyden asarlarida namoyon boʻldi.

19-asr oxiri, 20-asr boshlarida syurrealizm, abstraksionizm kabi oqimlar paydo boʻldi. Bu sanʼat M. Smit, U. Lyuis, X. Mur va boshqa rassomlar ijodida oʻz ifodasini topdi. 20-asrning yirik realist rassomlari F. Brengvin, O. Jon, U. Orpen, P. Xogart, L. Bredshou, K. Rou, E. Midldich, D. Grivzlar oʻz asarlarini insonning mehnat faoliyatiga, tinchlik va adolat uchun kurash mavzulariga bagʻishlagan.

Birlashgan Qirollik musiqasi qad. kelt qabilalari musiqa madaniyati zaminida tashkil topdi. Bardlar deb atalgan xalq qoʻshikchilari ijodida ballada (doston qoʻshigʻi) asosiy oʻrin egalladi. Xristianlik tarqalishi bilan birga professional musiqa ijodiyoti (cherkov aytimlari, organ ijrochiligi) rivoj topdi. Birlashgan Qirollik polifonik musiqasining ilk namunalari 11 —12-asrlarda paydo boʻldi. Bular J. Dansteybl (15-asr) ijodida rivojlandi. Uygʻonish davrida dunyoviy musiqa janrlari (madrigal, lyutnya va klavesin kuylari, teatr spektakli intermediyalari) tashkil topdi. 16-asrda U. Byord, T. Uilks, J. Uilbi, J. Bull, O. Gibbone Birlashgan Qirollikning mashhur kompozitorlari boʻlishdi. 17-asrning oxirida G. Pyorsellnit „Didona va Eney“ birinchi milliy operasi maydonga keldi. 18-asrda Birlashgan Qirollikda G. Gendel, I. K. Bax, Y. Gaydn, M. Klementi yashab ijod etdilar. Musiqa muassasalari („KoventGarden“) va Qirollik musiqa jamiyati, musiqa nashriyotlari barpo etildi.

19-asr oxirida ingliz kompozitorlik maktabiga asos solindi. Operalar yaratila boshladi. Ingliz musiqasi jahon musiqa madaniyatida koʻzga koʻrinarli oʻringa chiqdi. Kompozitorlardan Eduard Elgar, R. VoanUilyams, Benjamin Britten bunda katta rol oʻynadilar. Londondagi Qirollik musiqa akademiyasi Birlashgan Qirollikning asosiy musiqa oʻquv yurtidir; Albertxoll, RoyyalFestivalxoll, shuningdek, 1967-yilda ochilgan Elizabeth nomidagi konsert zallari ingliz konsert hayotining yirik markazidir. Estrada tomoshalari Londondagi Palladiumda qoʻyiladi. Mashhur „Bitlz“ ansambli rokmusiqa rivojiga katta hissa qoʻshdi. Bibisi simfonik orkestri, London simfonik orkestri, „Yangi filarmoniya“ simfonik orkestri olamga mashhur. Dirijyorlar J. Barbirolli, A. S. Boult, G. Vud, pianinochilar J. Mur, M. Limpani, J. Ogdon, J. Lill, skripkachilar A. Kampoli, G. Temyanka va boshqa 20-asrning atoqdi musiqachilaridir.

Birlashgan Qirollik teatri kurtaklari inson turmushi va mehnati bilan bogʻliq oʻyinlar va urf-odatlardan boshlanadi. Oʻrta asrlarda hukm surgan diniy drama keyinchalik dunyoviy mazmun kasb eta boshladi. XVI asrdan Kuchma professional teatrlar yuzaga kelib, Uygʻonish davrining insonparvarlik gʻoyalarini ifodaladi (dramaturglar K. Marlo, T. Kid, J. Lili, U. Shekspir). XVI asr oxiri – XVII asr boshi Birlashgan Qirollik teatrining „oltin davri“ boʻldi. Bu davrda 3 xil teatr boʻlgan: havaskor hunarmandlar teatri, „maktab“ havaskorlari teatri, professional teatr. XVIII asrga kelib, teatr maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qildi, shu davrda Londonda ikki teatr („DruriLeyn“, „KoventGarden“) asosiy oʻrinni egalladi. XIX asr dramaturgiyasi romantizmdan realistik qarashlarni qaror toptirishga oʻtdi. Londonda „Old Vik“ teatri (1818), StratfordonEyvon shahrida Shekspir yodgorlik teatri (1879, 1961-yildan Kirollik Shekspir teatri), „Mustaqil teatr“ (1891) vujudga keldi. Ijrochilikda tabiiylik, sahnaviy ansambl uchun, Shekspir ijodini tiklash uchun kurash boshlandi. Birlashgan Qirollik teatrida sahnaviy realizm „Kort“ teatri (XX asr boshi) faoliyatida qaror topdi. Unda B. Shou va G. Ibsenning realistik pyesalari qoʻyildi. XX asrning 30—40-yillarida teatrlar repertuari B. Pristli asarlari bilan boyidi. J. Osbornning „Nafratlansang, orqaga qayrilib qara“ pyesasi (1956) „jahldor yigitlar“ dramaturgiyasini boshlab berdi. 1963-yil Londonda Milliy teatr ochildi. Artistlar P. Skofild, L. Olivye, V. Li, P. O.’Tul, D. A. Xilgut, R. Richardson, rejissorlar P. Bruk, P. Xoll, J. Litlvud Birlashgan Qirollik teatrining atoqli namoyandalari hisoblanadi. Birlashgan Qirollikdagi teatr oʻquv yurtlari: Qirollik drama sanʼati akademiyasi (1904-yildan), Bristol universitetining teatr fakulteti.

Birlashgan Qirollikda teatr raqsi oʻrta asr oxirlarida vujudga keldi. Londonda tashkil etilgan Qirollik musiqa akademiyasi (1720) balet taraqqiyotida katta rol oʻynadi. Birlashgan Qirollikda „Qirollik baleti“, „Balle Ramber“, „Londone festival balle“, „Uestern tiyetr balle“ kabi balet truppalari bor.

Birlashgan Qirollik sirki XVIII asrda laydo boʻlib, F. Astley (1742—1814) ijodida yuqori pogʻonaga koʻtarildi. U ot oʻynatuvchilar maktabiga asos soldi, sirkning keyingi taraqqiyotida A. Dyukro, J. Sanjer, B. Milslar katta rol oʻynadi. Birlashgan Qirollikda yezda koʻchma sirklar ishlaydi.

Birlashgan Qirollikda kino ishlab chiqarish 1896-yildan boshlandi. 1929-yil birinchi tovushli film „Tovlamachilik“ yaratildi. Shu yili hujjatli filmlar maktabi vujudga keldi. A. Kordaning 1932-yilda tashkil etgan „London filme“ firmasi Birlashgan Qirollik va chet el kino arboblari ishtirokida birmuncha yuqori saviyali filmlar yaratdi („Pigmalion“, rejissor A. Askvit, „39 qadam“, rejissor A. Xichkok kabi). Ikkinchi jahon urushi davrida yaratilgan filmlarda („Magʻrur vodiy“, rejissor P. Tennisson, „Pastor Xoll“, rejissor R. Boulting, „Yongʻinlar boshlandi“, rejissor X. Jennings) ilgʻor tamoyillar kuchaydi. Urushdan soʻng ingliz klassiklari asarlarini ekranlashtirish avj oldi. ["Hamlet" (1947), „Richard III“, rejissor L. Olivye, „Oliver Tvist“, rejissor D. Lin kabi]. Hujjatli filmlar ishlab chiqarishda „Ozod kino“ guruhi samarali ish qildi (195659). 60-70-yillarga oid „Oʻziga xos ishq“ (rejissor J. Shlezinger), „Yolgʻonchi Billi“, „Sportchilar hayoti“ (rejissor L. Anderson), „Qanday saodatli kun edi“ (1972), „Bayram asnosida“ (1975) kabi filmlarda xalq hayotini haqqoniy aks ettirish, murakkab, ziddiyatli harakterlar yaratishga intilish sezildi. V. Li, A. Ginness, D. Bogard, R. Harris, A. Finni, P. Finch, R. Tashingem Birlashgan Qirollik kinosining mashhur artistlaridir.

Oʻzbekiston – Birlashgan Qirollik munosabatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Buyuk Britaniya“. The World Factbook. CIA. 7-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2011-yil. (Wayback Machine saytida 7-yanvar 2019-yil sanasida arxivlangan)(ingl.)
  2. „Buyuk Britaniya haqida maʼlumot“. 2021-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-may.