Kontent qismiga oʻtish

Nigeriyada Ahmadiya ta'limoti

Vikipediya, erkin ensiklopediya

 

Ahmadiya harakatining ramziy belgisi
Ahmadiya harakatining dunyo b`ylab tarqalish darajasi (qancha toʻq boʻlsa, shuncha koʻproq odamni qamrab olgan)
Ahmadiya harakati (taʼlimoti) tarqalgan mamlakatlar
Davlatlar
Afrika

JazoirAngolaBeninBotsvanaBurkina FasoBurundiKamerunKabo-VerdeMarkaziy Afrika RespublikasiChadKomor orollariKot-d’IvuarKongo DRKongo RespublikasiJibutiMisrEkvatorial GvineyaEritreyaEfiopiyaGabonGambiyaGanaGvineyaGvineya-BisauKeniyaLesotoLiberiyaLiviyaMadagaskarMalaviMaliMavritaniyaMavrikiyMarokashMozambikNamibiyaNigerNigeriyaRuandaSenegalSeyshel orollariSyerra-LeoneSomaliJanubiy AfrikaSudanSvazilendTanzaniyaTunisUgandaZambiyaZimbabve

Osiyo

AfgʻonistonBahraynBangladeshButanBruneyBirmaKambodjaXitoyGonkongHindistonIndoneziyaIroqEronIsroilIordaniyaQozogʻistonKoreyaQuvaytQirgʻizistonLaosLivanMalayziyaMaldiv orollariMoʻgʻulistonNepalUmmonShimoliy KoreyaPokistonFalastinFilippinQatarRossiyaSaudiya ArabistoniSingapurJanubiy KoreyaShri-LankaSuriyaTayvanTojikistonTailandKurkaTurkmanistonBirlashgan Arab AmirliklariOʻzbekistonVetnamYaman

Yevropa

AlbaniyaAndorraArmanistonAvstriyaOzarbayjonBelarusBelgiyaBosniya va GertsegovinaBolgariyaXorvatiyaKiprChexiyaDaniyaEstoniyaFinlandiyaFransiyaGruziyaGermaniyaGretsiyaVengriyaIslandiyaIrlandiyaItaliyaJersiKosovoLatviyaLixtenshteynLitvaLyuksemburgMaltaMoldovaMonakoChernogoriyaNiderlandiyaShimoliy MakedoniyaNorvegiyaPolshaPortugaliyaRuminiyaRossiyaSan-MarinoSerbiyaSlovakiyaSloveniyaIspaniyaShvetsiyaShveysariyaUkrainaBirlashgan Qirollik

Amerika

Antigua va BarbudaBarbadosBelizBraziliyaKanadaChiliKolumbiyaKosta-RikaKubaDominikaDominik RespublikasiEkvadorSalvadorGvatemalaGayanaGaitiGondurasYamaykaMeksikaNikaraguaPanamaParagvayPeruSurinamTrinidad va TobagoQoʻshma Shtatlar

Okeaniya

AvstraliyaSharqiy TimorFijiKiribatiMarshall orollariMikroneziyaNauruYangi ZelandiyaPalauPapua-Yangi GvineyaSamoaTongaTuvaluVanuatu

Ahmadiya — Londondagi xalifa boshqaruvidagi Nigeriyadagi islomiy boʻlim.[1][2] Tashkilot aʼzolari asosan Gʻarbiy Nigeriyada joylashgan.

Ijtimoiy xizmat koʻrsatish sxemasi doirasida harakat Lagosning Apapa va Ojokoro shaharlarida joylashgan oʻntagacha maktab va ikkita kasalxona qurdi.[3]

Nigeriya Federativ Respublikasi
ShiorUnity and Faith, Peace and Progress
Madhiya: Arise O Compatriots, Nigeria's Call Obey
Location of Nigeriyada Ahmadiya ta'limoti
Poytaxt Abuja
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Muhammadu Buhari
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
1-oktabr 1960
Maydon
• Butun
923,768 km2 (32-oʻrin)
• Suv (%)
1.4
Aholi
• 2016-yilgi roʻyxat
185,989,640 (7-oʻrin)
• Zichlik 197/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$132,900 mil. (55-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$1,032
Pul birligi Naira (NGN)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+1
Qisqartma NI
Telefon prefiksi 234
Internet domeni .ng


Tashkil etish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmadiya Harakati Britaniya Hindistonida islomiy islohotchi va tasavvufchi Mirzo Gʻulom Ahmad tomonidan asos solingan boʻlib, u 1891-yilda oʻzini paygʻambar, mujaddid („yangilovchi“) va musulmonlar kutgan Masih yoki Mahdiy ekanligini daʼvo qilgan.

Ahmadiya Harakati rasman 1916-yilda Lagosda tashkil etilgan, biroq Ahmadiyaning Nigeriyaga qanday kelgani haqida bir necha, garchi qarama-qarshi boʻlmasa-da, versiyalar mavjud. Bir maʼlumotga koʻra, 1913-yilda Hamid ismli maktab oʻqituvchisi tomonidan asos solingan. U Qodiyondagi Ahmadiya harakati tomonidan asos solingan „Review of Religion“ jurnalini koʻrib qolib, ular bilan muloqot qila boshlagan. Boshqa bir versiyaga koʻra, lagoslik tadbirkor Alhoji Ali Fahm 1914-yilda Misrga borib, Ahmadiya adabiyotining nusxalarini Nigeriyaga olib kelib oʻrgangach, u va uning baʼzi doʻstlari Harakatning Qodiyondagi shtab-kvartirasiga harakatiga aʼzo boʻlish niyatida xat yozishgan. Alhaji Imron Adewuyi Onibudo 1914-yilda bay’at (bay’at) qabul qilganini daʼvo qilganlardan biri edi.[4][5]

Jamiyatning koʻplab kashshof aʼzolari Lagosdagi Musulmon Adabiy Jamiyati bilan bogʻlangan boʻlib, unga afro-braziliyalik Muhammad Basil Agusto rahbarlik qilgan. Agusto musulmonlar uchun qisqa muddatli maktab ochgan va musulmon jamoatida Gʻarb taʼlimi haqida xabardorlikni yaratishga qiziqish bildirgan.[6] 1916- va 1919-yillar orasida Agusto guruhning asosiy rahbari edi[7]. U Qadiyondan soʻraganlarini toʻldirish uchun oʻz risolalarini nashr etdi. Harakat yigʻilishlari, asosan, uning shaxsiy qarorgohida oʻtkazildi. Agusto 1919-yilda koʻplab afro-braziliyaliklarning harakatga kirishiga ham taʼsir qilgan boʻlishi mumkin. 1919-yilda u birinchi prezident etib tayinlandi va uning oʻrniga Jibril Martin[8] Agusto huquqshunoslik diplomini olish uchun Londonga borganida oʻrinbosar boʻldi. Londonda u Lahor fraksiyasi bilan tanishdi va oxir-oqibat Ahmadiya harakatini tark etdi. 1924-yilda Nigeriyaga qaytgach, oʻzining „Nigeriya Islom jamiyati“ guruhini tuzdi.[7]

1920—1940-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshida Ahmadiy musulmonlariga pravoslav musulmonlar eʼtiroz bildirishdi. Ruhoniy Adamu Animashaun harakatga hujum qilish uchun oʻzining bosma mashinasidan foydalangani aytiladi. Ahmadiylarga qaratilgan doimiy taʼqib 1921-yilda aʼzolarga hujumga sabab boʻlgan deb daʼvo qilinadi. Animashaun va boshqa musulmonlar Ahmadiylarga qarshi jangovar harakatlarni qoʻzgʻatganlikda aybdor deb topildi va uch oylik qamoq jazosiga hukm qilindi, shundan soʻng aʼzolarga qarshi jismoniy qarama-qarshilik toʻxtatildi.[8]

Lagosdagi nasroniylar va musulmonlar oʻrtasidagi taʼlimdagi tafovutni yoʻqotish ushbu ikki din aʼzolari orasida ularning birlashtiruvchi manfaatlaridan biri edi. Harakat tarafdorlari gʻarb taʼlimini qabul qilgan ilk lagosiyaliklardan boʻlgan. Ulardan ikki taniqli aʼzo Jibril Martin va Muhammad Agusto Nigeriyadan kelgan kashshof musulmon huquqshunoslari boʻlsa, yana bir aʼzo Abdul Hamid Saka Tinubu esa mamlakatdagi eng birinchi oʻqitilgan musulmon shifokori edi. Taʼlimga boʻlgan qiziqishini oshirish uchun 1922-yilda harakat Elegbeta, Lagos oroli, Lagos shahrida boshlangʻich maktabni tashkil etdi.[9]

Maktab tashkil etilishidan avval 1921-yilda Hindistondan Ahmadiy muallim olish soʻrovi qoʻyilgan edi, mustamlakachi Hindistondagi Ahmadiya harakatining vakili va Gʻulom Ahmad[7]ning safdoshi boʻlgan Mavlana Abdurrahim Nayyor mas’ul missioner sifatida Nigeriyaga yuborilgan. Mustamlaka maʼmurlari dastlab besh guruhga boʻlingan Lagosdagi zaif musulmon jamiyati, Lemomu guruhi, Qur’on guruhi, Ahmadiylar, Jamoat partiyasi va Ogunro guruhida Nayyar borligiga shubha bilan qarashgan. Nayyar Qur’onda yozilgan urf-odatlarga va mustamlaka hukumati qonunlariga rioya qilishni targʻib qilish uchun Lagosga kelgani haqida intervyu berganidan soʻng, shubhalar barham topdi.[7] U oʻzining birinchi maʼruzasini Ahmadiy boʻlmagan Shitta Bey masjidida oʻqidi va harakatga yangi aʼzolarni jalb qilishda faol ishtirok etdi. Nayyar (Okepopo va Aroloyada joylashgan Qur’on guruhi bundan mustasno) boshqa fraktsiyalarga kirmadi.[9] Ahmadiya bilan birlashish toʻgʻrisidagi kelishuvdan soʻng Qurʼon guruhidan Imom Dabiriy bosh imom etib saylandi. Dabiri 1930-yillarda Imom Ajosega oʻrnini boʻshatib berdi.

Nayyarning Lagosda boʻlishi Ebutte-Meta va Epeda qoʻshimcha filiallarning tashkil etilishi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Harakat faoliyati 1921-yilda Yabada boshlandi va ikki yil ichida aʼzolar Ibadan, Kano va Zariada missiyalarini tashkil qilishdi.[9] Ado-Odo, Otta, Ijede va Ondoga kengaytirish 1930-yillarning oʻrtalarida yakunlandi.[9]

1933-yildan 1940-yilgacha boʻlgan davrda ichki nizolar missiyaning ikkiga boʻlinishiga olib keldi. Bir guruh Imom Ajosega sodiq boʻlgan va boshqa bir guruh Imom Ajose oʻrniga bosh imom boʻlishga intilgan pokistonlik va xalifa vakili FR Hakimga sodiq edi. Nayyorning yumshoq xulq-atvoridan farqli oʻlaroq, Hakim Ahmadiylarning ishlariga qattiq aralashgan va uning mavjudligi guruhda nizo keltirib chiqargan.[7] Bu guruh Imom Ajoseni qurshab oldi va mahalliy muxtoriyatga intildi, Hakim esa Ahmadiy taʼlimotlariga qatʼiy rioya qilishni xohlardi. Xalifa Ajose guruhini tan olishdan voz kechdi va 1940-yilda Hakim boshchiligidagi Ahmadiya musulmonlari missiyasi Xalifaning koʻmagi bilan mamlakatda rasman ochildi.[9]

1940—1970-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boʻlinishdan soʻng, ikkala guruh ham Yoruba musulmon jamoalari ichida, shuningdek, Etsako, Edo shtati va Nasaravadagi musulmonlar orasida aʼzolarga ega boʻldi. Egbado boʻlinmasida mahalliy mahsulot sotuvchining qoʻllab-quvvatlashi Ilaroda missiyaning tashkil etilishiga olib keldi. Shaharning Sabo massividan yer olib, bu yerda bolalarga juma namozi va Qur’on darslarini oʻtkazish uchun masjid qurildi. Ushbu guruhning prozelitizm faoliyati Abeokutadagi yosh missiyani kuchaytirdi.[9]

Idumagboda joylashgan missiya uyi 1945-yilda qurib bitkazildi va 1951-yilda missiya harakat ideallarini targʻib qilish uchun haftalik „Haqiqat“ axborot byulleteni tarqatishni boshladi.

1970-yildan — hozirgi kun

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1970-yilda uchinchi Xalifa Mirzo Nosir Ahmad mamlakatga tashrif buyurdi, unga Lagosda general Govon mezbonlik qildi. Ahmad harakat tomonidan boshqariladigan taʼlim va tibbiyot muassasalarini kengaytirish uchun ijtimoiy xizmat dasturini ochdi. U 1980-yilda qaytib keldi, bu safar nafaqat Lagos, Ilaro va Ibadandagi aʼzolar bilan, balki Benin va Kanodagi kabi boshqa filiallar aʼzolari bilan uchrashd.[10]

1970-yillarda Imom Ajose guruhi yana Anvar ul-Islom deb nomlangan boʻlim bilan ajralib chiqdi. Boʻlinishdan beri Nigeriyadagi Ahmadiylarning koʻpchiligi, asosan, 1940-yilda Xalifaning Hakimni amir etib tanlashiga sodiq boʻlgan Ahmadiya musulmon missiyasi aʼzolaridi.[10]

1988-yilda Mirza Tohir Ahmad, toʻrtinchi Xalifa mamlakatga tashrif buyurdi va Abdul Rashid Agbulani Nigeriyalik birinchi mas’ul missioner etib tayinladi.[10]

Tashkiliy tuzilma

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harakatning boshqaruv tuzilmasini mas’ul missioner deb ham ataladigan amir boshqaradi, unga oltita amir oʻrinbosari yordam beradi, bundan tashqari, mahalliy tumanlarda koʻpaytiriladigan milliy ijroiya qoʻmitasi mavjud. Birinchi amir va mas’ul missioner Nayyor 1921-yilda milliy ijroiya qoʻmitasini tuzdi. Milliy ijroiya qoʻmitasi Bosh kotib, mas’ul kotib, auditor, gʻaznachi va harakat tarkibidagi boʻlimlar vakillaridan iborat.[10]

Yordamchilar tuzilmalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ansorulloh majlisi
  • Lajna Imoilloh
  • Huddam majlisi
  • Atfal majlisi
  • Nosirat
  • Ahmadiy musulmon talabalar uyushmasi


  • Nigeriyada islom
  1. „"Achievements of Ahmadiyya Muslim Jamaat in Nigeria“. 2021-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  2. „" Ahmadiyya movement nigeria“. 2020-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  3. says. „History of Ahmadiyyat in Nigeria“ (en-GB). Review of Religions (1989-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 7-iyun.
  4. „"About us, Khuddam“. 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  5. "About us, Dawah Nigeria
  6. „Full text of "CENTURY OF AHMADIYYA MUSLIM JAMA' AT 2"“. archive.org. Qaraldi: 2020-yil 6-iyun.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 Fisher 1963.
  8. 8,0 8,1 Hanson 2017.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 „Full text of "CENTURY OF AHMADIYYA MUSLIM JAMA' AT 2"“. archive.org. Qaraldi: 2020-yil 6-iyun."Full text of „CENTURY OF AHMADIYYA MUSLIM JAMAʼ AT 2“". archive.org. Retrieved 2020-06-06.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 says. „History of Ahmadiyyat in Nigeria“ (en-GB). Review of Religions (1989-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 7-iyun.says, Mudathir ridwan (1989-12-18). „History of Ahmadiyyat in Nigeria“. Review of Religions. Retrieved 2020-06-07.

Tashq havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]