Kontent qismiga oʻtish

Razambek Jamalov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Razambek Jamalov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi Razambek Salambekovich Jamalov
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1-iyul 1998-yil (1998-07-01) (26 yosh)
Dogʻiston Rossiya bayrogʻi Rossiya
Faoliyat yillari 2008-yildan hozirgacha
Boʻyi 170 sm
Vazni 74 kg
Mukofotlar Oʻzbekiston iftixori
Sport
Qaysi sport erkin kurash
Murabbiy(lar)i Adam Saitiyev, Musa Saydulbatalov

Razambek Salambekovich Jamalov (1-iyun, 1998-yil; Xasavyurt, Dogʻiston, Rossiya) – rossiyalik erkin kurashchi, 2024-yildan boshlab xalqaro turnirlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qilmoqda. Ikki karra Rossiya chempioni, 2020-yilgi Jahon kubogi gʻolibi. 2019-yilgi Yevropa va jahon chempioni. 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari oltin medal sohibi.

Razambek Jamalov 1998-yil 1-iyunda Dogʻistonning Xasavyurt tumanidagi Petrakovskoye qishlogʻida tugʻilgan[1]. Millati – chechen[2]. Saitiyev nomidagi kurash akademiyasida Adam Saitiyev va Musa Saydulbatalov murabbiyligi ostida Dogʻiston va Checheniston sharafini milliy musobaqalarda himoya qilgan[3][4].

Chechen davlat pedagogika universitetining jismoniy tarbiya va sport fakultetini tamomlagan. 2020-yilda Amina Talamova bilan turmush qurgan.

2016—2018-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Razambek Jamalov 2016-yil iyul oyida oʻtkazilgan Ali Aliyev xotira turnirida U18 yosh toifasida qatnashgan va oʻzining erkin kurash boʻyicha debyutini oʻtkazgan. Turnirda oʻninchi oʻrinni egallaydi[5]. Oʻsha yilning noyabrda oyida finalda ikki karra Osiyo chempioni Daulet Niyozbekov ustidan gʻalaba qozonib, Qitʼalararo kubok sohibiga aylangan[4][6].

2017-yilning iyul oyida Ulan-Ude shahrida jahon va Yevropa chempioni Boris Budayev sovrinlari uchun oʻtkazilgan 25-xalqaro yoshlar turnirida gʻolib chiqqan[7]. 2017-yil oktyabr oyida Armanistonning Vanadzor shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro turnirda birinchi oʻrinni egallagan[8]. 2018-yilning mart oyida Jamalov Roman Dmitriyev xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnirda ikkinchi marta gʻolib chiqqan[9]. 2018-yilning iyul oyida Penza shahrida boʻlib oʻtgan yoshlar spartakiadasida birinchi oʻrinni egallagan. Shundan keyin Rossiya chempionatida ishtirok etish uchun Dogʻiston terma jamoasiga kiritilgan[10].

2018-yilgi Rossiya chempionatida Jamalav bronza uchun kurashda David Bayevga imkoniyatni boy bergan[11]. 2018-yil sentabr oyida kurash boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida kumush medali sovrindori boʻlgan, oltin medalni Ozarbayjon vakili Hojimurod Hajiyev olgan[12]. 2018-yilning noyabr oyida Xasavyurtda boʻlib oʻtgan turnirda qitʼalararo kubokning ikki karra gʻolibiga aylangan[13].

2019-yil yanvar oyida Ivan Yarigin Gran-prisining bronza medali sovrindori boʻlgan. Ushbu bahslarda Jamalovning David Bayevga qarshi jangi turnirning eng yorqin voqeasi boʻlgan[14]. 2019-yil 9-mart kuni Serbiyada oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan[15]. 2019- yilning may oyida Kaspiyskdagi Ali Aliyev turnirida finalda Ozarbayjon vakili Gitinamagomed Gadjiyevni magʻlub etib, oltin medalga ega chiqqan[16]. Sochida boʻlib oʻtgan Rossiya chempionatida Jamalov finalda David Bayevga yutqazib qoʻygan. 2019-yil oktyabr oyi boshida Vladikavkazda Yuriy Gusov xotirasiga bagʻishlangan Butunrossiya ochiq turniri gʻolibi boʻlgan va shu tariqa yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[17]. 2019-yil oktabr oyi oxirida Razambek Jamalov Budapeshtda Rossiya terma jamoasi safida yoshlar oʻrtasidagi jahon chempioni boʻlgan[18].

Yanvar oyidan boshlab, Jamalov Oltin Gran-pri Ivan Yarygin turnirining yuqori saviyali raqiblari ustidan gʻalaba qozona boshlagan. Masalan, 2019-yilgi Yevropa chempionati sovrindori Timur Bizhoyev, 2019-yilgi jahon chempionati sovrindori va 2019-yilgi Osiyo chempioni Nurxoʻja Qaypanov, 2016-jahon chempioni Magomed Qurbonaliyevlarni magʻlub etgan. Oltin Gran-pri finalida ikki karra jahon chempioni Magomedrasul Gazimagomedovga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qoʻlga kiritgan[19][20]. COVID-19 pandemiyasi tufayli bir necha oy davomida musobaqalarda qatnasha olmagan Jamalov oktabr oyida Rossiya milliy chempionatida 2014-yilgi jahon chempioni Xetag Sabolovni magʻlub etgan[21]. Rossiya milliy terma jamoasidagi chempionlik jangidan soʻng, Jamalov dekabr oyida boʻlib oʻtadigan yakka kurash boʻyicha jahon chempionatida Rossiya vakili sifatida tanlandi. Turnir finalida ikki karra jahon chempioni Frank Chamizo bilan toʻqnash keldi. Musobaqaning soʻnggi soniyalarida gʻalaba qozondi va oltin medalga ega chiqdi[22][23].

Jamalov mart oyida boʻlib oʻtgan Rossiya milliy chempionatida ishtirok etgan. Turnir davomida 2019-yilgi Xalqaro kubok sovrindori Magomed Dibirgadjiyev va 2016-yilgi universitetlar oʻrtasidagi jahon chempioni Nabirbek Xizriyev ustidan gʻalaba qozongan.

Aprel oyida Jamalov Yevropa chempionatida qatnashdi va Semen Radulov ustidan gʻalaba qozondi. Biroq, 2018-yilgi U23 jahon chempioni Tajmuraz Salkazanov va ikki karra jahon chempioni Frenk Chamizoga magʻlub boʻldi[24]. Umumiy roʻyxatda beshinchi oʻrinni egalladi. Turnir davomida Jamalov ogʻir jarohat oldi. Buning uchun jarrohlik amaliyoti va bir necha oy sport bilan shugʻullanmaslik kerak boʻlib, bir yil muddatga tanaffus eʼlon qildi[25].

2022–2023-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir yildan ortiq musobaqada qatnashmagan Jamalov 19-may kuni nufuzli Poddubniy kurash ligasida David Bayevga yutqazib, bronza medalini qoʻlga kiritdi[26]. Bir oy oʻtgach, Jamalov 24-26-iyun kunlari boʻlib oʻtgan Rossiya milliy chempionatida ishtirok etdi. Turnir yarim finalida Bayevdan revansh oldi. 23 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni va Rossiya milliy chempioni Chermen Valiyev bilan finalda toʻqnashdi hamda gʻalaba qozondi[27].

Avgust oyida David Bayev ustidan gʻalaba qozonib, Butunrossiya Spartakiadasi chempioni boʻldi[28].

2023-yilda Ilyos Bekbulatovni Poddubny 4-kurash ligasida magʻlub etdi[29].

2024-yil fevral oyi boshida Jamalov fuqaroligini oʻzgartirgani va Oʻzbekiston uchun kurash olib borishini maʼlum qildi[30].

2024-yil iyun oyida Budapeshtda oʻtkazilgan „Memorial Imre Polak va Yanos Varge“ reyting xalqaro turnirida gʻolib chiqdi va 2024-yilda Parijda boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[31].

2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Razambek Jamalov 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining kvalifikatsiya bahslarida Magomedhabib Kadimagomedov ustidan 8:0 hisobida gʻalaba qozondi. 1/8 finalda slovakiyalik Taymuraz Salkazanovni 11:3 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Chorak finalda unga armanistonlik kurashchi Chermen Valiyev raqiblik qildi. Jamalov Valiyev ustidan 6:5 hisobida gʻalaba bilan yarim finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Yarim finalda Jamalov Tojikiston vakili Viktor Rassadin bilan kurash olib boradigan boʻldi. Rassadinni 8:2 hisobida magʻlub etib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi[32]. Finalda yaponiyalik raqibi Daichi Takatanidan ustun keldi va oltin medalni qoʻlga kiritdi[33].

  1. „Жамалов Разамбек Саламбекович. WrestDag.ru“. wrestdag.ru. Qaraldi: 2024-yil 16-mart.
  2. „Чеченские борцы выиграли Международный турнир по вольной борьбе памяти Али Алиева“. grozny-inform.ru (2019-yil 6-may). 2020-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-oktyabr.
  3. „Match of the Week: David Baev vs. Razambek Zhamalov“ (en-US). THE FIGHT SITE. Qaraldi: 2020-yil 21-dekabr.
  4. 4,0 4,1 БЯСТИНОВ, Николай „40 золотых баллов Разамбека Жамалова“ (ru-ru). Sportyakutia.ru - Все о спортивных событиях в Якутии, Борьба, Бокс/ММА, Футбол, Этноспорт и другие виды спорта. Qaraldi: 2020-yil 21-dekabr.
  5. „International wrestling tournament in the memory of five- time World Wrestling Champion Ali“. UWW.
  6. „49 North Wrestling“ (en). www.facebook.com. Qaraldi: 2020-yil 22-dekabr.
  7. „Дагестанские юниоры побеждают на турнире в Бурятии“. 2019-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
  8. „Разамбек Жамалов – победитель турнира в Армении“. 2018-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
  9. „Дагестанские юниоры возвращаются с золотом из Якутии“. 2019-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
  10. „Победный маршрут юниоров: Стамбул — Пенза“. 2019-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
  11. „Чемпионат России по вольной борьбе 2018. День 3 - итоги“. 2019-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
  12. „Первые медали российских юниоров: три «золота» и одно «серебро»“. 2019-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
  13. „Анзор Уришев в компании дагестанских победителей“. 2021-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
  14. „Лучшая схватка ярыгинского турнира“. 2019-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
  15. „Разамбек Жамалов — победитель первенства Европы U-23“. 2019-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
  16. „Пять золотых медалей с разной пропиской“. 2019-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
  17. „Разамбек Жамалов отобрался на первенство мира“. 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
  18. „Разамбек Жамалов – единственный обладатель золота первенства мира. Россия победила в командном зачете“. 2019-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
  19. „Ярыгинский-2020: Магомедрасул Газимагомедов и Разамбек Жамалов разыграют золото в весе до 74 кг — Федерация спортивной борьбы России“. wrestrus.ru. 2020-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-dekabr.
  20. „Дагестанские вольники завоевали 17 медалей на турнире имени Ярыгина“. Информационный портал РИА "Дагестан". Qaraldi: 2020-yil 24-dekabr.
  21. Gallo, Ed „Wrestling breakdown: Two-time World champion Zaurbek Sidakov loses at Russian Nationals“ (en). Bloody Elbow (2020-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 24-dekabr.[sayt ishlamaydi]
  22. Andrew „Zhamalov Rallies Late to Stun Chamizo, Russia Crowns 4 FS Champs“ (English). United World Wrestling. Qaraldi: 2020-yil 24-dekabr.
  23. „Russia claim four golds in men's freestyle at UWW Individual World Cup“. www.insidethegames.biz (2020-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 24-dekabr.
  24. „Russia claim three more golds at European Wrestling Championships“. www.insidethegames.biz (2021-yil 21-aprel). Qaraldi: 2021-yil 22-aprel.
  25. „Pазамбек Жамалов: говорили, что после моей травмы будет сложно вернуться на ковер — но вера близких давала мне мотивацию, Разамбек Жамалов: говорили, что после моей травмы будет сложно вернуться на ковер — но вера близких давала мне мотивацию“ (ru-RU). Федерация спортивной борьбы России. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  26. „Якутяне Рассадин, Тютрин, Скрябин и Бекренев будут бороться в Борцовской Лиге Поддубного“ (ru-RU). Новости Якутии и Якутска — свежие новости онлайн на сайте ysia.ru — ЯСИА (2022-yil 19-may). Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  27. „Дагестанские борцы-вольники выиграли еще 12 медалей чемпионата России“ (ru). mkala.mk.ru. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  28. „Определились победители и призеры Всероссийской спартакиады сильнейших, Определились победители и призеры Всероссийской спартакиады сильнейших“ (ru-RU). Федерация спортивной борьбы России. Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
  29. „PWL-4: 11 из 19 российских борцов выиграли свои схватки, PWL-4: 11 из 19 российских борцов выиграли свои схватки“ (ru-RU). Федерация спортивной борьбы России. Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
  30. „Borsovskiy vek korotok“. Chempion Rossii Razambek Jamalov budet vistupat za Uzbekistan
  31. Мовлади Абдулаев. „Разамбек Жамалов должен ехать в Париж“ (ru). Энциклопедия чеченского спорта (2024-yil 8-iyun). Qaraldi: 2024-yil 12-iyun.
  32. „Parij-2024. Razambek Jamalov finalga chiqdi“. kun.uz. Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
  33. „Razambek Jamalov finalda muddatidan avval g‘alaba qozonb, Olimipiada chempioniga aylandi“. kun.uz. Qaraldi: 10-avgust 2024-yil.
  34. „Диёра Келдиёровадан Улуғбек Рашитовгача: Олимпия ўйинларида иштирок этган бир гуруҳ спортчи ва мураббийлар мукофотланди“. Daryo.uz.