Kontent qismiga oʻtish

Wole Soyinka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Soyinka Voledan yoʻnaltirildi)
Wole Soyinka
Tavalludi 13-iyul 1934[1]
Ijod qilgan tillari Ingliz tili va Nigerian Pidgin
Fuqaroligi Nigeriya

Wole Soyinka (1934.13.7, Abeokuta) — nigeriyalik dramaturg va yozuvchi. "Sher va sohibjamol" (1963) va "Oʻrmon raqsi" (1963) hajviy pyesalarida Sh. grotesk vositasi orqali Afrikadagi anʼanaviy va zamonaviy oqimlar oʻrtasidagi toʻqnashuvlarni aks ettiradi; tarixiy oʻtmishni bilishga chaqiradi. "Monax Iyeronimning sinovlari" (1964) komediyasi, urushga qarshi qaratilgan "Telbalar va professionallar" masali (1971) va "Sharhlovchilar" (1965) romanining muallifi. Bu asarlarda Sh. Nigeriya amaldorlarining poraxoʻrligini qoralaydi. Sheʼrlarida oʻz davri muhitidan norozilik ohanglari sezilib turadi ("Qamoqdagi sheʼrlar", 1969). Nobel mukofoti laureati (1986).[2].

  1. // (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil