Suriyada Ahmadiya ta'limoti
Ahmadiya — Londondagi xalifaning ruhiy rahbarligi ostida Suriyadagi islomiy diniy harakat.
Suriya Arab Respublikasi | |
---|---|
Shior: (arabcha: وحدة، حرية، اشتراكية) Birlik, erkinlik, sotsializm | |
Madhiya: "حماة الديار" (Humot ad-Diyor) | |
Poytaxt | Damashq |
Rasmiy til(lar) | Arabcha |
Hukumat | Bitta-partiyalik davlat |
Bashar Al Asad | |
Husayn Arnus | |
Mustaqillik (Millatlar Ligasi mandatidagi Fransiya ma'muriyatidan) | |
• Sana |
17-aprel 1946 |
Maydon | |
• Butun |
185,180 km2 (88-oʻrin) |
• Suv (%) |
1.1 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
18,448,752 (55-oʻrin) |
• Zichlik | 99/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$ 63,310 mil. (68-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$ 3,432 |
Pul birligi | Suriya funti (SYP) |
Vaqt mintaqasi | UTC+2 |
• Yoz (DST) |
UTC+3 |
Qisqartma | SY |
Telefon prefiksi | 963 |
Internet domeni | .sy |
|
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Suriyadagi harakat tarixi 1920-yillarda, Jamiyatning ikkinchi xalifasi Mirzo Bashiriddin Mahmud Ahmad Yevropa va Yaqin Sharq boʻylab safari doirasida Damashqqa tashrif buyurgan paytdan boshlanadi. Falastindan u Damashqqa poyezdda yoʻl olgan va u yerda jamoatchilik eʼtiborini tortgan, shuningdek, baʼzi muxolifatlarga ham sabab boʻlgan.[1] U Jamiyat asoschisi Mirzo Gʻulom Ahmadning Damashqdan kelgan yetakchi olimlar va boshqa ziyolilar bilan daʼvolarini muhokama qilgan.[2]
Missionerlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaqin Sharqqa safari ortidan xalifa Sayyid Zaynul-Obidin Valiulloh Shah va Jaloliddin Shamsni Damashqqa xizmatga yuborish uchun tayinladi. Mirzo Gʻulom Ahmadning hamrohlari boʻlgan ikki missioner 1925-yilda Suriyaga kelgan. Ular Yaqin Sharqqa joʻnatilgan birinchi missionerlardan edi. Quddusga missiya uchun kelgan Maulvi Abu’l-Ato Jalandhariy bilan birga uch missioner oʻz vaqtlarini Yaqin Sharqning yirik shaharlarida, jumladan, Hayfa, Bayrut va Qohirada Ahmadiy taʼlimotini tarqatishda oʻtkazdilar.[3] Shahning oʻzi Ahmadiya harakatining oʻsha paytdagi xalqaro shtab-kvartirasi boʻlgan Qodiyonga qaytishdan oldin bir muddat Damashqdagi „Sultoniya kolleji“da maʼruza qiluvchi boʻlishga muvaffaq boʻldi. Qaytib kelgach, Shams xalifaning koʻrsatmasi bilan Damashqda yolgʻiz qoldi. Shamsning urinishlariga qarshilik Shah qaytganidan soʻng koʻp oʻtmay paydo boʻla boshladi. Mahalliy doʻkonlarda unga xizmat koʻrsatish rad etilgan boʻlsa, mahalliy gazetalar uning saʼy-harakatlarini masxara qiluvchi satirik karikaturalarni nashr qilish orqali oʻz noroziliklarini bildirishdi. 1927-yilga kelib u Damashqda mahalliy aholi tomonidan pichoqlangan.[3] == Cheklovlar Hukmron Fransiya hukumati jamoat tartibini saqlash uchun uning Suriyani tark etishini xohlashdi. Biroq xalifaning koʻrsatmalariga amal qilgan holda, Shams Suriyada qolishda davom etdi, fransuz hukumati esa 1928-yilning yanvarida Shamsni oʻzlari chiqarib yuborishga qaror qildi.[3]
Shamsning ketishi bilan Ahmadiyaning Suriyadagi bir necha oʻn yillik missionerlik harakatlari tugadi.
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Suriya aholisining 90 % arablar (suriyaliklar); ulardan tashqari kurd, arman, turkman, turk, cherkas, falastinliklar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Aholining aksariyati sunniy musulmonlar, shuningdek shialar, alaviylar, xristianlar, maroniylar ham bor. Shahar aholisi 52,4 %. Yirik shaharlari: Damashq, Halab, Hims, Loziqiya. Lekin biron rasmiy manbalda mamlakatdagi Ahmadiylar soni maʼlum qilinmagan. Faqat baʼzi maʼlumotlargina Suriyada Ahmadiylik faoliyati mavjudligini koʻrsatadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Near East & India (11-sentabr 1924-yil).
- ↑ „Akhbaar Al-Qabas“ (8-avgust 1924-yil). Qaraldi: 1-oktabr 2016-yil.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Adil Hussain Khan. From Sufism to Ahmadiyya: A Muslim Minority Movement in South Asia. Indiana University Press, 2015 — 134-bet. ISBN 9780253015297.