Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/Arxiv 2023

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Janob Mirzaolim (munozara) 11:29, 13-Oktyabr 2023 (UTC)

Ushbu maqola Hindistonning Bangalor shahriga xizmat koʻrsatuvchi asosiy fuqarolik aeroporti – Kampegovda xalqaro aeroporti haqida. Aeroport Hindistonning 3-eng yirik aeroporti hisoblanadi. Maqola Inglizcha Vikipediyada „yaxshi“ maqola unvoniga sazovor boʻlgan. Maqolani oʻqib, oʻz fikringizni shu yerga yoki munozara sahifasiga yozishingizni soʻrayman. Hurmatli Nataev, Kagansky, Jamshid Nurqul, Artemev Nikolay, Nataeva, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Miss Kamola, Alpasli, Salazarov, Panpanchik, Hilola Jurakulova, Humoyun Qodirov, Diwikiped. Janob Mirzaolim (munozara) 11:29, 13-Oktyabr 2023 (UTC)

Asslaomu alaykum. Oʻlchov birliklari inglizchada qolib ketibdi masalan : acre. Yana bitta men tushunmagan narsa - 1,600 ha balkim gadir. - Xoqoni Said yozish 18:54, 13-Oktyabr 2023 (UTC)
Vaalaykum assalom. Assalomu alaykum. O'lchov birliklari convert andozasidan foydalanib ifodalangan. Shu sababdan akr - acre va gektar - ha bo'lib qolgan. Bu andozalar o'zbekchaga tarjima qilinganda, bu muammo avtomatik tarzda to'g'rilanadi. Janob Mirzaolim (munozara) 03:34, 14-Oktyabr 2023 (UTC)
Mashina tarjimalari qolib ketgan. „U davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan Bengaluru International Airport Limited (BIAL) konsorsiumi tomonidan egalik qilinadi“. Qaysi oʻzbek tilida soʻzlashuvchi shunday deydi? „Cargo village“ tikka „yuk qishlogʻi“ deb olingan. „Kelajakdagi rejalari“ – aeroport oʻzi reja tuzyaptimi shunda? "Cirium kompaniyasi tomonidan dunyodagi eng punktual aeroportlar top-20 ligiga kirdi". Va hokazo. Nataev munozara 13:28, 18-Oktyabr 2023 (UTC)
 Bajarildi 1-xato. „Bengaluru International Airport Limited (BIAL) davlat-xususiy sheriklik konsorsiumi aeroportga egalik qiladi va boshqaradi“ deb oʻzgartirildi.
 Bajarildi Cargo village – yuk shaharchasi deb oʻzgartirildi. Yoki Kargo qishlogʻi degan yaxshiroqmi? Cargo village deb qoldirish maqsadga muvofiq boʻlmasa kerak. Chunki bu atoqli ot emas, turdosh ot. Xuddi airport soʻzini aeroport deb tarjima qilganimizdek.
 Bajarildi Kelajakdagi rejalari boʻlimi Aeroportga aloqador kelajakdagi rejalar deb oʻzgartirildi.
 Bajarildi „Cirium kompaniyasi tomonidan dunyodagi eng punktual aeroportlar top-20 ligiga kirdi“, jumlasining kesimi majhul nisbatga oʻzgartirildi Janob Mirzaolim (munozara) 11:19, 19-Oktyabr 2023 (UTC)
Assalomu alaykum „Rejalashtirilishi“ ostsahifasi nomi tushunarsiz, balki aeroport „loyihasi“ yoki aeroportni „loyihalash“dir (planning faqat reja maʼnosini bildirmasa kerak). „Bangalor shahri markazidan 5 kilometr (3.1 mi) masofada joylashgan HAL aeroporti shaharga xizmat koʻrsatuvchi dastlabki aeroport edi va 2008-yilgacha Bangalorning asosiy aeroporti boʻlib kelgan edi.“ Bangalor shahri markazidan 5 kilometr (3.1 mi) masofada joylashgan HAL aeroporti shaharga xizmat koʻrsatuvchi dastlabki aeroport boʻlgan boʻlib, 2008-yilgacha Bangalorning asosiy aeroporti boʻlgan. Mahalliy reyslar taklifining kutilmagan mashhurligi aeroportning tez kengayishiga turtki boʻldi. (gap tushunarsiz boʻlib qolgan) „taklif“ balki „talab“dir. Yoki gap „yangi ichki reyslarning kutilmaganda mashhurlashishi aeroportning tez kengayishiga sabab boʻladi“ boʻlishi lozim. „edi“ jumlasi koʻp ishlatilgan. Ancha tushunarsiz joylari koʻp ekan, nomzod maqolani ingliz tilidan tarjima qilgan boʻlsa, ingliz tilini yaxshi biladigan foydalanuvchi yoki administrator bir koʻrib chiqishi lozim Humoyun Qodirov (munozara) 16:36, 18-Noyabr 2023 (UTC).

Havolalar bo'limida modul xatosi bor. Ibrohimjon 04:53, 1-Noyabr 2023 (UTC)

  1.  Roziman – XayrinisoJorayeva (munozara) 10:20, 24-Oktyabr 2023 (UTC)
  2.  Roziman – Nigora Jorayeva (munozara) 14:23, 24-Oktyabr 2023 (UTC)
  3.  Roziman – Wonmirzo (munozara) 17:43, 24-Oktyabr 2023 (UTC)
  4.  Roziman – PanPanChik #yozish 04:58, 30-Oktyabr 2023 (UTC)
  1.  Qarshiman – Tepada ta’kidlangan xatoliklar to’g’irlanmagan, muallif statusga bo’lgan qiziqishni yo’qotgan.Creobek (munozara) 20:50, 10-dekabr 2023 (UTC)

 Bajarilmadi. Nominator statusga boʻlgan qiziqishini yoʻqotgan. Maqoladagi kamchiliklarni tuzatib, maqolani qayta nomzodlikka koʻrsatishi mumkin boʻladi. Kagansky munozara 20:30, 10-Dekabr 2023 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Mrjavokh1r (munozara) 06:48, 11-Oktyabr 2023 (UTC)

Hazrati Imom majmuasi haqidagi ushbu maqola 2013-yil CoderSIBot tomonidan yaratilgan va shu kungacha chala holda edi, men bu maqolani to‘ldirib statusga qo‘ymoqchiman. Maqola bilan tanishib chiqib, fikr bildirishingizni soʻrab qolaman. Mrjavokh1r (munozara) 06:48, 11-Oktyabr 2023 (UTC)

Assalomu alaykum. Maqolada hamma oʻrinda «Baraqxon» shaklida kelibdi. Lekin mana bu maqolada «Baroqxon» shaklida kelgan ekan. Aniq bir shaklga keltirilsa goʻzal boʻlar edi — Xoqoni Said yozish 07:30, 14-Oktyabr 2023 (UTC)
Assalomu akeykum, avvalo maqolani ko‘rib chiqqaningiz uchun tashakkur. Siz ta’kidlablab o‘tgan «Baraqxon» so‘zi maqolada 3 marotaba ishlatilgan bo‘lib uchala vaziyatda ham shaxs ismi sifatida kelgan. Qolgan joyda «Baroqxon» madrasa sifatida kelgan. Mrjavokh1r (munozara) 11:26, 14-Oktyabr 2023 (UTC)
Maqolani toʻgʻri turkumlashtirish kerak. Binolar, Masjidlar, Masjidlar alfavit boʻyicha kabi turkumlar kerak emas. Vikipediya:Turkumlashtirish sahifasini koʻrib, maqolaning turkumlarini toʻgʻrilaysiz, degan umiddaman. Muzaffar Murodovichmusohaba 08:47, 17-Oktyabr 2023 (UTC)
Vikipediya:Turkumlashtirish sahifasi bilan tanishib chiqdim va siz ta’kidlab o‘tgan xatoliklar  tuzatildiMrjavokh1r (munozara) 10:55, 17-Oktyabr 2023 (UTC)
Maqola YM emas XM satusiga mos kelar ekan. — Kagansky munozara 10:42, 21-Oktyabr 2023 (UTC)
Assalomu alaykum, maqolani 5 ming baytga kengaytiraman. Creobek (munozara) 10:20, 22-Oktyabr 2023 (UTC)
@Kagansky maqola hajmi 20 ming baytga kengaytirildi. Creobek (munozara) 11:03, 23-Oktyabr 2023 (UTC)
Gap maqolaning hajmini emas, uning mazmuni kengaytirishda. Maqola chiroyli tarzda rasmiylashtirilgan. Lekin, YM statusi uchun judayam sayoz yozilgan. Sababi, u haqida manbalar tiqilib yotibdi. Koʻp gaplar maqolada koʻrsatilmay qolib ketgan. Tushurib qoldirilgan. + Faqatgina oʻzbekiston bilan bogʻliq manbalar koʻrsatilgan. Ularning ham aksariyati saytlar. Majmua boʻyicha bir gala olimlar kitob yozishgan. Kagansky munozara 12:16, 26-Noyabr 2023 (UTC)
  1.  Roziman Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 17:18, 11-Oktyabr 2023 (UTC)
  2.  Roziman Ajoyib maqola uchun. Ibrohimjon 16:19, 14-Oktyabr 2023 (UTC)
  3.  Roziman Ajoyib maqola uchun tashakkur Axadjon1 (munozara) 11:14, 23-Oktyabr 2023 (UTC)
  4.  Roziman – Visola Tangirova(menga yozish!) 17:45, 23-Oktyabr 2023 (UTC)
  5.  RozimanDiloromxon 06:19, 24-Oktyabr 2023 (UTC)
  6.  Roziman Maqoladagi kamchiliklar nominator tomonidan toʻgʻirlandi. Oʻzimda paydo boʻlgan savollarga javob oldim, shunday ekan statusga munosib maqola deb oʻylayman — Xoqoni Said yozish 08:01, 28-Oktyabr 2023 (UTC)
  1.  Qarshiman. Maqolaning hozirgi koʻrinishi, majmua tarkibidagi madaniy meros obyektlarining qisqacha izohidan boshqa narsa emas. YM maqola uchun qisqa izohlarning oʻzigina yetarli boʻlmaydi. Maqola toʻliq boʻlishi va tugallanmagan boʻlimlarni oʻz ichiga olmasligi kerak. — Kagansky munozara 12:28, 26-Noyabr 2023 (UTC)
    Aha tushunarli, munozarani yopsak bo‘ladi unda. Creobek (munozara) 09:38, 28-Noyabr 2023 (UTC)

 Bajarilmadi — administrator Kagansky nomzod maqoladagi kamchiliklarni asoslab berdi, nominator esa munozarani yopishga qarshi emasligini bildirdi. Ushbu maqolani mazmunan va rasmiyalshtirish jihatidan toʻldirib YM yoki TM statusi uchun qaytadan nomzod sifatida koʻrsatish mumkin. Nima boʻlganda ham Vikipediya maqolalarining sifati oshishi uchun harakat qilayotgan nominatorga tashakkurlar! Jamshid Nurqul (munozara) 19:59, 29-Noyabr 2023 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Xoqoni Said yozish 22:43, 8-Oktyabr 2023 (UTC)

Mazkur maqola goho mustaqil, goho vassal boʻlib hukm surgan sulola haqida. Bu davlatning Oʻrta Osiyo tarixi, madaniyati, sanʼati va Arab bosqiniga qarshi kurashda tutgan oʻrni darsliklarda yoki boshqa manbalarda yetarlicha yoritilgan emas. Ushbu maqolada yuqorida aytib oʻtilgan jihatlar yetarlicha yoritilishga harakat qilingan. Maqola haqidagi fikrlaringiz boʻlsa yozishingizni va oʻz ovozingizni berishingizni soʻrab qolaman – Xoqoni Said yozish 22:43, 8-Oktyabr 2023 (UTC)

Assalomu alaykum. Ammo ularn Islomni qabul qilganidan keyin hukmdan qutulib qolishdi, shu soʻzda ularn holida qolib ketgan.
"Ikki yuz oʻn ikki saltanat, valiy va amirlar, yabgʻular hokimiyatini tan olishgan (ular orasida „ Zobul shohi ikki yuz ming askar va otlarni, Kobul shohi ikki yuz ming askarni boshqaradi“, deb alohida eslatib oʻtgan) maqolaning shu qismida qoʻshtirnoq oxirigacha tugatilmagan. AnvarxonM 13:28, 10-Oktyabr 2023 (UTC)
Assalomu alaykum AnvarxonM va fikr bildirganingiz uchun rahmat! Siz aytgan kamchiliklar  tuzatildi – Xoqoni Said yozish 15:40, 10-Oktyabr 2023 (UTC)
Jamiyat va din boʻlimida va maqolaning qolgan qismida asrlarni rim raqamlarida yozing.Mrjavokh1r yozish 14:06, 13-Oktyabr 2023 (UTC)
Assalomu alaykum va fikr bildirganingiz uchun rahmat! Siz aytgan kamchiliklar  tuzatildi – Xoqoni Said yozish 18:15, 13-Oktyabr 2023 (UTC)
  1. Bilgiqutisidagi jumlaga vikifikator tegmagan va matn ichida ham vikifikator tegmagan joylari koʻp.
  2. Asrlar ham 2 hil yozilgan bittasi sonda ikkinchisi rim raqamida shularni koʻrib chiqing.
  3. Manbalarda ham kitob manbasi ishlamagan yaʼni Sfn andozasi. Misol: 22, 23, 24, 96 manbalar Ibrohimjon 09:47, 14-Oktyabr 2023 (UTC)
    Assalomu alaykum va fikr bildirganingiz uchun rahmat. Siz aytgan kamchiliklar  tuzatildi - Xoqoni Said yozish 15:28, 14-Oktyabr 2023 (UTC)
Kuzatganlarim:
1. 665-yilda paydo boʻlganlar emas 665-yilda paydo boʻlgan davlatlar.
2. yana qarang sahifasidagi sahifalardan keyin nuqtalarni olib tashlang.
3. San'at bo'limidagi suratlardagi qizil sahifalarni havolasi inglizchada qolib ketgan.
4. Milodiy 745-yildaFromo Kesaroning oʻgʻli Bo Fuzhun (xitoy manbalarida bo Fuzhun (勃匐準)) qirol boʻldi, bu haqda „Koʻhna Tan kitobi“da qayd etilgan. mana shu gapdagi yildan keyi probel tashlang.
5.Xitoyliklar mintaqadan chiqib ketishi (760-yil), Talas jangidagi strategik magʻlubiyat (751-yil) va An Lushan qoʻzgʻoloni voqealaridan soʻng Turkshohiylarning geosiyosiy mavqeini zaiflashtirdi. Xitoyliklarning deyilishi kerak g'aliz bo'ladi aksinchasi.
6. Keyin bu tarix bo'lgani uchun gaplarda -gan ishlatishi kerak. Ko'proq -di ishlatilgan. Bu hozircha uchratilgan maqolaningayrim joylarini o'qiganda ko'rilgan xatolar. Iltimos matnni yana to'liq qayta ko'rib chiqing. Mirishkorlik (munozara) 16:12, 14-Oktyabr 2023 (UTC)
Assalomu alaykum. Siz aytgan kamchiliklar  tuzatildiXoqoni Said yozish 19:33, 15-Oktyabr 2023 (UTC)
Oʻzbekchada yozilgan manbalar bormi? Sulolaning nomi oʻzbekchada aksar holatlarda Turkshohiylar deb uchraydimi yo Kobulshohlar debmi? — Kagansky munozara 10:44, 21-Oktyabr 2023 (UTC)
Assalomu alaykum @Kagansky! Oʻzbekchada nufuzli manbalar topilmagani sababli boshqa tildagi vikilar kabi nomlash kerak degan qarorga keldim! - Xoqoni Said yozish 16:29, 21-Oktyabr 2023 (UTC)
Oʻzbekchada ham maʼlumotlar bor. Faqatgina qunt bilan qidirish kerak. Кобулшоҳлар va Туркшоҳийлар deb qidirsangiz aksar manbada Kobulshohlar deb yozilgan boʻlib chiqadi. — Kagansky munozara 18:34, 3-Noyabr 2023 (UTC)
@Kagansky Bu yerda mendan oʻtgan asosiy xato kirillchada qidirib koʻrmaganimda ekan. Xatoni tushundim va maqola nomi oʻzgartiriladi! Fikrlar uchun rahmat! Xoqoni Said yozish 19:14, 4-Noyabr 2023 (UTC)
Assalomu alaykum Turkshohiylar (yoki Kobulshohlar) — milodiy VII—IX asrlarda Kobul va Kapisadan Gandharagacha hukmronlik qilgan gʻarbiy turklar sulolasi hisoblanadi hisoblanadi jumlasini olib tashlash kerak tirening oʻzi bu vazifani bajaradi. Gʻarbiy „turklar“ emas, „turkiylar“ boʻlishi kerak. Sababi kishilar hozirgi turklar bilan adashtirmasligi uchun barcha tarixchilar tomonidan ushbu jumla ishlatilib, adabiyotlarda qoʻllanilib kelinmoqda. Maqolaning nominini Kobulshohlarga oʻzgartirish kerak, bu boʻyicha Oʻzbekistonda koʻp tadqiqot olib borgan olima Feruza Jumaniyozova boʻlib, u ham mazkur sulolani Kobulshohlar deb keltirgan. Tavsiya sifatida olimaning Beruniy asarlari – turkiy sulola tarixi bo‘yicha muhim manba, Barhataken - ilk Kobulshoh (Beruniyning „Hindiston“ asaridagi ma’lumotlar asosida) kabi maqolalarini koʻrib chiqing. Humoyun Qodirov (munozara) 06:10, 4-Noyabr 2023 (UTC)
Assalomu alaykum!
turklar jumlasi turkiylar jumlasiga  oʻzgartirildi.
hisoblanadi soʻzi  olib tashlandi.
Nomni oʻzgartirish masalasida Feruza Jumaniyozovanining ushbu tadqiqotlari jamlangan „ИСТОРИЯ Тохаристанских Ябгу и Тегиншахов Кабула“ kitobini tekshirib koʻrdim. Ushbu asarda Тегиншахи, Кабулшахи, Шахи или Тюркшахи deb nomlari kelganligi sababli ushbu nomni qoʻysam xato boʻlmaydi deb oʻylagan edim. Xoqoni Said yozish 19:11, 4-Noyabr 2023 (UTC)
Feruza Jumaniyozova yangi fikrlar bildirgan ekanmi? Uning kitobidan ham ancha yangi gaplarni kiritsa boʻlarkan. – Kagansky munozara 12:31, 26-Noyabr 2023 (UTC)
Assalomu alaukum @Kagansky. Feruza Jumaniyozovaning rus tilidagi „ISTORIYa Toxaristanskix Yabgu i Teginshaxov Kabula“ asaridan yangi ma’lumotlar olib maqolaga qoʻshildi. Maqola tarixiga nazar solishingiz mumkin. Xoqoni Said yozish 09:23, 29-Noyabr 2023 (UTC)
Assalomu alaykum. AnvarxonM, Mirishkorlik, Kagansky nominatorga koʻrsatilgan kamchiliklar tuzatildimi? Maqola boʻyicha yana qoʻshimcha eʼtirozlar yoki takliflar bormi? Laziz Baxtiyorov (munozara) 04:20, 5-Dekabr 2023 (UTC)
Kirish qismida: asrlar orasidagi tireni oʻzimizda qabul qilingan tirega oʻzgartirish kerak; Mavzusi EAga ega boʻlgan soʻzlarga ichki havola koʻrsatish kerak (asrlar, Kapisa, yillar, Toxariston, Yabgʻu, Rutbil, Gʻazna); ortiqcha marta koʻrsatilgan ichki havolalardan faqatgina bittasini qoldirish kerak; „janubi-sharqqa“ bunga Hindikush maqolasiga ortiqcha ichki havola koʻrsatilgan. Olib tashlash kerak; „Nezak hunlarini“ qizil-qora boʻlib qolgan. Toʻliq qizartirish kerak. — Kagansky munozara 19:41, 8-Dekabr 2023 (UTC)
Hududiy chegaralar: tireni tuzatish kerak. — Kagansky munozara 19:41, 8-Dekabr 2023 (UTC)
Tarixi: böri soʻzini tuzatish kerak; tirelarni tuzatish kerak. — Kagansky munozara 19:41, 8-Dekabr 2023 (UTC)
Sanʼat: rasm boʻlmasa u haqidagi maʼlumotni oʻchirish kerak. — Kagansky munozara 19:41, 8-Dekabr 2023 (UTC)
Manbalar: ruschadagi manbalar nomini originalida va oʻzimizda qabul qilinganidek rasmiylashtirish kerak; Kitob manbasini koʻrsatishda 2 xil yondashuv boʻlgan: yoki snf andozasi bilan yoki boshqacha usuldan birini tanlab rasmiylashtirish kerak. — Kagansky munozara 19:41, 8-Dekabr 2023 (UTC)
Assalomu alaykum ostsarlavhalar notoʻgʻri nomlangan, maʼlum bir shaxsga bogʻliq boʻlib qolgan: „Buddist sanʼat asarlari“, „Brahman sanʼat asarlari“ emas, balki Buddizm sanʼati asarlari, Brahmanizm sanʼati asarlari deb yozilishi kerak. Shuningdek, mana bu gaplar ancha tushunarsiz „Brahmanizm ham Kobulshohlari davrida maʼlum darajada gullab-yashnagan koʻrinadi, turli xil sanʼat asarlari ham ularning davriga tegishli. Xususan, Kobul yaqinidagi Xayrxon shahrida topilgan uzun kiyim va etik kiygan Mitra yoki Surya boʻlgan quyosh xudosining mashhur haykali, shuningdek, Gardezdagi Ganesha haykali VII—VIII asrlarda Kobulshohlariga tegishli, ulardan keyingi Hindshohiylarga emas. Xususan, ushbu haykal bilan Fondukiston ibodatxonasi sanʼat asarlari bilan katta ikonografik va uslubiy oʻxshashliklar aniqlangan. Arxeologik nuqtai nazardan, Xayrxon ibodatxonasinin qurilishi eramizning 608—630-yillari, Kobulshohlar davrining boshiga toʻgʻri keladi. Gardezdagi Ganeshaning marmar haykali hozirda Kobulshohlar davriga tegishli deb topilgan. Uni „Shri Ṣahi Xiṃgāla“, ehtimol, „Xingala“ laqabli Kobulshohlardan boʻlgan shoh barpo ettirgan“. Oddiy oʻquvchi bularni oʻqishga qiynaladi. Misol uchun, „Brahmanizm ham Kobulshohlari davrida maʼlum darajada gullab-yashnagan koʻrinadi, turli xil sanʼat asarlari ham ularning davriga tegishli“ umuman tushunarsiz, bu jumlani „Kobul yaqinidagi Xayrxon shahrida topilgan uzun kiyim va etik kiygan Mitra yoki Surya boʻlgan quyosh xudosining mashhur haykali“ esa quyidagi tarzda yozish kerak. Kobul yaqinidagi Xayrxon shahridan topilgan quyosh xudosi Mitra yoki Suryaning uzun kiyim va etik kiygan holda tasvirlangan haykali, shuningdek, Gardezdagi Ganesha haykali Hindshohiylar davriga emas, balki VII — VIII asrlarda hukmronlik qilgan Kobulshohlar davriga tegishli. Qisqasi maqolada tushunarsiz gaplar mavjud, kamchiliklar ancha, nomzod maqolani qaytadan koʻrib chiqishi kerak va hammaga tushunarli tarzda tahrirlashi lozim deb hisoblayman. Humoyun Qodirov (munozara) 12:43, 9-Dekabr 2023 (UTC)
  1.  Roziman – Tepada taʼkidlab oʻtilgan kamchiliklar tuzatilgan. Muallifga tashakkur. Creobek (munozara) 11:22, 26-Oktyabr 2023 (UTC)
  2.  Roziman --Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 13:01, 19-Noyabr 2023 (UTC)
  3.  Roziman Aytib oʻtilgan kamchilik tuzatilgani uchun. Ibrohimjon 07:08, 30-Noyabr 2023 (UTC)
  4.  Roziman Maqolada kamchiliklar koʻrmadim, maqola uchun nominatorga tashakkur – Axadjon1 (munozara) 19:16, 30-Noyabr 2023 (UTC)
  1.  Qarshiman Maqola bilan tanishish jarayonida juda koʻp gʻaliz jumlalar, umumlashtirib yuborilgan holatlarga koʻzim tushdi. Yuqorida Humoyun Qodirov bildirgan fikrlar ham asosli. Ushbu maqola halicha status uchun tayyor emas deb hisoblayman. Nominatorga kamchiliklarni tahrirlab, keyin qayta nomzodlikka qoʻyishni tavsiya qilaman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 15:21, 9-Dekabr 2023 (UTC)
  2.  Qarshiman. Maqola hali YM statusiga hozir emas. — Kagansky munozara 21:36, 9-Dekabr 2023 (UTC)

 Bajarilmadi — 4 ta foydalanuvchi rozi lekin 2 ta administrator asosli ravishda qarshi, bundan tashqari doim maqolalarning sifati uchun harakat qiladigan foydalanuvchi Humoyun Qodirovning ham eʼtirozi oʻrinli. Maqola hozirgi holatida YM statusi uchun noloyiq. Jamshid Nurqul (munozara) 21:58, 9-Dekabr 2023 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Muzaffar Murodovichmusohaba 06:01, 5-Sentabr 2023 (UTC)

Assalomu alaykum. Ushbu maqola kabutarlardan suratga olish usuli haqidadir. Maqola bilan tanishib chiqib, fikr bildirishingizni soʻrab qolaman. Rahmat! Muzaffar Murodovichmusohaba 06:01, 5-Sentabr 2023 (UTC)

  •  Bajarilmadi Oʻtgan muddat davomida maqola umuman ovoz toʻplay olmadi. Maqoladagi kamchiliklarni tekshirib, maʼlum muddat oʻtgach, qayta nomzodlikka qoʻyish tavsiya etiladi Laziz Baxtiyorov (munozara) 16:16, 23-Sentyabr 2023 (UTC)
Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Egamberdi Iskandarov (munozara) 09:13, 12-Avgust 2023 (UTC)

Assalomu alaykum. Oʻzbekcha vikipediyada oʻzbek geograf olimlar haqida juda kam maqolalar bor. Qolaversa ijtimoiy tarmoqlarda va OAVlarda ham geograf olimlar haqida deyarli maʼlumotlar yoʻq. Faqatgini kitoblarida va ularga bagʻishlanganrisola risola, jurnal maqolalarida uchratish mumkin. Shu turdagi maqolalarni boyitish va statuslarini koʻtarish niaytim bor. Albatta bunda sizlarning yordamlaringizga muhtojman. Egamberdi Iskandarov (munozara) 09:13, 12-Avgust 2023 (UTC)

  1. Kirish qismi, manbalar va ichki havolalar kam. Ibrohimjon (munozara) 11:10, 12-Avgust 2023 (UTC)
    Assalomu alaykum, fiktingiz uchun rahmat. Iloji boricha qoʻshaman. Egamberdi Iskandarov (munozara) 11:59, 12-Avgust 2023 (UTC)
    Kirish qismi boyitildi va ichki havolalar koʻpaytirildi. Egamberdi Iskandarov (munozara) 12:49, 12-Avgust 2023 (UTC)
  2. Har bir xatboshi manbalar bilan tasdiqlanishi kerak. Laziz Baxtiyorov (munozara) 14:49, 15-Avgust 2023 (UTC)
    Assalomu alaykum, manba keltirib o'taman. Fikringiz uchun rahmat Egamberdi Iskandarov (munozara) 16:42, 16-Avgust 2023 (UTC)
    Assalomu alaykum, Maqolaga siz aytgan mezondek xatboshilarga manba tasdiqlab chiqdim. Egamberdi Iskandarov (munozara) 17:04, 18-Avgust 2023 (UTC)
  3. Kirish qismi qisqa. Maqola matnida maqola egasini (Turob Jumayev) ismini qisqartirib yozish juda hunuk koʻringan. Xatboshilar toʻliq manbalar bilan tasdiqlanmagan. Maqola YM mezonlariga koʻra 30 000 baytdan kam boʻlmasligi kerak ammo maqola oʻlchami 25 000 baytga ham yetmaydi. PanPanChik #yozish 14:25, 16-Avgust 2023 (UTC)
    Assalomu alaykum, manbalar bilan to'ldirman. Fikringiz uchun rahmat Egamberdi Iskandarov (munozara) 16:46, 16-Avgust 2023 (UTC)
    Assalomu alaykum maqolani mezonlar bo'yicha to'g'irlab chiqdim. Egamberdi Iskandarov (munozara) 17:03, 18-Avgust 2023 (UTC)
    Avvalo preambula qismi hali ham qisqa. Va men qisqa yozgansiz deganda hadeb Turob Jumayevich Jumayev shaklida yozishlikni nazarda tutmagan edim (shunchaki Turob Jumayev shakli). Bunday yozish o'quvchiga erish tuyilishi tabiiy. Maqola o'lchami ham haligacha 30 000 ga yetmagan. PanPanChik #yozish 14:23, 27-Avgust 2023 (UTC)
  1.  Roziman — Ma’qullayman.- Rivendell-Imladris (munozara) 05:14, 22-Avgust 2023 (UTC)

 Bajarilmadi — maqola status talablariga mos emas, faqatgina Egamberdi Iskandarovning nomzodlik maqolalariga ovoz berish uchun yaratilgan qoʻgʻirchoq hisobning ovozi qabul qilinmaydi. Jamshid Nurqul (munozara) 19:23, 27-Avgust 2023 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Msindarov07 (munozara) 12:38, 27-Iyul 2023 (UTC)

Hammaga salom. Ushbu maqola 2002-yilda ishlab chiqarilgan ajoyib film haqida. Maqola bilan tanishib chiqib fikringizni bildiring. Hurmatli Nataev, Kagansky, Jamshid Nurqul, Artemev Nikolay, Nataeva, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Miss Kamola, Alpasli, Salazarov, Panpanchik, Hilola Jurakulova, Humoyun Qodirov, Diwikiped, Muzaffar Murodovich va boshqa foydalanuvchilar, ovoz berishda ishtirok etishingizni soʻrayman. Msindarov07 (munozara) 12:38, 27-Iyul 2023 (UTC)

Film nomi tarjimasini qayerdan oldingiz? Oʻzbekcha nufuzli manbalarda shunday yozilgan boʻlsa, tarjimani yozganingiz toʻgʻri. Oʻzbekcha nufuzli manba topilmasa, inglizcha nomini yozish kerak. Nataev munozara 09:27, 28-Iyul 2023 (UTC)
Film nomini oʻzim tarjima qilgan edim.Bu film keltirilgan oʻzbekcha nufuzli manbalar topa olmadim. Shuning uchun ingilizcha nomiga o'zgartirdim. Msindarov07 (munozara) 13:12, 28-Iyul 2023 (UTC)
  1.  Qarshiman. — Maqolani katta qismi ATdan iborat, manba rasmiylashtirish qoidasiga umuman amal qilinmagan. --Hasan Alimov (munozara) 05:36, 28-Iyul 2023 (UTC)
  2.  Qarshiman. Snoskalardan to'g'ri foydalanilmagan. Salazarov 08:55, 28-Iyul 2023 (UTC)

 Bajarilmadi. Maqola status olishidan ham koʻra, uning Vikipediyada saqlab qolinishi munozara ostida qolib ketyapti. Maqola ustida judayam koʻp ishlash kerak ekan. Boshdan oyoq qayta koʻrib chiqib, VP:IVG qoidalariga amal qilgan holda, avtomat tarjima alomatlarini yoʻqotib, snoska va nufuzli manbalarni EnWikidan toʻliq olib oʻtish kerak. — Kagansky munozara 05:07, 30-Iyul 2023 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Yormatov Javohir (munozara) 08:23, 10-Iyul 2023 (UTC)

Bu maqola homilador ayollarning oʻlimiga sabab boʻlayotgan va hali toʻliq oʻrganilmagan Gepatit E virusi haqida. Bu maqolani inglizcha Wikipediadan tarjima qildim. Maqolani oʻqib chiqib oʻz fikrlaringizni bildirishingizni soʻrayman.Nataev, Kagansky, Jamshid Nurqul, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Umarxon III, Alpasli, Laziz Baxtiyorov, Salazarov, Finikchik, Muzaffar Murodovich, Diwikiped, Visola Tangirova, Khasan azim1 Yormatov Javohir (munozara) 08:23, 10-Iyul 2023 (UTC)

Assalomu alaykum. Maqolangiz statusli nomzodga loyiq yozilgan, faqat ba'zi joylariga o'zgartirish kiritishingiz kerak. Masalan: ba'zi tibbiy terminlarni tibbiyotdan behabar odamlar tushunadigan va grammatik jihatdan to'g'ri yozadiganga o'zgartiring. Misol: Virusologiya so'zi menimcha ortiqcha yoki unga tegishli bandlariga moslab boshqa nomlang, Diagnostika - mana shu so'zni "Tashxisi" so'ziga o'zgartirsangiz yaxshiroq, yoki diagnostikasi deb nomlab qo'ying. Shunga o'xshash ba'zi bandlarning nomiga qarab chiqing. Orada ozgina gramatik hatolar bor ekan. Keyin turkumlarni ozgina noto'g'ri qo'llagansiz. Ilojisi bo'lsa rasmlar qo'shsangiz yana ham yaxshiroq bo'lar edi.
Mana shu kamchiliklarni bartaraf etsangiz maqolangiz siz o'ylagan statusni oladi. Wikisurgery94 (munozara) 05:31, 11-Iyul 2023 (UTC)
Wikisurgery94, qanaqasiga "virusologiya" ortiqcha? Bunday atamalarning tarjimasi yoʻq. "Diagnostika" lotincha, "tashxis" esa arabcha soʻz va oʻzbekchasi yoʻq. "Gramatik hato" emas, "grammatik xato" boʻladi.
Yormatov Javohir, "kuaztiladi" kabi xatolarni tuzatib chiqing. "15-35" kabi diapazonlarda tire ishlating. Nataev munozara 11:59, 11-Iyul 2023 (UTC)
Ha garmmatik soʻzini toʻgʻirlab qoʻydim. Lekin virusologiya degan jumla tagidagi bandlariga mosroq emas demoqchiman. Oʻrniga "Virusning hayot sikli" soʻzi toʻgʻri keladi va men aynan virusologiya soʻzini tarjimasini aytmadim. Wikisurgery94 (munozara) 12:08, 11-Iyul 2023 (UTC)
Nataev, Assalom aleykum. Xatolarni toʻgʻirladim. Yormatov Javohir (munozara) 04:43, 12-Iyul 2023 (UTC)
Wikisurgery94, Assalom aleykum e'tiboringiz uchun alohida rahmat. Foydalanuvchi nomingizdan siz ham tibbiyot talabasi yoki shifokorsiz. Diagnostika bandini tashxisi deb oʻzgartira olmayman. Sababi diagnostika boʻlimida kasallikni qanday tekshirish haqida yozganman. Tashxis esa aniq Gepatit E.
Yormatov Javohir (munozara) 14:05, 12-Iyul 2023 (UTC)
Tashxisi emas Tashxisoti demoqchi edim. Ha mayli, bunisi tursin, lekin "Virusologiya" degan so'zni o'rniga "Virusning hayot sikli" desak to'g'ri bo'ladi menimcha. Ingliz tilidagi maqolaga Virusologiya bo'luradi, o'zbekchasi ozgina to'g'ri kelmaydi. Yana o'ziz bilasiz. Wikisurgery94 (munozara) 15:35, 12-Iyul 2023 (UTC)
Ostsarlavha qilib virusning hayot sikli deb berilgan ekanku. Xusnora (menga yozish) 07:18, 13-Iyul 2023 (UTC)
Invalid manbalar bilan bogʻliq xatolikllar yaqqol koʻrinib turibdi. Tuzatish kerak boʻladi. — Kagansky munozara 19:42, 14-Iyul 2023 (UTC)
Yormatov Javohir; Manbalar rasvo ahvolda. Tuzatib chiqish kerak. Ular xatoligidan EnWikida 97 manba o'zidan ko'payib 108 ta bo'lib qolganmi? Salazarov 10:38, 17-Iyul 2023 (UTC)
Bilgiqutida muammo bor. U EnWikidan to'liq olib o'tilmagan. Salazarov 10:43, 17-Iyul 2023 (UTC)
Bizda Andoza:Tibbiy holat bilgiqutisi bor ekan shunga oʻzgartridim. Inglizcha Wikipediadagi andozani mustaqil Oʻzbekcha Wikipediada ham yartamoqchi edim, lekin oʻxshata olmadim Yormatov Javohir (munozara) 12:10, 17-Iyul 2023 (UTC)
Assalom aleykum oʻzgartirishlar kiritdim. Xozircha birorta invalid manba qolmadi. Yormatov Javohir (munozara) 12:08, 17-Iyul 2023 (UTC)
Assalom aleykum toʻgʻrisi nega bunday boʻlganligini bilmayman. Lekin 109 ta manba hammasi ishlayapti, manba koʻpligi qaytanga yaxshi emasmi. Yormatov Javohir (munozara) 12:09, 17-Iyul 2023 (UTC)
Baʼzi manbalar sizda <ref name="" /> tegi ishlatilmagani sababli takror-takror koʻrsatilgan. Tuzatish kerak. Shpargalka sifatida ularni koʻrsataman: 2, 28, 52 va 81; 5 va 20; 8, 15 va 29; 33 va 36; 44 va 47; 54 va 82; 75 va 77. Bundan tashqari, koʻrsatilgan baʼzi manbalar EnWikidagi maqoladan farqlanadi. EnWikidagi maqolaning barcha manbalari tarjima qilganingizda toʻliq olib oʻtilmagan. Buniyam tuzatib chiqish kerak boʻladi. — Kagansky munozara 14:06, 19-Iyul 2023 (UTC)
Assalom aleykum siz ko'rsatgan 2-manba "emer" tegini ishlatganimda negadur pastda invalid manbaga aylanib qoldi. Bir xil manbalarni o'chirib tashlab bittadan qoldiraymi Yormatov Javohir (munozara) 06:28, 20-Iyul 2023 (UTC

2-manbada kamchilik bor. Ibrohimjon (munozara) 09:22, 20-Iyul 2023 (UTC)

  • Matnda gʻalizliklar koʻp, hammasini bu yerda yozsam doston boʻlib ketadi, hozircha men tushunmagan gaplardan bittasini shu yerda keltiraman: „Profilaktik vaktsina (HEV 239) Xitoyda foydalanish uchun tasdiqlangan“ — Vaksina qaysidir davlat olimlari tomonidan „faqatgina Xitoyga borib foydalanish mumkin“, deb tasdiqlanganmi yoki Xitoyda ushbu vaksina tasdiqlanganmi? Jamshid Nurqul (munozara) 23:01, 20-Iyul 2023 (UTC)
    Assalom aleykum. Vaksina yaratilgach Xitoy hukumati o'z hudida vaksinatsiya o'tkazishni tasdiqlagan. Xuddi Covidga qarshi vaksinaning ma'lum turlari ma'lum hududlarda foydalanish uchun tasdiqdan o'tmagani singari HEVning yangi vaksinalari davlat tasdig'idan o'tmagunicha o'sha hududda qo'llanilmaydi Yormatov Javohir (munozara) 03:38, 21-Iyul 2023 (UTC)
    Bu narsalarni menga tushuntirmang, maqolani shaxsan men tushunishim uchun yozayotganingiz yoʻq. Matndagi gʻalizliklarni yoʻqoting. Yaqinda xulosa chiqariladi. Jamshid Nurqul (munozara) 09:41, 21-Iyul 2023 (UTC)
    Xop Yormatov Javohir (munozara) 12:59, 21-Iyul 2023 (UTC)
  1.  Roziman Maqola mavzusi dolzarb. Lekin Oʻzbekistonda Gepatit E boʻyicha kuzatilayotgan statistik maʼlumotlarni qoʻshsangiz zoʻr boʻlardi Jahongir Boboyev (munozara)
  2.  Roziman Tibbiyotga oid sifatli va statusli maqolalar koʻpayotganidan xursandman. Wikisurgery94 (munozara)
  1.  Qarshiman — Maqola gʻaliz yozilgan yoki tarjima qilingan.  Mirzoulugʻbek |@  12:43, 22-Iyul 2023 (UTC)
  2.  Qarshiman. Manbalar bilan bogʻliq koʻplab kamchiliklar tuzatilmagan. — Kagansky munozara 13:22, 22-Iyul 2023 (UTC)

 Bajarilmadi — Maqolada gʻaliz jumlalar koʻp. Jamshid Nurqul (munozara) 12:44, 23-Iyul 2023 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Xasanboy off (munozara) 10:58, 8-Iyul 2023 (UTC)

Mazkur maqola Hayvonlar loyihasi va Qushlar loyihasi doirasida inglizcha Vikipedayadan tarjima qilib yaratilgan, maqola inglizcha Vikipediyada „Yaxshi maqola“ statusini olgan va 2003-yildan faol foydalanuvchilar tomonidan tahrirlanib yangi maʼlumotlar bilan toʻldirilmoqda. Amerika kestrali (lochin deb ham nomlangan), kamayib ketish xavfi ostida. Ushbu maqolani „Yaxshi maqola“ statusi uchun nomzodlikka taqdim etmoqchiman. Hurmatli Nataev, Kagansky, Jamshid Nurqul, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Umarxon III, Alpasli, Panpanchik, Laziz Baxtiyorov, Salazarov, Muzaffar Murodovich, Diwikiped, Khasan azim1, Kamol Azzam va boshqa foydalanuvchilar oʻz fikringizni bildirib, statusga yetishida uning qoidalarga xos tarzda toʻliq tayyorlanishiga yordam bering, shuningdek ovoz berishda ham ishtirok etishingizni soʻrab qolaman Xasanboy off (munozara) 10:58, 8-Iyul 2023 (UTC)

"ingliz Vikipediyasida „Yaxshi maqola“ statusini olgan" bu gapning sababini tushunolmadim. „ingliz Vikipediyasi“ emas, inglizcha Vikipediya, undan tashqari — inglizchada status oldi degani hamma vikilarda status olishi kerak degani emas. Ingliz va oʻzbek tillari orasida yer bilan osmoncha farq bor. Inglizzabonlar oʻz tillarida maqolani maromiga yetkazib bexato yozishganiga shubham yoʻq, bizdachi, buni tekshirib koʻrgach bilamiz. Matn oʻzbek tili qoidalari asosida yozilmagan boʻlsa, „inglizchada status olganku“, degan iddao oʻtmaydi. Jamshid Nurqul (munozara) 19:09, 8-Iyul 2023 (UTC)
Assalomu alaykum koʻp maʼlumotlarda ingliz deb yozilgani uchun ingliz deb urgʻu berib yuboribman.
Xato toʻgʻirlandi.Xasanboy off (munozara) 00:44, 9-Iyul 2023 (UTC)

koʻk jayning ogʻirligidan motam kabutariga shu turlarning asl oʻzbekcha nomlarini qidirib koʻrsangiz. Bu toʻgʻridan toʻgʻri tarjima boʻlib qolgan. Oddiy insonga tushunarsiz, biolog olimga esa yoqimsiz tuyiladi. Shu singari turlarning ayni oʻzbekcha berilgan nomlarini topishga urinib koʻring. Bu maqolangizni yana ham sifatliroq qiladi! Shuningdek quyidagilar ham:

  1. bu esa eng kuchli uchuvchi lochinlar, masalan, 20% ni tashkil qilgan
  2. Qanotlari oʻrtacha uzun, ancha tor va bir nuqtaga torayib ketgan.
  3. Kattaligiga koʻra, ular kuchli tirnoqlari va tumshugʻiga ega
  4. Ikkala jinsda ham bosh oq rangga ega, tepada koʻk-kulrang.
  5. uning kestralarga jismoniy oʻxshashligi va Amerika kestrali nomining oʻziga xos xususiyatiga asoslanib, nomini oʻzgartirishga ozgina turtki boʻlgan.

Yuqorida ayrim gʻaliz jumlalarni koʻrsatdim. Lekin baxtga qarshi maqolada bu singari jumlalar koʻp topiladi. Iltimos tarjima qiluvchi sifatidagina emas oddiy oʻquvchi oʻlaroq maqolani tahrir qiling!

Yana:

  1. Vokalizatsiyalar boʻlimida notoʻgʻri wikilinklari serob. Tovush nomi insonlar va hudud nomlari bilan bogʻlanib qolgan. Tovush turining ayni oʻzbekcha tarjimasi yoki transliteratsiya varianti borasida izlanish qilinmagan. Bu boʻlim toʻliq tahrirga muhtoj.
  2. Shimoliy Amerikadagi AOU xizmat turi qanday qilib Fransiyadagi shaharga linklanib qoldi?

Yuqoridagi singari xato wikilinklar juda koʻp. Qayta koʻrib chiqib darhol tahrirlash kerak!!! PanPanChik #yozish 03:50, 11-Iyul 2023 (UTC)

  1.  Qarshiman — maqola boshdan-oyoq avtomat tarjimadan iborat. „Vokalizatsiyalar“ deb nomlangan boʻlimni shu yerga toʻliq koʻchiraman, aminman, hech kim u yerdagi gaplarning maʼnosini tushunmaydi, qanaqadir qoʻngʻiroqlar haqida yozilganmi-yey, jonivorga qoʻngʻiroqning nima aloqasi bor?! Xullas, toʻliq avtomat tarjima: „Amerika kestrali uchta asosiy tovushga ega — „klee“ yoki „killy“, „whine“ va „chitter“. „Klee“ odatda tezkor seriya sifatida yetkazib berilgan — klee, klee, klee, klee kestrali xafa boʻlganda yoki hayajonlanganda. Bu qoʻngʻiroq turli xil vaziyatlarda qoʻllaniladi va ikkala jinsdan ham eshitiladi, lekin katta urgʻochilarning ovozi odatda erkaklarnikiga qaraganda pastroq boʻlgan. „Whine“ qoʻngʻirogʻi, birinchi navbatda, ovqatlanish bilan bogʻliq, lekin kopulyatsiya paytida ham aytilgan. "Chitter" erkak va urgʻochi qushlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni oʻz ichiga olgan faoliyatda, jumladan, tanishuv paytida ovqatlanish, kopulyatsiya va nestlarni boqishda qoʻllanilgan. Nestlings 16 kunlik yoshida kattalarnikiga oʻxshash qoʻngʻiroqlarni amalga oshirishi mumkin.“ Jamshid Nurqul (munozara) 12:59, 16-Iyul 2023 (UTC)
  2.  Qarshiman — Avtomat tarjima joylari yaxshi tuzatilmagan. Tuzatilib, xabar qilisa, qayta tekshirib, ovozimni o'zgartirishim mumkin. Salazarov 10:46, 17-Iyul 2023 (UTC)
  3.  Qarshiman. Maqola ayni vaqtda, mening fikrimcha, umuman status uchun mos emas. AT alomatlari talaygina.ANJANIY!!#suhbat 11:19, 17-Iyul 2023 (UTC)

 Bajarilmadi Maqola nomzodlikka qoʻyilgan kundan shu kunga qadar birorta rozi ovoz ola bilmadi. Aksincha, qarshi ovozlar bildirilganini inobatga olgan holda, munozara yopildi. Nominatorga maqola boʻyicha aytib oʻtilgan fikrlarni inobatga olgan holda, xatoliklarni tuzatib, maqola ustida jiddiy qayta ishlashni tavsiya qilamiz. Laziz Baxtiyorov (munozara) 03:17, 19-Iyul 2023 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Umarjon Rahimov (munozara).

Hurmatli foydalanuvchilar, maqola Yaxshi maqola statusi uchun nomzodlikka berilmoqda. Fikringizni bildiring. Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurqul, Laziz Baxtiyorov, MirzoUlugʻbek, Panpanchik, Nataev, Muxriddin Azimov, Malikxan, Artemev Nikolay, Alpasli, Humoyun Qodirov, Visola Tangirova, Salazarov, Boboyev1996 va boshqalar, ovoz bering. Hurmat bilan, Umarjon Rahimov (munozara) 09:15, 26-Iyun 2023 (UTC).

Hormang! The Federal Reserve Systemni Federal zaxirasi deyish notoʻgʻri. Federal rezerv tizimi deya qolish kerak. Nataev munozara 13:09, 26-Iyun 2023 (UTC)

Tuzatildi. Umarjon Rahimov (munozara) 22:24, 27-Iyun 2023 (UTC).
  1. Qoʻshtirnoq bilan bogʻliq xatoliklar mavjud (kirish qismi va taʼlim boʻlimida).
  2. Oilasi va bolaligi boʻlimida tire tushurib qoldirilish holatlari mavjud. ANJANIY!!#suhbat 14:44, 28-Iyun 2023 (UTC)
Maqolaning ayrim oʻrinlarida qoʻshtirnoqlar xatoligini koʻrdim. Baʼzi jumlalar ham tushunarsizroq. qayta-qayta bir xilda ishlagan ishlagan deb ketma-ket 3gapda qoʻllabsiz?? Iqtisodiyot boʻyicha bakalavr diplomi bilan tamomladi. Bu jumlani esa tushuna olmadim((( Komrontoy (munozara) 05:57, 1-Iyul 2023 (UTC)

 Bajarilmadi Nomzod oʻtgan 14 kun muddat ichida yetarli ovoz toʻplay olmadi Laziz Baxtiyorov (munozara) 05:38, 10-Iyul 2023 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Umarjon Rahimov

Hurmatli hamkasblar, Oʻzbekcha Vikipediyada "yaxshi" statusiga yangi nomzod qilyapman. Slovencha Vikipediyada tanlangan, Nemischa Vikipediyada yaxshi maqola statusini olgan. Maqola uchun {{Turkmaniston yetakchilari}} navigatsion andozasi ham kamina tomonidan yaratilgan.

Hurmatli, Kagansky, Jamshid Nurqul, Laziz Baxtiyorov, Muxriddin Azimov, Malikxan, MirzoUlugʻbek Karimov, Alpasli, Boboyev1996 Humoyun Qodirov, Asadbek Botirqulov, Panpanchik, Muzaffar Murodovich, Diwikiped, Kamol Azzam va boshqa foydalanuvchilar, ovoz bering! Umarjon Rahimov (munozara) 10:58, 24-Iyun 2023 (UTC).

Maqolada manbalar bilan tasdiqlanmagan baʼzi iddaolar mavjud. Umuman olganda, har bir xatboshi manbalar bilan tasdiqlansa ham goʻzal boʻlardi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 16:09, 25-Iyun 2023 (UTC)
Aynan qaysi iddaolar? Umarjon Rahimov (munozara) 10:34, 26-Iyun 2023 (UTC)
Baʼzilariga manbalar qoʻyilibdi, jumladan
  1. [Niyozov prezidentligi davrida Turkmanistonda toʻqimachilik sanoatiga asos solingan.]
  2. [Oʻlimidan bir oy oldin Niyozov soʻnggi bir necha yil davomida nomaʼlum yurak kasalligi tufayli yurak dori-darmonlarini qabul qilganini omma oldida eʼlon qilgan edi. Turkmanistonning Moskvadagi elchixonasi keyinroq bu xabarni tasdiqladi.]
  3. [Uning Ashxoboddagi oltin haykali qayta oʻrnatilgan.]
kabilarda ham manbalar keltirilsa maʼqul boʻlar edi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:50, 27-Iyun 2023 (UTC)
Nufuzli manbalar yetarli emasligi sababli, iddaolarni olib tashladim. Umarjon Rahimov (munozara) 22:13, 27-Iyun 2023 (UTC).
Probellar qolib ketgan matnlar koʻp ekan. Masalan, kirish qismining birinchi gapidayoq „Buyuk Turkmanboshi deb eʼtirof etilgan. Turkmanistonni 1990-yildan vafotigacha boshqargan turkman siyosatchisi.“ deyilgan. Vafotigacha boshqargan degan matnni koʻrgan oʻquvchi yilini koʻrmay qolyapti. „sovet va turkman siyosat arbobi. Turkmanistonning birinchi prezidenti (????—????). (Qayerdadir?) Buyuk Turkmanboshi deb eʼtirof etilgan. Davlatni vafotigacha boshqargan.“ qabilida yozilsa yaxshi ish boʻlardi. Probellar qolib ketgan barcha matnni qayta koʻrib chiqib oʻquvchiga tushunarli boʻladigan sodda holatga keltirish zarur. — Kagansky munozara 13:40, 29-Iyun 2023 (UTC)
Maqola matnining qisqacha mazmuni Preambulada yetarlicha yoritilmagan. Masalan, Sovetlar davridagi siyosiy faoliyati haqida qisqacha yozilmagan. — Kagansky munozara 13:42, 29-Iyun 2023 (UTC)
Matnda ensiklopedik ahamiyatga molik mavzudagi soʻzlarga ichki havola koʻrsatilmagan (masalan, Leningrad politexnika instituti, Turkmaniston kommunistik partiyasi, Turkmaniston SSR Oliy Kengashi va hokazolar). — Kagansky munozara 13:49, 29-Iyun 2023 (UTC)
Maqolaning 1/4 qismi aniq bir yilni koʻrsatish bilan boshlanadi. Bunday gaplarda urgʻuni yilga emas maqola obyektiga berib qayta tahrirlash kerak boʻladi. Sababi maqola yil haqida emas, kishi mavzusida yozilgan. — Kagansky munozara 13:55, 29-Iyun 2023 (UTC)
Umuman ostboʻlimlarning nomlanishi maqola mavzusidan ham koʻra Turkmaniston mavzusiga koʻproq mos keladi. Ularning deyarli barchasida Turkmanboshi davriga ishorat koʻrinmaydi. Madaniyat ostboʻlimi esa birinchi xatboshidanoq „Uning …“ deb boshlanyapti. Savol, kimning? Iqtisodiyot ostboʻlimi boʻshab yotibdi. Umuman boʻlimlardagi mazmun oʻta qashshoq holatda. Ostboʻlim nomlari umuman mavzuga mos kelmaydi. Masalan, Iqtisodiyot emas Iqtisodiyot sohasidagi faoliyati yoki shunga oʻxshash nom berish kerak. — Kagansky munozara 13:59, 29-Iyun 2023 (UTC)
Hurmatli Kagansky, siz sanab oʻtgan kamchiliklar tuzatildimi? Bir qarab aytsangiz yaxshi boʻlardi. Xulosa chiqarish kuni kelib qolibdi. Jamshid Nurqul (munozara) 09:19, 7-Iyul 2023 (UTC)
Hurmatli Jamshid Nurkul, bir tomondan nominatorning maqola ustida qilgan mehnati koʻrinsa, boshqa tomondan maqolada kichik tuyuladigan lekin muhim boʻlgan kamchiliklarni yaqqol koʻrish mumkin. Quyida ulardan misollar keltiraman:
  1. bilgiqutida siyosatchining amallari va yillari koʻrsatilmagan;
  2. ruscha: Сапармурат Атаевич Ниязов; deb yozilgan. Nimagaligini bilmadim. Bu holat hozirchalik faqatgina oʻzbekcha Vikipediyadagina kuzatiladi;
  3. aksariyat lotin yozuvidagi oʻzbekcha nufuzli manbalarda kishining nomi Saparmurot emas, Saparmurod deb keladi. Nominator tomonidan esa haligacha maqola nomini oʻzgartirish boʻyicha taklif boʻlmadi;
  4. EAga ega mavzuda boʻlgan koʻpchilik soʻzlarga ichki havolani toʻgʻri koʻrsatilmasligi gʻalati koʻrinyapti. Misol uchun, kishi mavzusi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan, u tugʻilgan joyi Gipjak yoki Qipchoqqa va Ashxobod viloyatiga ichki havola yoʻq. Bunday misollar talaygina;
  5. Boshqa tomondan ichki havolaga haddan tashqari koʻp marotaba murojaat qilinyapti. Asosan yillarni koʻrsatishda bu yaqqol koʻrinadi;
  6. Yoshligi va taʼlim, Hokimiyatni mustahkamlash va muxolifat bilan munosabat, Kommunistik partiyadagi karyerasi. Nimaga karyerasi? Faoliyati emas?
  7. Imlo qoidalariga amal qilinmaslik holatlari ham uchraydi ("Pravda", "Ruhnoma", "Oltin asr", "Ýanardag" …)
  8. bitta gap preambulaning oʻzida bitta xatboshida har xil koʻrinishda takror kelishi kuzatiladi. „Turkmanistonning birinchi prezidenti (1991—2006).“, „Turkmanistonni 1991-yildan 2006-yilda vafot etgunigacha boshqargan.“;
  9. takror kelgan manbalar ref name andozasi bilan birlashtirilmagan. Koʻrsatilishida xatoliklar boʻlgan manbalar ham bor. — Kagansky munozara 20:03, 7-Iyul 2023 (UTC)
Barcha kichik xatoliklar tuzatildi. Ism masalasida munozarada taklif beraman. Umarjon Rahimov (munozara) 23:12, 7-Iyul 2023 (UTC).
  1. Laylatul Qadr emas, Laylatul-qadr.
  2. Turkmanboshi sahifasidan yoʻnaltirishni, balki, shu nomdagi shaharga emas, balki Saparmurot Niyozovga berish kerakdir? ANJANIY!!#suhbat 08:50, 28-Iyun 2023 (UTC)
    Taklifni Turkmanboshi maqolasining munozarasiga yozganingiz yaxshi. „Laylatul-qadr“ xatosi tuzatildi. Umarjon Rahimov (munozara) 12:36, 28-Iyun 2023 (UTC).
  1.  Roziman. Maqola hajm jihatdan YMga mos. Manbalar tartibli va qoidalarga koʻra keltirilgan. Ushbu statusni qoʻlga kiritadi, deb umid qilaman. Salazarov 08:42, 25-Iyun 2023 (UTC)
  2.  Roziman. Statusga mos maqola. Koʻp oʻylab rozi boʻlishga qaror qildim. Muallifga maqola uchun tashakkur. ANJANIY!!#suhbat 12:44, 29-Iyun 2023 (UTC)
  3.  Roziman. Yaxshi maqola. FreetimeeditorII (munozara) 15:25, 2-Iyul 2023 (UTC)
  1.  Qarshiman. YM statusi kriteriylariga mos kelmaydi. Natija chiqarilish kunigacha statusga mos holatga keltirilsa fikrimni oʻzgartirishim mumkin. — Kagansky munozara 14:03, 29-Iyun 2023 (UTC)
  2.  Qarshiman. YM statusi kriteriylariga mos kelmaydi.-Artemev Nikolay (munozara) 05:41, 2-Iyul 2023 (UTC)

 Bajarilmadi Maqola oʻtgan muddat davomida yetarli darajada ovoz toʻplay olmadi. Aytib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilgach, qayta nomzodlikka qoʻyish mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:46, 8-Iyul 2023 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): ANJANIY!!#suhbat 18:09, 17-Iyun 2023 (UTC)

Assalomu alaykum, vikipediya jonkuyarlari. Mana shu maqolani „yaxshi“ statusiga nomzod qilib qoʻymoqchi edim. Oʻz fikrlaringiz va ovozlaringiz bilan faol boʻlasizlar degan umiddaman. Hurmatli, Kagansky, Jamshid Nurqul, Laziz Baxtiyorov, Muxriddin Azimov, Malikxan, MirzoUlugʻbek Karimov, Alpasli, Boboyev1996 Humoyun Qodirov, Finikchik, Mrshaxas Asadbek Botirqulov, Panpanchik, Muzaffar Murodovich, Diwikiped, Kamol Azzam va boshqa foydalanuvchilar, ovoz bering! ANJANIY!!#suhbat 18:09, 17-Iyun 2023 (UTC)

Avvalo qiziq, negadur har safar nomzodlik qoʻysangiz fikrlar boʻlimi „qolib ketadi“.)))

Maqola tarkibidagi ichki vikilinklarni tuzating. Ularni enwikiga emas uzwikiga bogʻlang. Evropa holatida yozilgan yoki shunga uyqash soʻzlarni ham toʻgʻrilashingizni maslahat berar edim. PanPanChik #yozish 14:04, 25-Iyun 2023 (UTC)

Ichki vikilinklar bilan bogʻliq soʻrovingiz tuzatildi. Ammo, har qancha urinmay, Evropa holatida yozilgan soʻzni topa olmadim. Aynan qaysi boʻlimida koʻrganingizni aytib yubora olasizmi? ANJANIY!!#suhbat 00:14, 26-Iyun 2023 (UTC)
1,5 million evro xayriya qilgan. Mana bu yerni tuzatish kerak. Muzaffar Murodovichmunozara 07:36, 26-Iyun 2023 (UTC)
Rahmat.  Bajarildi. ANJANIY!!#suhbat 12:59, 26-Iyun 2023 (UTC)
Alisher Usmonovning Burxon deb nomlangan A340-313X samolyoti Evroaeroportida (2008) shumi tuzatganingiz??? PanPanChik #yozish 14:35, 1-Iyul 2023 (UTC)
Tuzatildi.ANJANIY!!#suhbat 15:44, 1-Iyul 2023 (UTC)

Iqtiboslar {{quote}} va {{oq}} andozalariga olinsa va yana biror jadval (masalan, yillar boʻyicha boyligi) kiritilsa yaxshiroq edi. Umarjon Rahimov (munozara) 17:22, 30-Iyun 2023 (UTC).

 Bajarildi.{{quote}} va {{oq}} andozalaridan kerakli (men kerak deb oʻylagan) joylarda foydalanildi. Yillar boʻyicha boyligi jadvali Forbesdagi maqomi va mavqei boʻlimi soʻnggida keltirilgan. Yana qandaydir jadval qoʻshish haqida miyyamga hech qanday fikr kelmadi. ANJANIY!!#suhbat 19:13, 30-Iyun 2023 (UTC)
  • Imloviy va uslubiy xatolari koʻp. Bir oʻrinda „yaxta“ soʻzining „yaxsta“ shaklida yozilganini koʻrdim. Maqolani statusga berishdan oldin 5–6 martalab qayta va qayta oʻqib, tuzatib chiqing. Jamshid Nurqul (munozara) 11:48, 1-Iyul 2023 (UTC)
     Bajarildi.Imloviy va uslubiy xatoliklarni koʻrib chiqib, toʻgʻrilashga harakat qildim. Siz taʼkidlab oʻtgan yaxsta xatoligini ham toʻgʻriladim. Yana qayta oʻqib, mayda lekin yaxshi statusli maqola uchun mos boʻlmagan xatoliklarni toʻgʻirlab chiqaman. Xatolik haqida habar berganingiz uchun tashakkur.ANJANIY!!#suhbat 13:25, 1-Iyul 2023 (UTC)
    *xabar. Anjaniy. Muzaffar Murodovichmunozara 13:53, 1-Iyul 2023 (UTC)
    Bilaman, birinchi emas :). Takrorlamaslikka harakat qilaman.ANJANIY!!#suhbat 13:58, 1-Iyul 2023 (UTC)
    Anjaniy, bilsangiz, amal qiling unda. Muzaffar Murodovichmunozara 05:22, 2-Iyul 2023 (UTC)
    Hoʻp. ANJANIY!!#suhbat 05:32, 2-Iyul 2023 (UTC)
    Ц harfi lotinchaga oʻgirilganida, oldida unli harf boʻlsagina „ts“ boʻyicha qoladi. Qolgan payti „s“ boʻladi. „Aktsiya“ kabi xatolarni qilgan ekansiz. Bu kabi xatolarni ham tuzatib chiqing. Muzaffar Murodovichmunozara 13:57, 1-Iyul 2023 (UTC)
     Bajarildi.ANJANIY!!#suhbat 14:19, 1-Iyul 2023 (UTC)
  • Ammo, Forbes maʼlumotlariga koʻra, Rossiya Davlat kutubxonasida yoqlangan nomzodlik dissertatsiya matni yoʻq“ — mana bu gapni qanday tushunish kerak? Usmonov dissertatsiya matnini Rossiya Davlat kutubxonasida yoqlagan, debmi yoki dissertatsiya matni oʻsha kutubxonada mavjud emas, debmi? Bu kabi xatolar koʻp. Jamshid Nurqul (munozara) 10:01, 2-Iyul 2023 (UTC)
  1.  Roziman Bir qancha xatoliklar tuzatildi. Oʻylaymanki maqola YM statusiga loyiq.MrShaxas #Munozaracha 17:09, 30-Iyun 2023 (UTC)
  2.  Roziman — Manbalar bilan boy, ajoyib maqola boʻlibdi! Omad! Statusni qoʻlga kiritadi deb umid qilaman. Salazarov 11:47, 1-Iyul 2023 (UTC)
  3.  Roziman — Alpasli (munozara) 12:29, 1-Iyul 2023 (UTC)
  4.  Roziman — Abdufattohov Ibrohimjon (munozara) 06:37, 2-Iyul 2023 (UTC)
  5.  Roziman — FreetimeeditorII (munozara) 15:26, 2-Iyul 2023 (UTC)
  1.  Qarshiman Maqola hanuzgacha YM statusiga mos tarzda tahrir qilinmagan. Fikrlar boʻlimidagi xatoliklar chala toʻgʻirlangan. PanPanChik #yozish 14:35, 1-Iyul 2023 (UTC)
    Fikr bildirganingizdan soʻng 30dan ortiq tahrirlar qilib, siz taʼkidlagan va boshqa xatolik va kamchiliklarni toʻgʻirladim. Qayta oʻqib chiqib, fikr bildirishingiz mumkin. ANJANIY!!#suhbat 05:35, 2-Iyul 2023 (UTC)
    30 marta tahrir qildingiz, siz hali ham vandal tahrirni oʻtkazib yubordingiz...Artemev Nikolay (munozara) 05:57, 2-Iyul 2023 (UTC)
     Bajarildi.Manbalardagi xatoliklar, xususan, oy nomlaridagi sentabr/oktabr xatoliklari, rus yoki ingliz tilida yozilgan (oy nomlarini nazarda tutyabman) joylarini toʻgirlab, oʻzbekchaga oʻtkazib chiqdim.ANJANIY!!#suhbat 10:23, 2-Iyul 2023 (UTC)
  2.  Qarshiman. Maqolada gʻaliz jumlalar tiqilib yotibdi. Jamshid Nurqul (munozara) 17:27, 2-Iyul 2023 (UTC)

 Bajarilmadi Matnda kamchiliklar, gʻalizliklar koʻp. Oʻtgan muddat davomida baʼzi kamchiliklar bartaraf etilsa-ds, koʻp holatlar saqlanib qoldi. Shularni inobatga olgan holda  Bajarilmadi. Matn ustida qayta ishlab, gʻalizliklar bartaraf etilgach, qayta nomzodlikka qoʻyish mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 17:32, 2-Iyul 2023 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nominator(lar): DMahmudova (munozara) 05:41, 12-Iyun 2023 (UTC)

Assalomu alaykum hurmatli vikipediya foydalanuvchilari! Ushbu maqola Qoʻqon tarixiga oid boʻlib, Vodiy oyligi doirasida yaratilgan. Oʻzbek tiliga tarjima qilinib, qoʻshimcha maʼlumotlar, adabiyotlar bilan toʻldirilgan. Oʻz fikringizni bildirib, ovoz bering.

Hurmatli, Kagansky, Jamshid Nurqul, Umarjon Rahimov, Muxriddin Azimov, Malikxan, MirzoUlugʻbek Karimov, Alpasli, Laziz Baxtiyorov,Boboyev1996 Humoyun Qodirov, Asadbek Botirqulov, Panpanchik, Muzaffar Murodovich, Husniddin Rasulov, ShohjahonSobirov, Finikchik, Diwikiped, Kamol Azzam va boshqa foydalanuvchilar, iltimos ovoz berishda ishtirok etsangiz! DMahmudova (munozara) 05:41, 12-Iyun 2023 (UTC)

  1.  Qarshiman — Hajmi xushsifatga tortadi. Baʼzi oʻrinlar manbalar bilan tasdiqlanmagan. YM uchun nomunosib. Salazarov 05:49, 12-Iyun 2023 (UTC)
    Rahmat. Manbalarni yana koʻrib chiqaman DMahmudova (munozara) 06:28, 12-Iyun 2023 (UTC)
  2.  Qarshiman — Bu qoida bilan tanishib chiqing. Umarjon Rahimov (munozara) 11:03, 12-Iyun 2023 (UTC).
  3.  Qarshiman — YM uchun hozircha nomunosib.Muxriddin Azimov (munozara) 18:27, 12-Iyun 2023 (UTC)
  4.  Qarshiman — hozircha tahrirga muhtoj Alpasli (munozara) 13:29, 16-Iyun 2023 (UTC)
  5.  Qarshiman. Maqola hajmi „yaxshi“ status uchun yetarli emas. ANJANIY!!#suhbat 01:31, 18-Iyun 2023 (UTC)

 'Bajarilmadi. YM statusiga noloyiqligi sabab rozi ovozlar berilmagan va qarshi ovozlar koʻpchilikni tashkil qilgan   Mirzoulug'bek |@  21:22, 22-Iyun 2023 (UTC)

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nominator(lar): Komilhuja 04:27, 8-Iyun 2023 (UTC)

Assalomu aleykum hurmatli vikipediya adminstratorlari! Ushbu maqola Fizikaga oid boʻlib, elektr energeyisani paydo boʻlish tarixi haqidadir.

Hurmatli, Kagansky, Jamshid Nurqul, Umarjon Rahimov, Muxriddin Azimov, Malikxan, MirzoUlugʻbek Karimov, Alpasli, Laziz Baxtiyorov, Humoyun Qodirov, Asadbek Botirqulov, Panpanchik, Muzaffar Murodovich, Husniddin Rasulov, ShohjahonSobirov, Finikchik, Diwikiped, Visola Tangirova, Kamol Azzam va boshqa foydalanuvchilar, iltimos ovoz berishda ishtirok etsangiz!

Roziman

  1.  Qarshiman — Avomat tarjima nuqsonlari yaqqol turibdi. Har bir xatboshi manba bilan tasdiqlanmagan. MrShaxas #Munozaracha 04:39, 8-Iyun 2023 (UTC)
  2.  Qarshiman — Maqolaning hajmi ham juda kichkina Amir. Temur (munozara) 06:11, 8-Iyun 2023 (UTC)

 Bajarilmadi. YM kriteriylariga umuman mos emas. — Kagansky munozara 04:05, 9-Iyun 2023 (UTC)

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nominator: Amir.Temur
  • Navbatdagi YM uchun nomzod. Tomdi tumani Navoiy viloyatidagi oltin koni joylashgan tuman hisoblanadi. Tumanning yana bir oʻzgachaligi, tuman maktablarida birorta ham oʻzbek sinflari yoʻq va tumanni deyarli 100% etnik qozoqlar boshqaradi.
Kirishda aholi boʻyicha yangiroq maʼlumotni keltirish kerak (maqola ichida bor bu maʼlumot). Shuningek, kirish bir necha paragrafdan iborat boʻlsa yaxshi boʻlardi. Deputatlar jadvalida esa qalin matni shart emas. Faqat ismlar qalin boʻlishi mumkin. Nataev munozara 04:28, 10-Iyun 2023 (UTC)
  • Shuningdek qarang emas, Yana qarang. Baʼzi boʻlimlar manbalar bilan tasdiqlanmagan. Salazarov 05:52, 12-Iyun 2023 (UTC)
  1. Tashkiliy tuzilmasi boʻlmidagi Adliya boʻlimi soʻzidan keyin chiziqcha emas, tire ishlatiladi.
  2. Tumanni boshqargan hokimlar boʻlimida Vikipediya:Imlo va grammatikaga doir xatoliklar mavjud.
  3. Tuman deputatlari boʻlimidagi jadvalda notoʻgʻri qoʻshtirnoqdan foydalanilgan. ANJANIY!!#suhbat 01:41, 18-Iyun 2023 (UTC)

 Bajarilmadi Nomzod oʻtgan davr mobaynida yetarli darajada ovoz toʻplay olmadi. Yanada boyitib, qayta statusga qoʻyish mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 08:46, 24-Iyun 2023 (UTC)

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nominator(lar): Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 12:12, 8-Mart 2023 (UTC)

Bu maqola turizmga oid boʻlib, Indoneziyaning turizmi haqida batafsil maʼlumotlar berilgan. Boshqa Wikipedia aʼzolari ham keng qamrovda oʻqishlari uchun „Yaxshi“ statusiga nomzod maqola sifatida beraman. Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 12:12, 8-Mart 2023 (UTC)

 Bajarilmadi — Ikki hafta davomida hech kim ovoz bermadi. Jamshid Nurqul (munozara) 19:10, 24-Mart 2023 (UTC)

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Assalomu alaykum, bugungi kun aktual masalalaridan biri boʻlgan mavzu yuzasidan maqola yaratgandim. Xato va kamchiliklarini boʻlsa bildirib, fikr va ovoz berishda faol boʻlishingizni kutib qolaman!

Nominator(lar): Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 17:46, 8-Fevral 2023 (UTC)
Fikrlar

Maqola nomini „Amerika Qoʻshma Shtatlarida tugʻilishni nazorat qilish harakati“ yoki „AQShda tugʻilishni nazorat qilish harakati“ deb nomlashni taklif etaman. Turklar oʻzlaridan kelib chiqib toʻgʻri nomlabdi. Biz inglizcha US abbreviaturasini QSh deb, UK ni BQ deb tarjima qiladigan va buni 7 dan 70 yoshgacha tushunadigan millat vakillari emasmiz. Bundan tashqari, inglizcha United Statesni Qoʻshma Shtatlar desak savol tugʻiladi: qaysi qoʻshma shtatlar? Hindiston qoʻshma shtatlarimi, Braziliya qoʻshma shtatlarimi? Xullas maqola nomini barchaga tushunarli boʻladigan nomga koʻchirishni taklif qilaman. Jamshid Nurqul (munozara) 16:44, 10-Fevral 2023 (UTC)

Fikringizga qo’shilaman, bu haqida o’ylab ko’rmagan ekanman. Nomni ko’chirdim, rahmat. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 11:24, 11-Fevral 2023 (UTC)

Bilgiqutida rasm izohi tarjimasiz qolib ketibdi. Jamshid Nurqul (munozara) 17:24, 11-Fevral 2023 (UTC)
Tuzatildi. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 18:19, 11-Fevral 2023 (UTC)

Maqola statusga nomzod qilinganda qaysi tildan tarjima qilinib yaratilgani yozilmagan ekan. Katta ehtimol bilan EnWikidan boʻlsa kerak degan fikrdaman.

  1. Manbalar boʻlimi Izohlar, Adabiyotlar boʻlimi Manbalar deb nomlangan, Manbalar boʻlimi ostida izoh chiqib turibdi. Tuzatish kerak ekan;
  2. Havolalar boʻlimida havola nomlarini originalida qoldirish kerak;
  3. Tarjima paytida EnWikidan oʻtmay qolgan manbalarni oʻz oʻrnida koʻrsatish kerak. Manbalarni <ref>Engelman, pp. 3-4.</ref> koʻrinishida emas, {{Sfn}} andozasini ishlatib rasmiylashtirish kerak. Shunda manbalar oʻz oʻrnida qoladi;
  4. 6-manbada kitobning betini koʻrsatishda ikkilanish kuzatilyapti. Aniq betini yozish kerak;
  5. VP:IVGga asosan manbalarda koʻrsatilgan betlar orasiga chiziqcha oʻrniga tire qoʻyib chiqish kerak;
  6. Manbalarda koʻrsatilgan havolalarga qaralgan sana sifatida 2010-yillar koʻrsatilgan. Ulardan bir nechtasi ichiga kirib hozirdgi kunda qaralsa, boʻm-boʻsh sahifa chiqib kelyapti. Manbalarda keltirilgan barcha havolalarga kirib koʻrib, sahifasi mavjud ekanligiga ishonch hosil qilinsa va Qaralgan sanalar yangilab qoʻyilsa statusli maqola uchun ayni muddao boʻladi;
  7. Qizil ichki havolalardangina tuzilgan Yana qarang boʻlimidagi ichki havolalarni yoki koʻkartirish kerak, yoki ushbu boʻlimni tag-tugi bilan yoʻqotish kerak;
  8. Mana bu abzats manbalar bilan tasdiqlanmagan. 1917-yilda advokat Emma Goldman Birinchi jahon urushi va Amerika harbiy xizmatga chaqirilishiga norozilik bildirgani uchun hibsga olingan. Goldmanning sotsializm, anarxizm, tugʻilishni nazorat qilish, kasaba uyushmalari huquqlari va erkin sevgi kabi mavzularda soʻz erkinligiga sodiqligi oxir-oqibat uni Amerika fuqaroligi va Qoʻshma Shtatlarda yashash huquqidan ayirdi. Sotsialistik farovonlik va antikapitalizmga sodiqligi tufayli Goldman kommunizm bilan aloqador edi, bu esa Birinchi Qizil Qoʻrquv davrida uning mamlakatdan haydalishiga olib keldi[78]. Birinchi jahon urushi Amerikaning sogʻliqni saqlash bilan bogʻliq tugʻilishni nazorat qilish gʻoyasini qabul qilishiga olib kelgan boʻlsa-da, antikommunistik Birinchi Jahon urushi propagandasi tugʻilishni nazorat qilish harakatining eng sodiq aʼzolaridan birini qurbon qildi.
  9. First Red Scare — Birinchi Qizil Qoʻrquv deb tarjima qilinishiga ishinchingiz komilmi? Bunday misollar koʻp ekan. Barcha soʻzi bosh harflar bilan yozilyapti, nimaga shunaqa? — Kagansky (munozarasi) 18:21, 14-Fevral 2023 (UTC)
Assalomu alaykum. Bir necha kundan buyon tarmoqda faol emas edim. Savollaringizni hozir ko'rdim. Albatta, ko'rib chiqib, imkonim qadar javob beraman/tuzataman. Izohingiz uchun tashakkur. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 16:07, 16-Fevral 2023 (UTC)
Assalomu alaykum. Siz aytgan uslubiy xatolarni tuzatib chiqdim. Texnik xatolarni esa, ochig'i, tuzatolmas ekanman, buni istasam ancha vaqt olib qo'yadi. Xullas, munozarani yakunlashingizga roziman. Rahmat. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 13:26, 20-Fevral 2023 (UTC)
1. Adabiyotlar boʻlimini yaratib, maqolada snoskasi keltirilgan kitoblarni shu boʻlimga olib oʻtish kerak; 2. Tuzatgansiz; 3. Vaqt topib, tuzatishga yordamlasha olaman; 4. Tuzatish shart emas; 5. Tuzatib qoʻydim; 6. Boʻsh sahifa chiqayotganigina tuzatib chiqish yetarli; 7. Tuzatgansiz; 8. Manba koʻrsatilmagan; 9. Izohsiz. — Kagansky (munozarasi) 19:17, 20-Fevral 2023 (UTC)
1. Nima haqida gap ketayotganligini unchalik tushunmayapman.
6. Buni tuzatishga harakat qilib ko’raman.
8. Bu gap shunchaki yuqoridagi gapning xulosasi, shu sababli manba keltirilmagan. Unga manba keltirib bo’lmaydi, olib tashlasa ham hech nima o’zgarmaydi. Lekin jumla mazmunni oydinlashtirishga yordam beradi.
9. First Red Scare to’g’ri tarjima qilingan, lekin uni tajima qilish kerakmidi yoki yo’qmi, buni bilmayman. Hamma so’zlar bosh harfda ekanligining sababi, adashmasam, ingliz tilida nomlar tarkibidagi har bir so’z katta harfda yoziladi, buni asosan filmlar nomlarida kuzatganman. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 17:08, 21-Fevral 2023 (UTC)

 Bajarilmadi. Ikki haftadan ortiq vaqt davomida yetarlicha ovoz toʻplanmadi. Yuqorida aytib oʻtilgan kamchiliklarini tuzatgandan keyin maqolani qayta ovozga qoʻyishingiz mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 11:17, 25-Fevral 2023 (UTC)

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nominator(lar): Inventor (munozara) 18:54, 13-Yanvar 2023 (UTC)

Ushbu maqolani YMN nomzod qilib koʻrsatyapman ovoz bering. Inventor (munozara) 18:54, 13-Yanvar 2023 (UTC)

Hamma abzatslar manbalar bilan tasdiqlanmagan. VP:YMN? bilan tanishib chiqing. Jamshid Nurqul (munozara) 22:46, 15-Yanvar 2023 (UTC)

Assalomu aleykum ustoz. Tanishib chiqdim va hamma abzatslarni manbalar bilan tasdiqladim. Inventor (munozara) 16:48, 16-Yanvar 2023 (UTC)
Maqolani yana ko'zdan kechirdim, menimcha hamma abzatslar manba bilan tasdiqlanmagan. Misol uchun: "2016-yil dekabr oyida loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining uchinchi Farmoni qabul qilindi. 2016-yil dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va Taraqqiyot Jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish ochildi. 2017-yil 24-fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida Shavkat Mirziyoev Shoʻrtan Gaz Kimyo Majmuasining tozalangan metan negizida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish zavodi qurilish maydoniga tashrif buyurdi. Shoʻrtan Gaz Kimyo Majmuasi va GTL zavodini integratsiyalashtirish yoʻli bilan Shoʻrtan Gaz Kimyo Majmuasi hududida birinchi gaz-kimyo klasterini yaratish gʻoyasi eʼlon qilindi. 2017-yil 4-mart oyida Fisher Tropsh reaktorlari tarkibiy qismlarining birinchi partiyasi Mumbay portidan (Hindiston) qurilish maydoniga joʻnatildi.". Bu yerda abzats o'rtasida manba bor lekin undan keyingi gaplar manba bilan tasdiqlanmagan. Tanishib chiqing: VP:MTT. Jamshid Nurqul (munozara) 19:55, 16-Yanvar 2023 (UTC)
Internetni qidirib manba bilan tasdiqlanmagan abzatslar toʻldirildi va manba bilan tasdiqlanmagan joylarni olib tashladim. Inventor (munozara) 10:54, 17-Yanvar 2023 (UTC)
"Abzats" degan so'zni ikkalamiz ikki xil tushunyapmiz chog'i. "Tarixi", "GTL texnologiyasi", "GTL dizeli", "GTL yoqilg'i", "GTL kerosini", "GTL naftasi: Sifat xususiyatlari; Qo'llanilishi" bo'limlarida manbalar bilan tasdiqlanmagan o'rinlar bor. Jamshid Nurqul (munozara) 20:41, 17-Yanvar 2023 (UTC)
  1.  Roziman Roziman Compholic (munozara)
  2.  Roziman Maqola yaxshi yoritib berilgan. 2016-yil oktyabr oyida „Oʻzbekneftgaz“ AJ xorijiy kompaniyalarning „Uzbekistan GTL“ MCHJ ustav kapitalidagi 44 foizli ulushini sotib olib 100 foizlik taʼsischiga aylanadi. Ushbu qismda manba berilmagan Zaz defacto (munozara)21:53, 18-Yanvar 2023 (UTC)
  3.  RozimanSide Zone (munozara) 19:21, 2023 (UTC)
  1.  Qarshiman — Maqola plagiatga tekshirilganda 30 foizdan yuqori chiqmaslik kerak, qoida boʻyicha. Maqolada esa 40 foizdan koʻp. Salazarov (suhbat) 06:03, 19-Yanvar 2023 (UTC)
  2.  Qarshiman — maqoladagi bilgiqutida direktor „Abdurasul Faxriddin Raupovich“ deyilgan va mana bu sahifa manba qilib koʻrsatilgan Men bu manbaga kirganimda u sahifada siz keltirgan iddaoga tasdiqni koʻrmadim. Saytga koʻra Direktorlar kengashi uch kishi ekan, bular: Shuhrat Vafayev, Behzod Usmanov va Rustam Sherov. Maqolada yolgʻon manba keltirilgan. Boshqa manbalaringizning ham ishonchliligiga shubha tugʻildi. Jamshid Nurqul (munozara) 15:17, 22-Yanvar 2023 (UTC)
    Assalomu aleykum manba yoʻlgonga asoslanmagan shunchaki notoʻgʻri qoʻyib yuborilgan aslida mana bu berilish kerak edi. Bitta angalishilmovchilik ketib qolibdi. Yana bir koʻrib chiqsangiz. Inventor (munozara) 18:39, 22-Yanvar 2023 (UTC)
  3.  Qarshiman! Avvalgi nomzodlikda maqola copypaste qilinganligi, mavzuni obdon oʻrganib chiqib, maqolani yaxshi holatga keltirish kerakligiga ishora qilgandim. Maqola muallifi boʻlmish nominator bundan toʻgʻri xulosa chiqarmagan koʻrinadi. Ushbu maqola status olishi u yoqda tursin, VP:TOʻMga asosan tezda oʻchirilishi kerak aslida. Sabablari: 1. Maqoladagi aksariyat iddaolar kompaniyaning oʻzini saytiga asoslanib yozilgan; 2. Ushbu saytdagi gaplar deyarli oʻziday qilib maqolaga toʻliq koʻchirib oʻtilgan (deyarli 100% plagiat). Yuqorida rozi ovoz bergan uchchala foydalanuvchini ham nominatorning sockpuppeti yoki unday emas ekanligiga soʻrov berib aniqlash ham kerak. Mening Vikipediyadagi analizlarim ularning harakatlari orasida bogʻliqlik va oʻxshashliklar borligini koʻrsatyapti. — Kagansky (munozarasi) 01:05, 25-Yanvar 2023 (UTC)

Xulosaoldi natija

[manbasini tahrirlash]

 Bajarilmadi — Maqola ma’lum muddat davomida yetarlicha ovoz to'play olmadi. Foydalanuvchilar tomonidan keltirilgan kamchiliklar tuzatilmadi. Salazarov (suhbat) 10:16, 26-Yanvar 2023 (UTC)

 Bajarilmadi. YM statusiga noloyiq. Mualliflik huquqlari yaqqol buzilgan. — Kagansky (munozarasi) 18:54, 20-Fevral 2023 (UTC)

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.