Vikipediya munozarasi:WikiStipendiya II marafoni/Hududiy oyliklar
Qatnashish
[manbasini tahrirlash]Xayrli kech, Alpasli aka. Ushbu tanlovda biz ham qatnasha olamizmi? Mehrinoz opa faqat 3 talik qatnasha olmaydi, deyishgan edi. Muzaffar Murodovichmunozara 18:22, 6-Iyun 2023 (UTC)
SAVOL
[manbasini tahrirlash]Hakamlar (Najot0809) tomonidan Yoʻq deb belgilangan maqolalarga kament qoldirishmayabdi. Xatoimni bilib uni toʻgʻirlab qayta topshirmoqchi edim. Yoʻq bosilgan maqolalarga fikr-mulohazalar berishni iloji bormi? — Bu xabarni Orifkhon (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
Savol
[manbasini tahrirlash]Salom. Tahrirlanayotgan maqoladagi soʻz 200 ta bolishi kerakmi yoki tahrirlar davomida 200 ta soʻz qoʻshilishi kerakmi? Abdufattohov Ibrohimjon (munozara) 15:53, 9-Iyun 2023 (UTC)
- Salom, Abdufattohov Ibrohimjon. 200 ta soʻz qoʻshilishi kerak. Laziz Baxtiyorov (munozara) 08:00, 10-Iyun 2023 (UTC)
Maqsud Sulaymon
[manbasini tahrirlash]Hayrli kun! Alpasli aka. Maqsud Sulaymon ushbu maqola 212 ta soʻz ekan, siz 200 ta soʻz emas debsiz. Abdufattohov Ibrohimjon (munozara) 05:35, 10-Iyun 2023 (UTC)
Savol
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum hurmatli Laziz Baxtiyorov, ShohjahonSobirov. Sardoba Qaynar maqolasiga 0 ball beribsiz va unga „Faqatgina Fargʻona vodiysining uch viloyati haqida boʻlishi kerak. Qoʻqon xonligi emas“ deya izoh qoldiribsiz. Qoʻqon xonligi ham vodiy bilan uzviy aloqador emasmi? Yana ushbu imoratni Qoʻqon xonlaridan biri qurdirgan. — Bu xabarni Visola Tangirova (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
- Vaalaykum assalom. Tanlov shartlarida Fargʻona vodiysining uch viloyati, Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlariga bevosita aloqador mavzular boʻlishi kerakligi keltirilgan. Qoʻqon xonligi tarixiy davlat maqomida boʻlib, uni Fargʻona vodiysi tarkibidagi subyekt sifatida qabul qila olmaymiz. Laziz Baxtiyorov (munozara) 08:04, 10-Iyun 2023 (UTC)
- Tushinarli, rahmat @Laziz Baxtiyorov Visola Tangirova(menga yozish!) 15:40, 10-Iyun 2023 (UTC)
Savol
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum, hurmatli Jahongir Boboyev Mirsodiqovcih. Ushbu maqoladagi tahririmni yana bir bor koʻrib baholay olasizmi? Unga 200 dan ziyod soʻz, 2 ta jadval, turkum qoʻshdim va maqoladan ensiklopedik ohangda yozilmagan, bironta ichki havola va manbaga ega boʻlmagan boʻlimni olib tashladim. Shuning hisobiga men qoʻshgan hissa 200 ta soʻzdan kam chiqgan.Visola Tangirova(menga yozish!) 07:34, 11-Iyun 2023 (UTC)
- Voleykum assalom, assalom aleykum yaxshimisiz. Maqolani qayta tekshirib chiqdim sizni tahriringizdan oldingi tahrir 6-yanvar 2023-yil 11:12 da Muhriddin Azimov tomonidan amalga oshirilgan va tahrirdan keyin maqolada soʻzlar soni 1461 tani tashkil qilgan. Sizning 11-iyun 2023-yil 15:29dagi tahrirningizdan keyin maqolada soʻzlar soni 1653 taga yetgan. Siz maqolaga 192 ta yangi soʻz qoʻshgansiz. Lekin qoida boʻyicha 200 ta yangi soʻz qoʻshilgan maqolalar baholash uchun tekshiriladi. Jahongir Boboyev Mirsodiqovcih (munozara) 20:00, 11-Iyun 2023 (UTC)
- Tushinarli, rahmat Visola Tangirova(menga yozish!) 11:52, 14-Iyun 2023 (UTC)
Savol
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum, hurmatli Hilola Jurakulova. Fountainda Nigmatulla Yenikeyev maqolasiga <<"uchiliщe"? Adabiyotlar o‘z tilida yozilishi kerak>> deya izoh qoldirib 0 bal beribsiz. Ruscha <<Щ>> harfiga vikifikator tegmas ekan. Savolim adabiyotlar qaysi tilda yozilishi kerak; rus tilida lotin alifbosida, rus tilida krill alifbosida, oʻzbek tiliga tarjima qilinib lotin alifbosida? Visola Tangirova(menga yozish!) 12:02, 14-Iyun 2023 (UTC)
Soʻzlar soni boʻyicha
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum hakamlar! Hozirda fountainga maqolalar 200 ta soʻzdan kam holatlarda ham baholanyaptimi? Mirishkorlik (munozara) 02:47, 26-Iyun 2023 (UTC)
- Soʻzlar soni 200 tadan kam boʻlsa 0 ball berilyapti. Shunaqa maqolalarga ball berilganligini kuzatsangiz shu yerda xabar berishingizni soʻrab qolamiz. – Kagansky munozara 19:58, 11-Iyul 2023 (UTC)
Marafon yuzasidan
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum @Laziz Baxtiyorov: oylik marafonda gʻolib boʻlgan ishtirokchi, yaʼni oylik davomida tahrir qilgan yoki yaratgan maqolalaridan biri status olsa, u statusli maqolalar marafoni gʻolibi ham hisoblanadimi? Humoyun Qodirov (munozara) 15:39, 1-Iyul 2023 (UTC)
Zarafshon oyligi boʻyicha murojaatlar
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum. Sanjar Malik maqolasiga kitoblarning betlari koʻrsatilmagani bois 0 ball berilgan ekan. Ruscha Vikipediyadan kitob haqidagi bor maʼlumotlarni qoʻshdim. Maqolani qayta koʻrib, joiz topsangiz qaytadan ball bera olasizmi? Rahmat.ANJANIY!!#suhbat 04:59, 12-Iyul 2023 (UTC)
- Salom! Qayta koʻrib chiqdim. Haligacha kitobning betlari koʻrsatilmagan ekan. Aksincha manbaning tuppa-tuzuk yozilgan original kiril yozuvidagi nomi oʻrniga lotin yozuvida allambalolarni yozib qoʻygan ekansiz. Kitobning betlarini RuWikdan emas, kitobdan qidiriladi. Men Bartoldning 1963- va 1964-yillarda chiqqan 3 ta kitobidan qidirib, ulardan bittasidagina Malik Sanjar haqida yozilganligiga amin boʻlib, shu kitoning betlarini mana bu tarzda koʻrsatdim. Qaytaraman, kitobning betlarini uning oʻzidan qidirasiz. Qaytadan ball berolmayman. Aksincha, qaysidir hakam sizga qayta ball bergan boʻlsa yoki bermoqchi boʻlsa zudlik bilan xabar berishingizni soʻrab qolaman. – Kagansky munozara 06:47, 12-Iyul 2023 (UTC)
Ajall Shams al-Din Omar maqolasi boʻyicha keltirilgan va boshqa xatoliklar tuzatildi. Qayta koʻrib chiqib chiqishingiz mumkin.ANJANIY!!#suhbat 05:26, 12-Iyul 2023 (UTC)
Odina Aliyeva maqolasidagi keltirilan xatoliklar ham tuzatildi. Qayta koʻrib chiqib, oʻz fikringizni bildirishingiz mumkin.ANJANIY!!#suhbat 05:26, 12-Iyul 2023 (UTC)
Asli Burxonov maqolasida AT alomatlari va siz taʼkidalb oʻtgan xatoliklar bartaraf etildi. Qayta koʻrib chiqishingiz mumkin.ANJANIY!!#suhbat 05:51, 12-Iyul 2023 (UTC)
- @Anjaniy:, trollik qilishni bas qiling! Qayta koʻrib chiqingda, oʻz xulosangizni chiqaravering. Vikipediyada beminnat, xolis boʻlib hissa qoʻshavering. Foydali boʻlsa tushunadigan ichida boʻlsayam rahmat aytadi. – Kagansky munozara 06:52, 12-Iyul 2023 (UTC)
- @Anjaniy:, marafon doirasida barcha gapni mana shu munozara sahifasiga yozish kerak. Hakamlarning foydalanuvchi sahifasiga yozaverib sahifani minbarga aylantirib olmang. VP:MINBAREMAS! – Kagansky munozara 07:03, 12-Iyul 2023 (UTC)
Koʻk gumbaz masjidi (Qarshi) maqolasi boʻyicha
[manbasini tahrirlash]Assalomu aleykum Voha oyligi davomida tahrirlangan maqolalar sahifasi Koʻk gumbaz masjidi (Qarshi) maqolasi Galereya soʻzi noʻtoʻgri yozilganligi uchun 0 ball qoʻyilibdi. Xatolik toʻgʻirlandi. Maqolani qayta koʻrib chiqsangiz yaxshi boʻlardi. Mrjavokh1r (munozara) 13:41, 12-Avgust 2023 (UTC)
Adminlarga
[manbasini tahrirlash]Assalomu aleykum, Madaniyatli va manaviyatli adminlarni tayinlanglar iltimos. Holis yondashsin. Saviyasi pass masxarabozlar tufayli qatnashishni xoxlamadik. 84.54.73.178 21:43, 12-Avgust 2023 (UTC)
Assalomu alaykum Boboyev Jahongir. Fountainda baholashda mening Muhammad ibn Umar al-Kashshiy nomli maqolamga yillar orasida tire qoʻyilmagani uchun nol ball qoʻyibsiz. Xatolikni tuzatdim. Boshqa bu holat takrorlanmaydi. Mumkin boʻlsa qayta baholashingizni soʻrar edim. (bu xususda munozara sahifangizda yozgandim ammo muammolar munozaraga emas, shu sahifaga yozilishini eshitganim uchun qayta shu muammoni yozmoqdaman) Komrontoy (munozara) 13:45, 13-Avgust 2023 (UTC)
- Men vaqtimni ketkazib maqolangizni qayta koʻrib chiqdim va xato toʻgʻirlanmagan ekan. Mendan qayta maqolani koʻrib chiqishni soʻramang.
- Al-Kashshiyning aniq tugʻilgan yili aniq emas. Biroq u Muhammad ibn Yaʼqub al-Kulayniy (864-941) ning zamondoshi boʻlgan Jahongir Boboyev (munozara) 14:29, 13-Avgust 2023 (UTC)
Assalomu alaykum, Shohjahon Sobirov. Siz fountainda baholashda mening Amir Temur dahmasi shu nomli maqolamga plagiat sabab nol beribsiz. Tushuna olmadim? Plagiat darajasi maksimum 50-60% holatdagina u rosmana plagiat hisoblanmaydimi? Mening maqolamda esa bu atigi 13%. Va yana bir savol qoidaga koʻra ayni necha foizda maqolaga nol ball berish mumkin? Hozirda maqoladagi plagiat daraja 5% ni tashkil etadi (yashil). Iltimos baholashni qayta koʻrib chiqishingizni soʻrayman. Komrontoy (munozara) 13:47, 13-Avgust 2023 (UTC)
Assalomu alaykum Jahongir Boboyev. Hazrati Bashir ota masjidi nomli tahrirlangan maqolamga tire sabab nol ball beribsiz. Xatolikni tuzatdim. Maqolaga qoʻshimcha maʼlumotlar topish va uni toʻldirish oson emasligini hisobga olgan holatda adolatli baholasangiz. Avvaldan rahmat Komrontoy (munozara) 13:55, 13-Avgust 2023 (UTC)
Boboyev jahongir, Langarota masjidi nomli maqolamga 1ball bergansiz. Maqolaga 200ta soʻz qoʻshilgan yana rasm ham qoʻshganman. Bu uchun 2ball berilishi kerak emasmi? Komrontoy (munozara) 13:58, 13-Avgust 2023 (UTC)
- Hazillashyapsizmi yoki ustimdan kulmoqchi boʻlyapsizmi? Siz tahrirlar jadvaliga https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Langarota_masjidi&oldid=3816329 linki qoldirgansiz va men shu boʻyicha baholaganman. Jahongir Boboyev (munozara) 14:18, 13-Avgust 2023 (UTC)
Jahongir Boboyev Bobotogʻ nomli maqolaga CC litsenziyasiga asosan yuklagan rasmlarim uchun bll bermabsiz? Sababini bilishim mumkinmi? Qoidaga koʻra fotografiya uchun +1 ball berilishi kerak emasmi? Komrontoy (munozara) 14:01, 13-Avgust 2023 (UTC)
- Shaxsan oʻzingiz olgan boʻlishingiz kerak rasmni. Qoidalarda shunday yozilgan Jahongir Boboyev (munozara) 14:09, 13-Avgust 2023 (UTC)
- Shaxsan oʻzi deyilmagan chogʻi? Umuman olganda vikiomborga oʻzi yuklashi kerak deb tushunganman. Rasmni esa men yukladim va shu sababli shunday deyapman. Komrontoy (munozara) 14:52, 17-Avgust 2023 (UTC)
- Qoidalarni qaytadan oʻqib chiqing Jahongir Boboyev (munozara) 12:47, 18-Avgust 2023 (UTC)
- Shaxsan oʻzi deyilmagan chogʻi? Umuman olganda vikiomborga oʻzi yuklashi kerak deb tushunganman. Rasmni esa men yukladim va shu sababli shunday deyapman. Komrontoy (munozara) 14:52, 17-Avgust 2023 (UTC)
Assalomu aleykum @ShohjahonSobirov Voha oyligi davomida yaratilgan maqola Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi (Qarshi)da Plagiatni kamaytirildi. Prezident nutqini oʻzgartirmay olib oʻtganimga plagiat miqdori oshib ketibdi. Bajarildi Mrjavokh1r (munozara) 19:04, 14-Avgust 2023 (UTC)
Qarshi markaziy stadioni maqolasi boʻyicha
[manbasini tahrirlash]Assalomu aleykum @Boboyev1996 Qarshi markaziy stadioni maqolasida 200 ta soʻz qoʻshgandim yana bir koʻrib chiqsangiz yaxshi boʻlardi. Mrjavokh1r (munozara) 17:02, 18-Avgust 2023 (UTC)
- Voleykum assalom koʻrib chiqdim 200 ta soʻz qoʻshilmagan. Jahongir Boboyev (munozara) 18:28, 18-Avgust 2023 (UTC)
Abdulazizxoʻja madrasasi maqolasi boʻyicha
[manbasini tahrirlash]Assalomu aleykum @Boboyev1996 Abdulazizxoʻja madrasasi maqolasida 200 ta soʻz qoʻshgandim yana bir koʻrib chiqsangiz yaxshi boʻlardi. Mrjavokh1r (munozara) 17:03, 18-Avgust 2023 (UTC)
- Voleykum assalom koʻrib chiqdim 200 ta soʻz qoʻshilmagan Jahongir Boboyev (munozara) 18:29, 18-Avgust 2023 (UTC)
Assalomu aleykum @ShohjahonSobirov Voha oyligi davomida yaratilgan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi maqolasi Plagiat kamaytirildi. Mrjavokh1r (munozara) 17:34, 20-Avgust 2023 (UTC)
- @ShohjahonSobirov maqolani yana bir koʻrib chiqsangiz yaxshi boʻlardi. Mrjavokh1r (munozara) 07:14, 21-Avgust 2023 (UTC)
Andrejs Perepļotkins maqolasi boʻyicha
[manbasini tahrirlash]Assalomu aleykum @Boboyev1996 Andrejs Perepļotkins maqolasida „Siz qoʻshgan maʼlumotlarning Vohaga umuman aloqasi yoʻq“ deb izoh qoldiribsiz. Andrejs Perepļotkins Nasaf jamoasi tarkibida harakat qilgan. Mrjavokh1r (munozara) 11:12, 31-Avgust 2023 (UTC)
- Voleykum assalom xa bilaman harakat qilgan. Nasafdan ketgandan keyin vohaga aloqasi boʻladimi? Siz Nasafdan keyinchi klublarini yoritganaiz. Agar yangi maqola boʻlganda ball olishi mumkin edi lekin tahrirda yoʻq sababi aytganimdek siz qoʻshgan qismlarni vohaga aloqasi yoʻq Jahongir Boboyev (munozara) 14:32, 31-Avgust 2023 (UTC)
Markaziy Oʻzbekiston oyligi haqida
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum @Kamol Azzam:, @Laziz Baxtiyorov:, @Boboyev1996:, @Panpanchik: , "Markaziy Oʻzbekiston oyligi davomida Oʻzbekistonning Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari bilan bogʻliq ensiklopedik ahamiyatga ega istalgan mavzuda, xususan, ushbu viloyatlardagi aholi punktlari, tarixiy joylar, shaxsiyatlar va hokazolar haqida" deb qayd etilgan banddagi shaxsiyatlar haqida toʻxtalib oʻtmoqqchiman. Bilasiz Samarqand hududida turli millat vakillari istiqomat qilishgan. Lekin ushbu millat vakillarining koʻpchiligi oʻzining asl vataniga qaytib ketishgan. Oylik doirasida Samarqand viloyati bilan qisman boʻlsada bogʻliq, yaʼni Samarqand hududida tugʻilgan, vafot etgan, lekin bu hudud bilan bogʻliq boʻlmagan (misol uchun Samarqandda tugʻilgan qrim tatarlari, tojikistonlik olim, siyosatchilar va boshqa kasb egalari yoki umrining asosiy qismi boshqa hududda oʻtgan, biroq qandaydir sabab yoki tashrif bilan Samarqand hududida vafot etgan) shaxsiyatlar ham baholanadimi? Agar baholansa, bu qoidaga zid emasmi? Javob uchun oldindan rahmat. Humoyun Qodirov (munozara) 04:08, 2-Sentabr 2023 (UTC)
- Vaalaykum assalom, Humoyun Qodirov. Yuqorida nomi keltirilgan viloyatda tugʻilgan va vafot etgan shaxslar, shuningdek, kasbiy faoliyatining maʼlum qismi viloyat bilan bogʻlangan shaxslar baholanadi. Biroq, ushbu viloyatlardagi OTMlarda, madrasalarda oʻqib ketgan shaxslar haqidagi maqolalar oylik doirasida qabul qilinmasligini eslatib oʻtmoqchiman. Tahrirlaringizda omad Laziz Baxtiyorov (munozara) 05:25, 2-Sentabr 2023 (UTC)
- Assalom aleykum. Andrey Shukin(Fyedotovich) maqolasini tarjima qilib yaratgan edim. Fountainga joylayman desam baxtiyarovna foydalanuvchi yaratgan deyapti, lekin uning maqolasi tarxiy joy haqida ekan meni biografik maqola nomini koʻchirish qildim ham baribir fountain qabul qilmayapti nima qilsa boʻladi? Xusnora (menga yozish) 06:26, 3-Sentabr 2023 (UTC)
Qoidaga kiritilgan oʻzgartirish
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum, hurmatli @Kagansky:, @Jamshid Nurkulov:, @Laziz Baxtiyorov:. Menda bir savol bor edi. Shu vaqtgacha oʻtkazilgan hududiy oyliklarda amal qilingan qoidaga nega Markaziy Oʻzbekiston oyligida oʻzgartirish kiritildi? Mualliflik huquqi va metamaʼlumotga ega rasmlarga kamida 0,5 bal berilsa ham boʻlardi, menimcha. https://t.me/wikistipendiya/1178. – Visola Tangirova(menga yozish!) 06:04, 6-Sentabr 2023 (UTC)
- Aslida fotosurat uchun 1 ball yoki 0,5 ball berish degan qoida boʻlmagan. Marafon qoidasida shunday yozilgan: "Marafonga qabul qilingan har bir maqola uchun 1 ball beriladi. Maqolasi kiritilayotgan yoki fotosurati mavjud boʻlmagan maqolaga tahrir davomida yuklangan sifatli fotosuratlar uchun qoʻshimcha 1 ball beriladi. Ushbu turdagi fotosuratlar ishtirokchining oʻzi tomonidan tasvirga olingan hamda yuklangan boʻlishi lozim. Bunda fotosuratlar aynan maqola mavzusidagi joydan olingan boʻlishi lozim. Fotosuratlar hakamlar hayʼati aʼzolari qabul qilinishi yoki rad etilishi mumkin.". Siz qayd qilib oʻtgan holat faqatgina Voha oyligida kuzatilgan, yaʼni ayrim foydalanuvchilar faqat rasm yuklagani uchun 1 yoki 0,5 ball olishgan. Bu esa marafon qoidasiga zid. Hali Voha oyligi gʻoliblarii eʼlon qilinmagan va hakamlar shunday boʻlib oʻtgan holatni qayta koʻrib chiqishyapti, deb oʻylayman. Humoyun Qodirov (munozara) 10:51, 6-Sentabr 2023 (UTC)
- @Humoyun Qodirov, Vodiy oyligi gʻoliblari Wikistipendiya rasmiy telegram kanalida eʼlon qilindi https://t.me/wikistipendiya/1046. Xoʻp bu narsaga qoidaga zid ekan, nega birinchi xatodayoq aytishmadi, maqolalarni baholagan hakamlarning oʻzi-ku! Visola Tangirova(menga yozish!) 03:18, 7-Sentabr 2023 (UTC)
- Vodiy oyligi doirasida faqat fotosurat yuklaganlar boʻlmadi, fikrimcha. Voha oyligi davomida faqatgina fotosurat yuklaganlarga oy boshidan ogohlantirish berilmagani sababidan, hakamlar ixtiyori bilan ball berish holati koʻzga tashlandi. Bunda fotosuratlar asosan oy oxirida qoʻshilgani uchun mayli deb, mazkur xatoni yangi oylik boshidan tuzatib, ogohlantirish bermoqdamiz. Oy oxirida kimdirlar mehnati kuymasligi uchun Laziz Baxtiyorov (munozara) Laziz Baxtiyorov (munozara) 05:58, 7-Sentabr 2023 (UTC)
- ha mayli, tushinarli Visola Tangirova(menga yozish!) 07:00, 7-Sentabr 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum @Laziz Baxtiyorov:, lekin bu narsa marafon qoidasiga zid emasmi, oy oxirida qoʻshishgan boʻlsada, hali Voha oyligi gʻoliblari eʼlon qilinmadi. Hududiy oyliklar marafoni boshlanishidan oldin baholash tartibi ishlab chiqilgandi va shu boʻyicha Vodiy hamda Zarafshon oyliklarida qoidaga binoan maqolalar toʻgʻri baholangan. Nega endi aynan Voha oyligida faqat surat yuklagani uchun 1 yoki 0,5 ball berildi, bu baholash tartibiga zid. Sababi marafon boshlanishida barcha foydalanuvchilar baholash tartibi bilan tanishib chiqqan. Xatolikni hozir ham toʻgʻrilasa boʻladi, hakamlar umumiy ovozga qoʻyishi va faqat surat uchun olgan ballarni bekor qilishi kerak. Boʻlmasa bu Voha oyligida ishtirok etganlarga nisbatan adolatsizlik boʻlgan degan xulosaga olib keladi. Humoyun Qodirov (munozara) 07:27, 7-Sentabr 2023 (UTC)
- salom, Humoyun Qodirov. maqolaga bahoni men berganman. aslida baholanmasligi tarafdoriman. hozir ham fikrim oʻzgarmagan. bahslarga sabab boʻlgan foydalanuvchini chetlashtirilishi tarafdori ekanimni ham aytib oʻtishim lozim. buni boshidanoq aytganman ham. 0,5 bahosini berganimga kelsak, hech kimning mehnati kuymasligi uchun qilgandim boshida. viloyatlarni kezib surat olgan degan fikrda boʻlganman. ammo, mualliflik huquqini qoʻpol ravishda buzgani oshkor boʻldi. bunga qarshi chora koʻrilishi uchun qoʻlimdan kelgan barcha ishni qilaman. Alpasli (munozara) 10:47, 12-Sentabr 2023 (UTC)
- Vodiy oyligi doirasida faqat fotosurat yuklaganlar boʻlmadi, fikrimcha. Voha oyligi davomida faqatgina fotosurat yuklaganlarga oy boshidan ogohlantirish berilmagani sababidan, hakamlar ixtiyori bilan ball berish holati koʻzga tashlandi. Bunda fotosuratlar asosan oy oxirida qoʻshilgani uchun mayli deb, mazkur xatoni yangi oylik boshidan tuzatib, ogohlantirish bermoqdamiz. Oy oxirida kimdirlar mehnati kuymasligi uchun Laziz Baxtiyorov (munozara) Laziz Baxtiyorov (munozara) 05:58, 7-Sentabr 2023 (UTC)
- @Humoyun Qodirov, Vodiy oyligi gʻoliblari Wikistipendiya rasmiy telegram kanalida eʼlon qilindi https://t.me/wikistipendiya/1046. Xoʻp bu narsaga qoidaga zid ekan, nega birinchi xatodayoq aytishmadi, maqolalarni baholagan hakamlarning oʻzi-ku! Visola Tangirova(menga yozish!) 03:18, 7-Sentabr 2023 (UTC)
Yormatov masalasi
[manbasini tahrirlash]Voha oyligi davomida bu holatda va boshqa shu kabi bir nechta holatda mualliflik huquqini yaqqol buzgani aniqlangan va bahslarga sabab boʻlgan Yormatov Javohir voha oyligidan chetlashtirilish arafasida turganini maʼlum qilaman. Buning uchun hakamlarning yakdil qarori kerak. Tez orada bu masala boʻyicha berilgan qaror maʼlum qilinadi. Alpasli (munozara) 10:59, 12-Sentabr 2023 (UTC)
Bahoga nisbatan eʼtiroz
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum, bugun men yaratgan Vladimir Lisitsin maqolasiga Laziz Baxtiyorov tomonidan 0 ball qoʻyilib „Vikilinklar qoʻyilmagan“ deb yozibdilar. Lekin Visola Tangirova tomonidan yaratilgan Rimma Kallistratova maqolasiga esa „Vikilinklar qolib ketibdi“ deb izoh yozib, 1 ball qoʻyibdilar. Vaholangki, men yaratgan maqolada ham Rimma Kallistratova da ham vikilinklar qoʻyilmagan edi. Oʻzi umuman, maqolaga vikilinklarni qoʻshish hududiy oyliklar oyligi talabida yoʻq edi-ku. Modomiki bor ekan, nega barcha birdek talab asosida baholanmayapti? Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 11:59, 17-Sentyabr 2023 (UTC)
- Tuzatildi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 12:20, 17-Sentyabr 2023 (UTC)
Markaziy Oʻzbekiston oyligi yuzasidan
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum @Jamshid Nurqul:, @Kagansky:, @Nataev:, @Mirzoulugʻbek: men baholash yuzasidan oʻz fikrimni bildirmoqchiman. Bilasiz, shu paytgacha Vodiy, Zarafshon, Voha oyliklari boʻlib oʻtdi. Vodiy va Zarafshon oyliklarida yaratilgan va tahrirlangan maqolalar marafon qoidasiga koʻra baholangan. Ammo Voha oyligida tahrirlangan maqolalarda faqat rasm uchun hakamlar Boboyev va Alpasli tomonidan 1 va 0,5 ball qoʻyilib, qoida buzilgan. Men bu haqda eʼtiroz bildirganimda faqatgina Alpasli javob qaytarib, qilgan xatosini tan olgandi. Endi Markaziy Oʻzbekiston oyligida Samarqand qishloqlari haqida yaratilgan maqolalar toʻgʻridan toʻgʻri koʻchirilgan. Jumladan, ushbu maqoladagi Kenegas mangʻit (qishloq) foydalanilgan manbalardan biri Madrahimov Zohid muallifligidagi Tarixiy toponimika kitobida umuman Samarqanddagi qishloqlar haqida soʻz yuritilmagan. Nuriddin Begaliyev, Abdurayim Turobov muallifligidagi „Samarqand toponimiyasi“ kitobidan toʻgʻridan toʻgʻri koʻchirilgan. Shuningdek, R. Y. Xudoyberganov muallifligidagi kitobdagi Oʻzbekiston joy nomlarining izohli lugʻati Samarqand qishloqlari haqidagi maqolalarni Nuriddin Begaliyev, Abdurayim Turobov muallifligidagi kitobdan soʻzma-soʻz olib, foydalanilgan adabiyotlarda ushbu kitobni koʻrsatmasdan, mualliflik huquqini buzgan. Jumladan, mana bu Motrud (qishloq) maqolasidagi va boshqa qishloqlar haqidagi maqolalarda manbalar Oʻzbekiston joy nomlarining izohli lugʻati va Samarqand toponimiyasi kitoblari sifatida keltirilgan. Lekin Oʻzbekiston joy nomlarining izohli lugʻati mualliflarining oʻzi mualliflik huquqlarini buzishgan. Oʻzbekiston joy nomlarining izohli lugʻatining 256-betida Motrud haqidagi maʼlumot Samarqand toponimiyasining 60-betidagi Motrud maʼlumotidan shundayligicha koʻchirib olingan. Shu sababdan Samarqand qishloqlarini bir koʻrib chiqishlaringiz soʻrayman. Keyin hakam Boboyevning Voha oyligida qilgan xattti-harakatini koʻrib chiqishlaringizni, shuningdek, bu holat Markaziy Oʻzbekiston va keyingi oyliklarda takrorlanmasligini nazoratga olishingzini iltimos qilaman. Chunki bu mening shaxsiy fikrim bu yerda hakam xolislikni buzib yordam qilgan. Bundan tashqari, hakam Panpanchik ham Markaziy Oʻzbekiston oyligida foydalanuvchi Sakiy na0926ning maqolalariga fountainda dastlab AT izohi bilan 0 ball qoʻyib, keyinchalik 1 ballga oʻzgartirgan. Ammo bunga dalil sifatida hech qanday skrinshot keltira olmayman. Lekin Sizlar fountainda oʻzgarishlarni koʻrishingiz mumkin. Bunda ham qandaydir hakam tomonidan qoidaga nisbatan noxolislik qilinayapti. Hakamning Sakiy na0926 uning dugonasi boʻlgani uchun bunday noxolislik qilib, qoidani buzgan holda unga yordam berishi kerak emas deb hisoblayman. Humoyun Qodirov (munozara) 22:17, 2-Oktyabr 2023 (UTC)
- Hormang, @Humoyun Qodirov! Men bu safar hakamlik qilmayapman. Tekinga ishlashning ham chegarasi bor. Lekin yuqorida bildirgan eʼtirozlaringiz oʻrinli. Agentlikdagilar asosiy tashkilotchi. Ertaga keng norozichilik boʻlmasligi, tanqidlar oldi olinishi uchun chora koʻrishidadi deb umid qilaman.
- Bevosita vikidagi maqolalarga kelsak, mualliflik huquqlari buzilgan maqolalarni oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatib, sababini aytib oʻta olasizmi? Oʻshanda ishimiz ancha osonlashar edi. Charchamang! Nataev munozara 13:28, 3-Oktyabr 2023 (UTC)
Markaziy Oʻzbekiston oyligi yuzasidan
[manbasini tahrirlash]@Programmer Assalom-u alaykum. Markaziy Oʻzbekiston oyligida tahrirlangan maqolalarni baholashda Saidrizo Alizoda maqolasiga plagiat darajasini 48.72% degan ekansiz. Maqola men tomonimdan tahrirlanmasdan oldin ham plagiat shuncha edi. OʻzME maqolalarini boshqa saytlar koʻchirgani uchun natija shunday chiqqan. Choʻponota maqbarasi maqolasida ham shu holat takrorlangan. Plagiat 34.21%. Ikkala holatda ham bitta sayt OʻzME maqolasini eʼlon qilgan. Shuning uchun maqolalardagi umumiy holatni emas, meni hissamni qayta koʻrib chiqishingizni soʻragan boʻlardim. ShHamrayev (munozara) 05:30, 20-Oktyabr 2023 (UTC)
- @ShHamrayev koʻrsatayotgan ikki maqolangizdagi plagiat holatlari, siz tahrir qilmasdan ham avval shu darajada, yaʼni sizning tahriringiz qoidalarga muvofiqligi va tahrirlaringiz plagiat foizini oshirmagani uchun qayta koʻrib chiqilib +2 ball berildi. Programmer (munozara) 11:14, 21-Oktyabr 2023 (UTC)
@Alpasli Assalom-u alaykum. Markaziy Oʻzbekiston oyligi doirasida Abdusalom Akramov maqolasi bahsli boʻlib, oʻchirishga nomzod sifatida berilgan edi. Qoldirilsin degan xulosa chiqarilgan ekan, oʻchirishga andozasini olib tashlab, maqolani qayta tekshira olasizmi? ShHamrayev (munozara) 05:53, 20-Oktyabr 2023 (UTC)
Voha oyligi natijasi b0‘yicha
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum hurmatli hakamlar @Jamshid Nurkulov @Nataev @Alpasli@Kagansky @Laziz Baxtiyorov. @Mirzoulugʻbek @Malikxan. Voha oyligida munozarali rasmlar boʻyicha ochilgan umumiy konsensus natijalarini elon qilishingizni soʻrardim. Hurmat bilan Creobek (munozara) 07:23, 21-Oktyabr 2023 (UTC)
Baholash
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum @ShohjahonSobirov, @Jamshid Nurqul, @Mirzoulugʻbek Karimov, @Kagansky, @Alpasli, @Laziz Baxtiyorov va boshqa hakamlar. Men Amudaryo oyligi doirasida yaratgan Sulaymon qalʼa va Aqchakoʻl turistik zonasi maqolamga bilgiquti yoʻqligi sababli 0 bal qoʻyishibti. Lekin baho qoʻyilganidayoq bu xatoni tuzatdim. Marafon qoidasiga koʻra maqolada bilgiquti boʻlishi kerak degan qoidani oʻqimagan ekanman. Shuning uchun maqolani tahrirladim. Qoʻyilgan balni qayta koʻrib chiqishingizni soʻrayman Diwikiped (munozara) 16:44, 6-Noyabr 2023 (UTC).
Baholash
[manbasini tahrirlash]Hakamlar ShohjahonSobirov, Jamshid Nurqul, Mirzoulugʻbek, Kagansky, Kagansky, Laziz Baxtiyorov xayrli kun men ruwikidan tarjima qilib yaratgan, Bileuli karvonsaroyi mavjud maqolasining nusxasi ostida hakam Alpasli tomonidan 0 ball qoʻyildi, bugun esa hakam Shohjahon Sobirov ham 0 ball qoʻydi, ammo Diwikiped bu maqola shu nomdagi maqolaning nusxasi deb hakam Shohjahon Sobirov munozarasiga yozgan. Hakam Alpasliga yozmagan, ammo hakam Alpasli 5 noyabr kuni birlashtirish andozasini qoʻygan [1], [2], Diwikiped esa 6 noyabrda hakam Shohjahon Sobirovga bu haqida yozgan. Keyin Diwikiped oylik tugagandan keyin tahrirlangan maqolalar jadvaliga bularni qoidagi zid ravishda qilgan [3], [4] [5], [6], [7]. Men hakam Alpasli Diwikipedga yon bosayapti deb oʻylayapman. Men Bileuli karvonsaroyi maqolasi oldin ham mavjud boʻlganligini bilmaganman, chunki avvalgisi Beleoʻli karvonsaroyi nomida ekan. Google.comda qidirganimda mana shunday chiqqan Shahriyor06 (munozara) 15:14, 6-Noyabr 2023 (UTC)
- avvaldan mavjud boʻlgan maqola ekanligini oʻzim aniqladim. nazarda tutilgan tuhmatli fikrlar asossiz. Alpasli (munozara) 15:38, 6-Noyabr 2023 (UTC)
- Tahrirlangan maqolalarim hali tekshirilmay turib nega hammaga bosim oʻtkizayotganingizni tushunmadim. Birovni ortidan gapirishni siz boshladiz, man emas. Hakamlarga birovni ustidan hukm chiqarishni oʻrgatishga haqqingiz yoʻq! Oʻzlari hal qilishadi. Maqolangizga kelsak buni Alpasli aniqlagan ekanlar, man keyin koʻrib qolib, yozdim. Birovga tuhmat qilishni bas qiling. Marafonda yutsangiz manga farqi yoʻq. Lekin odamgarchilikdan chiqib ketyapsiz. Oʻzi shu marafon yoki oromgohdan tashqari moddiyat uchunmas shunchaki vikipediya uchun hissa qoʻshganmisiz. Nazarimda yoʻq! Shuncha gap chiqarganingizga yarasha loyihadan keyin ham xolis vikipediyani boyitasiz degan umiddaman! Igʻvoni esa bas qiling! Siz emas hakamlar hal qilishadi. @Alpasli iltimos mani boshqa baholamang. Diwikiped (munozara) 16:53, 6-Noyabr 2023 (UTC)
- Hurmatli ishtirokchi bu yerda birorta hakam boshqa ishtirokchiga yon bosishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Avval yaratgan maqolalarni qayta yaratgan boʻlsangiz albatta bunga nol qoʻyiladi. Mirzoulugʻbek |@ 02:28, 7-Noyabr 2023 (UTC)
- Bu yerda eʼtiroz nimaga nisbatan boʻlayotganini man tushunmadim. Diwikipedning marafon sanasi tugaganidan keyin tahrir jadvalida qilgan tahrirlari qaytarilib, faqatgina 31-oktyabr sanasiga qadar qilingan tahrirlar qolgan. Kimningdir andoza qoʻyishi, yana kimdir bu haqida yozishi esa tabiiy hol sifatida qabul qilinishi yaxshi, fikrimcha. Yana bir narsa, qonun mavjud ekanligini bilmasdan oʻsha qonunni buzish javobgarlikdan ozod qilmaganiday, mavjud ekanligini turli versiyalar orqali tekshirmasdan qayta yaratilgan maqolalar uchun ham ball berilmaydi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 11:41, 7-Noyabr 2023 (UTC)
- Yon bosish masalasida esa mutlaqo xavotir olmang. Shunaqa holat sezilishi bilan tezda bartaraf etilib, bu holatga yoʻl qoʻyganlarga qatʼiy choralar koʻriladi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 11:42, 7-Noyabr 2023 (UTC)
Baholash
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum @Laziz Baxtiyorov Amudaryo oyligida tahrirlagan Burgut qalʼa va Matniyoz Devonbegi madrasasi maqolalariga plagiat deb 0 bal qoʻyibsiz. Lekin bu maqolalar plagiat emas. Chunki boshqa saytlar OʻzMEdan vikipediyaga koʻchirilgan maʼlumotlarni shunday koʻchirib olganligi uchun u saytdan koʻchirilgan deb plagiat chiqyapti. Shu muammoni eʼtiborga olgan holda qayta baholaysiz degan umiddaman. Man tekshirganimda maqolalar 9% dan kam plagiat chiqqan. Avval ham plagiat boʻlmagan. Ular koʻchirgan. Abu Rayhon Beruniy maqolasida esa man qoʻshgan matn plagiat emas edi. Iltimos qayta qoʻrib chiqsangiz. Diwikiped (munozara) 15:54, 8-Noyabr 2023 (UTC)
- Bu borada munozara sahifangizda xabar qoldirilgan. Tekshirib koʻrsangiz foydadan holi boʻlmaydi. Ushbu maqolalarni eski holatidagi matni hamda siz qoʻshgan matn aralashtirib tashlangani uchun sizning matningizni ajratib tekshirish imkoni boʻlmagan. Beruniy maqolasida esa maqolaning asl matnidagi 89 foiz plagiatga eʼtibor qilmasdan tahrirlangan. Ushbu maqola OʻzMEdan emas, balki ziyo.uz saytidan koʻchirib oʻtkazilgan ekan. Plagiat foizini kamaytirishga harakat qilinmagani uchun ham ball bermadim. Agar adolatsizlik deb oʻylayotgan boʻlsangiz, hakamlardan boshqa birovidan tekshirishni soʻrashingiz mumkin. Hurmat bilan Laziz Baxtiyorov (munozara) 16:28, 8-Noyabr 2023 (UTC)
- Baholayotgan har bir maqolamda qoʻyilgan bal sababi aniq koʻrsatib oʻtilgan. Laziz Baxtiyorov (munozara) 16:29, 8-Noyabr 2023 (UTC)
@Laziz Baxtiyorov Amudaryo oyligida tahrirlagan Burgut qalʼa va Matniyoz Devonbegi madrasasi maqolalaridagi OʻzME maʼlumotlari plagiat koʻrsatgan iltimos tekshirib koʻring. Maqolalarni boʻlimlarga ajratib, yaxshi holga keltirish uchun shunday tahrirlagandim. Diwikiped (munozara) 16:52, 8-Noyabr 2023 (UTC)
-
Matniyoz Devonbegi madrasasi maqolasida bot tomonidan kiritilgan OʻzME maʼlumoti
-
Maqolada plagiatga sabab boʻlayotgan vikipediya yoki OʻzMEdan koʻchirilgan maʼlumot
-
Burgut qalʼa maqolasida bot tomonidan kiritilgan OʻzME maʼlumoti
-
Maqolada plagiatga sabab boʻlayotgan vikipediya yoki OʻzMEdan koʻchirilgan maʼlumot
Baholash
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum, hurmatli Kagansky. Men yaratgan Ivan Lipayev maqolasiga oylik mavzusiga tegishli joyi sust deya 0 ball beribsiz. Ammo Devona Jovliyev hamda Ikromova Guli yaratgan xuddi shunday oylik mavzusiga tegishli joyi sust boʻlgan ushbu maqolalarni: Bekbosinov Sansizbay, Asxat Sayfullin, Abishev Islom, Nikolay Shmidt 1 ball bilan baholagansiz. Men yaratgan maqolani qayta koʻrib chiqishingizni soʻrayman. – Diloromxon 16:23, 25-Noyabr 2023 (UTC)
Baholash
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum. ShohjahonSobirov meni maqolalarimni baholashda siz keltirgan kamchiliklarni bartaraf qildim, ilojisi boʻlsa meni maqolalarimni qayta koʻrib chiqing, oldindan rahmat. Wikisurgery94 (munozara) 11:26, 5-Dekabr 2023 (UTC)
- Salom @Wikisurgery94. Ma'lum bir maqolalardagi kamchiliklar bartaraf etilibdi. Lekin hali hanuz ba'zi bir maqolalar eski xato holatida. Qolgan maqolalarni ham tuzatib qo'yishingiz tavsiya etiladi. Hududiy oyliklar davomida 30-noyabrdan so'ng qilingan tahrirlar hisobga olinmaydi. Shuning uchun men tomonimdan qo'yilgan ballar o'zgartirilmaydi! Yoqimli tahrirlar. Programmer (munozara) 19:35, 6-Dekabr 2023 (UTC)
- Salom! Men sizni tushundim va aytgan kamchiliklarni toʻgʻirlab chiqdim! Rahmat kattakon! Wikisurgery94 (munozara) 19:56, 6-Dekabr 2023 (UTC)