Kontent qismiga oʻtish

Xoʻjaikon tuz koni

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Xo'jaikon tuz konidan yoʻnaltirildi)

Xoʻjaikon tuz koni - Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi kon, 1942 yilda ishga tushirilgan. Kon yotiq sinklinal burmada joylashgan, bunda tuz qatlamlari teskari qatlamlangan boʻlib, oq tuzlar yuqori, qizil tuzlar pastda joylashgan. Kizil tuz katlamlarida kaliy tuzlarining 6 qavati ajralib turadi. Tuzlarning razvedka qilingan zaxirasi 46 mln.t, yiliga 150 ming t. dan karyerlardan qazib olinmoqda. Xoʻjaikon tuz konik.da osh tuzi yirik donali, tarkibida 92,3— 99,7% NaCl mavjud. Kondagi osh tuzi qatlamining qalinligi 350–400 m ga yetadi. Rangi oq, sariq, pushti, qizil. Tuz qatlamlari 150–300 m qalinlikdagi qum, gil, qumtosh, ohaktosh kabi toʻrtlamchi va quyi boʻr davrlariga mansub yotqizikdar bilan qoplangan. Xoʻjaikon tuz konik. hozirgi kunda mamlakat ahamiyatiga molik sanoat korxonasidir. Yiliga 93 ming t osh tuzi qazib chiqarilmoqda. 1995-yil AQShdan keltirilgan jihozlar bilan ishlaydigan isteʼmol tuzi i.ch. liniyasi ishga tushirilgan.