Kontent qismiga oʻtish

Buxoro (futbol klubi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Buxoro FKdan yoʻnaltirildi)
Nurafshon[1]
Toʻliq nomi Buxoro professional futbol klubi
Laqabi Buxoroliklar
Amir klubi
Cho‘l jangchilari
Koʻhna shaharliklar
Asos solingan 1989-yili
Stadion Buxoro Sport Majmuasi
Stadion hajmi 21 000
Prezidenti Oʻzbekiston Ali Orziyev
Direktori Oʻzbekiston Usmon Toshev
Murabbiyi Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev
Vebsayt http://www.pfcbuxoro.com/
Musobaqasi Oliy liga
2023 Superligada 14-o‘rin
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Buxoro — 1989-yilda Buxoro shahrida tashkil topgan oʻzbek futbol klubi. Mamlakatning ikkinchi muhim futbol divizioni — Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi.

Jamoa nomlari tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1989—1996 „Nurafshon“
  • 1997—2021 „Buxoro“
  • 2021— 2022 „Nurafshon“
  • 2022 — h.v. „Buxoro“

1960-yilda tashkil etilgan, ammo bir yil avval tarqatib yuborilgan „Buxoro“ jamoasi oʻrniga 1989-yilda „Nurafshon“ futbol klubi sifatida tashkil etilgan. 1989-yilgi debyut mavsumida „Nurafshon“ O‘zbekiston SSR chempionligini qoʻlga kiritdi, shuningdek, Oʻzbekiston SSR kubogida ham ishtirok etdi. 1990-yilda klub SSSR chempionati Ikkinchi kichik ligasining 9-divizioni gʻolibi boʻldi va Ikkinchi ligaga yoʻllanma oldi. 1991-yilgi SSSR tarixidagi soʻnggi chempionatda „Nurafshon“ mavsum yakuniga koʻra Ikkinchi liganing „Sharqiy“ zonasida 4-oʻrinni (22 ta jamoa orasida) egallagan. 1992-yildan Oʻzbekiston milliy chempionatida ishtirok eta boshladi. Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida mamlakatning qolgan 16 jamoasi qatori „Nurafshon“ ham Oliy ligadan joy oldi. 1992-yilgi mavsum yakunlariga koʻra, Buxoro klubi sensatsion tarzda bronza medali sohibi Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasidan atigi 1 ochkoga ortda qolib, 4-oʻrinni egalladi. 1993-yilda „Nurafshon“ 5-oʻrinni egallagan boʻlsa, 1994-yilgi mavsumda kumush medal sohibiga aylandi: amaldagi chempion — Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasidan 7 ochkoga ortda qoldi va bronza medali sohibi — Namanganlik „Navbahor“dan 4 ochkoga oldinga chiqib oldi.

Klub 1996-yilgacha „Nurafshon“ deb atalgan boʻlsa, 1997-yildan boshlab oʻzining asl nomi — „Buxoro“ga oʻzgartirilgan. 2009-yilgacha jamoa uzluksiz Oʻzbekiston Oliy ligasida oʻynagan.

Bu davrda Buxoro klubi mavsum yakunlariga koʻra, asosan turnir jadvalining oʻrtalarida yoki oxiridagi (5-oʻrindan 15-oʻringacha) oʻrinlarni egallagan.

2009-yilgi mavsumda „Buxoro“ soʻnggidan oldingi 15-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi.

2010-yilda „Buxoro“ Birinchi liga gʻolibiga aylanib, „Soʻgʻdiyona“dan 8 ochkoga oʻzib, Oliy ligada oʻynash huquqini qaytarib oldi.

2011-yilgi mavsumdan boshlab „Buxoro“ yana Oliy liganing doimiy ishtirokchisi boʻlib, 2018-yildan buyon Oʻzbekiston Superligasi nomini olgan.

2020-yilgi mavsum yakuniga koʻra, Oʻzbekistonning eng yuqori reytingdagi „Superliga“sida 12 ta klub orasida soʻnggi oʻrinni egallab, „Proliga“ga yoʻl olgan. 2021-yil 19-martda Buxoro klubi ramzi o'zgartirildi[2]. 2021-yil 13-iyulda yana Nurafshon professional futbol klubi deb nomlandi[3][4]. 2022-yil „Buxoro“ klubi Pro ligada Andijonning „Andijon“ klubidan 7 ochko ortda qoldi va 2-oʻrin bilan Oʻzbekiston Superligasiga yoʻl oldi.[5][6]

Mahalliy tarix

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng yaxshi toʻpurar Bosh murabbiy
Divizion Pozitsiya Oʻyin Yutuq Durang Magʻlubiyat Urilgan
gollar
Qaytarilgan
gollar
P Ism Liga
1991 SSL 4th 42 20 9 13 72 45 49 Rossiya Valeriy Chervyakov 11 Rossiya Stanislav Kaminskiy
1992 1st 4th 32 20 7 5 59 23 47 R32 Oʻzbekiston Yuriy Ageyev 15 Rossiya Stanislav Kaminskiy
1993 1st 5th 30 15 5 10 46 32 35 R32 Oʻzbekiston Mihail Fomin 9 Rossiya Boris Lavrov
1994 1st 2nd 30 20 4 6 63 31 44 Quarter-final Oʻzbekiston Olim Tillayev 19 Rossiya Aleksandr Ivankov
1995 1st 5th 30 13 1 16 39 26 40 Quarter-final Oʻzbekiston Yuriy Ageyev 12 Oʻzbekiston Mustafa Belyalov
1996 1st 5th 30 15 5 10 52 39 50 Quarter-final Oʻzbekiston Rustam Asqarov 12 Oʻzbekiston Islom Ahmedov

Oʻzbekiston Igor Pilyugin

1997 1st 7th 34 16 5 13 57 55 53 Quarter-final Oʻzbekiston Rustam Asqarov 14 Rossiya Stanislav Kaminskiy
1998 1st 6th 30 13 4 13 51 50 43 Quarter-final Rossiya Vyacheslav Koloda

Oʻzbekiston Oybek Usmonxo‘jayev

10 Rossiya Stanislav Kaminskiy

Tojikiston Hakim Fuzaylov

1999 1st 9th 30 10 7 13 44 50 37 - Rossiya Nikolay Sergiyenko 8 Tojikiston Hakim Fuzaylov
2000 1st 6th 38 20 5 13 73 60 65 R32 Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev 21 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2001 1st 8th 34 15 3 16 57 58 48 Semi-final Oʻzbekiston Ilhom Umarov 14 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2002 1st 7th 30 12 5 13 37 53 41 R16 Oʻzbekiston Eldor Qosimov 12 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2003 1st 12th 30 10 2 18 48 56 32 Quarter-final Oʻzbekiston Ilyos Qurbonov 13 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2004 1st 7th 26 10 3 13 31 45 30[lower-alpha 1] Chorak final Oʻzbekiston Muhammad Inogamov 8 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2005 1st 12th 26 9 2 15 37 59 29 Yarim final Oʻzbekiston Alisher Xoliqov 6 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2006 1st 11th 30 9 7 14 35 34 34 Chorak final Oʻzbekiston Alisher Xoliqov 9 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2007 1st 9th 30 11 3 16 29 43 36 1/8 final Oʻzbekiston Anvar Rajabov 8 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2008 1st 15th 30 7 5 18 25 44 26 Quarter-final Oʻzbekiston Lochinbek Soliyev 8 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2009 1st 15th 30 6 6 18 40 59 24 Chorak final Oʻzbekiston Lochinbek Soliyev 15 Oʻzbekiston Rauf Inileyev
2010 2nd 1st 30 24 2 4 71 21 74 R32 Oʻzbekiston Abdulatif Joʻrayev 27 Oʻzbekiston Rauf Inileyev

Oʻzbekiston Gennadiy Kochnev

2011 1st 9th 26 8 7 11 23 38 31 R32 Oʻzbekiston Suhrob Neʼmatov 7 Oʻzbekiston Gennadiy Kochnev

Oʻzbekiston Jamshid Saidov

2012 1st 7th 26 10 5 11 24 31 35 Semi-final Oʻzbekiston Vohid Shodiyev

Oʻzbekiston Otabek Narzullayev

5 Oʻzbekiston Jamshid Saidov

Turkmaniston Toshmurod Ogʻamurodov

2013 1st 6th 26 10 3 13 33 44 33 R16 Oʻzbekiston Vohid Shodiyev 12 Turkmaniston Toshmurod Ogʻamurodov
2014 1st 12th 26 6 7 13 22 42 25 R32 Oʻzbekiston Suhrob Neʼmatov

Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev

Serbiya Predrag Vujović

3 Germaniya Edgar Gess

Turkmaniston Said Seyidov (interim)

Oʻzbekiston Aleksandr Mochinov

2015 1st 14th 30 7 5 18 31 53 26 R16 Oʻzbekiston Aziz Ibragimov 6 Oʻzbekiston Aleksandr Mochinov

Oʻzbekiston Shuhrat Fayziyev (interim)

Oʻzbekiston Jamshid Saidov

2016 1st 4th 30 17 7 6 42 27 58 Semi-final Oʻzbekiston Aziz Ibragimov 10 Oʻzbekiston Jamshid Saidov
2017 1st 6th 30 13 7 10 42 20 46 Quarter-final Oʻzbekiston Ivan Nagayev 10 Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev
2018 1st 6th 20 3 1 16 14 41 10 R32 Turkmaniston Arslonmurat Amanov 5 Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev
2019 1st 12th 26 5 9 12 18 37 24 R32 Oʻzbekiston Doston Ibragimov 3 Oʻzbekiston Baxtiyor Ashurmatov

Tojikiston Muhsin Muhamadiyev

2020[7] 1st 15th 26 1 11 14 19 50 14 R16 Oʻzbekiston Izzatilla Abdullayev

Oʻzbekiston Jasurbek Hakimov

Oʻzbekiston Behruz Sadullayev

3 Tojikiston Muhsin Muhamadiyev

Oʻzbekiston Jamshid Saidov

2021 2 Oʻzbekiston Davron Isoqov 9
2022[8] 2 2-oʻrin 26 14 8 4 46 26 50 Guruh bosqichi Oʻzbekiston Roʻzimboy Axmedov Tojikiston Hakim Fuzaylov
2023 1st 14 26 4 3 19 12 35 15 Guruh bosqichi Serbiya Aleksandar Stanisavljević

Oʻzbekiston Humoyunmirzo Iminov

Oʻzbekiston Asilbek Qayumov

Oʻzbekiston Shoxruz Norxonov

2 Tojikiston Hakim Fuzaylov

Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev

  1. Musoboqada ishtirok etish badal toʻlovlarini toʻlamaganlik uchun musoboqani -3 ochko bilan boshlagan


„Buxoro“ oʻz uy uchrashuvlarini yirik „Buxoro“ sport majmuasi tarkibiga kiruvchi "Buxoro Arena" (Buxoro nomi bilan ham mashhur) stadionida oʻtkazadi.

Stadion 22 700 tomoshabinga moʻljallangan boʻlib, Buxoro va Buxoro viloyatidagi eng yirik stadion hisoblanadi. „Buxoro Arena“ Oʻzbekiston chempionatining eng koʻp tashrif buyuradigan stadionlaridan biri hisoblanadi. „Buxoro“ PFKning har bir oʻyinida stadion muxlislar bilan toʻlib ketadi.

Ayollar jamoasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston chempionati

  • 2Kumush medal sovrindori Oliy liga kumush medali sohibi (1994).
  • 1Chempion Birinchi liga gʻolibi (2010).

SSSR chempionati

  • 1Chempion Oʻzbekiston SSR chempionati sovrindori (1989).
  • 1Chempion SSSR chempionati Ikkinchi kichik ligasi 9-zonasi gʻolibi (1990).

Jamoa tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 13-mart[9]
Amplua Futbolchi
1  UZB DR Shirinboy Abdullayev
2  UZB HM Izzatillo Poʻlatov
4  UZB HM Elyor Orifov
6  UZB YH Ravshan Xayrullayev
7  UZB YH Daniel Nasriddinov
8  UZB YH Anvarjon Jo‘rayev
9  UZB HJ Xusayn Ergashboyev
10  UZB YH Shohmalik Komilov
11  UZB YH Jasur Hasanov
12  UZB DR Akmal Tursunboyev
14  UZB YH Mirshod Muhammadov
16  UZB HM Artyom Filiposyan
17  UZB YH Javohir Ro‘ziyev
18  UZB YH Fozil Musayev
19  UZB YH Nodirjon Orziqulov
23  UZB YH Behruz Shodmonov
Amplua Futbolchi
24  UZB HM Davron Hoshimov
27  UZB YH Islom Rashidxonov
29  UZB HM Vitaliy Denisov
32  UZB DR Dovud Ibrohimov
33  BLR HM Yaroslav Makushinskiy
50  UZB DR Firdavs Ismatullayev
61  UZB YH Parviz Ahmadjonov
63  UZB YH Jamshid Toirjonov
70  UZB YH Diyorbek Jaloliddinov
71  UZB HJ Albert Nurullayev
77  UZB YH Asilbek Qayumov
76  UZB HJ Isomiddin Nusratov
88  BIH HJ Dominik Begić
93  SRB HM Marko Kolaković
94  CRO HM Frane Ikić
98  UZB YH Azamat Shomurodov

Murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yilgi mavsum uchun murabbiylar shtabi.

Boshqaruvl tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yillar Murabbiy
1989 ma‘lumot yoʻq
1990 Sovet Ittifoqi Oleg Bugayev
1991—1992 Rossiya Stanislav Kaminskiy
1993 Rossiya Boris Lavrov
1994 Oʻzbekiston Aleksandr Ivankov
1995 Oʻzbekiston Mustafo Belyalov
1996 Oʻzbekiston Islom Axmedov
1997 Oʻzbekiston Igor Plyugin
1997—1998 Rossiya Stanislav Kaminskiy
1998—1999 Tojikiston Hakim Fuzaylov
2000—2008 Oʻzbekiston Usmon Toshev
2008 Oʻzbekiston Yuriy Ageyev
2009 Oʻzbekiston Rauf Inileyev
2010 — 2011 Oʻzbekiston Gennadiy Kochnev
2011 — 2012 Oʻzbekiston Jamshid Saidov
2012 Ukraina Vladimir Utkin
2012 — 2013 Turkmaniston Toshmurod Ogʻamurodov[10]
2014 Tojikiston / Germaniya Edgar Gess
2014 Turkmaniston Said Seyidov
2015 Oʻzbekiston Aleksandr Mochinov
2015 Oʻzbekiston Shuhrat Fayziyev
2015 — 2017 Oʻzbekiston Jamshid Saidov
2017 — 2018 Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev[11]
2018 Oʻzbekiston Shuhrat Fayziyev[12]
2018 — 2019 Oʻzbekiston Baxtiyor Ashurmatov[13][14]
2019 Oʻzbekiston Mirislom Hasanov (vaqtincha)[15]
2019 — 2020 Tojikiston Muhsin Muhammadiyev[16][17][18][19]
2020 — 2021 Oʻzbekiston Jamshid Saidov[20]
2021 Oʻzbekiston Davron Fayziyev[21][22]
2021 Oʻzbekiston Anvar Berdiyev[23][22][24][25]
2021 Oʻzbekiston Mirislom Hasanov (vaqtincha)[26]
2021 Oʻzbekiston Usmon Toshev[27]
2021 Oʻzbekiston Mirislom Hasanov (vaqtincha)
2022 — 2023 Tojikiston Hakim Fuzaylov[28]
2023 — h.v. Oʻzbekiston Ulugʻbek Baqoyev[29]

Mashhur futbolchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sobiq SSSR davlatlari
  • Tojikiston Muhsin Muhammadiyev
  • Turkmaniston Baxtiyar Xojaahmedov
  • Turkmaniston Arslanmurat Amanov
  • Qozogʻiston Arsen Tlexugov
  • Gruziya Giorgiy Kvesishvili
  • Rossiya Nikolay Kashentsev
  • Rossiya Grigoriy Melikov
  • Rossiya Aleksey Abdulxoliqov
  • Rossiya/Ukraina Andrey Podolyanchik
  • Ukraina Aleksandr Tarasenko
  • Ukraina Vladimir Kilikevich
  • Ukraina Vladimir Baenko
  • Ukraina Oleg Mochulyak
  • Belarus Yuriy Rijko
  • Litva Pavels Leus
  • Litva Artūras Fomenka
  • Litva Tadas Grajyunas
Yevropa
  • Chernogoriya Predrag Vuyovich
  • Moldova Vadim Chemirtan
  • Ruminiya Bogdan Xaushi
  • Bolgariya Nikolay Chipev
Osiyo
  • Yaponiya Naoya Shibamura
Afrika

Muxlislar, asosiy raqiblar, derbi, taxalluslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Buxoro“ O‘zbekistondagi eng yirik muxlislar armiyasidan biriga ega. Deyarli har bir oʻyinda "Buxoro Arena" tribunalari muxlislar bilan toʻlib ketadi.

„Buxoro“ning asosiy raqibi qoʻshni Samarqand viloyati poytaxti boʻlgan Samarqandning „Dinamo“ jamoasi hisoblanadi. „Buxoro“ va „Dinamo“ muxlislari oʻrtasida doʻstona munosabatlar mavjud boʻlib, agar oʻyinda mamlakatning boshqa klublari ularning klublariga raqib boʻlib qolishsa, muxlislar har ikki jamoani ham qoʻllab-quvvatlaydilar.

„Qadimiy shaharlar derbisi“ deb ataluvchi musoba mamlakatimizda juda mashhur boʻlib, uning ishtirokchilari boʻlib „Buxoro“ va Samarqandning „Dinamo“ jamoalari hisoblanadi. Har ikki klub ham Oʻzbekiston va dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir.

Vaqti-vaqti bilan „Buxoro“, „Spartak“ (Buxoro), qoʻshni Gʻijduvon va Vobkent shaharlarining „Gʻijduvon“ yoki „Vobkent“ klublari oʻzaro oʻynasa, „Buxoro derbisi“ boʻlib turadi.

„Buxoro“ klubining koʻplab taxalluslari bor: „Buxoroliklar“; „Choʻl jangchilari“ — markazida Buxoro shahri joylashgan butun Buxoro vohasi choʻl bilan oʻralganligiga ishora beradi; „Koʻhna shaharliklar“ — Buxoroning qadimiyligi tufayli; „Amir klubi“ — 1920-yilgacha mavjud boʻlgan Buxoro amirligi va uning boshligʻi — amir sharafiga.

Buxorolik futbolchilar yirik xalqaro turnirlarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnirlar vaqtida klubning faol aʼzosi boʻlgan „Buxoro“ futbolchilari koʻrsatilgan.

Turnir Ishtirokchi

Osiyo Kubogi — 2019 — Arslonmurod Amanov

  1. „PFK Nurafshon - Soccer - Team Profile - Results, fixtures, squad, statistics - Global Sports Archive“. 2021-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
  2. „"Бухоро" жамоаси логотипи ўзгарди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  3. FK „Nurafshon“ — vk.com, 13-iyulya 2021
  4. „"Бухоро" клубининг номи ўзгарди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  5. „Про лига. Мавсум якунланди: "Бухоро" Суперлигага чиқди, "Турон" ўтиш ўйинида "Локо" билан ўйнайди“. 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-noyabr 2022-yil.
  6. „"Бухоро"нинг "Бунёдкор" устидан қозонилган ягона ғалабаси ёдингиздами?“. 2023-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
  7. „"Бухоро" 11 йилдан кейин илк бор қуйи лигага тушиб кетди, "Андижон" плей-оффда ўйнайди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  8. „Про лигада икки йилда икки хил натижа қайд этган "Бухоро" яна Суперлигага қайтди“. 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-noyabr 2022-yil.
  9. Buxoro jamoasi tarkibi (2024-yil 13-mart xolatiga koʻra)
  10. „Т.Агамуродов «Бухоро» бош мураббийи этиб тайинланди“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
  11. „Бақоев "Бухоро"дан кетаётганини маълум қилди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  12. „Расмий хабар. "Бухоро"га янги бош мураббий тайинланди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  13. „Breaking news. Бахтиёр Ашурматов -"Бухоро" бош мураббийи“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  14. „Расман: Суперлигада истеъфо“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  15. „Мирислом Ҳасанов: “Бахтиёр Ашурматовдан кейин жамоани қабул қилиб олиш қийин бўлмади”“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  16. „Расмий хабар. Муҳсин Муҳаммадиев - "Бухоро" бош мураббийи“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  17. „"Бухоро"га "Рубин" клубининг собиқ спорт директори бош мураббий бўлади“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  18. „2020 йилда "Бухоро"ни ким бошқариши маълум“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  19. „Муҳсин Муҳаммадиев «Бухоро» жамоаси бош мураббийилигини тарк этди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  20. „Жамшид Саидов "Бухоро" жамоаси бош мураббийлигини тарк этди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  21. „Расман: Даврон Файзиев "Бухоро" бош мураббийига айланди“. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  22. 22,0 22,1 „Даврон Файзиев "Бухоро" жамоаси бош мураббийлигидан кетди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  23. „Расман: Анвар Бердиев "Бухоро"да иш бошлади“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  24. „“Бухоро”да 3 ой ичида учинчи истеъфо“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  25. „“Бухоро”да 3 ой ичида учинчи истеъфо“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  26. „“Бухоро”да ички муҳит қандай? Жамоа ўйинида ўзгариш кўрамизми? Мирислом Ҳасанов билан суҳбат“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  27. „Усмон Тошев "Бухоро"га қайтди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  28. „"Динамо"ни Суперлигага олиб чиққан мураббий энди "Бухоро"да ишлайди“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  29. „Расман. Улуғбек Бақоев “Бухоро” жамоаси бош мураббийи!“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.