Kontent qismiga oʻtish

Shayx Zayniddin bobo maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shayx zayniddin bobo maqbarasidan yoʻnaltirildi)

Shayx Zayniddin bobo maqbarasiToshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (1314-asrlar). Rivoyatlarga koʻra, maqbara Amir Temur davrida Shayx Zayniddin (13-asr)ga atab barpo qilingan (qarang Zayniddinbobo). Shahar hududida, qabriston oʻrtasidagi balandlikda joylashgan, peshtoqgumbazli, choʻzinchoq maqbaraxonaqoxlar turiga mansub. Atrofida boshqa turli binolar — tobutxona, chillaxona (12— 13-asrlar), oshxona, ayvonli masjid, chortoq va boshqa bor. Old koʻrinishi jan.sharqqa qaratilgan, koʻchadan unga qoʻshimcha binolarni birlashtiruvchi xiyobon orqali kiriladi. Toʻrtburchak tarxli (16×18 m), bal. 20,7 m, hamma tomonlari peshtokli. Makbara markazida Shayx Zayniddin sagʻanasi, burchaklarida boshqa shaxslarning qabrlari bor. Maqbaraning jan.gʻarbiy peshtogʻidagi yozuvga koʻra, hijriy 1339-yilda (mil. 192021) taʼmirlanib, maqbaraning eski gʻishtlari yangi gʻishtlar (26×12×6 sm) bilan almashtirilib, gumbazi kvadrat (24×24×5 sm) gʻishtdan terilgan.