Kontent qismiga oʻtish

Islom polvon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Islomqul Sultonqulovdan yoʻnaltirildi)

Islom polvon, Islomqul Sultonqulov (?—Qoʻqon—1923) — Fargʻona vodiysida Sovet tuzumiga qarshilik koʻrsatish harakatining bosh qoʻmondoni (1923). Mutasavvif shayx va polvon sifatida Fargʻonada mashhur boʻlgan. Turkiston mustaqilligi uchun chor Rossiyasiga qarshi koʻtarilgan gʻalayonlarda qatnashgan (1909—1916). Islom polvon rahbarligida Qoʻqon va Oʻsh uyezdlaridagi Qoraboy, Mirza Umar, Eshmat boyvachcha, Madumar va Madali lashkar-boshilar, Hojixon Toʻra va b. qoʻrboshilar harakat qilgan. 1921—22 yillarda u Shermuhammadbekning oʻrinbosari edi. 1923 yil 1-yanvarda Shahrixonda boʻlgan qurultoyda Fargʻona vodiysida Sovetlarga qarshi harakatni boshqarish va qoʻrboshilar faoliyatini yagona maqsad sari yoʻnaltirib turish uning zimmasiga tushdi. Bu paytda Islom polvon qoʻl ostida 8000 yigit va 200 dan oshiq qurboshilar toʻplangan. Uning eng yaqin yordamchilari Qoraboy qoʻrboshi va Yormat maxsum edi. Bir qator muvaffaqiyatli jang harakatlaridan soʻng u Soʻx atro-fidagi jangda yengiladi (1923 yil avgust) va toqqa chiqib ketadi. Biroq Margʻilonga qaytib, yana kurashni davom ettiradi. 1923 yil 3 oktabrda Islom polvon qizillar tomonidan asirga olinadi va 1923 yil dekabrda Turkiston harbiy tribunale sayyor guruhi tomonidan (Qoʻqonda) otib tashlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil