Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston geologiya muzeyi

Koordinatalari: 41°18′1.4″N 69°16′42.6″E / 41.300389°N 69.278500°E / 41.300389; 69.278500
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oʻzbekiston Geologiya Muzeyidan yoʻnaltirildi)
Oʻzbekiston geologiya muzeyi
Conglomerate from the riverbed of Isfayramsoy river.JPG
Asos solingan sana 1988-yil
Joylashuvi Oʻzbekiston, Toshkent

41°18′1.4″N 69°16′42.6″E / 41.300389°N 69.278500°E / 41.300389; 69.278500

Muzeydagi Muruntovdan oltin saqlovchi tosh

Oʻzbekiston geologiya muzeyiOʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi (Davgeolqoʻm) tasarrufidagi muzey. 1988 yil ochilgan. Muzey kolleksiyalari Oʻzbekistonda geologiya faoliyatining 75 yil mobaynida yigʻilgan katta hajmdagi materiallar hamda muzeyga sovgʻa sifatida taniqli geologlar tomonidan taqdim etilgan shaxsiy kolleksiyalar, OʻzR tabiatini aks ettiruvchi suratlar bilan boyitilgan. Muzey Davgeolqoʻmning tadqiqot ishlari olib boradigan ilmiy va oʻquv markaziga aylandi. Oʻ.g .m. geologiya soqasidagi oliy va oʻrta taʼlim sistemasida oʻquvmaʼrifiy ishlarni olib borish, turli chet el kompaniyalari va olimlarning muzey eksponatlari bilan tanishuvini tashkil etish va geologiya fani erishgan yutuqlarni keng targʻibot qilish bilan shugʻullanadi. Muzey 5 ta koʻrgazma zalidan: kirish, Oʻrta Osiyo va Oʻzbekiston hududining geologik rivojlanishi tarixi, regional geologiya monografik paleontologik kolleksiyalar va foydali qazilmalar, mineralogiya, geokimyo, qadimiy konchilik kasbkorligi tarixi hamda dunyo geologik merosi zallaridan iborat. Muzeyda geologiya fanining rivojlanishi, vatanimizning ilk geologlari, foydali qazilma konlarini ochgan dastlabki geologlar haqidagi maʼlumotlar mavjud. Maxsus ekspozitsiya Oʻzbekistonning yosh suveren davlat sifatida shakllanishi, mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanishi hamda mineral xom ashyo resurslarining xalq xoʻjaligidagi oʻrnini tasvirlaydi. Ekspozitsiyalarda namoyish etilayotgan eksponatlarning umumiy soni 32 ming dan ortiq. Vitrinalarda kinovar minerali, molibdenit, vismut, volframit kristallarini oʻzida saqlab qolgan noyob namunalar namoyish etilgan. Maxsus petrografik kolleksiya oʻz ichiga 300 ta namunani (vulkanik togʻ jinslar — 228, metamorfik togʻ jinslari — 46, choʻkindi tog jinslari — 26) qamrab oladi; mineralogik kolleksiya esa, 858 ta noyob namunadan, monografik paleontologik kolleksiya 2631 ta namunadan iborat, ulardan 783 tasi Markaziy Osiyo va Oʻzbekiston hududining rivojlanishi tarixi zalida va 1848 tasi monografik paleontologik kollekpiyalar zalida joylashgan. Oʻ.g .m. qoshida Oʻzbekistonning mineral xom ashyo potensialini aks ettiruvchi turli xil koʻrgazmalar, taqdimotlar, chet ellik hamkorlar bilan birgalikda geologik tadqiqotlarni oʻtkazish va izlab topilgan foydali qazilmalarni oʻzlashtirish masalasiga oid uchrashuvlar oʻtkaziladi. Muzeyda noyob obʼyektlar, yangi konlar boʻyicha tekshirish, qimmatbaho metallar va yarqirama toshlar xom ashyosi, jumladan, zargarlik buyumlariga ekspert xulosalarining berilishi va boshqalar tadqiqotlar amalga oshiriladi.

Muzeyning 1976-yil qurilgan binosi 2011-yil buzib tashlangan[1], soʻng muzey Taras Shevchenko koʻchasidagi binoga kelib joylashgan. Geologiya muzeyining Taras Shevchenko va Shahrisabz ko'chalari kesishmasida joylashgan, 1928-yilda qurilgan binosi (2873 kvadrat metr) 2021-yil iyul oyida onlayn auksionda 27,6 milliard soʻm boshlangʻich baho bilan sotuvga qoʻyildi[2]. Muzey Mirzo Ulugʻbek tumanida yangi qurilgan Geologiya fanlari universiteti kampusiga koʻchirilishi maʼlum qilindi.

  1. „Музей геологии переезжает“. Письма о Ташкенте. Qaraldi: 7 апреля, 2011.
  2. „Здание Музея геологии выставили на продажу“. Взгляд.uz. 2021-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-iyul.