Kontent qismiga oʻtish

Husniddin Norbekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xusniddin Norbekovdan yoʻnaltirildi)
Husniddin Qilichboyevich Norbekov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 23-may 1987-yil (1987-05-23) (37 yosh)
Navoiy, Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 2009—hozirgacha
Mukofotlar Oʻzbekiston iftixori
Sport
Qaysi sport paralimpiya yengil atletikachi
Medallar
Paralimpiya oʻyinlari
Oltin Rio 2016 F37
Oltin Tokyo 2020 F35
Oltin Parij 2024 F35
Bronza Rio 2016 F37
Yozgi Paraosiyo oʻyinlari
Oltin Inchxon 2014
Oltin Jakarta 2018 yadro F35
Yengil atletika boʻyicha jahon chempionati
Oltin Doha 2015 disk F37
Bronza Doha 2015 yadro F37
Oltin London 2017 disk F37
Kumush London 2017 yadro F37
Oltin Dubay 2019 disk F37
Yozgi Paraosiyo oʻyinlari
Oltin Tokio 2020 disk F37
Bronza Tokio 2020 yadro F37
Oltin Tokio 2020 yadro F35

Husniddin Qilichboyevich Norbekov (tugʻ. 1987-yil 23-may, Navoiy viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi, disk va yadro uloqtirish bilan shugʻullanadi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-, 2020- va 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari chempioni. Butunjahon yengil atletika boʻyicha uch karra jahon chempioni va yozgi Paraosiyo oʻyinlarining ikki karra chempioni sanaladi.

2008-yildan oʻzi oʻsgan Navoiy shahrida professional sport bilan shugʻullanishni boshlaydi. 2009-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi safida xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan[1]. 2014-yilda Inchxon shahrida (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan yozgi Paraosiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi[2]. 2015-yilda Dohada (Qatar) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida (XPT- xalqaro patent tasnifi) F37 toifasida disk uloqtirish boʻyicha oltin medal, yadro uloqtirishda esa bronza medali bilan taqdirlangan[3].

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida disk uloqtirish boʻyicha F37 toifasida oltin medalni qoʻlga kiritib, Olimpiya chempioni boʻldi[4]. Yadro uloqtirish bahslarida u oʻz toifasida Paralimpiya oʻyinlarining bronza medalini olishga muvaffaq boʻldi[5]. Ushbu yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Husniddin Norbekovga "Oʻzbekiston iftixori" unvonini berdi[6].

2017-yilda Londonda (Buyuk Britaniya) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida (XPT) disk uloqtirishda oltin medal, yadro uloqtirishda kumush medalni oldi[7]. 2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan yozgi Paraosiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi[8]. 2019-yilda Dubayda (BAA) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida (IPC) yadroni 17,32 metr masofaga uloqtirib, oltin medal sohibi boʻldi va F37 toifasidagi musobaqada jahon rekordini oʻrnatdi[9].

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u F35 toifasida yadroni 16,13 metr masofaga irgʻitib, oltin medalni qoʻlga kiritib, ikki karra Paralimpiya chempioni boʻldi[10]. Ayni shu yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xusniddin Norbekovga „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ unvonini berdi[11].

2024-yilgi Parij Paralipiadasida yengil atletika musobaqasining yadro uloqtirish bahslarida 16.82 metr natija bilan paralimpiada rekordini oʻrnatib oltin medalni qoʻlga kiritdi, uchinchi bor Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi boʻlgan ilk oʻzbekistonlik sportchiga aylandi[12].

2024-yil 12-sentyabr kuni yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi boʻlmish Norbekov Xusniddin Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlarida terma jamoa safida muvaffaqiyatli qatnashib, uch karra paraolimpiya chempioni boʻlgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan[13].