Kontent qismiga oʻtish

Moskva

Koordinatalari: 55°45′21″N 37°37′04″E / 55.75583°N 37.61778°E / 55.75583; 37.61778
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Moskovadan yoʻnaltirildi)
Moskva
Rossiya poytaxti
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
55°45′21″N 37°37′04″E / 55.75583°N 37.61778°E / 55.75583; 37.61778
Mamlakat Rossiya
Hukumat
 • Mer Sergey Sobyanin
Asos solingan 1147
Ilk eslatilishi 1147
Qachondan beri rossiya poytaxti 1340
Maydon 2,561.5[1] km2 (989.0 kv mi)
Markazi balandligi 118—255 m
Rasmiy til(lar)i ruscha
Aholisi
 (2022)
12 635 466[2]
Zichligi 4932,84 kishi/km2
Milliy tarkib ruslar (91,65%)
ukrainlar (1,42%)
tatarlar (1,38%)
ozarbayjonlar (0,53%)[3]
Konfessiyaviy tarkib Xristianlar, Musulmonlar v.h
Vaqt mintaqasi UTC+3
Telefon kodi +7 495, 499
Pochta indeks(lar)i 101000—135999
Avtomobil kodi 77, 177, 777; 97, 197, 797; 99, 199, 799
Moskva xaritada
Moskva
Moskva

Moskva (ruscha: Москва) – Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal ahamiyatdagi shahar. Rossiya Federatsiyasining yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, Rossiya Federatsiyasi hukumati, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan. 10 maʼ-muriy okrugga (Markaziy, Sharqiy, Janubi-Sharqiy, Janubiy, Jan.-Gʻarbiy, Gʻarbiy, Shim.-Gʻarbiy, Shimoliy, Shim. Sharqiy hamda Zelenograd shahri) boʻlingan. Shahar chegarasi, asosan, Moskva halqa avtomobil yoʻlidan oʻtadi. Maydoni (Moskva meriyasiga karashli boʻlgan Zelenograd va boshqa aholi punktlaridan tashkari) 994,0 km², shu jumladan, Moskva halqa avtomobil yoʻli doirasida 878,7 km². Aholisi 8305,0 ming kishi (2001; Moskva shahar maʼmuriyatiga qarashli aholi punktlari bilan 8600 ming kishi)dan ziyod.

Geografik joylashuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiyaning Yevropa qismida Smolensk-Moskva qirlari, Oka-Moskvoretsk tekisligi va Meshchyora pasttekisligi tutashgan joyda, Oka va Volga daryolari orasida, Moskva daryosi sohillarida joylashgan. Shahar hududining asosiy qismi 120 m balandlikda, keng tarqalgan qayirlar va qayir usti terrasalariga ega boʻlgan Moskva daryosi va uning irmoqlari (Yauza, Setuni va boshqalar)ning keng vodiyli morena va flyuvioglya-sial tekisliklari chegarasi ichida oʻrnashgan. Suvayirgʻichlar (shu jumladan, „etti tepalik“ – Kreml, Sreten, Tver, Tryoxgorka, Tagan, Lefort, Vorobyov tepaliklari)ning bir oz koʻtarilgan qismlari daryo vodiylari va jarliklar bilan almashib boradi. Relyefning eng yuqori nuqtalari Teplostan qirlari (balandligi 254 m gacha) kirib borgan janubi-sharq va SmolenskMoskva qirlarining janubiy yon bagʻridagi Ximki suv havzasi xududida joylashgan. Shaharning sharqiy, janubi-sharqiy qismlari Meshchyora pasttekisligining gʻarbiy chekkasida oʻrnashgan. Moskvaning markaziy rayonlarida qayta ishlangan grunt, koʻchalar va hokazo qoldiqlaridan tarkib topgan madaniy qatlamning qalinligi 4–6 m (koʻmilgan jarliklar, kichkina soylar, hovuz va botqoqliklar oʻrnida 10–20 m)ga yetadi. 100 dan ziyod soy, shu jumladan, Neglinnaya yer osti quvurlari orqali oʻtkazilgan. Moskva iqlimi moʻtadil kontinental. Qishi moʼtadil sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —10,2°. Yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 18,1°. Shahar markazi temperaturasi chekkalarga nisbatan oʻrta hisobda 1,5—2° yuqori. Yillik yogʻin 540–650 mm (eng koʻpi iyul— avgustda). Rossiyada ilk bor barpo qilingan Los Oroli milliy bogʻi Moskva hududida joylashgan.

Moskva toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumot 1147-yildagi solnomada berilgan. Suzdal va Buyuk Kiyev knyazi Yuriy Dolgorukiy anʼana boʻyicha Moskvaning asoschisi hisoblanadi. 1156-yil chamasi Borovitsk tepaligida, Neglinnaya daryosining Moskva daryosiga quyilish joyida dastlabki qoʻrgʻoncha oʻrnida keyinroq Kreml nomini olgan yogʻoch-tuproqdan istehkom qurilgan (qarang Kreml). Vladimir-Suzdal Rusining chekka shahri hisoblangan. Moskva Chernigovdan Kiyevga boradigan yoʻllar chorrahasida shakllangan. 1237-yilda, moʻgʻullar bosqini davrida, Botuxon qoʻshinlarining bostirib kirishi natijasida Moskva vayron qilindi, lekin, tez orada qayta tiklanib kichikroq udel knyazligining markazi boʻldi. Knyaz Yuriy Danilovich (1303—25 yillarda boshqargan) knyazlikka yorliq olgan birinchi Moskva knyazi boʻldi. 14—15-asrlarda Moskva rus yerlarini birlashtirish, moʻgʻullar zulmidan ozod boʻlishga qaratilgan kurashning tashkilotchisi, markaziga aylandi. Moskva atrofida rus yerlarining astoydil birlashtirishni boshlagan knyaz I. D. Kalitaning (1325—40) faoliyati katta ahamiyatga ega boʻldi. taxminan 1326-yilda Moskvaga Vladimir shahridan Rus pravo-slav cherkovi mitropolitlarining qarorgohi koʻchirildi. KnyazD. I. Donskoy (1359—89) davrida Moskva moʻgʻullar zulmiga qarshi kurash markaziga aylandi. 1380-yilda Kulikovo maydonida moʻgʻullar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan umumrus qoʻshini Moskvada shakllandi. 15-asr oxirida ulugʻ knyaz Ivan III Vasilyevich (1462—1505) davrida Moskva yagona Rus davlatining poytaxti boʻldi. 15-asr oxiri – 16-asr boshlarida Kremlni qayta qurilishi, uning hududida Moskva davlatining bosh soborlari – Uspeniye, Arxangelskiy va Blagoveshcheniye qad koʻtardi. 1547-yilda ulugʻ knyaz Ivan IV Grozniy (1533—84) podsho unvonini qabul qildi. Romanovlar sulolasining birinchi podsholari Mixail Fyodorovich va Aleksey Mixaylovichlarning hukmronligi davri – notinch yillarda yoqib tashlangan Moskva yangidan qurildi. 1687-yilda Slavyan-grek lotin akademiyasi ochildi. 1708-yilda shahar Moskva gubernyasining markazi boʻldi.

Rossiya poytaxtining Sankt-Peterburgga koʻchirilishi (1712) bilan Moskva birinchi poytaxt, muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi ahamiyatini saqlab qoldi. Moskvada imperatorlarga toj kiygizish marosimlari oʻtkazib kelingan. 1703-yildan boshlab podsho Petr-Ining tashabbusi bilan „Vedomosti“ birinchi rus bosma gaz. nashr qilina boshlandi. 17-asr oxiridan shaharning oʻzini oʻzi boshqarish tizimi shakllandi. Izchillik bilan shahar bo-shqaruvi organi sifatida Burmistr palatasi, Ratusha, Magistrat, 1785-yildan – Umumiy va Olti ovozli Duma, ke-yinroq (1870-yilda) shahar Dumasi tuzildi, 1812-yildagi urush davrida Moskva sentabr-oktabr oylarida Napoleon-Ining fransuz qoʻshinlari qoʻlida edi. Katta yongʻin shahar binolarining 2/3 qismini yoʻq qildi. Fransuzlar Moskvani tashlab chiqib ketdilar. Sanoat va temir yoʻl qurilishining rivojlanishi bilan Moskva Rossiyaning iqtisodiy va transport markazlaridan biriga aylandi. 1917-yil noyabrda shaharda bolsheviklar xrkimiyati oʻrnatildi. 1918-yil 12-martda poytaxt yana Moskvaga koʻchirildi. SSSR tashkil qilingandan keyin (1922-yil 30-dekabrda) Moskva uning poytaxti boʻldi. 1929-yildan Moskva – Moskva viloyati markazi. 1935-yilda Moskvani birinchi Bosh plani qabul qilindi. Oʻsha yili Moskvada metropoliten ishga tushirildi. 1941-yil dekabrda nemis qoʻshinlari Moskva ostonalariga yetib keldi va shaharni bombardimon qila boshladi. Keyinroq nemislar chekinishga majbur boʻldi. 1945-yil 24-iyunda Moskvada Gʻalaba Paradi boʻlib oʻtdi. 1965-yil 8-mayda Moskvaga qaxramon shahar unvoni berildi. 1950-yillar oʻrtalaridan shaharda keng miqyosda uy-joy va madaniy qurilish avj oldi. 1980-yilda Moskvada 22-olimpiada oʻyini boʻlib oʻtdi. SSSR qulagach, Moskva (1991-yil 25-dekabrdan) – Rossiya Federatsiyasiga aylanadi

Moskva Siti

Moskvada aviatsiya, raketa-kosmik, radioelektronika, priborsozlik sanoatlarining yetakchi korxonalari joylashgan. Shuningdek, mashinasozlikning muhim tarmoqlaridan stanok-asbobsozlik (Moskvada Rossiya metall kesuvchi stanoklarning 9,3% hamda asboblar, temirchilikpress uskunalari, sanoat robotlari, avtomat va yarim avtomat liniyalar va boshqalar), turli elektronika, avtomobilsozlik (6,8% Rossiya yuk avtomobillari va 6,3% yengil avtomobillar) sanoati rivojlangan. Sovitkich, kompressor va koʻtargich (Rossiya liftlarining 64%) uskunalar, podshipnik, soatlar va boshqa ishlab chiqariladi, kimyo sanoati (shu jumladan, avtomobil shinalari, texnik rezina mahsulotlari, boʻyoklar, maishiy kimyo mollari), neftni qayta ishlash zavodlari mavjud. Kora metallurgiya korxonalarida sifatli poʻlatdan turli xil mahsulotlar, quvurlar, metall buyumlar ishlab chiqariladi. Moskva – yengil, asosan, toʻqimachilik (Rossiya ip gazlama ishlab chiqarishning 5,9%, ipakning 9,4% hamda jun gazlamalar) va tikuvchilik sanoatining anʼanaviy markazi. Poligrafiya, oziq-ovqat (Rossiya qandolatpazlik mahsulotlarining 22% hamda koʻpgina tamaki mahsulotlar) sanoatlari bor. AMO „ZIL“, AZLK avtomobil zavodi, „Moskva podshipniki“ va aviatsiya korxonasi ishlab turibdi.

Shahardan turli yoʻnalishlarda temir yoʻl liniyasi ketgan. Har kuni Moskvaning 9 ta temir yoʻl vokzali orqali 2 mln. ga yaqin yoʻlovchi kelib-ketadi. Moskvada 3 yirik dare porti (Gʻarbiy, Shimoliy va Jan.) bor. Moskva 13 avtoyoʻl orqali Rossiyaning yirik shaharlari, uzoq va yaqin xorij davlatlari bilan bogʻlangan. Moskva mamlakat havo yoʻllarining eng yirik tugunidir (Sheremetyevo, Domodedovo, Vnukovo, Bikovo aeroportlari). Moskvada Rossiyaning toʻngʻich va eng katta masofaga choʻzilgan (1999-yilda 160 stansiya) metropoliteni mavjud.

Oʻquv yurtlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poytaxtda Rossiya fanlar akademiyasi, Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi, Rossiya qishloq xoʻjaligi akademiyasi, Rossiya taʼlim akademiyasi, Rossiya badiiy akademiyasi va boshqa faoliyat koʻrsatadi. 1000 dan ziyod ilmiy tadqiqotlar instituti va konstruktorlik byurolari ishlab turibdi. 80 dan ziyod oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 13 universitet mavjud.

Tarixiy va arxitektura yodgorliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rossiya davlat akademik katta teatri (2011)

Shaharda 140 dan ziyod professional teatr bor, shulardan: Rossiya davlat akademik katta teatri, K. S. Stanislavskiy va V. I. NemirovichDanchenko nomidagi, Operetta teatrlari; dramatik teatrlar – Kichik teatr, Moskva Gorkiy nomidagi Moskva badiiy akademik te-atri, Yevgeniy Vaxtangov nomidagi, V. Mayakovskiy, Mossovet, M. N. Yermolova nomidagi, Rossiya Armiyasi Markaziy teatri, Tagankadagi, Kichik Bronniy, Satira, „Sovremennik“, A. I. Raykin nomidagi „Satirikon“, S. V. Obrazsov nomidagi Markaziy qoʻgʻir-choq teatri va boshqa 2 sirk, konservatoriya, P. I. Chaykovskiyning konsert zali va boshqa bor. Moskvada „Mosfilm“ kino-konserni va boshqa kinostudiyalar joylashgan. Moskva mamlakat tele- va radioeshittirish tizimining markazi, bu yerda mashhur Ostankino teleminorasi mavjud.

Moskvada 70 dan ziyod muzey bor. Ular orasida A. S. Pushkin nomidagi tasviriy sanʼat muzeyi, Tarixiy muzey, Politexnika muzeyi, Kremlning Qurol-aslaqa palatasi, A. V. Shchusev nomidagi meʼmorlik muzeyi, Moskva tarixi muzeyi, A. A. Baxrushin nomidagi Teatr muzeyi, Adabiyot muzeyi, V. M. Vasnetsov uymuzeyi, M. Gorkiy, M. Yu. Lermontov, A. N. Ostrovskiy, A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. I. Svetayeva, A. P. Chexov, F. I. Shalyapin muzeylari va boshqa mavjud.

Moskvaning eski qismi radialhalqa shaklidagi tuzilishga ega. Moskvaning tarixiy markazi – Moskva Kremli ansamblidir, uning yonida Kizil maydon, Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi joylashgan. Saqlanib qolgan yedgorliklar orasida – Kolomenskoyedagi Vozneseniye cherkovi, monastirlar meʼmoriy majmuasi (Andronikov, Donskoy, Svyato-Danilov, Novodevichiy, Simonov va boshqalar), qoʻrgʻonlar ansambllari (Kuskovo, Ostankino, Kuzminki, Saritsino va boshqalar), 17-asr cherkov va ayrim binolari, 18-asr – 19-asrlarning 1-yarmidagi klassitsizm uslubidagi turar joy va jamoat binolari – Pashkov uyi (hozirgi Rossiya davlat kutubxonasi binosi), Oliy Majlis binosi, Moskva universitetining eski binosi, Katta teatr bor. 1920—70 yillarda Moskva markazi va yirik magistrallar qayta tiklandi (bu jarayon davomida koʻpgina nodir tarixiy va meʼmorii yedgorliklar buzib tashlandi). 50-yillar oʻrtalaridan zamonaviy loyiha boʻyicha katta shahar rayonlari qurildi, yangi mikrorayon va yirik jamoat inshootlari, baland binolar (shu jumladan, Vorobyev te-paligidagi universitet), Lujnikidagi Markaziy stadion majmuasi, Kremldagi sʼyezdlar saroyi, Yangi Arbat ansambli, olimpiya obʼyektlari barpo qilindi. 1990-yillar boshlaridan koʻpgina meʼmorii va tarixiy yedgorliklar (shu jumladan, Iso paygʻambar ibodatxonasi) taʼmirlanmoqda. Poklonnaya tepaligidagi Zafar bogʻi memorial majmuasi va Manej maydonidagi savdo majmuasi qurildi, Lujnikidagi Markaziy stadion taʼmirlandi, shahar va uning atrofi transport infrastrukturam yaxshilandi. Moskva atrofida Rossiya Federatsiyasidagi eng yirik shaqar aglomera-siyasi vujudga keldi. 2001-yilda Moskvadagi Dobrininsk maydonida Alisher Navoiyga haykal oʻrnatildi (haykaltarosh J. Mirtojiyev).[4]


  1. Москва в 2000-2013 гг.: Краткий статистический справочник/ Мосгорстат- М., 2014. - 74 с. ISBN 978-5-904548-11-7 (Wayback Machine saytida 2019-02-20 sanasida arxivlangan) s.8
  2. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  3. „Перепись 2002 года показала изменение национального состава населения Москвы“. «Демоскоп» — Электронная версия бюллетеня «Население и общество». Институт демографии Государственного университета — Высшей школы экономики. 2011-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-yanvar.
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil