Kontent qismiga oʻtish

Lokomotiv (futbol klubi, Toshkent)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(FC Lokomotiv Toshkentdan yoʻnaltirildi)
FC Lokomotiv Toshkent
Toʻliq nomi Lokomotiv Toshkent Professional Futbol Klubi
Laqabi oʻzbekcha: Temiryoʻlchilar
(Railroaders)
oʻzbekcha: Loko
Asos solingan 18-fevral, 2002-yil (22 yil avval) (2002-02-18)
Stadioni Lokomotiv stadioni
Sigʻimi 8,000
Prezident Zokir Seidullaev
Bosh murabbiy Grigoriy Kolosovskiy
Liga Oʻzbekiston Superligasi
Oʻrni 3
Vebsayti Klub sayti
Amaldagi mavsum

Lokomotiv Toshkent professional futbol klubi – Toshkent shahrining futbol klubi hisoblanadi va Oʻzbekiston Oliy Ligasi ishtirokchisi. 2002-yilda tashkil topgan, Oʻzbekiston temir yoʻllari kompaniyasi homiylik qiladi.

„Lokomotiv“ 2002-yilda tashkil etilgan[1]. 2002—2003-yillarda Oʻzbekiston birinchi ligasining ikkinchi bosqichida, 2004-2010 yillarda esa Oʻzbekiston Oliy ligasida oʻynagan[2][3]. 2009-yilgi mavsumda Vadim Abramov boshchiligidagi „Lokomotiv“ ligada 6-oʻrinni egalladi. 2010-yilda 13-oʻrinni egallab, Birinchi ligaga tushib ketdi. 2011-yilda yana Oʻzbekiston Ligasiga yoʻl oldi va Birinchi Liganing 2011-yilgi mavsumini 1-oʻrinda yakunladi.

Yuksalish davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil 12-dekabrda Xoren Oganesyan yangi bosh murabbiy etib tayinlandi[4].

2012-yilning iyun oyida Xoren Oganesyanning shartnomasi tugagach, klubni tark etdi va Ravshan Muqimov murabbiy etib tayinlandi. 2012-yilgi mavsum yakuniga koʻra klub Toshkentning „Paxtakor“ va „Bunyodkor“dan keyin 3-oʻrinni egalladi. Bu klubning ligadagi 2-eng yaxshi koʻrsatkichi boʻldi va birinchi marta 2013-yilgi Osiyo Chempionlar ligasida oʻynash huquqini qoʻlga kiritdi. 2013-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi saralash pley-off bosqichida Dubayning „Al Nasr“ klubiga qarshi oʻyinda 3:2 hisobida magʻlub boʻldi va turnirning guruh bosqichiga chiqa olmadi.

2013-yilgi mavsumda klub oʻz tarixida ilk bor „Bunyodkor“dan keyin 2-oʻrinni egalladi va 2014-yilgi Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga yoʻl oldi. 2014-yilning 9-fevral kuni Osiyo Chempionlar ligasi saralash pley-off bosqichi doirasida „Al-Quvayt“ga qarshi oʻyinda 1:3 hisobida magʻlub boʻldi va turnirdagi ishtirokini yakunladi. 2014-yil 1-iyul kuni Oʻzbekiston kubogi yarim finalida „Lokomotiv“ „Paxtakor“ni ikki oʻyinda 3:2 hisobida magʻlub etdi va Kubok finalida „Bunyodkor“ga qarshi maydonga tushdi. 2014-yilning 12-noyabr kuni Olmaliqda boʻlib oʻtgan Kubok finalida „Bunyodkor“ni 1:0 hisobida magʻlub etdi va ilk bor kubokni qoʻlga kiritdi. Yagona gol 106-daqiqada yarim himoyachi Jasur Hasanov tomonidan kiritildi. Oʻzbekiston ligasida klub 2014-yilgi mavsumni yana oʻtgan mavsumdagidek „Paxtakor“dan keyin ikkinchi oʻrinda yakunladi.

2015-yil 8-mart kuni „Paxtakor“ga qarshi Superkubok bahsida „Lokomotiv“ 4:0 hisobida gʻalaba qozondi va 2014-yilda „Bunyodkor“ga magʻlub boʻlganidan soʻng ilk Superkubokni qoʻlga kiritdi. 2016-yilgi Ligada gʻolib chiqdi va ketma-ket uch mavsum ikkinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, oʻz tarixida birinchi marta chempion boʻldi[5]. 2017-yilda ikkinchi[6] dublni amalga oshirib[7], ikkinchi marta chempionlik va kubokni qoʻlga kiritdi. 2018-yilda ketma ket 3-bor mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdii[8].

Mahalliy musobaqalar tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Liga Kubok Superkubok Eng koʻp gol urganlar
Division Y D M UG OʻG G/F O Oʻrin Ismi Gollar
2002 Pro liga (2) 32 15 5 12 48 36 12 50 8
2003 Pro liga (2) 28 20 3 5 78 22 56 63 2 Birinchi bosqich Bozorov, RavshanRavshan Bozorov 19
2004 Superliga (1) 26 10 6 10 37 35 2 36 6 Chorak final Idiatullin, MarselMarsel Idiatullin 7
2005 Superliga (1) 26 9 3 14 39 46 –7 30 10 Chorak final Idiatullin, MarselMarsel Idiatullin 11
2006 Superliga (1) 30 10 8 12 39 55 –16 38 9 Nimchorak final Idiatullin, MarselMarsel Idiatullin 13
2007 Superliga (1) 30 6 8 16 25 44 –19 26 14 Guruh bosqichi Ilhom Moʻminjonov 5
2008 Superliga (1) 30 11 4 15 41 38 3 37 8 Guruh bosqichi Navkarov, OlimOlim Navkarov 9
2009 Superliga (1) 30 11 9 10 34 40 –6 42 6 Guruh bosqichi Muzaffar Umrzoqov 10
2010 Superliga (1) 26 6 5 15 20 38 –18 23 13 Yarim final Navkarov, OlimOlim Navkarov 6
2011 Pro liga (2) 30 25 4 1 102 11 91 79 1 Nimchorak final Zayniddin Tojiev 30
2012 Superliga (1) 26 14 7 9 43 22 21 49 3 Chorak final Zayniddin Tojiev 11
2013 Superliga (1) 26 19 3 4 63 21 42 60 2 Yarim final Farhod Tojiyev 17
2014 Superliga (1) 26 20 4 2 58 21 37 64 2 Gʻolib Ikkinchi oʻrin Farhod Tojiyev 13
2015 Superliga (1) 30 23 5 2 66 22 44 74 2 Yarim final Gʻolib Sanjar Shoahmedov 14
2016 Superliga (1) 30 23 5 2 77 24 53 74 1 Gʻolib Temurxoʻja Abduxoliqov 22
2017 Superliga (1) 30 22 4 4 67 20 47 70 1 Gʻolib Marat Bikmayev 27
2018 Superliga (1) 20 14 4 2 37 17 20 46 1 Chorak final Marat Bikmayev 14
2019 Superliga (1) 26 13 10 3 40 17 23 49 2 Nimchorak final Gʻolib Temurxoʻja Abduxoliqov 11
2020 Superliga (1) 26 10 5 11 28 38 −10 35 9 Nimchorak final Temurxoʻja Abduxoliqov
Marat Bikmayev
6
2021 Superliga (1) 11 6 9 37 32 +5 39 7 7 Nimchorak final Temurxoʻja Abduxoliqov 14
2022 Superliga (1) 26 6 6 14 22 36 −14 24 12 Chorak final Jerome Etame 5
2023 Pro liga (2) 20 15 3 2 40 11 +29 48 1 Nimchorak final Tojikiston Rustam Soirov 8
2024 Superliga (1) 26 5 6 15 28 44 −16 21 14 Guruh bosqichi Oʻzbekiston Sardor Abdunabiyev 6
Gʻolib Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Koʻtarilgan Pastga tushirilgan

OFK musobaqalaridagi ishtiroki

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2020-yil 1-mart holatiga
Musobaqa Yu D M GU GQ
AFC Osiyo Chempionlar ligasi 37 9 11 17 51 57
Hammasi 37 9 11 17 51 57
AFC
Sana Raund Natija Jamoa Joyi Mavsumi
2013-yil 9-fevral Play-off 2-3 Birlashgan Arab Amirliklari Al-Nasr Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari 2013-yilgi AFC Chempionlar ligasi
2014-yil 9-fevral Play-off 1-3 Kuvayt Al-Kuwait Tashkent, Uzbekistan 2014-yilgi AFC Chempionlar ligasi
2015-yil 25-fevral Guruh bosqichi 1-3 Saudiya Arabistoni Al-Hilal[9] Riyod, Saudiya Arabistoni 2015-yilgi AFC Chempionlar ligasi
2015-yil 4-mart 1-1 Eron Foolad Toshkent, Oʻzbekiston
2015-yil 17-mart 2-6 Qatar Al-Sadd Doha, Qatar
2015-yil 8-aprel 5-0 Qatar Al-Sadd Toshkent, Oʻzbekiston
2015-yil 21-aprel 1-2 Saudiya Arabistoni Al-Hilal Toshkent, Oʻzbekiston
2015-yil 5-may 0-1 Eron Foolad Ahvaz, Iran
2016-yil 23-fevral Guruh bosqichi 1-1 Saudiya Arabistoni Al-Ittihod Toshkent, Oʻzbekiston 2016-yilgi AFC Chempionlar ligasi
2016-yil 1-mart 1-1 Saudiya Arabistoni Al-Ittihod Jidda, Saudiya Arabistoni
2016-yil 15-mart 2-0 Eron Sepahan Isfahan, Eron
2016-yil 6-aprel 1-0 Eron Sepahan Toshkent, Oʻzbekiston
2016-yil 20-aprel 1-1 Birlashgan Arab Amirliklari Al-Nasr Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari
2016-yil 4-may 0-0 Birlashgan Arab Amirliklari Al-Nasr Toshkent, Oʻzbekiston
2016-yil 17-may Nim chorak final 0-0 Saudiya Arabistoni Al-Hilal Riyod, Saudiya Arabistoni
2016-yil 24-may 2-1 Saudiya Arabistoni Al-Hilal Toshkent, Oʻzbekiston
2016-yil 23-avgust Chorak final 0-0 Birlashgan Arab Amirliklari Al-Ain Al Ayn, Birlashgan Arab Amirliklari
2016-yil 13-sentyabr 0-1 Birlashgan Arab Amirliklari Al-Ain Toshkent, Oʻzbekiston
2017-yil 20-fevral Guruh bosqichi 0-1 Saudiya Arabistoni Al-Taawoun Burayda, Saudiya Arabistoni 2017-yilgi AFC Chempionlar ligasi
2017-yil 27-fevral 2-0 Birlashgan Arab Amirliklari Al-Ahli Toshkent, Oʻzbekiston
2017-yil 13-mart 0-2 Eron Esteghlal FC Tehron, Eron
2017-yil 11-aprel 1-1 Eron Esteghlal FC Toshkent, Oʻzbekiston
2017-yil 25-aprel 4-4 Saudiya Arabistoni Al-Taawoun Toshkent, Oʻzbekiston
2017-yil 9-may 0-4 Birlashgan Arab Amirliklari Al-Ahli Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari
2018-yil 12-fevral Guruh bosqichi 5-0 Birlashgan Arab Amirliklari Al-Wahda Toshkent, Oʻzbekiston 2018-yilgi AFC Chempionlar ligasi
2018-yil 19-fevral 0-2 Eron Zob Ahan Isfahan, Eron
2018-yil 6-mart 2-3 Qatar Al-Duhail Doha, Qatar
2018-yil 12-mart 1-2 Qatar Al-Duhail Toshkent, Oʻzbekiston
2018-yil 3-aprel 4-1 Birlashgan Arab Amirliklari Al-Wahda Abu Dabi, Birlashgan Arab Amirliklari
2018-yil 17-aprel 1-1 Eron Zob Ahan[10] Toshkent, Oʻzbekiston
2019-yil 4-mart Guruh bosqichi 2-0 Birlashgan Arab Amirliklari Al-Wahda Toshkent, Oʻzbekiston 2019-yilgi AFC Chempionlar ligasi
2019-yil 11-mart 1-2 Qatar Al-Rayyan Doha, Qatar
2019-yil 9-aprel 2-3 Saudiya Arabistoni Al-Ittihod Jidda, Saudiya Arabistoni
2019-yil 22-aprel 1-1 Saudiya Arabistoni Al-Ittihod Toshkent, Oʻzbekiston
2019-yil 7-may 1-3 Birlashgan Arab Amirliklari Al-Wahda Abu Dabi, Birlashgan Arab Amirliklari
2019-yil 21-may 3-2 Qatar Al-Rayyan Toshkent, Oʻzbekiston
2020-yil 21-yanvar 2-saralash bosqichi 0-1 Tojikiston Istiqlol Dushanbe Toshkent, Oʻzbekiston 2020-yilgi AFC Chempionlar ligasi

Oʻzbekiston Superligasi

  • Chempion: 2016, 2017, 2018[11]
  • Kumush medal sohibi (4 marta): 2013, 2014, 2015, 2019.
  • Bronza medali sohibi (1 marta): 2012

Oʻzbekiston Pro ligasi

  • Gʻoliblar: 2011, 2023
  • Birinchi liganing kumush medali sohibi (1 marta): 2003-yil.

Oʻzbekiston kubogi

  • Gʻoliblar: 2014, 2016, 2017

Oʻzbekiston Superkubogi

  • Gʻoliblar: 2015, 2019[12]
  • Finalchi (1 marta): 2014-yil.

Oʻzbekiston PFL kubogi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Finalchi (1 marta): 2011-yil

Osiyo Chempionlar Ligasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1/4 final (1 marta): 2016-yil.

Klub tashkil etilgan vaqtida oʻz uy uchrashuvlarini Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari instituti stadioni TTYMI stadionida oʻtkazdi. 2009-yilda "Lokomotiv Toshkentning „Traktor“ stadioni oʻrnida yangi 8000 oʻrinli arena, „Lokomotiv“ stadioni qurilishini boshladi va 2012-yil bahorida taʼmirlash ishlari yakunlandi. Sport majmuasi tarkibida sport inshootlari, mehmonxona va 270 oʻrinli avtoturargoh mavjud.[13] Yangi stadion 2012-yilning 11-may kuni Oʻzbekiston Oliy ligasining rasmiy 2012-yilgi „Lokomotiv“ – „Andijon“ uchrashuvi bilan ochilgan edi. Hozirda „Lokomotiv“ oʻz uy uchrashuvlarini „Lokomotiv“ stadionida ham oʻtkazmoqda.TTYMI stadionida esa Lokomotiv Yoshlar jamoasi tarkibi va ayollar jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini oʻtkazmoqda[14][15].

„Lokomotiv“ futbol klubi homiysi „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ milliy temir yoʻl tashuvchisidir. „Lokomotiv“ futbolkalari 2013-yilgacha ishlab chiqaruvchi Adidas tomonidan ishlab chiqarilgan. 2013-yilning fevral oyida klub Joma bilan klubning yangi forma ishlab chiqaruvchisi sifatida shartnoma imzolagani maʼlum boʻldi.

Davr Toʻplam ishlab chiqaruvchisi Koʻylak hamkori
2002—2012 Adidas Oʻzbekiston temir yoʻllari
2013—2017 yillar Joma
2018— OrientFinansBank

Jamoa tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
25-feval 2024-yil[16]
Amplua Futbolchi
1  UZB DR Abdumavlon Abdujalilov
2  UZB HM Abdulazizxon Abdurashidov
 UZB HM Abrorjon Aliyev
3  KGZ HM Valery Kichin
4  SRB HM Ivan Rogač
5  UZB HM Artyom Miftiyev
6  UZB YH Ozodbek Oʻktamov
7  UZB HJ Sardor Abdunabiyev
8  UZB HJ Dilshod Joʻrayev
9  UZB YH Temur Mamasidiqov
10  UZB HJ Shodiyor Shodiboyev
11  RUS HJ Konstantin Bazelyk
12  UZB DR Husan Mahmudov
15  UZB HJ Jasur Hakimov
16  UZB DR Danil Baklanov
Amplua Futbolchi
17  UZB YH Sanjar Tursunov
19  UZB HM Maqsudxoʻja Aʼloxoʻjayev
21  UZB HM Diyorbek Mamataliyev
22  UZB YH Muhammadanas Hasanov
23  UZB YH Jahongir Hoshimboyev
26  UZB HM Abdulloh Yoʻldoshev
27  UZB YH Sobit Sindarov
32  UZB DR Suhrob Sultonov
55  UZB HM Anzur Ismoilov
70  UZB YH Abubakrrizo Turdialiyev
72  RUS YH Rustam Xolnazarov
77  UZB YH Lazizbek Mirzayev
97  RUS HM Mixail Gashchenkov
99  UZB HJ Toʻlqin Ergashev

Klub hodimlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Prezident Seidullaev Zokir Ikromovich
Vitse Prezident Toʻlabek Akramov
Sport direktori Ravshan Muqimov
Jamoa Boshligʻi Qobuljon Yunusov
PR menejeri Maʼmurjon Mamadaliyev
OAV xodimi Xayrulla Xoliqov
Fotosuratchi Mirjalol Normatov

Murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lavozim Ism
Menejer Oʻzbekiston Grigoriy Kolosovskiy
Yordamchi murabbiy
Murabbiy
Darvozabonlar murabbiyi
Klub shifokori Oʻzbekiston Abror Pirriev

Boshqaruv tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashhur futbolchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Lokomotiv“da oʻynagan mashhur futbolchilar[17]

; Oʻzbekiston ; Yevropa ; Shimoliy va Janubiy Amerika

  1. „"Lokomotiv" – 21 yoshda!“ (Uzbek). lokomotiv.uz/. PFC Lokomotiv Tashkent (2023-yil 19-fevral). 2023-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-mart.
  2. „"Ретро сурат". "Локомотив-2006"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  3. „Архив. 2008 йилда "Жар" стадионида ўтган "Локомотив" - "Бунёдкор" учрашуви, Марсель Идиатуллиндан гол“. 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  4. "armfootball.com: Xoren Oganesyan vozglavit tashkentskiy „Lokomotiv“. (Wayback Machine saytida 2012-04-25 sanasida arxivlangan) 12.12.2011. (ruscha)
  5. „"Локомотив"га чемпионлик кубоги топширилди“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-sentyabr 2022-yil.
  6. [https://t.me/championatasia/15999 „Локомотив" 🏆Ўзбекистон Кубоги соҳиби Финал. 🔵"Бунёдкор" - "Локомотив"🚂 0:1“]. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-sentyabr 2022-yil.
  7. „"Локомотив" - Ўзбекистонда икки марта олтин дубль қайд этган учинчи клуб“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-sentyabr 2022-yil.
  8. „"Локомотив" - кетма-кет учинчи бор Ўзбекистон чемпиони!“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-sentyabr 2022-yil.
  9. „"Локомотив" Саудия Арабистонида қандай натижалар қайд этган?“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-sentyabr 2022-yil.
  10. „Тарихда бугун: Ёмғирли кеча, ҳисобга олинмаган гол, "Кунг-фу Панда" ва 90-дақиқадаги гол“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  11. „«Lokomotiv» — 3 karra O‘zbekiston chempioni!“ (2018-yil 26-noyabr).
  12. „«Lokomotiv» — ikki karra O‘zbekiston superkubogi sohibi!“ (2019-yil 23-fevral).
  13. "V Uzbekistane do marta 2013 goda postroyat i rekonstruiruyut 8 stadionov (Wayback Machine saytida 2013-11-08 sanasida arxivlangan) 24 yanvarya 2011, (ruscha)
  14. „"Локомотив"нинг янги стадиондаги илк ўйини дуранг билан якунланди“ (uz). pfl.uz (2012-yil 11-may). 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-may.
  15. {{Yangiliklar manbasi}} andozasidan foydalanishda title= parametri belgilanishi kerak.
  16. „PFC Lokomotiv Tashkent“. lokomotiv.uz. 2023-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-mart.
  17. „Legioner tanlashni bilmaydigan "Lokomotiv"“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.