Kontent qismiga oʻtish

Bibixonim jome masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Bibi-Xonim maqbarasidan yoʻnaltirildi)
Bibixonim masjidining kirish qismi

Bibixonim jome masjidi (Amir Temur jome masjidi) - "Samarqand" davlat muzey-qoʻriqxonasi tizimidagi madaniy meros obidasi.

Bibixonim masjidi gumbazining ichki qismi


Bibixonim jome masjidi (Amir Temur jome masjidi) — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (13991404). Amir Temurning katta xotini Bibixonim (asli Saroymulk xonim) nomi bilan bogʻliq. Amir Temur farmoni bilan qurilgan. Masjidni kurgan usta va meʼmorlarning nomlari nomaʼlum. Masjid hovlisining sahni 63,8x76,0 m boʻlib, toʻrt tomondan ravoq va peshtoklar bilan oʻralgan. Uning umumiy sahni 167x109 m, burchaklarida baland minoralar boʻlgan. Zilzilalar taʼsirida astasekin yemirilib vayron boʻlgan, faqat shimoli-gʻarbiy minoraning pastki qismigina saqlanib qolgan, balandligi 18,2 m. Poydevori harsang toshdan, devorlari pishiq gʻishtdan ishlangan (qalinligi 4,5 m).

Masjidning bir-biri bilan bogʻlangan 6 ta meʼmoriy boʻlaklari saqlanib qolgan. Bular hovlining toʻrida mehrobli va baland peshtoqli bino, ikki yonida uning kichik nusxasi, poyida masjidning ikkiga boʻlingan peshtoqi va shimoli-gʻarb tomonda minoradir. Ilgari bu boʻlaklar 3 qator oq marmar ustunli, yengil ravoqli bostirmaayvonlar bilan birlashgan va ular tepasida gumbazchalar (400 ta) boʻlgan. Ustunlar 480 ta (oraligʻi 3,5 m) boʻlib, tagkursili, tanasi oʻyma naqsh, tepasi kalla muqarnaslar bilan bezalgan (ular tuproq ostiga kumilib ketgan, arxeologik qidiruv ishlari natijasida ustunlar, tagkursilar va mayda kosachalardan iborat muqarnasli ustun qoshi topilgan). Hovlining har ikki yonida tashqi darvozaga ega bulgan turtta peshtokli darvozaxonasi bor. Masjidning hovli sahniga marmar toshtaxtachalar yotqizilgan. Hovli oʻrtasida marmar toshdan yasalgan ulkan lavh (Qurʼon oʻqiladigan maxsus kursi) bulib, u dastlab asosiy bino ichida turgan (1875-yilda katta gumbazning qulashidan xavflanib, hovli oʻrtasiga chiqarib qoʻyilgan). Atrofiga nafis hoshiyalar chizilgan, muqarnaslar, oʻsimliksimon nakshlar va yozuvlar bilan bezalgan lavh Amir Temurning nabirasi Ulugʻbek farmoniga binoan 15-asr urtalarida yasalgan. Unga „Sultoni azim, oliy himmatli xoqon, dindiyonat homiysi, Xanafiya mazhabiningposboni, aslzoda sulton, ibni sulton, amiri moʻʼminin Ulugʻbek Koʻragon“, deb bitilgan.

Masjidga kiraverishdagi peshtoqning yuqori qismi 1897-yilgi zilzila paytida qulagan (qolgan qismining balandligi 33 m, kengligi 46 m). Peshtoq mahobatli boʻlib, oʻrtasida kengligi 18,8 m li ravoq bor. Yon tomonlaridagi minoralar peshtoqdan baland. Peshtoqning ichki tomonida kichikroq (ikkinchi) ravoq oʻrnashgan. Unda oʻyma marmar hoshiyali darvoza boʻlgan. Uning ustidagi lavhada masjidning qurilgan yili va Amir Temur shajarasi yozilgan (1897-yilgi zilzilada katta peshtoq ravogʻi qulab tushgan). Qoʻsh tabaqali darvoza yetti xil metall qotishmasi— „hafti jush“dan yasalgan (keyinchalik yoʻqolib ketgan). Peshtoqning yon qanotlarida ikkita aylanma zina boʻlgan. Zinadan yuqoriga—kungura ravoqli maydonchaga chiqilib, undan minoraga oʻtilgan. Peshtoqning keng yuzasi jilvali koshinlar, rangbarang, qalqon shaklidagi naqshlar bilan bezatilgan (hozir peshtoqning koshinlari tushib ketgan. Peshtoqning saqlanib qolgan qismi yorilib, devordan ajralib qolgan). Masjidning asosiy (mehrobli) binosi Amir Temur zamonasining meʼmoriy uslublari haqida toʻliq tasavvur beradi. Sharafiddin Ali Yazdiyning „Agar osmon gumbazi boʻlmaganda masjid gumbazi olamda yagona boʻlar edi“, degan mubolagʻasi bejiz emas. Asosiy binoning old tomonida peshtoq, markazida ravoq va burchaklarida ikkita koʻp qirrali minora bor. Peshtoq orqasidagi xona oddiy, ammo salobatli handasiy shakllar yigʻindisi (kubsimon prizma, xonaning sakkiz qirrali qismi ustiga tushgan poygumbaz va gumbaz)dan iborat. Kubsimon prizma binoning asosiy hajmi boʻlib, tomonlari 14,6 m ga teng. Uning ustida xona devorlari boʻylab oʻtuvchi ravoqlardan iborat 8 qirrali prizma bor. Gumbazning doirali asosiga poygumbaz tutashtirilgan. Poygumbaz sirtiga Qurʼon oyatlari bitilib, usti feruza koshinlar bilan pardozlangan gumbaz bilan berkitilgan (qoldigʻi koʻrinib turibdi). Uning kirish tomonlari ham bosh peshtoq kabi rangbarang koshinlar bilan qoplangan, sopol gʻishtchalar yotiq, sirlangan rangli gʻishtchalar tik terilgan. Asosiy naqsh shakllari tiniq, lojuvard gʻishtchalardan terilib, ularning oraligʻi zangori gʻishtchalar, oq toshlar bilan tuldirilgan. Oddiy handasiy shakllar va pechak kabi chirmashib ketgan yozuvlar bino bezagining tarkibiy qismini tashkil etadi. Mehrobli binoning baland minoralari sathi 4 burchakli kichik namoyonlarga boʻlingan. Handasiy shakl va islimiy naqshlar (turli ranglarda) namoyonlarni bezagan. Ular koshinkorlik uslubida ishlangan. Peshtoq devorining yuzasi kesma koshin bilan qoplangan. Koshinkor bezakning har bir boʻlagi, gullarning oʻzaklari, kosachalari, poyalari, gunchalari va barglari maxsus zaminkoshinlar parchasidan alohida kesib olingan, sopolchalar oraliq qoddirmay bir-biriga moye joylashtirilgan. Bu koshinlar (ayniqsa koʻk ranglilari) tiniq shisha kabi yaltirab turadi. Masjid yonidagi ikki kichik bino mehrobli xonaning asosan kichik hajmdagi takrori boʻlsada, nakshlarning soddaligi va gumbazning kungiradorligi bilan farqlanadi. Masjidning ichki qismini pardozlashda naqqoshlik bezaklari qatorida zarhal boʻrtma naqshlardan keng foydalanilgan. Masjiddagi koʻp qirrali yulduzlar, 3 qavatli xatlar oʻyilgan lavhalar jajji muqarnaslar bilan bezalgan, hoshiyalar oq toshdan yoʻnilgan. Tarixnavis Ibn Arabshohning shahodat berishicha, Jome masjidi mahobatidan hayratga kelgan zamondoshlari „Obidalarimiz avlodlarga bizning kimligimizdan darak beradi“, deb gʻurur bilan jar solishgan ekan.

1868 yilda podsho Rossiyasi qoʻshinlari Samarqandni qamal qilganda Bibi-Xonim masjidi m. toʻp oʻqidan vayron boʻlgan. Vayrona holda boʻlsa ham masjidning meʼmoriy shakllari serhashamligi, bezaklarining nafisligi bilan kishi diqqatini jalb qilib kelgan. Undagi rangbarang naqshlarda oʻsha davr xalq ustalarining nozik didi va yuksak mahoratidan darak beradi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan oʻtmishimizning boshqa meʼmoriy yodgorliklari qatori Bibi-Xonim masjidi m. ni tiklashga alohida eʼtibor berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining „Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash“ haqidagi qarori (1994-yil 29-dekabr)ga binoan meʼmoriy majmuada taʼmir ishlari olib borilmoqda.


Bibixonim jomeʼ masjidi tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIV-XV asrlarda Movoraunnahrda, temuriylar davrida obod poytaxtga ega boʻlgan, kuchli davlat yuzaga keldi. Samarqandda yirik qurilish ishlari avj oldi. Unda Sharq xalklarining meʼmorchilik tajribasi va xalq anʼanalari mujassamlashgan edi.

Amir Temur jomeʼ masjidi Markaziy Osiyoda eng yirik inshootlardan biri hisoblanadi.

Amir Temur dargohida yashagan tarixchi Gʻiyosiddin Ali Yazdiyning yozishicha, „…801 yilning ramazoni Sharif oyining toʻrtinchi kunida (1399-yil 10-may) masjid uchun poytaxtning eng yaxshi joyini Amir Temur tanladi. Mashhur ustalar va meʼmorlar bu ulkan imoratning loyihasini tuzdilar va eng saodatli daqiqada uning poydevorini qura boshladilar…“

Mazkur masjid tarixi haqida Abu Tahirxoʻja „Samariya“ asarida shunday keltiradi: „Amir Temur Koʻragonning jomeʼ masjidi shahar ichida, (uning) shimol tomonida Hazrati Shoh (Dari Ohanin) darvozasining yaqinidadir.“

Jomeʼning ravoqi ustida: „Amir Taragʻay oʻgʻli buyuk hoqon Amir Temur Koʻragon 801 yilda ushbu jomeʼning solinishiga amr qildi“. Jomeʼ darvozasining naqshida yozilgandirkim: Ushbu jomeʼni bitkazishga 806 yilda (melodiy 1404) muvaffaq boʻlindi". Ushbu jomeʼning eshigi ikki tabaqalik boʻlib, xulo (birinch, mis va rux birga qoʻshilib eritilsa xulo boʻlur) quyulgan va fusunkor ustalar jomeʼning kirar yeriga poʻlod qalam uchi bilan juda ham goʻzal tabiatli naqshlar qilgan. Jomeʼ eshigi ustida bayt yozilgan. Uning mazmuni: „Xalq kaftida bori aldov va havasdir. Ish dunyoning yolgʻiz egasi boʻlgan tangrining ixtiyoridadir“.

Bibixonim jomeʼ masjidining umumiy sahni 167x109m, burchaklarida baland minoralar boʻlgan va hozirgi davrda bu minoralar qayta tiklandi. Jomeʼ masjid zilzilalar taʼsirida asta-sekin yemirilib vayron boʻlgan, faqat shimoli-gʻarbiy minoraning pastki qismigina saqlanib qolgan, balandligi 18,2 m. Koʻp yillar davomida Samarqandning guzarlaridan biri, shu minora sharafiga qadimdan „Yakka minor“ deb yuritilib kelinmokda. Bibixonim jomeʼ masjidi poydevori xarsang toshdan, devorlari pishiq gʻishtdan ishlangan (qalinligi 4,4 — 5 m).

Taʼmir-tiklashga qadar jomeʼ masjidi, bir-biri bilan bogʻlanmagan 6 ta meʼmoriy boʻlaklardan iborat edi: hovlining toʻrida mehrobli va baland peshtokli bino, ikki yonida uning kichik nusxasi, poyida masjidning ikkiga boʻlingan peshtoqi va shimoli-gʻarbda alohida saqlanib qolgan minora boʻlgan. Ilgari bu boʻlaklar uch qator oq marmar ustunli, yengil ravoqli peshayvonlar bilan birlashgan va ular tepasida gumbazchalar (400 ta) boʻlgan. Ustunlar 480 ta (oraligi 3,5m) boʻlib, tagkursili, tanasi oʻyma naqsh, tepasi rangli koshinlar bilan ishlangan, muqarnaslar bilan bezalgan (ular tuproq ostiga koʻmilib ketgan, arxeologik qidiruv ishlari natijasida ustunlar, tagkursilar va mayda kosachalardan iborat muqarnasli ustun boshi topilgan). Har biri tashqi darvozaga ega boʻlgan toʻrtta peshayvoni bor.

Jomeʼ masjidining hovli sahniga marmartosh taxtachalar yotqizilgan. Hovli oʻrtasida marmar toshdan yasalgan ulkan lavh (Qur’on oʻqiladigan maxsus kursi) boʻlib, u dastlab asosiy bino ichida turgan (1875-yilda katta gumbazning qulashidan xavflanib, hovli oʻrtasiga chiqarib qoʻyilgan). Atrofiga nafis hoshiyalar chizilgan, muqarnaslar, oʻsimliksimon naqshlar va yozuvlar bilan bezalgan. Lavh, Amir Temurning nabirasi Ulugʻbek farmoniga binoan, XV asr oʻrtalarida yasalgan. Unga „Sultoni azim, oliy himmatli xoqon, din-diyonat homiysi, Hanafiya mazxabining posboni, aslzoda sulton, ibn sulton, amiri momin Ulugʻbek Koʻragon“ deb bitilgan. Bu yerga formatlash zarur boʻlmagan matnni qoʻying

Jomeʼ masjidga kiraverishdagi peshtoqning yuqori qismi 1897-yilgi zilzila paytida qulagan (qolgan qismining balandligi 33 m, kengligi 46 m). Peshtoq mahobatli boʻlib, oʻrtasida kengligi 18,8 metrli ravoq bor. Yon tomonlaridagi minoralar peshtoqdan baland. Peshtoqning ichki tomonida kichikroq (ikkinchi) ravoq oʻrnashgan. Unda oʻyma marmar hoshiyali darvoza boʻlgan. Uning ustidagi lavhasida masjidning qurilgan yili va Amir Temur shajarasi yozilgan. Qoʻsh tavaqali darvoza yetti xil temir qotishmasi „hafti joʻsh“dan yasalgan (keyinchalik yoʻqolib ketgan). Peshtoqning yon qanotlarida ikkita aylanma zina boʻlgan. Zinadan yuqoriga-qoʻngʻira ravoqli maydonchaga chiqilib, undan minoraga oʻtilgan. Peshtoqning keng yuzasi jilvali koshinlar, rang-barang, qalqon shaklidagi naqshlar bilan bezatilgan. (Taʼmirga qadar peshtoqning koshinlari deyarli tushib ketgandi. Peshtoqning saqlanib qolgan qismi yorilib, devordan ajralib qolgandi). Jomeʼ masjidning asosiy (mehrobli) binosi Amir Temur zamonasining meʼmoriy uslublari haqida tasavvur beradi.

Asosiy binoning old tomonida peshtoq, markazida ravoq va burchaklarida ikkita koʻp qirrali minora bor. Peshtoq orqasidagi xona oddiy, ammo salobatli xandasaviy shakllar yigʻindisi (kubsimon prizma, xonaning sakkiz qirrali qismi ustiga tushgan baraban va gumbaz)dan iborat. Kubsimon prizma binoning asosiy hajmi boʻlib, tomonlari 14,6 m ga teng. Uning ustida xona devorlari boʻylab oʻtuvchi ravoqlardan iborat sakkiz qirrali prizma bor.

Gumbazning doirali asosi sirtiga, muqaddas Qur’on oyatlari bitilib, usti feruza koshinlar bilan pardozlangan gumbaz bilan berkitilgan (qoldigʻi koʻrinib turibdi). Uning kirish tomonlari ham, bosh peshtoq kabi rang-barang koshinlar bilan qoplangan, sopol gʻishtchalar yotiq, sirlangan rangli gʻishtchalar tik terilgan. Asosiy naqsh shakllari tiniq, lojuvard gʻishchalardan terilib, ularning oraligʻi zangori gʻishtchalar, oq toshlar bilan toʻldirilgan. Oddiy handasaviy shakllar va pechak kabi chirmashib ketgan yozuvlar, bino bezagining tarkibiy qismini tashkil etadi.

Mexrobli binoning baland minoralari sathi toʻrt burchakli kichik izora taxtalariga boʻlingan. Handasaviy shakl va oʻsimliksimon naqshlar (turli ranglarda) pannolarni bezagan. Ular parchinkorlik, koshinkorlik uslubida ishlangan. Peshtoq devorining yuzasi kesma koshin bilan qoplangan. Bu koshinlar (ayniqsa koʻk ranglilari) tiniq shisha kabi yaltirab turadi. Masjid yonidagi ikki kichik bino mehrobli xonaning asosan kichik hajmdagi takrori boʻlsada, naqshlarining soddaligi va gumbazining qoʻngʻiradorligi bilan farqlanadi. Jomeʼ masjidining ichki qismini pardozlashda naqqoshlik bezaklari qatorida zarhal boʻrtma gulqogʻoz (pape-mashe)dan keng foydalanilgan.

Masjiddagi koʻp qirrali yulduzlar, uch qavatli xatlar oʻyilgan lavhalar jajji muqarnaslar bilan bezatilgan, xoshiyalar oxaktoshdan yoʻnilgan. Vayrona holatda boʻlsa ham, meʼmoriy shakllarining serhashamligi, bezaklarining nafisligi bilan, kishi diqqatini jalb qiladi. Undagi rang-barang naqshlar, oʻsha davr xalq ustalarining nozik didi va yuksak mahoratidan darak beradi.

Bibixonim jomeʼ masjidida, keyingi davrda taʼmir-tiklash bobida tub oʻzgarishlar amalga oshirildi, juda katta hajmdagi taʼmirlash ishlari olib borildi. Masjidning old katta ravogʻi, masjid binosini oʻrab turgan baland devor, ikki kichik gumbaz va minoralari, ichki katta gumbaz va katta ravoq taʼmirlandi va undagi-barcha koshin naqshu nigorlar qayta tiklandi, Unda respublikamizning barcha viloyatlaridan mohir taʼmirchi ustalar jalb qilindi. Taʼmir ishlari hali oxiriga yetkazilganicha yoʻq.


  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Zohidov P., Temur davrining meʼmoriy qahkashoni, T., 1996.
  • Samarqand davlat muzey-qo'riqxonasi — SAMARQANDNING TARIXIY OBIDALARI VA MUZYeYLARI BOʻYIChA EKSKURSIYa MATNLARI, 2010
  • "Samarqand" davlat muzey-qoʻriqxonasi Rasmiy veb sayti