Nosiriddin Nosir Hunzaiy
Partov-i Shoh Nosiriddin Nosir Hubb-i 'Ali Hunzay | |
---|---|
Alloma Hunzayning Karachidagi Og‘a Xon universiteti kasalxonasi oldidagi surati. | |
Tavalludi |
Partov-i Shoh 17-may 1917-yil |
Vafoti | 15-yanvar 2017-yil |
Fuqaroligi | Pokiston va Britaniya Hindistoni |
Mukofotlari | Sitarah-yi Imtiyaz; Baba-yi Burushaskiy; Lisaon al-Qavm; Hakim al-Qalam |
Islom dinining bir boʻlimi Ismoiliylar |
---|
Islom portal |
Partov-i Shoh Nosiriddin Nosir Hubb-i 'Ali Hunzay (1917-yil 15-may – 2017-yil 14-yanvar), Alloma (lit. bilimdon) Hunzai[1], 'Alloma Sohib[2] shuningdek, „Baba-yi Burushaskiy“ (yaʼni Burushaskiyning otasi)[3], „Lison al-Qavm“ (yaʼni Millat soʻzlovchisi)[3] va „Hakim al-Qalam“ (yaʼni Qalam donishmandi)[3] kabi unvonlari bilan tanilgan. U 20–21-asrlarda yashagan ilohiyotshunos, faylasuf, ismoiliy olimi, shoir va tilshunos boʻlib, islom ilohiyotshunosligi, metafizikasi, germenevtika, sheʼriyat va Burushaskiy tili boʻyicha amalga oshirgan ishlari bilan mashhur. Uning 125 ta diniy-falsafiy nasriy asarlarida mumtoz ismoiliy bilimlar qayta ishlanib, keng koʻlamda rivojlantirilgan. Bu asarlarda 48-ismoiliy imom Sulton Muhammadshohning tarixda misli koʻrilmagan falsafiy koʻrsatmalariga asoslangan original teologik, metafizik va teleologik qarashlar bayon etilgan. Uning diniy-falsafiy nasriy asarlarida mumtoz ismoiliy tafakkur chuqur qayta ishlab chiqilgan va keng koʻlamda qurilgan. Bu asarlar, shuningdek, asl ismoiliy ezoterik tafsirining keng jamlanmasini tashkil etadi[4]. Ular taʼvil jarayoni (yaʼni biror narsani asl manbasiga qaytarish) bilan oldingi ismoiliy germenevtik asarlarga qaraganda chuqurroq aloqani aks ettiradi. U, shuningdek, faol ijtimoiy-siyosiy arbob boʻlib, ayollar taʼlimi va ayollar huquqlari, madaniy xilma-xillik va til saqlanishini targʻib qilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hunzai, F. M.. (transl.) A Key to Wisdom (en). London, England: ISW, n.d. — 4-bet.
- ↑ Hunzai, F. M.. (transl.) The Holy Qur'an in the Ism-i A'zam (en). London, England: ISW, n.d. — 18-bet.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Hunzai, F. M.. (transl.) Jang: Special Interview (en). London, England: ISW, n.d. — 6-bet.
- ↑ Andani, K. Revelation in Islam: Qur’anic, Sunni and Shi’i Ismaʼili Perspectives [Unpublished PhD Thesis]. Harvard University. p. 742.