Kontent qismiga oʻtish

Lambsar qalʼasi

Koordinatalari: 36°32′51″N 50°13′38″E / 36.5476°N 50.2273°E / 36.5476; 50.2273
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lambsar
لمبسر

Lambsar qalʼasi
Lambsar qalʼasi is located in Iran
Lambsar qalʼasi
Umumiy maʼlumot
Turi Qalʼa
Joylashuvi Alamut
Shahar Razmiyan
Mamlakat Eron
Koordinatalar 36°32′51″N 50°13′38″E / 36.5476°N 50.2273°E / 36.5476; 50.2273
Lambsar qalʼasi

Lambsar (forscha: لمبسر, shuningdek Lamsar deb ham talaffuz qilinadi), Lamasar, Lambasar, Lambesar (لمبه سر) yoki Lomasar (لمسر)[1] – Ismoiliylar qal’alarining eng yirigi va eng mustahkami boʻlgan. Bu qal’a markaziy Alborz togʻlarida, Kaspiy dengizining janubida, hozirgi Eron poytaxti Tehrondan taxminan 120 km uzoqlikda joylashgan. Lambsar Razmian qishlogʻining (Rudbar e Shahriston markaziy tumanining) shimoli-sharqida bunyod etilgan.

Kiya Buzurg Ummid (1138-yilda vafot etgan) qal’ani Rasamujdan tortib olib, uni mahalliy ishchi kuchi yordamida asosiy mustahkam qoʻrgʻonga aylantirgan. U Hasan ibn Sabboh (1124-yilda vafot etgan) tomonidan bu qal’aning hokimi etib tayinlangan edi[2].

Bugungi kunda bu muhtasham qal’adan faqat xarobalargina saqlanib qolgan. Qal’ani oʻrab turgan juda chuqur vodiylar sharq va gʻarb tomonlardan kirish imkonini butunlay yoʻqqa chiqaradi. Qal’aga faqat shimoliy va janubiy tomonlardan kirish mumkin. Togʻ yonbagʻri shimoldan janubga 480 metr uzunlikka choʻzilgan boʻlib, ikkala sathda ham 150 metrlik balandlik farqi mavjud, qal’aning kengligi esa 190 metrdan ortiqroqdir.. Tashrif buyuruvchilarni hayratga soladigan Lambsar qal’asining xususiyatlari orasida 10 metr balandlikdagi ulkan toshlardan qurilgan ikki qavatli mustahkam devorlar, qal’aning shimoliy qismidagi 1,2 metr qalinlikdagi yoʻnilgan tosh devorli asosiy inshoot, janubiy va janubi-sharqiy qismlaridagi ajoyib suv omborlari va don omborlari, minoralar hamda suv taʼminoti tizimi mavjud. Qal’aning shimoliy tomonida sharqqa qaragan toʻrtta kichik qoʻshimcha qismlari boʻlgan ulkan bino saqlanib qolgan.

  1. يوسف, فضايى،. تحقيق در تاريخ و عقايد مذاهب اهل سنت اسماعيليه (fa). آشيانه كتاب،, 2004 — 366-bet. 
  2. „Castle of Lamasar“. Institute of Ismaili Studies. Qaraldi: 2014-yil 11-fevral.