Al-Muʼizz li-dinillah
Al-Muʼizz li-dinillah | |||||
---|---|---|---|---|---|
al-Mu’izzning oltin dinori, Qohirada 973-yilda zarb etilgan | |||||
Saltanat | 19-mart 953 – 21-dekabr 975 | ||||
Oʻtmishdoshi | al-Mansur Billoh | ||||
Davomchisi | al-Aziz Billoh | ||||
Tugʻilishi |
26-sentyabr 931 Mahdiya, Fotimiylar xalifaligi | ||||
Vafoti | 21-dekabr 975 (44 yosh) | ||||
Turmush oʻrtogʻi | Durzan | ||||
Farzandlari |
| ||||
| |||||
sulola | Fotimiy | ||||
Otasi | al-Mansur Billoh | ||||
Dini | Ismoiliy |
Islom dinining bir boʻlimi Ismoiliylar |
---|
Islom portal |
Abu Tamim Maad al-Muʼizz li-dinillah ((arabcha: أبو تميم معد المعزّ لدين الله); 932-yil 26 sentyabr – 975-yil 19-dekabr) toʻrtinchi Fotimiy xalifasi va 14-ismoiliy imomi boʻlib, 953-yildan 975-yilgacha hukmronlik qilgan. Aynan uning xalifaligi davrida Fotimiylar sulolasining hokimiyat markazi Ifriqiyadan (hozirgi Tunis) Misrga koʻchirilgan. Fotimiylar 969-yilda Misrdagi Fotimiylar xalifaligining yangi poytaxti sifatida Qohira (al-Qāhirah, „gʻolib“) shahriga asos solgan[1].
Siyosiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fotimiylardan keyingi uchinchi xalifa boʻlgan al-Mansur Billoh (h. 946–953) Abu Yazid qoʻzgʻolonini bostirgan boʻlsa, uning oʻgʻli al-Muizz butun islom olamida oʻz xalifalik hokimiyatini oʻrnatish va Abbosiylarni agʻdarish ambitsiyalariga koʻproq eʼtiborini qarata boshladilar. Fotimiylar birinchi navbatda Misr va Yaqin Sharq bilan aloqada boʻlsalar-da, shunga qaramay, Magʻribda va Ispaniya Umaviylariga qarshi yurishlarni amalga oshirishgan. Shu bilan birga, Fotimiylarning Italiyaga bosqinlari Vizantiya hisobiga Gʻarbiy Oʻrta yer hududidagi dengiz ustunligini tasdiqlashga imkon bergan, hatto Sitsiliya ham maʼlum bir muddat davomida ular qaramogʻida boʻlgan.
Oʻshanda amaldagi ixshidiylar sulolasi inqirozga uchragan, Abbosiylar esa ularga qarshi hujumga oʻta olmagan. Shu sababli, Fotimiylar uchun Misrni egallash qiyinchilik tugʻdirmagan. Hudud 969-yilda hech qanday qarshiliksiz Fotimiylar qoʻliga oʻtgan. Al-Mu’izz oʻz mavqeini tiklab olgach, qirollik qarorgohini Al-Mansuriyadan yangi tashkil etilgan Qāhirat al-Muʿizz shahriga, yaʼni Qohiraga koʻchirgan. Misrda Yaqub ibn Killis boshchiligidagi davlat moliyasini qayta qurish boshlanishidan oldin (972–974) qarmatlarning bir necha hujumlariga qarshi kurashish kerak boʻlgan. Al-Mu’izz oʻrniga uning oʻgʻli Al-Aziz (975–996) taxtga oʻtirgan.
Madaniy merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Mu’izz boshqa dinlarga nisbatan bagʻrikenglik qilganligi bilan mashhur boʻlgan va oʻzining yahudiy va nasroniy fuqarolari orasida shuhrat qozongan. U, shuningdek, 953-yilda qoʻllar yoki kiyimda dogʻ qoldirmaydigan birinchi siyohli qalam ixtirosiga sababchi boʻlga shaxs sifatida ham tilga olinadi. Qozi an-Nu’mon at-Tamimiy (vaf. 974) oʻzining Kitāb al-Majālis vaʼl-musayarāt asarida al-Mu’izz qalam tayyorlashni qay tarzda buyurgani haqida yozgan[2].
Fotimiylar adabiyoti al-Mu’izz davrida Ibn Honiy kabi mohir shoirlarning faoliyat yuritishi bilan bir darajaga yuksalgan. U koʻpincha al-Mutanabbiyga qiyoslanadi va Gʻarbning Mutanabbiyi sifatida eʼtirof etiladi. Fotimiylar xalifaligining kanon qonuni boʻlgan Daim al-Islom al-Muizz davrida bekor qilingan[3].
Kopt nasroniylari bilan munosabatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kopt nasroniylariga al-Mu’izz davrida katta erkinlik berilgan[4]. Koptlar imperiyaning eng yuqori lavozimlariga tayinlangan shaxslar qatorida boʻlan va ularga oʻz dinlariga erkin eʼtiqod qilish uchun ruxsat berilgan[5]. Al-Mu’izz davrida Suriya noibi Quzmon ibn Nima nasroniy boʻlgan qibtiylardan edi[6]. Nayruz festivali – qibtiylarning Yangi yilini nishonlashga ruxsat berilgan, ammo baʼzi tadbirlarga, masalan, olov va suv bilan oʻtkaziladigan marosimlar taqiqlangan[7].
Al-Mu’izz va Misr qibtiylari oʻrtasidagi munosabatlar keyinchalik qibtiy nasroniylar tomonidan yozilgan bir qancha afsonalarda ham tilga olinadi. Bunday afsonalardan biri al-Mu’izzning Iskandariya papasi Ibrohim bilan Qohiradagi Mokattam togʻida uchrashib, Matto Injilidagi bir oyatni esga olinishi bilan hikoya qilinadi.
Kopt manbalariga koʻra, Iskandariya Rim papasi Ibrohim qibtiylar jamoatiga hushyor boʻlishni va uch kechayu kunduz ibodat qilishni buyurgan. Uchinchi kechada Rim papasi Ibrohim tush koʻradi va Maryam unga Konchi Simonni qidirishni buyuradi. Afsonaga koʻra, Papa va Simon boshchiligidagi Kopt jamoasi ibodat qilish uchun Mokattam togʻiga koʻchib oʻtgan. Bu hikoya Severus Ibn al-Muqaffa tomonidan yozilgan Iskandariya patriarxlari tarixi kitobida ham keltirilgan[8].
Keyinchalik qibtiy manbalari bu moʻjiza al-Mu’izzni nasroniylikni qabul qilishga undaganini va u Qohiradagi Avliyo Merkuriy cherkovida barcha qoidalarga muvofiq suvga choʻmdirilganligini taʼkidlaydilar. Bu voqea hozirda „Sulton suvga choʻmish marosimi“ nomi bilan mashxur[9][10][11][12][13]. Bu afsonaga koʻra, al-Mu’izz oʻgʻli foydasiga taxtdan voz kechgan va umrining qolgan qismini monastirda oʻtkazgan. Bu hikoyaning haqiqiyligini Ahmad Zakiy Posho va Muhammad Abdulloh Enan kabi musulmon tarixchilari inkor etadilar[9].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Mu’izzning turmush oʻrtoqlari haqida turlicha manbalar mavjud. Bir versiyaga koʻra, u oʻzining amakivachchasiga uylangan, bu ayoldan ikki oʻgʻil, shu jumladan uning vorisi al-Aziz ismli farzandi boʻlgan[14]. Boshqa manbalarda aytilishicha, uning asosiy turmush oʻrtogʻi (as-Sayyida al-Mu’iziyya) va al-Azizning onasi Mahdiyadan kelitirilgan Durzon ismli choʻrisi (jarya) boʻlgan. Durzon oʻzining shirali ovozi tufayli (garchi bu asoslanmagan boʻlsa-da) taghrīd („sayroqi“) laqabini olgan[14]. Al-Mu’izzning yana bir nechta oʻgʻillari ham boʻlgan, lekin faqat ikkitasining ismlari manbalarda keltirilgan boʻlib, bular Tamim va Abdullohdir. Ular merosxoʻr sifatida tayinlangan, ammo otasidan oldin vafot etgan[14]. Al-Mu’izzning yettita qizi boʻlgan, ulardan atigi uchtasi haqida batafsil maʼlumotlar mavjud: Sitt al-Malik, Rashida va Abda. Oxirgi ikkitasi 1050-yilda toʻqson yoshida vafot etgan va avlodlariga katta miqdordagi boylikni meros qoldirgan[14].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Misr hukmdorlari roʻyxati
- Ismoiliy imomlar roʻyxati
- Shia musulmonlari roʻyxati
- Al-Xalifa tumani
- Ali ibn Muhammad al-Iyodiy
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Langer, William Leonard. An Encyclopedia of World History: Ancient, Medieval, and Modern, Chronologically Arranged (en). Houghton Mifflin, 1968 — 286-bet.
- ↑ Bosworth, C. E. (Autumn 1981). "A Mediaeval Islamic Prototype of the Fountain Pen?". Journal of Semitic Studies XXVI (i).
- ↑ M. Th. Houtsma, T.W. Arnold. Biographical Encyclopaedia of Islam, Volume 3. Cosmo Publications, 2006. ISBN 9788130703879.
- ↑ The Bible in Africa: transactions, trajectories, and trends West: . Brill, 2000 — 108-bet. ISBN 978-90-04-10627-7.
- ↑ Gibb, H. A. R.. The Encyclopaedia of Islam. Brill, 1979 — 91-bet.
- ↑ A History of Eastern Christianity, by Aziz Suryal Atiya. Taylor & Francis, 1968 — 87–88-bet.
- ↑ The Mamluks in Egyptian politics and society, Cambridge studies in Islamic civilization Phillip: . Cambridge University Press, 1999. ISBN 978-0-521-59115-7.
- ↑ A History of Eastern Christianity, by Aziz Suryal Atiya. Taylor & Francis, 1968 — 87–88-bet.
- ↑ 9,0 9,1 A History of Eastern Christianity, by Aziz Suryal Atiya. Taylor & Francis, 1968 — 87–88-bet.
- ↑ The Coptic Synaxarium Volume II. Published by Saint Mark Coptic Orthodox Church. Cleveland, OH. 2008. pp. 200–202
- ↑ The Coptic Synexarion Volume I. Published by Maktabet el Mahaba. 3rd edition. Cairo 1978. pp. 173–177
- ↑ كنيسة أبى سيفين ومعمودية السلطان. ما زالت هذه المعمودية الغريبة موجودة والتى تختلف عن أى معمودية أخرى فى الكنائس القبطية, وموجودة حتى الآن فى كنيسة أبى سيفين فى مصر القديمة حيث يردد الكاهن الموجود فى هذه الكنيسة لزوارها عندما يريهم معمودية السلطان أن المعز لدين الله الخليفة الفاطمى قد تعمد فى هذه المعمودية The Sultanʼs Baptistry at the Church of Saint Mercurius in Cairo. This strange baptistry still exists to this day, and its shape is different from that of all other baptisteries in any Coptic church. It exists to this day at the Church of Saint Mercurius in Old Cairo. The priest of the church tells the visitors that Al-Muizz Lideenilah – the Fatimid Caliph – was baptized at this baptistry.
- ↑ Coptic Synexarion: Pope Abraham
- ↑ 14,0 14,1 14,2 14,3 Cortese & Calderini 2006.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Brett, Michael. The Rise of the Fatimids: The World of the Mediterranean and the Middle East in the Fourth Century of the Hijra, Tenth Century CE, The Medieval Mediterranean. Leiden, Boston, Köln: Brill, 2001. ISBN 90-04-11741-5.
- Cortese, Delia; Calderini, Simonetta. Women and the Fatimids in the World of Islam. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2006. ISBN 0-7486-1733-7.
- Dachraoui, F. (1993). "al-Muʿizz li-Dīn Allāh". in Bosworth, C. E.. Encyclopaedia of Islam. Volume VII: Mif–Naz (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 485–489 b. doi:10.1163/1573-3912_islam_SIM_5447. ISBN 978-90-04-09419-2. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=al-Mu%CA%BFizz+li-D%C4%ABn+All%C4%81h&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
- Towards a Shi'i Mediterranean Empire: Fatimid Egypt and the Founding of Cairo. The Reign of Imam-Caliph al-Muʿizz, from al-Maqrīzī's Ittiʿāẓ al-ḥunafāʾ. London and New York: I.B. Tauris, 2009. ISBN 978-0-8577-1742-9.
- Jiwa, Shainool. The Founder of Cairo: The Fatimid Imam-Caliph al-Mu'izz and his Era. London and New York: I.B. Tauris, 2013. ISBN 978-0-8577-2223-2.
- Jad Hatem, Le Traité christologique du Calife al-Mu‘izz, le druzisme et le nusayrisme, Paris, Éd. du Cygne, 2013