Al-Fayz Binasrulloh
Al-Fayz Binasrulloh الفائز بنصر الله | |
---|---|
Fotimiylar xalifaligi xalifasi va imomi | |
Saltanat | 1154–1160 |
Oʻtmishdoshi | Az-Zafir |
Davomchisi | Al-Adid |
Sulola | Fotimiylar |
Otasi | az-Zafir |
Dini | Ismoiliy, shia, islom |
Islom dinining bir boʻlimi Ismoiliylar |
---|
Islom portal |
Abulqosim Iso ibn az-Zafir (arabcha: أبو القاسم عيسى بن الظافر) (1149-yilda tugʻilgan – 1160-yilda vafot etgan) – shohlik nomi al-Fayz Binasrulloh (arabcha: الفائز بنصر الله) nomi bilan mashhur. 1154-yildan 1160-yilga qadar Misrda hukmronlik qilgan oʻn uchinchi va Fotimiylar xalifasi. Shialikning ismoiliy boʻlimi 23-imomi. Otasi vazir Abbos ibn Abu al-Futuh tomonidan oʻldirilgach, uning oʻrniga besh yoshli al-Fayz taxtga koʻtarilgan va butun umrini Tal’iy ibn Ruzzikning qoʻgʻirchogʻi sifatida oʻtkazgan. Epileptik tutqanoqlarni boshdan kechirgan al-Fayz oʻn bir yoshida shu kasallikdan vafot etgan. Oʻlimidan soʻng taxtga uning oʻrniga jiyani, oxirgi Fotimiy xalifasi al-Adid kelgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boʻlajak xalifa, Fotimiylar xalifaligining oʻn ikkinchi imomi, az-Zafirning oʻgʻli Abulqosim Iso 1149-yilda tugʻilgan[1]. 1154-yil 16-aprelda otasi va ikki amakisi vazir Abbos ibn Abu al-Futuh va uning oʻgʻli Nasr tomonidan oʻldirilgan. Shundan keyin Abulqosim Iso besh yoshida taxtga koʻtarilgan[2][3] va unga al-Fayz Binasrulloh (maʼnosi: Allohning yordami bilan gʻolib) shohlik nomi berilgan[1]. Amakilarining jasadlari va Fotimiylar qoʻshinlarining baland ovozdagi hayqiriqlari yosh al-Fayzni choʻchitib yuborgan. Natijada bu qoʻrquvlar uning sogʻligida jiddiy muammolarga sabab boʻlgan. Epileptik tutqanoqlar va titroqlar aynan shu qoʻrquvlarning natijasi boʻlgan[1]. Shu sababdan uning ommaviy marosimlardagi roli ham cheklangan edi. Hatto Nil daryosining suv bosishini nishonlash marosimi ham al-Fayzning hukmronligi davrida tunda oʻtkazilgan[1].
Ushbu qonli voqealar tez orada vazir Abbosning halokatli oʻlimiga olib kelgan. Dahshatga tushgan Fotimiy ayollari oʻzlarining sochlarini kesib, iltijo tariqasida Asyutning armanistonlik gubernatori Taloyi ibn Ruzzikka yuborib, uni yordamga chaqirishgan[3][1]. Ibn Ruzzik ham bu taklifga tezda rozi boʻlib, Qohiraga yurish qilgan. Vazir Abbos bostirib kelgan Ibn Ruzzikning qoʻshiniga qarshilik koʻrsatishga uringan, lekin umumiy qoʻshin tarkibidagi askarlarning aksariyati uni qoʻllab-quvvatlashni istashmagan. Qolgan askarlarning ustiga tinch aholi toshlar bilan hujumga uyushtirgan. Oxir-oqibat, 29-may kuni Abbos oʻgʻli va bir guruh safdoshlari bilan poytaxtdan chiqib ketishga majbur boʻlgan. Ular poytaxtdan Suriyaga yoʻl olishgan, ammo 6-iyun kuni Oʻlik dengiz yaqinida salibchilar tomonidan toʻxtatilgan. Vazir Abbos oʻldirilib, uning oʻgʻli Nasr Fotimiylarga sotilgan va natijada saroy ayollari tomonidan kaltaklanib, oʻldirilgan[3][1].
Ibn Ruzzik 17-iyunda vakolatli vazir etib tayinlangan[1], voyaga yetmagan al-Fayz esa az-Zafirning singlisi, akalarining oʻlimi uchun vazir Abbos va uning oʻgʻli Nasrdan qasos olishda yetakchi rol oʻynagan Sitt al-Qusur (maʼnosi: saroylar xonimi) boshchiligidagi xolalari vasiyligiga topshirilgan[3][4]. Buyuk Fotimiylar saroylari devorlaridan tashqarida Ibn Ruzzik davlatning haqiqiy hukmdori, al-Fayz esa uning asiri boʻlgan[2]. U Hijoz va Iroqda Ali ashraflariga faol ravishda homiylik qilgan. U Vazirlar Badr al-Jamoliy va al-Afdal Shahanshohga taqlid qilishga uringan[3].
1155 va 1157-yilda Ibn Ruzzikka qarshi viloyat hokimlari tomonidan qoʻzgʻolonlar uyushtirilgan[1]. Ibn Ruzzik oʻzining qonuniy hukmronligini mustahkamlashga intilib, Falastindagi salibchilarga qarshi tajovuzkor siyosat olib borgan. 1155-yilda Tirga dengiz hujumini, 1157 va 1158-yillarda Gʻazza va Xevronga bosqinlar uyushtirishgan va muvaffaqiyatga erishgan. Biroq Nuriddin Mahmud ibn Zangiy boshchiligidagi Suriya zangiylari bilan ittifoq tuzish orqali Misrni himoya qilishga urinishlari muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan[2][3][1]. Qudduslik Baldwin III 1160-yilda Misrga bostirib kirishga tayyorgarlik koʻrayotganida, Ibn Ruzzik pul evaziga uni sotib olish kerak boʻlgan[3]. Ibn Ruzzik mamlakatda hozirgi kunga qadar qoʻllanib kelayotgan daromad yetishmasligini bartaraf etish uchun qoʻllaniladigan musodara yoʻlini joriy etgan. U, shuningdek, salibchilarga qarshi faol urush olib borgan[3].
Al-Fayz 1160-yil 22-iyulda epileptik tutqanoqdan vafot etgan[2][1]. Ibn Ruzzik uning oʻrniga al-Fayzning voyaga etmagan toʻqqiz yoshli amakivachchasi al-Adidni tayinlagan. U vazirning qizlaridan biriga uylangan[1][2]. Al-Adid Fotimiylarning soʻnggi xalifasi boʻlgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Brett, Michael. The Fatimid Empire, The Edinburgh History of the Islamic Empires. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2017. ISBN 978-0-7486-4076-8.
- Cortese, Delia. Women and the Fatimids in the World of Islam. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2006. ISBN 0-7486-1733-7.
Oldingisi | Fotimiylar xalifaligi 1154-yil 16-aprel – 1160-yil 22-iyul |
Keyingisi |
Hofizi Ismoilizm imomi 1154-yil 16-aprel – 1160-yil 22-iyul |