Abu Tohir al-Jannabiy
Islom dinining bir boʻlimi Ismoiliylar |
---|
Islom portal |
Abu Tohir Sulaymon al-Jannabiy (أبو طاهر سلیمان الجنّابي; Abu-Tohir Sulaymon-i Genaviy) – fors sarkardasi va Bahrayndagi Qarmatiylar davlatining hukmdori. U 923-yilda katta akasi Abulqosim Saidni taxtdan agʻdarib tashlagach, oʻzi davlat rahbari boʻlgan[1]. U darhol ekspansionizm faoliyatini boshlagan va oʻsha yili Basraga bostirib kirgan. 927-yilda Kufaga bostirib kirib, Abbosiylar qoʻshinini magʻlub etgan va 928-yilda Abbosiylar poytaxti Bagʻdodga hujumga uyushtirgan. Lekin shaharga kira olmay, Iroqning koʻp qismini talon-taroj qilgan[2].
930-yilda u Makkaga hujum qilib, u yerni ham talon-taroj qilgan. Islomning eng muqaddas qadamjolarini buzib, qarmatiylarning eng mashhur hujumiga boshchilikni amalga oshirgan. Avvaliga shaharga kira olmagan Abu Tohir tinchlik bilan kelganiga qasam ichib, shahardagilarni ishontirgan. Shahar darvozasidan kirgandan soʻng, Qarmatiya qoʻshini ziyoratchilarni qirgʻin qilishga kirishgan va ularni Qur’on oyatlari bilan mazahlashgan[3]. Ziyoratchilarning jasadlari koʻchalarda chirigan holda qolib ketgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Canard, M. (1965). "al-D̲j̲annābī, Abū Ṭāhir". in Lewis, B.. Encyclopaedia of Islam. Volume II: C–G (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 452–454 b. doi:10.1163/1573-3912_islam_SIM_1998. OCLC 495469475. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=al-D%CC%B2j%CC%B2ann%C4%81b%C4%AB%2C+Ab%C5%AB+%E1%B9%AC%C4%81hir&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
- Lewis, B., ed (1965). "al-D̲j̲annābī, Abū Saʿīd Ḥasan b. Bahrām". Encyclopaedia of Islam. Volume II: C–G (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. p. 452. OCLC 495469475. https://dx.doi.org/10.1163/1573-3912_islam_SIM_1997.
- Daftary, Farhad. The Assassin Legends Myths of the Isma'ilis. Bloomsbury Academic, 1995. ISBN 978-1-85043-950-9. Qaraldi: 2021-yil 26-oktyabr.
- Daftary, Farhad. The Ismāʿı̄lı̄s: Their History and Doctrines. Cambridge: Cambridge University Press, 1990. ISBN 978-0-521-37019-6.
- Daftary, Farhad „The Early Ismaili Imamate: Background to the Establishment of the Fatimid Caliphate“, . The Fatimid Caliphate: Diversity of Traditions. London and New York: I.B.Tauris, in association with the Institute of Ismaili Studies, 2018 — 10–21-bet. ISBN 978-1-78831-133-5.
- Halm, Heinz. The Empire of the Mahdi: The Rise of the Fatimids. Brill, 1996. ISBN 978-90-04-10056-5.
- Madelung, Wilferd „The Fatimids and the Qarmatīs of Bahrayn“, . Mediaeval Isma'ili History and Thought. Cambridge University Press, 1996 — 21–73-bet. ISBN 978-0-521-00310-0.
- Rezazadeh Langaroodi, Reza. Abū Ṭāhir al-Jannābī, 2015.