Abdulloh Faxriddin
Islom dinining bir boʻlimi Ismoiliylar |
---|
Islom portal |
Abdulloh Faxriddin (arabcha: عبدالله فخرالدين, oʻqilishi: ʿAbdallāh Faxr al-Dīn) Yamandagi Toyyibiy ismoiliylik oqimining 16-daʼi al-Mutlaq lavozimida faoliyat yuritgan (hijriy 809-yil 9-Ramazon al-Muazzam / milodiy 1407-yil 16-fevral kuni Yamanning Zimarmar shahrida vafot etgan). U 15-dai Abbos ibn Muhammaddan keyin bu diniy lavozimni egallagan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Said Abdulloh 12-daining oʻgʻli boʻlgan Ali bin Said Muhammad ibn Hatimning farzandi edi. Uning Said Husayn (1394-yilda vafot etgan), Said Abdulmuttalib Najmuddin (1408-yilda Taizda vafot etgan), Said al-Hasan Badriddin I, Said Ahmad (1418-yilda vafot etgan) va Said Ali Shamsiddin II islmli oʻgʻillari boʻlgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Said Abdulloh Hamza va Shanasib qal’alarini zabt etib, ularni oʻz mulkiga qoʻshib olgan jangchi edi.
Abdulloh Faxriddin hijriy 779[1]/milodiy 1345-yilda Daʼi al-Mutlaq boʻlgan. Uning daʼvat qilish davri hijriy 779–809-yillar (milodiy 1377–1406-yillar) oraligʻida boʻlib, taxminan 29 yil, 11 oy va 1 kun davom etgan. Zaydiy imom al-Mansur Ali ibn Salohiddin Zumarmar (Zimarmar)da joylashgan Toyyabiy ismoiliylarni taʼqib qilgan.
Uning mazuni (oʻrinbosari) Said Ali ash-Shayboniy, Said Husayn va Said Hasan edi. Mukasiri esa Said Abdulmuttalib ibn Said Abdulloh boʻlgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Said 85 yoshida vafot etgach, uning oʻrniga oʻgʻli al-Hasan Badriddin I 16-daʼi al-Mutlaq boʻlgan. Uning qabri 14 va 17-chi dai qabrlari bilan (katta kvadrat shaklidagi platforma) tepalik choʻqqisida joylashgan Zimarmar qal’asida topiladiekanligi aniqlangan. Kichik kvadrat shaklidagi qabr esa ularning oʻrinbosari (mazun) ning qabridir. Tepalik choʻqqisida masjid, binolar va suv omborlarining qoldiqlari saqlanib qolgan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Yamandagi Zimarmar qal’asida joylashgan 14-, 16- va 17-chi dailarning qabrlari
-
Yamandagi Zimarmar qal’asida joylashgan Masjid-e-Aqdam, dai masjidi[2]
-
Tepalikdagi Zimarmar qal’asi
-
Tepalik cho‘qqisidagi masjid, hovuz va boshqa inshootlar
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Archived copy“. 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
- ↑ „Archived copy“. 2011-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-fevral.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ismoiliylar, ularning tarixi va taʼlimoti Farhod Daftiy (Mustaliy ismoiliylik bobi, 1-bet. 300-310)